Bugun juralistlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Respublikamizdagi gazetalarning muharrirlari bilan bo’lib o’tgan uchrashuv juda qiziqarli kechdi deyolmaymanu, lekin bahs munozaralar menga yoqdi. Kutilmaganda bitta jurnalistimiz, jurnalistika ta’lim yo’nalishi talabalari amaliyoti(praktika)dan qoniqmasligini aytib o’tdi. 3-4 ta jurnalistlar ham bu fikrni tasdiqlashdi. Keyin yana biri chiqib, jurnalist kadrlar borasida muammolar borligini ta’kidlab, talabalar redaksiyaga ko’pam boravermasliklarini aytdi. Yana bittasi esa talabalar kelsa bajonidil qo’llab quvatlashini alohida e’tirof etib o’tdi. To’g’risi bu bahs munozaralarga qo’shilgim, o’z fikrimni aytgim keldiyu, biroq… ko’pincha bunaqa uchrashuvlarda gaplarim ichimda qolib ketardi. Blogim esa meni bunday darddan ozod qildi. To’g’risi jurnalistlarimizning bo’lg’usi jurnalist talabalar haqidagi ayrim fikrlariga qo’shilgan bo’lsam ham, bitta gaplari yoqmadi. Talabalar redaksiyalarga kelisрmasmish?
Endi o’zimdan kelib chiqib fikr bildiradigan bo’lsaь, Nukusdagi 4-5 ta gazetaga maqola bilan bordim. Esimda eng dastlab «Ma’deniyat ha’m sport» gazetasiga material obordim. To’g’risi borganimga afsuslandim. O’sha payti 1-kursda o’qirdim. Gazeta hodimlari menga hali yosh ekansiz, bizda maqola chiqarishga ulgurasiz dedi. O’sha paytga kelib futbol gazetalarida 50 dan ortiq materiallarim chiqqan edi. Shu bois gazeta xodimining menga bo’lgan fikridan keyin, bu gazeta bilan ishlay olmasligimni angladim. Keyinroq yana 1-2 ta gazetalarga maqolalar oborgandim. «Xo’p, shu yerga tashlab ketaver, ko’rib chiqamiz», deb e’tibor ham bermay menga javob berishdi. Birinchilarida biroz ajablangandim, keyin esa ajablanishni istasam ham bunday qilolmadim. O’zbekiston bo’yicha chiqadigan gazetalarda maqolalarim chiqadi-yu, nega endi Nukusda chiqmaydi deb o’zimga o’zim savol berardim. Odatda sport mavzusida yozganim bois, balki ularga to’g’ri kelmasa kerak. Xullas kunlardan bir kuni ayrim kursdoshlarimizni taklifi bilan yana bitta gazeta redaktsiyasiga bordim. (Nukusda chiqadigan gazeta, nomini yozishni istamadim) Meni yaxshi kutib olishdi. Keyin savol-javob boshlandi. Redaksiyadagilarning gaplariga ko’ra, boshqa gazetalarda maqolasini chiqarolmaganlar, ushbu gazetada pul bilan o’z materiallarini chiqarishar ekan. Agar men ham ushbu gazetada maqolamni chiqarishni istasam, ularga yo pul to’lashim, yoki gazetalariga 1 yil obuna bo’lishim kerak ekan. Bu gaplardan keyin na yig’lashni, na kulishni bildim. Go’yo shok holatida edim. Keyin esa qo’limdagi materialni oldimda, u yerni tark etdim. Oldinlari men yozgan maqolalarim uchun qalam haqi olgan bo’lsam, endi o’zimizdagi qandaydir gazetada pul to’lab maqola chiqaramanmi? Yog’a, hech qachon. Shundan so’ng boshqa redaksiyalarga bormayman deb, o’zimga o’zim so’z bergandim. Bo’lib o’tgan voqealarni 1-2 ta tanishlarimga aytganimda ular, hech narsadan ajablanishmadi va bu odatiy hol ekanligini aytishdi. Ayrim do’stlarim esa maqolalarini gazetada chiqarish uchun «yuqori»dagi tanishlariga aytishganidan so’nggina materiallari chiqar ekan. Bu gaplardan keyin esa hayrat degan ko’chalarning tubiga tushib qoldim. Naxotki, Nukusdagi ayrim gazetalarda maqola chiqarish uchun ham tanish bilish yoki pul to’lash kerak bo’lsa? Bilishimcha men kabi, ayrim redaksiyalarning ostonasidan shu kabi gapni eshitib qaytgan yosh jurnalistlar yetarlicha topiladi. Endi aytingchi, shunday muomaladan keyin, birorta gazetaning redaksiyasiga borishni kim ham xohlar ekan?
Bu gaplarim ko’plab muharrirlarning noroziligiga sabab bo’lishi mumkin. Biroq, men zerikkanimdan yoki boshqa sababdan emas, o’zimning praktikamda uchragani uchun ham ushbu fikrlarimni bayon qilishni istadim. Salomat bo’ling…
P.S: Maqolada Nukusdagi ayrim gazetalar haqida fikr yuritilgan
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий