2014-yilning 13-yanvar sanasida Shveytsariyada 2013-yilning eng yaxshi futbolchisiga atalgan navbatdagi «Oltin to’p» sovrini topshiriladi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim bo’lishi haqidagi bahs munozaralar bundan ikki oy oldin ancha avj olib ulgurgandi. Keling nomzodlarga yana bir bor e’tibor qaratib o’tamiz va ularning imkoniyatlarini tahlil qilamiz.
Krishtianu Ronaldo («Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi)
Jamoaviy: yo’q
Shaxsiy: CHempional Ligasi to’purari – 2012/2013 (12 gol), Chempionlar ligasida 1 yil davomida eng ko’p gol urgan futbolchi – 2013 (15 gol), CHempionlar Ligasi guruh bosqichida eng ko’p gol urgan futbolchi – 2013/2014 (9 gol), Ispaniya chempionatining eng qimmatbaho futbolchisi – 2013, «Globe Soccer» va «Worl Soccer» versiyalari bo’yicha yilning eng yaxshi futbolchisi – 2013
Yil davomida qayd etgan natijasi:
Yil mobaynida: 59 o’yin – 69 gol + 14 golli pas
«Real»da (50 o’yin – 59 gol), Portugaliyada (9-10 gol)
2013/2014-yilgi mavsumda «Real»da: 21 o’yin – 27 gol
59 o’yinda – 8 «xet-trik», 12 «dubl», 21 o’yinda 1 ta gol, 18 o’yinda gol urolmagan.
Yil davomida 7 ta sariq, 1 ta qizil kartochka olgan.
Futbolchi sovrin haqida: «Oltin to'p»? Bu savolga eng yaxshi javob - mening o'yinim. Uni qo'lga kiritamanmi yoki yo'q, bunga javob bermayman, yaxshisi o'zingiz chiqish qiling».
FIFA prezidentining Ronaldo va Messini solishtirganidan keyin bu narsa portugaliyalikning shaxsiyatiga tekkani bor gap. Shundan so’ng u ketma-ket o’yinlarni ajoyib tarzda o’tkazib, Blatter janoblariga o’ziga xos tarzda javob qaytardi. Ronaldo shubhasiz Oltin to’p uchun eng asosiy nomzod bo’lib turibdi. Uning faqatgina bitta «minus» jihati bor. U ham bo’lsa yil mobaynida birorta ham sovrinni qo’lga kirita olmaganidir. Ammo shaxsiy natijalar borasida u mazkur yil mutloq oldinga o’tib ketdi. Jamoaviy sovrinlar «Oltin to’p» sohibi bo’lish uchun muhim emasligini 2010 va 2012-yillarda Messi isbotlagandi. Nega endi bu ishni Ronaldo eplolmas ekan? Chempionlar ligasida uni to’xtatib qolish ilojsiz narsadek ko’rindi go’yo. Portugaliya terma jamoasini saralash bahslaridan bitta o’zi jahon chempionatiga olib chiqishi esa, «Oltin to’p»ga bo’lgan imkoniyatlarini oshirib yubordi. Shvetsiyaga qarshi 2 o’yinda 4 ta gol kiritishi darhaqiqat tahsinga loyiq jihat. Yil mobaynida kiritgan gollarining soni Messi va Riberinikidan ham ko’p bo’lgani esa uning yana bir ustun jihatlaridan biridir.
«Oltin to’p»ni olish imkoniyati: 35 %
Lionel Messi («Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi)
Jamoaviy: Ispaniya chempioni – 2012/2013, Ispaniya superkubogi sohibi – 2013,
Shaxsiy: Oltin butsa sohibi – 2013, Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi va hujumchisi – 2013, Ispaniya chempionati to’purari – 2012/2013 (46 gol), Goal.com versiyasi bo’yicha eng yaxshi futbolchi – 2013
Yil davomida qayd etgan natijasi:
Yil mobaynida: 48 o’yin – 45 gol + 11 golli pas
«Barselona»da (41 o’yin – 39 gol), Argentinada (7 o’yin – 6 gol)
2013/2014-yilgi mavsumda «Barselona»da: 16 o’yin – 14 gol
48 o’yinda – 1 «poker», 3 «xet-trik», 7 «dubl», 18 o’yinda 1 ta gol, 19 o’yinda gol urolmagan.
Yil davomida 1 ta sariq kartochka olgan.
Futbolchi sovrin haqida: «Kuchli futbolchilar qatoriga kirganimdan hursandman. Uchlikka kiririshimni rad etmayman. Lekin bu yil men eng zo'ri bo'lmadim»
Lionel 2013-yilni o’tgan yilgiga qaraganda unchalik ham omadli o’tkaza olmadi. Bu yil u 2012-yili urgan gollarini yarmini ham kirita olmadi. Bunga ma’lum darajada jarohatlar sabab bo’ldi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Messi Ispaniya chempionatida kiritgan 46 ta goli bilan «Oltin butsa»ni qatorasiga ikkinchi marta, umumiy hisobda esa uchinchi bora o’ziniki qildi. Afsuski oktabr oyida ketma-ket 4 ta golsiz seriyadan keyin jarohat olgan Messining qatorasiga 5-marotaba «Oltin to’p»ni yutish imkoniyatlari sezilarli darajada kamaydi. Lekin shunday bo’lsa ham yilning eng yaxshi futbolchisi bo’lish uchun Leoni kuchli uchlikdagi autsayder deb atash noo’rin bo’ladi.
«Oltin to’p»ni olish imkoniyati: 30 %
Yil davomida qo’lga kiritgan yutuqlari:
Jamoaviy: Germaniya chempioni – 2013, Germaniya kubogi sohibi – 2013, Chempionlar Ligasi g’olibi – 2012/13, Yevropa Superkubogi sohibi – 2013, Klublar o’rtasidagi jahon chempionati g’olibi – 2013
Shaxsiy: Fransiyada yil futbolchisi – 2013, UEFA versiyasi bo’yicha eng yaxshi futbolchi – 2013, Klublar o’rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi – 2013.
Yil davomida qayd etgan natijasi:
Yil davomida: 56 o’yin – 23 gol + 22 golli pas
«Bavariya»da (48 o’yin – 18 gol), Fransiyada (8 0’yin – 5 gol)
2013/2014-yilgi mavsumda «Bavariya»da 22 o’yin – 12 gol
56 o’yinda 4 «dubl», 15 o’yinda 1 ta gol urgan. 37 o’yinda gol urolmagan.
Yil davomida 5 marta sariq kartochka olgan.
Futbolchi sovrin haqida: «Men mavsumda kuchli bo'ldim, yaxshi formada edim va jamoamga hamma narsani yutishga yordam berdim».
Frenk Riberi butun yilni muvaffaqiyatli tarzda o’tkazdi. Klub bilan 5 ta turnirda zafar quchdi. Terma jamoasining Braziliya mundialiga yo’l olishiga katta hissa qo’shdi. Yarim himoyachi bo’lishiga qaramasdan yil davomida 23 ta gol kiritishni uddaladi. Buning ustiga 22 marotaba jamoadoshlarining gol urishiga bevosita ko’maklashdi. Agar Ronaldo 2013/2014 yilgi mavsumda bunchalik yorqin o’yin ko’rsatmaganida, balki «Oltin to’p» uchun yaqqol da’vogar bu Riberi bo’larmidi? Uning ushbu mavsumdagi yagona «minusi» bu Krishtianuning ko’p gol urgani bo’ldi deyish mumkin. Ronaldo va Messi mazkur sovrinni qo’lga kiritishgan, lekin hali Riberida bu sovrin yo’q. Tan olish lozimki Riberi ham ushbu sovringa loyiq. Biroq, yakunda 1 ta futbolchi uni qo’lga kiritadi. Xo’sh o’sha futbolchi kim bo’ladi? Barchasiga 13-yanvarda oydinlik kiritiladi. Shungacha esa kutamiz.
«Oltin to’p»ni olish imkoniyati: 35 %
P.S: Bu mening shaxsiy fikrlarim albatta. Siz bunga qo’shilmaslikka to’liq haqqingiz bor.
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий