пятница, 27 декабря 2013 г.

«YOSH JURNALISTLAR KLUBI» QISHKI SEMINAR-TRENINGGI

   23-24 dekabr kunlari «Yosh jurnalistlar klubi»ning qishki o’quv-seminar treninglarini tashkil qildik. Bunda bizga «Kamolot» YIH va Universitetimiz jurnalistika kafedralari yaqindan yordam berishdi. Seminarda trenerlik vazifasini Seytnazarova Guljahan, Nurjanova Hurliman va men uchalamiz olib bordik. Treningning 1-kunini Televidenie bo'yicha o'tkazdik. Dastlab barcha ishtirokchilar bilan tanishib chiqdik va ulardan telejurnalistika haqidagi fikrlarini so’radik. So’ngra Hurliman «stend-up» haqida ma'lumot berib o'tgan bo'lsa, men «vox-pop» haqida tushuntirib o'tdim. Shundan so'ng o'zimiz ishlagan «stend up», «vox-pop» va reportajlarni ekran orqali qo’yib ko’rsatdik. Kafedramiz boshlig’i Davletbay Bekbavliev telejurnalist qanday bo’lishi lozimligi haqida to’xtalib o’tdi. Bu orada klub a’zolarining zerikib qolmasliklari turli xil interaktiv o’yinlarni ham o’ynadik. Seminarimizning 2-kunida esa Bosma so’z va internet jurnalistikasi haqida o’tkazdik. Guljahan bosmaso’z bo’yicha maqola yozish sirlari, qoidasi va lid tanlash mavzularni prezentatsiya orqali tushuntirib o’tdi. Men esa Internet jurnalistikasi bo’yicha esa bloggerlik faoliyati haqida tushuncha berdim. Shundan so’ng navbatni o’quv seminarimizga tashrif buyurgan mehmonlarga berdik. «Jetkenshek» gazetasi muhbiri Ibadullaeva Jenisgul va «Qaraqalpaqstan» radiosi boshlovchisi, «Oltin qalam» mukofoti sohibi Gulnaz o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar va yosh jurnalistlarni qiziqtirgan bir qator savollarga javob berdilar.
E’tiborlisi «Yosh jurnalistlar klubi» faqatgina jurnalistika ta’lim yo’nalishi talabalaridan iborat emas. Safimizda qoraqalpoq, Ingliz  va o’zbek filologiyasi fakultetidan, shuningdek, Nukus Davlat Pedagogika Instituti va Toshkent Pedriatriya Tibbiyot Instituti Nukus filiali talabalari va Akademik litsey o’quvchilari ham bor. Klubimizning oldiga qo’ygan reja va maqsadlari ulkan. Biz endi «Kamolot» YIH qoshida ushbu klubni yanada kengaytirib uni Respublikalik hajmda olib bormoqchimiz. Shuningdek o’zimiz uchun yangi ko’rsatuv va radioshettirishlarni ochish, hamda maxsus saytimizni ishga tushirishni ham rejalashtirmoqdamiz. Shuning barobarida Nukus shahridagi barcha litsey va kollejlarda jurnalistika bo’yicha seminar-treninglar o’tkazib, klubimiz safini yanada kengaytirish ham bizning oliy vazifalarimizdan biridir. Biz bu bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz aslo. Ya’ni barcha tumanlarda ham jurnalistika bo’yicha seminarlar o’tkazib, har bir tumanda «Yosh jurnalistlar klubi»ni ochish niyatidamiz. Bularning bari shunchaki gap emas. Zero bugungi kunda biz yoshlar uchun barcha imkoniyat eshiklari ochiq. Shunday ekan bunday imkoniyatni qo’ldan chiqarishni aslo istamaymiz.
   2 kunlik o’quv seminarimiz mazmunli tarzda o’tdi. Trening yakunida barcha ishtirokchilarga va biz trenerlarga «Kamolot» YIH tomonidan sertifikatlar topshirildi. Seminar yakunida biz ishtirokchilarning fikrlari bilan qiziqdik.
   Qallibekova Aygul (QDU, Jurnalistika yonalishi talabasi): - Men «Yosh jurnalistlar klubi»ning qishki oquv seminarlarida qatnashganimdan xursandman. Trening mobaynida tajribali jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvlar menda katta taasurotlar qoldird. Umid qilamanki, Gulnaz Nurbekovadan olgan maslahatlarim menga kelajakda radioda as qotadi.
   Jabborov Asrorbek (ToshPTI Nukus filiali talabasi): - 2 kun mobaynida juda ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim. Menda ayniqsa internet jurnalistikasiga bo’lgan qiziqish yanada ortdi. Xudo xohlasa o’z soham bo’yicha bloggerlik faoliyatimni yuritish niyatidaman.
   Tajimuratova Shaxnoza (QDU qoshidagi №3-sonli Akademik litsey o’quvchisi): - Men bunday seminar-treninglarda ilk bora qatnashyapman. Kelajakda tekejurnalist bo’lishni o’z oldimga maqsad etib qo’yganman. Bu yerda olgan bilimlarim menga yanada as qotishiga shubham yo’q. klubning keyingi treninglarida ham faol qatnashish niyatidaman.












Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий