Faqat va faqat o'zim yozgan maqolalar va o'zim to'plagan ma'lumotlar. Bundan boshqasi emas. (Blogdan maqolalar olinganda muallifdan so'ralishi SHART!. Elektron pochta: furqat_1112@mail.ru )
понедельник, 1 сентября 2014 г.
четверг, 13 февраля 2014 г.
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNIMI?!
14-fevarl. Bu kunni ko’plab yoshlar «Sevishganlar kuni» sifatida nishonlashadi. To’g’risini aytadigan bo’lsam, o’zim bu kunni hech qachon nishonlamaganman (kamtarlik yoki manmanlikka yo’ymaysiz degan umiddaman), bu kun bilan bog’liq faqatgina bitta xotira bor. U ham bo’lsa kursdoshimning to’yi bo’lgan sana sifatida. Shu bois yosh tengqurlarimning bu kunni nishonlashlariga hech qachon qarshi bo’lmaganman. Biroq ayrim yoshlarning bu bayramni chegaradan chiqib ketgan holda nishonlashlariga qarshiman. Har narsada me’yor bo’lgani yaxshi. Ko’plab OAVda bu kunni nishonlash bizga to’g’ri kelmasligi haqida yozishadi, ko’rsatishadi. Uni har kim turlicha qabul qilishi ham bor gap.
14-fevarl - «Valentin kuni». Nima uchun aynan shunday kun? Shu bois, bu kun tarixi bilan qiziqib qoldim. Lekin mazkur kun haqida aniq ma’lumotlar yo’qligiga amin bo’ldim. Muqaddas Valentin o‘zi kim? Katoliklar cherkovi Valentin yoki Valentinus nomi bilan eng kamida uchta avliyoni tan oladi, bularning barchasi mashaqqatli o‘lim topganlar. Birinchi rivoyatga ko‘ra, Valentin uchinchi asrda Romda ruhoniy bo‘lgan. Bir vaqtlar imperator Klavdiy II oilali va uylangan erkaklarga nisbatan uylanmagan erkaklarni eng yaxshi askarlar deb hisoblagan va potensial askarlar – yosh yigitlarga uylanishga ruxsat bermagan. Bunday adolatsizlikni tushunib yetgan Valentin Klavdiyga qarshi chiqib, sevishgan yoshlarni yashirin ravishda nikohdan o‘tkazishda davom etgan. Valentinning bu qilmishi ayon bo‘lgach, Klavdiy uni o‘limga mahkum etgan. Ba‘zi tarixiy rivoyatlarga ko‘ra, Valentin xristianlarga rim qamoqxonalaridan qochishda yordam bergani uchun qatl etilgan deb hisoblanadi. Yana bir Rivoyatga ko‘ra, Valentin birinchi «Valentinka» jo‘natgan deb hisoblaydilar. Qamoqda bo‘lganda, deyiladi rivoyatda, Valentin uni ko‘rishga kelgan qamoqxona nazoratchisining qiziga oshiq bo‘lib qoladi. O‘limi oldidan unga «sening Valentining» degan imzo bilan xat yozadi. Bu ibora hozirga qadar valentinkalarda qo‘llaniladi. Aniq bir tarixga ega bo‘lmasada, Valentin afsonalari tufayli O‘rta asrlarda Angliya va Fransiyada eng mashhur avliyo hisoblangan. Yana bir jafokash Valentin o‘zining tabiblik qobiliyati va taomlarga ishqibozligi bilan mashhur bo‘lgan, rivoyatlarga ko‘ra, u faqat mazali dorilar tayyorlagan. Uchinchi Valentin to‘g‘risida ma‘lumot juda kam, faqat uning Afrikada o‘ldirilgani ma‘lum. Ba‘zilarning fikricha, Muqaddas Valentin kuni fevral o‘rtalarida, taxminan miloddan avval 270 yilda Muqaddas Valentin o‘lgan yoki dafn etilgan kunni nishonlash va boshqalarniing fikriga ko‘ra esa, xristianlar cherkovi rimliklarning Lupersatia hosildorlik va tozalanish majusiylik bayramlariga yangi talqin berish maqsadida bayram qilishga qaror qilganlar deb ta‘kidlaydilar. Shu kuni barcha turmushga chiqmagan qizlar romantik she‘rlar yozadilar va ularni yagona bir idishda to‘playdilar, uylanmagan yigitlar esa ko‘zlarini yumib xatni idishdan oladilar. Yangi bunyod bo‘lgan juftliklar kelasi yilga qadar uchrashib yurganlar. Bu bayramda uylar tozalanib, tuz va bug‘doylar sochilgan. Xullas shunaqa.
14-fevral. Shu kuni ko’plab sevishganlar ertalabdan bozorlarga, do’konlarga oshiqadilar. O’zlari yaxshi ko’rgan insoni uchun sovg’alar olishadi. Bu tabiiy xolatga aylanib ulgurgan. Shu kunga oid ba’zi bir statistik ma’lumotlarni ham keltirib o’tmoqni joiz deb topdim. Homiladorlikoldini oluvchi vositalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi Dureks (Durex) kompaniyasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, korxona maxsulotlari savdosi 14-fevral kuni 20-30% ga oshadi. Jahonda erkaklar 14-fevral kuni ayollarga nisbatan ikki barobar ko’p pul ishlatishadi. (Erkaklar o’rtacha hisobda $156 va ayollar $85 sovg’alar uchun sarflashadi.) Jahonga mashxur otkritka ishlab chiqaruvchi Holmark (Hallmark) qaramog’ida 80 kishilik ilmiy guruh doimo avvalgi yildagi 14-fevraldagi otkritkalar savdosini tahlil qilib o’tirishadi. Har yili dunyoda 6 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan bolalar 14-fevral kuni 650 million sovg’alar ulashishadi. Bozordagi ba’zi bir tanishlarimdan so’raganimda «Valentin kuni» ayrim bayramlarga nisbatan 2-3 barobar ko’proq savdo bo’lishini ta’kidlab o’tdilar. Yigitlar ko’proq yumshoq o’yinchoqlar, qizlar esa soat sovg’a sotib olishar ekan. Albatta, har yerda har xil. Har kimning o’ziga yarasha didi bor…
14-fevral. Bu kun faqat «Valentin kuni» emas, balki buyuk bobokalonimiz, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni ham sanaladi. OAVda buyuk ajdodimizga tug’ilgan kunlariga atab o’tkazilgan tadbirlar keng yoritiladi. Ko’plab joylarda Bobur kuni keng nishonlanadi. Shaxsiy fikrimcha bu kunni bizda Bobur kuni sifatida nishonlasak nur ustiga a’lo nur bo’lgan bo’lardi.
14-fevral. Men blogpostim orqali kimgadir maslahat berishdan yiroqman. Chunki hali maslahat beradigan yoshga yetganim ham yo’q. Vaqti kelib balki bu kunga atab boshqacharoq maqola ham yozarman. Ammo hozircha qo’limdan kelgani shu. Xo’sh siz nima deb o’ylaysiz, «Valentin kuni»ni nishonlash kerakmikan?
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
четверг, 6 февраля 2014 г.
GAZETADA MAQOLA CHIQARISH PULLIKMI?
Bugun juralistlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Respublikamizdagi gazetalarning muharrirlari bilan bo’lib o’tgan uchrashuv juda qiziqarli kechdi deyolmaymanu, lekin bahs munozaralar menga yoqdi. Kutilmaganda bitta jurnalistimiz, jurnalistika ta’lim yo’nalishi talabalari amaliyoti(praktika)dan qoniqmasligini aytib o’tdi. 3-4 ta jurnalistlar ham bu fikrni tasdiqlashdi. Keyin yana biri chiqib, jurnalist kadrlar borasida muammolar borligini ta’kidlab, talabalar redaksiyaga ko’pam boravermasliklarini aytdi. Yana bittasi esa talabalar kelsa bajonidil qo’llab quvatlashini alohida e’tirof etib o’tdi. To’g’risi bu bahs munozaralarga qo’shilgim, o’z fikrimni aytgim keldiyu, biroq… ko’pincha bunaqa uchrashuvlarda gaplarim ichimda qolib ketardi. Blogim esa meni bunday darddan ozod qildi. To’g’risi jurnalistlarimizning bo’lg’usi jurnalist talabalar haqidagi ayrim fikrlariga qo’shilgan bo’lsam ham, bitta gaplari yoqmadi. Talabalar redaksiyalarga kelisрmasmish?
Endi o’zimdan kelib chiqib fikr bildiradigan bo’lsaь, Nukusdagi 4-5 ta gazetaga maqola bilan bordim. Esimda eng dastlab «Ma’deniyat ha’m sport» gazetasiga material obordim. To’g’risi borganimga afsuslandim. O’sha payti 1-kursda o’qirdim. Gazeta hodimlari menga hali yosh ekansiz, bizda maqola chiqarishga ulgurasiz dedi. O’sha paytga kelib futbol gazetalarida 50 dan ortiq materiallarim chiqqan edi. Shu bois gazeta xodimining menga bo’lgan fikridan keyin, bu gazeta bilan ishlay olmasligimni angladim. Keyinroq yana 1-2 ta gazetalarga maqolalar oborgandim. «Xo’p, shu yerga tashlab ketaver, ko’rib chiqamiz», deb e’tibor ham bermay menga javob berishdi. Birinchilarida biroz ajablangandim, keyin esa ajablanishni istasam ham bunday qilolmadim. O’zbekiston bo’yicha chiqadigan gazetalarda maqolalarim chiqadi-yu, nega endi Nukusda chiqmaydi deb o’zimga o’zim savol berardim. Odatda sport mavzusida yozganim bois, balki ularga to’g’ri kelmasa kerak. Xullas kunlardan bir kuni ayrim kursdoshlarimizni taklifi bilan yana bitta gazeta redaktsiyasiga bordim. (Nukusda chiqadigan gazeta, nomini yozishni istamadim) Meni yaxshi kutib olishdi. Keyin savol-javob boshlandi. Redaksiyadagilarning gaplariga ko’ra, boshqa gazetalarda maqolasini chiqarolmaganlar, ushbu gazetada pul bilan o’z materiallarini chiqarishar ekan. Agar men ham ushbu gazetada maqolamni chiqarishni istasam, ularga yo pul to’lashim, yoki gazetalariga 1 yil obuna bo’lishim kerak ekan. Bu gaplardan keyin na yig’lashni, na kulishni bildim. Go’yo shok holatida edim. Keyin esa qo’limdagi materialni oldimda, u yerni tark etdim. Oldinlari men yozgan maqolalarim uchun qalam haqi olgan bo’lsam, endi o’zimizdagi qandaydir gazetada pul to’lab maqola chiqaramanmi? Yog’a, hech qachon. Shundan so’ng boshqa redaksiyalarga bormayman deb, o’zimga o’zim so’z bergandim. Bo’lib o’tgan voqealarni 1-2 ta tanishlarimga aytganimda ular, hech narsadan ajablanishmadi va bu odatiy hol ekanligini aytishdi. Ayrim do’stlarim esa maqolalarini gazetada chiqarish uchun «yuqori»dagi tanishlariga aytishganidan so’nggina materiallari chiqar ekan. Bu gaplardan keyin esa hayrat degan ko’chalarning tubiga tushib qoldim. Naxotki, Nukusdagi ayrim gazetalarda maqola chiqarish uchun ham tanish bilish yoki pul to’lash kerak bo’lsa? Bilishimcha men kabi, ayrim redaksiyalarning ostonasidan shu kabi gapni eshitib qaytgan yosh jurnalistlar yetarlicha topiladi. Endi aytingchi, shunday muomaladan keyin, birorta gazetaning redaksiyasiga borishni kim ham xohlar ekan?
Bu gaplarim ko’plab muharrirlarning noroziligiga sabab bo’lishi mumkin. Biroq, men zerikkanimdan yoki boshqa sababdan emas, o’zimning praktikamda uchragani uchun ham ushbu fikrlarimni bayon qilishni istadim. Salomat bo’ling…
P.S: Maqolada Nukusdagi ayrim gazetalar haqida fikr yuritilgan
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
четверг, 30 января 2014 г.
NUKUSDAGI FIGURALI UCHISH
Kecha o’qishga borish uchun yo’l olar ekanman, ko’chaga chiqishim bilan sirpanib ketdim. Qarasam hammayoq muz. Zo’rg’a yurardim yo’lda. Ozgina yurgandim, yiqilib ham tushdim. Odamlar oldida biroz hijolat bo’lgandim. Biroq, har ikki qadamda menga o’xshab yiqiluvchilarga ko’zim tushardi. Xuddi butun Nukus muzlab qolgandek edi go’yo. O’ylanib qoldim, huddi muzlik davriga o’xshaydi-ya. Yo’g’-e, ja unchalikmasu, biroq yo’llar go’yo Figurali uchish maydoniga aylangandek. Kimni qarama muz ustida sirpanayotgan bo’ladi, yoki menga o’xshab yiqilayotgan. Anchadan buyon bunday manzarani guvohi bo’lmagandim. Bir amallab o’qishga ham yetib oldim. Darsdan chiqqanimdan so’ng, uyga otlandim. Muzlar haliyam erimabdi. Odamlar zo’rg’a yurishibdi. «Kablok» kiyib olgan qizlarga rahmim kelib ketdi. Kelayotganda qanday manzarani ko’rgan bo’lsam, qaytayotganda ham shunday bo’ldi. Ko’chadagi har 3-4 ta odamning bittasi sirpanib, yiqilib tushayapti. Yana bir amallab, huddi ignani ustida yurgandek ehtiyotkorlik bilan uygacha yetib oldim...
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
KIM KUCHLI – BARSELONA, ATLETIKO YOKI REAL?
Ispaniya chempionati ushbu mavsum har
yilgidan ham ko’ra qiziqarli tus olmoqda. O’tgan yillar davomida chempionlik
uchun asosiy da’vogarlar «Real» va «Barselona» jamoalari bo’lishgan bo’lsa,
ushbu mavsum ular safiga «Atletiko» ham qo’shildi. 21-turga kelib 1-3 o’rindagi
jamoalar orasidagi farq atigi 1 ochkoni tashkil qilayapti. Buning ustiga
so’nggi 38-turda «Barselona» va «Atletiko» jamoalari kuch sinashishadi. Hech
shubha yo’qki, chempionlik uchun kurash so’nggi turgacha davom etadi. Shu bois,
ushbu 3 ta «grand» jamoalarning 21-turgacha qayd etgan natijalarini tahlil
qilishga qaror qildim.
Turnir jadvaldali
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
Barselona
|
21
|
17
|
3
|
1
|
57-13
|
54
|
2.
|
Atletiko
|
21
|
17
|
3
|
1
|
52-14
|
54
|
3.
|
Real
|
21
|
17
|
2
|
2
|
60-21
|
53
|
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ushbu 3 ta
jamoa orasidagi farq bor yo’g’i 1 ochkoni tashkil qilmoqda. Qaysi jamoaning
champion bo’lishini oldindan tahmin qilish murakkab. Bu kurashda hattoki
«Atletiko»ning qo’li baland kelishi ehtimolligi ham yo’q emas.
Uydagi natijalar
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
Barselona
|
10
|
10
|
0
|
0
|
34-6
|
30
|
2.
|
Atletiko
|
11
|
9
|
2
|
0
|
34-7
|
29
|
3.
|
Real
|
10
|
9
|
0
|
1
|
32-8
|
27
|
O’z maydonida ochko
yo’qotmagan jamoa bu faqatgina «Barselona»dir. Kataloniyaliklar «Kamp Nou»da
o’tkazilgan barcha 10 ta o’yinni ham boshlarini tik ko’targan holda tark
etishdi. «Atletiko» esa 2 marotaba o’z maydonida murosa ko’chasini tanlashga
majbur bo’ldi. Jumladan «Barsa» bilan ham. «Real» «Santyago Bernabeu»da
«Matraschilarga» imkoniyatni boy berdi. Qolgan 9 tasida esa g’alabani o’z
tomoniga og’dirib olishga muyassar bo’ldi.
Safardagi natijalar
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
Real
|
11
|
8
|
2
|
1
|
28-13
|
26
|
2.
|
Atletiko
|
10
|
8
|
1
|
1
|
18-7
|
25
|
3.
|
Barselona
|
11
|
7
|
3
|
1
|
23-7
|
24
|
Safardagi natijalar orasida «Qirollik klubi»
peshqadamlik qilmoqda. Ular faqatgina 1 marta «Barselona» bilan kechgan
safardagi bahsda mag’lubiyat alamini totib ko’rishdi xolos. «Atletiko»ning natijalari ham chakki emas,
jamoa 10 ta o’yinning 8 tasida g’alaba qozongan. 1 martadan durang o’ynagan va
mag’lubiyatga uchragan. «Barselona» safarda umumiy hisobda 4 marotaba ochko
yo’qotishga majbur bo’lgan. Mezbonlarni gollar bilan siylashda ham «Real»
peshqadam. «Almeriya» va «Betis» jamoalariga 5 tadan gol sovg’a qilganligi esa shunchaki ajoyib
natija!
Birinchi taymlardagi natijalar
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
Barselona
|
21
|
15
|
6
|
0
|
31-6
|
51
|
2.
|
Atletiko
|
21
|
13
|
8
|
0
|
23-5
|
47
|
3.
|
Real
|
21
|
11
|
7
|
3
|
26-10
|
40
|
Birinchi taymlarda «Barselona» va «Atletiko»
mag’lubiyatga uchramagan. Kataloniyaliklar 1-bo’limlarning 15 tasida,
Madridning 2-jamoasi esa 13 tasida g’alaba qozonishgan. «Real»ning natijalari
esa raqobatchilarinikidan ancha pastroq. Anchelotti shogirdlari 3 bora
tanaffusga mag’lubiyat bilan chiqib ketishgan. Martino shogirdlari 1-taymlarda
hammadan ko’p gol urishgan – 31 ta.
Ikkinchi taymdagi natijalar
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
Real
|
21
|
12
|
8
|
1
|
34-11
|
44
|
2.
|
Barselona
|
21
|
11
|
9
|
1
|
26-7
|
42
|
3.
|
Atletiko
|
21
|
10
|
8
|
3
|
29-9
|
38
|
2-taymlardagi natijalar borasida «Real»
karvonboshilik qilayapti. «Galaktikos» 12 uchrashuvning oxirgi bo’limida zafar
quchgan bo’lsa, 1 tasida imkoniyatni boy bergan. «Barselona»ning natijasi ham
«Real»niki bilan deyarli teng. Farqi shuki Kataloniyaliklar 1 ta o’yinda
ko’proq durrang o’ynashgan. «Atletiko» 2-taymlarda 3 marotaba mag’lubiyatga
uchragan. Ikkinchi 45-daqiqalikda gol kiritishda «Real» ustun. Ular «Barsa»ga
qaraganda 12 ta to’p ko’p kiritishga erishishgan.
Gollar grafikasi
Daqiqa
|
Barselona
|
Atletiko
|
Real
|
1-10
|
5-3
|
2-2
|
5-1
|
11-20
|
7-1
|
6-0
|
3-4
|
21-30
|
5-0
|
6-0
|
6-1
|
31-40
|
8-0
|
7-2
|
8-4
|
41-50
|
8-3
|
5-1
|
5-0
|
51-60
|
4-0
|
7-2
|
6-3
|
61-70
|
9-2
|
8-1
|
6-4
|
71-80
|
9-1
|
6-4
|
8-2
|
81-90
|
2-3
|
5-2
|
13-2
|
Gollar grafikasiga alohida e’tibor qaratsak.
Dastlabki 10-daqiqalikdagi natijalar bobida «Real» ustun. Biroq «Real» va
«Barsa» bir xil 5 tadan gol kiritishgan. 11-20 daqiqalar esa «Atletiko» va «Barselona»
uchun omadli sanalsa, «Real» ushbu daqiqalar oralig’idagi hisob bo’yicha
imkoniyatni boy bermoqda. 21-80 daqiqalar oralig’ida har uchchala jamoa ham
raqiblaridan ancha ustun kelishgan. So’nggi 10 daqiqalik negadir Xerardo
Martino shogirdlari uchun omadsiz sanaladi. 81-90 daqiqalarda ular 2 ta to’p
kiritib 3 ta gol o’tkazib yuborishgan. «Atletiko»ning natijasi esa - 5:2.
«Real» oxirgi 10 daqiqa ichida eng ko’p gol kiritgan klub sanaladi.
Madridliklar ayniqsa 90-daqiqalarda 8 marotaba golni tantana qilishgan. Ulardan
3 tasi g’alaba to’plari edi. Ayniqsa safarda «Levante»ga qarshi bahsda
«Galaktikos» 90-daqiqada hisobni tenglashtigan va qo’shimcha daqiqalarda
g’alabani ham ilib ketgan.
Xet-triklar
«Barselona»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
3
|
Lionel Messi
|
Valensiya-Barselona (2:3)
|
11,39,41
|
5
|
Pedro
|
Rayo Valekoano-Barselona (0:4)
|
33,47,72
|
17
|
Pedro
|
Xetafe-Barselon (2:5)
|
34,41,43
|
18
|
Sanches
|
Barselona-Elche (4:0)
|
7,63,69
|
«Real»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
11
|
Krishtianu Ronaldo
|
Real-Sevilya (7:3)
|
32,60,71
|
13
|
Krishtianu Ronaldu
|
Real-Real Sosedad (5:1)
|
2,26,76
|
15
|
Garet Beyl
|
Real-Valyadolid (4:0)
|
33,64,89
|
«Xet-trik» qayd etishda «Barsa»chilar
yetakchi. Kataloniyaliklar safida 3 ta futbolchi 1 ta o’yinda 3 tadan gol
kiritgan. Pedro bu ishni 2 marta uddalagan bo’lsa, Messi va Sanches 1 martadan
bunday sharafga muyassar bo’lishgan. «Real» safida 2 ta futbolchi hisbida «xet-trik»
mavjud. Ronaldoda 2 ta, Beylda 1 ta. E’tiborli jihati «Galaktikos» vakillari uy
uchrashuvlarining qatorasiga 3-tasida «xet-trik»ka erishishgan. «Atletiko»dan
hech kim bunday natija qayd eta olgani yo’q.
Dubllar:
«Atletiko»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
1
|
Diego Kosta
|
Sevilya-Atletiko (1:3)
|
35,39
|
3
|
Diego Kosta
|
Atletiko-Osasuna (2:1)
|
18,25
|
8
|
Diego Kosta
|
Atletiko-Selta (2:1)
|
43,62
|
10
|
David Vilya
|
Atletiko-Betis (5:0)
|
52,56
|
14
|
Raul Garsiya
|
Atletiko-Xetafe (7:0)
|
26,52
|
14
|
David Vilya
|
Atletiko-Xetafe (7:0)
|
49,78
|
16
|
Diego Kosta
|
Atletiko-Valensiya (3:0)
|
59,81
|
17
|
Diego Kosta
|
Atletiko-Levante (3:2)
|
30,77
|
«Real»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
3
|
Isko
|
Real-Atletik (3:1)
|
25,73
|
5
|
Krishtianu Ronaldo
|
Real-Xetafe (4:1)
|
34,90
|
6
|
Krishtianu Ronaldo
|
Elche-Real (1:2)
|
51,90
|
11
|
Garet Beyl
|
Real-Sevilya (7:3)
|
14,27
|
11
|
Karim Benzema
|
Real-Sevilya (7:3)
|
53,80
|
12
|
Krishtianu Ronaldo
|
Rayo Valekano-Real (2:3)
|
3,48
|
18
|
Krishtianu Roanldo
|
Real-Selta (3:0)
|
82,90
|
«Barselona»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
1
|
Lionel Messi
|
Barselona-Levante (7:0)
|
12,42
|
1
|
Pedro
|
Barselona-Levante (7:0)
|
26,73
|
8
|
Sanches
|
Barselona-Valyadolid (4:1)
|
14,64
|
13
|
Fransesk Fabregas
|
Betis-Barselona (1:4)
|
63,79
|
16
|
Neymar
|
Barselona-Vilyareal (2:1)
|
30,68
|
17
|
Fransesk Fabregas
|
Xetafe-Barselona (2:5)
|
68,72
|
Garchi birorta o’yinda ham 3 ta gol kirita
olishmagan bo’lsalar ham, «Atletiko» vakillari 8 bora «dubl» qayd etishgan.
«Dubl»chilar orasida Diego Kosta haqiqiy yetakchi. Braziliyalik ispan 5 o’yinda
2 tadan gol kiritgan. Shulardan 4 tasi jamoga muhim g’alabalarni taqdim etgan.
Shuningdek Vilya 2, Garsiya 1 marotabadan 2 tadan gol kiritishgan. «Real»
vakillari hamshaharlaridan 1 ta kam «dubl» kiritishgan. Krishtiano 4 bora,
Isko, Beyl va Benzemalar 1 martadan tobloga 2 bora o’z ismlarini yozdirib
qo’yishgan. «Barsa» hisobida 6 ta «dubl» bor. Qizig’i bu natijani 5 ta
futbolchi qayd etgan. Faqatgina Fabregas 2 bora «dubl» kiritgan. Messi,
Sanches, Pedro, Neymar kabi hujumchilarda esa bor yo’gi 1 tadan «dubl» bor
xolos.
Penalti tepish bo’yicha
natijalar
Jamoalar
|
Penaltilar
|
Barselona
|
5:1
|
Real
|
5:3
|
Atletiko
|
4:1
|
Ko’pchilik,
hakamlar kuchli jamoalarga yordam berishadi deb hisoblashadi. Biroq
«gigant»larga qarshi o’yinlarda raqiblar juda ko’p qo’pollik sodir etishlari
ham bor gap. Penaltidan manfaat ko’rishda «Barselona» jamoasi yetakchilik
qilmoqda. Ular 5 marta 11 metrlik «nuqta»dan zarba berishgan. Faqatgina 1 tasida
Xavi mo’ljalda adashgan. Shuningdek ana
shunday imkoniyat ularning raqiblariga bor yo’g’i 1 marta nasib etgan. «Real»
klubi ham 5 ta penalti bajargan va barchasida Ronaldo bu ishni behato amalga
oshirgan. Raqiblar esa Lopes darvozasiga 3 marta penaltidan gol kiritishgan. «Atletiko»
Madrid
tarkibida barcha penaltilarni Diego Kosta muvaffaqiyatli tarzda amalga
oshirgan.
Avtogollar bo’yicha hisoblar
Jamoalar
|
Penaltilar
|
Atletiko
|
3-1
|
Barselona
|
1-0
|
Real
|
0-0
|
Eng ko’p avtogollar «Atletiko» jamoasining
o’yinlarida qayd etilgan. Raqiblar «Matraschilar» bilan o’yinlarda naq 3 marotaba
o’z darvozlarini «o’qqa» tutib, sahiylik qilishgan. O’z o’rnida ushbu jamoa ham
1 ta o’yinda avtogol kiritib qo’ygan.
«Espanol» bilan o’yinda darvozabon Kurtua hisobiga yozilgan gol,
«Atletiko»ning mag’lubiyatiga sabab bo’lgan.
Barsa raqiblaridan 1 ta avtogol sovg’a olgan. «Real» esa avtogollarni yomon ko’radi.
Barcha gollar
«Real»
Futbolchi
|
1-taym
|
2-taym
|
Umumiy
|
Krishtianu Ronaldo
|
10
|
12
|
22
|
Karim Benzema
|
6
|
5
|
11
|
Garet Beyl
|
5
|
3
|
8
|
Isko
|
2
|
4
|
6
|
Anxel Di Mariya
|
2
|
1
|
3
|
Alvaro Morata
|
-
|
3
|
3
|
Pepe
|
1
|
2
|
3
|
Xese
|
-
|
2
|
2
|
Sami Xedira
|
1
|
-
|
1
|
Serxio Ramos
|
-
|
1
|
1
|
Ronaldo chempionat to’purari bo’lib turibdi.
U ikkala bo’limda ham deyarli bir xil to’p kirita olishini isbotlamoqda. Kiritgan
22 ta golining 10 tasi 1-bo’limda, 12 tasi esa 2-bo’limda qayd etilgan. Umumiy
hisobda «Galaktikos» tarkibida ushbu mavsumda 10 futbolchi gol kiritgan.
Benzema 11 ta, Beyl 8 ta to’p kiritgan. Chempionatni ketma-ket gol kiritib
boshlagan Iskoda esa 6 gol mavjud. Di Mariya, Morata va himoyachi bo’lishiga
qaramasdan Pepelar 3 tadan, Xese 2 ta, Xedira va Ramos 1 tadan gollarga
mualliflik qilishgan.
«Barselona»
Futbolchi
|
1-taym
|
2-taym
|
Umumiy
|
Sanches
|
3
|
9
|
12
|
Pedro
|
8
|
4
|
12
|
Lionel Messi
|
7
|
1
|
8
|
Fransesk Fabregas
|
1
|
6
|
7
|
Neymar
|
4
|
2
|
6
|
Xavi
|
1
|
1
|
2
|
Adriano
|
1
|
1
|
2
|
Danni Alves
|
2
|
-
|
2
|
Pike
|
1
|
1
|
2
|
Buskets
|
1
|
-
|
1
|
Bartra
|
-
|
1
|
1
|
Andreas Inesta
|
1
|
-
|
1
|
Avtogol
|
-
|
1
|
1
|
Messining jarohat
olishi Sanches va Pedrolarning to’purarlik qobiliyatlarini namoyish
qilishlariga yo’l ochdi. Ular birgalikda 12 tadan gol kiritganlar. Sanches
ko’proq 2-taymda zafar quchishni yaxshi ko’rsa, Pedro buning aksi 1-taymlarda
gollar uradi. Messi 8 ta golining 7 tasini ilk taymlarda kiritgan. Klubning
yangi a’zosi Neymar hisobida 6 gol bor. Himoyachilar triosi Adriano, Alves va
Pikelar 2 tadan, Buskets, Bartra va Inestalar esa 1 tadan gollarni o’z
hisoblariga yozdirib qo’yishgan. Shuningdek 1 ta gol avtogol sifatida qayd
etilgan.
«Atletiko»
Futbolchi
|
1-taym
|
2-taym
|
Umumiy
|
Diego Kosta
|
10
|
9
|
19
|
David Vilya
|
4
|
6
|
10
|
Raul Garsiya
|
2
|
3
|
5
|
Koke
|
-
|
4
|
4
|
Arda Turan
|
3
|
-
|
3
|
Rodriges
|
-
|
2
|
2
|
Tiago
|
-
|
2
|
2
|
Torres
|
1
|
-
|
1
|
Gabi
|
-
|
1
|
1
|
|
-
|
1
|
1
|
Godin
|
1
|
-
|
1
|
Avtogollar
|
2
|
1
|
3
|
«Atletiko» jamoasida ham ajoyib hujum dueti mavjud.
Kosta va Vilya. Diego to’purarlar ro’yhatida ma’lum vaqt hatto peshqadamlik ham
qildi. Hozirda esa 19 ta goli bilan
Ronaldodan keyin ikkinchi o’rinda bormoqda. Vilya to’purarlik
qobiliyatini hali yo’qotmaganligini isbotlamoqda. Uning hisobida 10 ta gol
mavjud. Shuningdek Garsiya 5 ta, Koke 4 ta, Turan 3 ta, Rodriges va Tiago 2
tadan, Torres, Gabi, Adrian
va Godin 1 tadan gollarga mualliflik qilishgan. 3 ta gol esa avtogol sifatida
qayd etilgan. 52 ta gol umumiy hisobda 11 nafar futbolchilarning hisoblariga
yozilgan.
Eng tezkor gol
Daqiqa
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Tur
|
1
|
Torres
|
Atletiko-Betis (5:0)
|
10
|
2
|
Krishtiano Ronaldo
|
Real-Real Sosedad (5:1)
|
13
|
3
|
Sanches
|
Barselona-Levante (7:0)
|
1
|
Tezkor gol urishda
«Atletiko» a’zosi Torres oldinda. U «Betis»ga qarshi o’yinning ilk
daqiqasidayoq jamoasini oldinga olib chiqqan. Ronaldo «Sosedad»ga qarshi
o’yinda 2-daqiqada, Sanches esa «Levante» bilan o’yinning 3-daqiqasidayoq
jamoalarini oldinga olib chiqishgan.
Birinchi bo’lib gol urgan
uchrashuvlardagi natijalar
Jamoa
|
G’alaba
|
Durang
|
Mag’lubiyat
|
Barselona
|
15
|
0
|
0
|
Real
|
14
|
0
|
0
|
Atletiko
|
15
|
2
|
0
|
«Barselona» va
«Real» birinchi bo’lib gol kiritishsa albatta g’alaba qozonishmoqda. «Barsa» bu
ishni 15 marta bajargan bo’lsa, «Real» 14 o’yinda o’zi dastlab gol kiritgan
o’yinlarni g’alaba bilan yakunlagan. «Atletiko»
hammadan ko’p 17 ta uchrashuvda birinchi bo’lib gol kiritgan bo’lsa ham,
shularning 2 tasida murosa ko’chasini tanlashga majbur bo’lgan.
Birinchi bo’lib gol o’tkazib
yuborgan uchrashuvlardagi natijalar
Jamoa
|
G’alaba
|
Durang
|
Mag’lubiyat
|
Real
|
3
|
2
|
2
|
Barselona
|
2
|
1
|
1
|
Atletiko
|
2
|
0
|
1
|
«Real» 7 ta o’yinda birinchi bo’lib o’z
darvozasidan to’p olib chiqqan. Shularning 3 tasida g’alabani ilib ketgan
bo’lsa, 2 tasida durrang o’ynagan. Asosiy 2 raqobatchilariga qarshi o’yinlarni
esa boy beradi. «Barselona» 4 ta o’yinda hisobda orqada borayotib, shularning 2
tasida irodali g’alab qozongan. «Atletiko» jamoasi 3 o’yinda hisobda orqada
borayotgan bo’lishiga qaramay, 2 tasida g’alaba nashidasini surgan.
Gol o’tkazmagan va gol
urolmagan uchrashuvlar soni
Jamoa
|
Gol o’tkazmagan o’yin- gol urolmagan o’yin
|
Barselona
|
11-3
|
Atletiko
|
10-2
|
Real
|
8-1
|
«Barselona» darvozabonlari «quruq» o’yin
o’tkazishda yetakchi sanalishadi. 11 ta o’yinda raqiblar Kataloniyaliklar
darvozasi tomon yo’l topa bilishmagan. Tibo Kurtua 10 ta o’yinda, Diego Lopes
esa 8 ta uchrasahuvni darvzalaridan to’p o’tkazmay yakunlashgan. «Real» bor
yo’g’i 1 o’yinni golsiz yakunlagan. «Atletiko»da bu natija 2 tani,
«Barselona»da esa 3 tani tashkil qilmoqda.
1-taymlarda gol o’tkazmagan va
urolmagan uchrashuvlar soni
Jamoa
|
Gol o’tkazmagan o’yin- gol urolmagan o’yin
|
Barselona
|
17-4
|
Atletiko
|
16-6
|
Real
|
13-8
|
1-taymlarda «Barselona»ga gol urish oson
emas. 17 o’yinda ular ilk 45-daqiqalikni «quuq» o’tkazishgan. Eng past natija
esa «Real»ga tegishli. «Galaktikos» 13 o’yinda gol o’tkazmagan, naq 8 tasida
esa gol urolmagan. 6-10 turlar doirasida esa qatorasiga 5 o’yinda Anchelotti
shogirdlari raqiblar darvozalariga yo’l topa olishmagan.
2-taymlarda gol o’tkazmagan va
urolmagan uchrashuvlar soni
Jamoa
|
Gol o’tkazmagan o’yin- gol urolmagan o’yin
|
Barselona
|
15-6
|
Real
|
12-2
|
Atletiko
|
12-7
|
2-taymlarda «Barselona» ko’proq o’yinlarda
gol o’tkazmagan, shuning barobarida 6 ta bahsning ikkinchi 45-daqiqasida o’zi
ham gol ura olmagan. Bu borada «Real» yetakchi. «Qirollik klubi» bor yo’g’i 2
uchrashuvning 2-taymidagina gol ura olmagan xolos. «Atletiko» futbolchilari esa
7 o’yinda 2-taymda darvozlar tomon yo’l topa bilishmagan.
Yusupov
Furqat
Manba:
furqatyusupov.blogspot.com
Подписаться на:
Сообщения (Atom)