Показаны сообщения с ярлыком Futbol - ofsayd. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Futbol - ofsayd. Показать все сообщения

понедельник, 18 ноября 2013 г.

TANISHUV




   Ushbu maqolani oqiyotganlar orasida uylanganlar bolsa, maqolani oqish jarayonida oz rafiqalari bilan qanday tanishganliklarini bir eslab qoyishsa ajab emas. Maqolamiz biroz noodatiyroq. Yani mashhur top ustalarining oz rafiqalari bilan qanday tanishganliklari haqida. Bu sizni qiziqtirsa oqishni tavsiya etamiz, mabodo buni menga nima qizigi bor deb hisoblasangiz kozni yumingda keyingi sahifaga otavering.

   Futbol yulduzlari uchun qizlar bilan tanishish ortqicha muammo emas deb hisoblaguvchilar biroz adashishadi. Ha to’g’ri futbolchilar uchun qiz toppish aslo muammo emas. Ammo o’zi sevib qolgan insonnining ko’nglini topaverish ahmmaning ham qo’lidan kelavermaydi.
   Ma’lum bo’lishicha “Liverpul” va Angliya terma jamoasi yetakchilaridan biri Stiven Jerard romantik munosabatlarda biroz tortinchoq ekan. Yashil maydonda haqiqiy jangchi, lekin hayotda tortinchoq bo’lgan Stiven bilan uning rafiqasi Aleks Karran dastlab uchrashishni xohlamagan ekan. Yulduzli juftlik 2002 yilda kutilmagan vaziyatda tanishganlar. Oqsoch go’zalni bir ko’rishdayoq sevib qolgan Stiven u bilan kelib tanishishga dastlab yuragi betlamagan. Shuning uchun u do’stlaridan birini “vositachi” qilib, o’zining “qahramonliklari”ni unga so’zlab berishini iltimos qiladi. Lekin Aleks Karran “qahramon” bu futbolchi u bilan tanishishni xohlasa, o’zi birinchi qadamni tashlashi kerakligini, Jerardsiz ham ko’plab yaxshi yigitlar uyining ostonasida poyloqchilik qilishlarini “vositachi”ga uqtiradi. Natijada Jerad bir necha kunlik tayyorgarliklardan so’ng o’zida jasorat topib, Aleksga qo’ng’iroq qildi va shundan so’nggina ular o’rtasidagi ishqiy munosabatlar boshlandi. Ukarinalik yarim himoyachi Anatoliy Timoshuk  maktabning yuqori sinfida o’qib yurgan paytlari Nadejda bilan marshrut taksida tanishib qolgan. Ular dastlab do’stlashib olishdi, keyin bora-bora munosabatlari chuqur ildiz olib, samimiy muhabbatga aylandi.
   Rossiyalik hujumchi Aleksandr Kerjakov esa o’z jufti haloli hisoblanadigan Masha Golova bilan talabalik davrida tanishishgan. Ular ancha uzoq, deyarli bir yil davomida bir-birlarini o’rganishgan. Mashaning so’zlariga qaraganda, Sasha tanishuvning ilk kunlaridanoq unga yoqib qolgan. “Sasha og’ir tabiat, bosiq inson ekan. Bizning munosabatlarimizni avvaliga hech kim bilmasdi. Bir-birimizni yaxshi o’rganib, keyin ota-onamizga oshkor etganmiz. Men mustaqil edim, uydagilarim shaxsiy masalalardagi ishimga aralashmasdi. Bu safar ham ular mening tanlovimga qarshi borishmadi, aksincha Sasha bilan yaqindan tanishib olishgach, munosabatlarimizni qo’llab-quvvatlashdi”, deydi futbolchining rafiqasi. Uning vatandoshi Xose Reynaga to’rttalab gol ura oladigan Andrey Arshavin 2003 yilning yozida bo’lajak rafiqasi bilan tanishgan. Yuliya Sankt-Peterburgning 104.4 radioto’lqinida “Futbolka” eshittirishini olib borardi. Rossiyalik yana bir mashhur charm to’p ustasi Yuriy Jirkov rafiqasi Inna Gracheva bilan 2007 yil bahorda do’stlari uyushtirgan kechada tanishgan edi. Bu kutilmagan tnishuv emasdi. Innaning yaqin dugonasi Yuriyning do’stlaridan biri Dima bilan uchrashib yurar va bir kuni kelib dugonasi Innani Yuriy bilan tanishtirishni orzu qilardi. Ular esa uzoq vaqt tanishishni xohlashmadi. Lekin baribir tanishuv kuni kelgach, ular bir-birlarini bir qarashdayoq sevib qolishdi. Shundan so’ng ular ajralmaydigan bo’lib qolishdi. Futbolchi bo’sh vaqt topdi deguncha Kaliningradga oshiqardi.
   2004 yilgi “Oltin to’p” sohibi ukrainalik Andrey Shevchenko o’zining rafiqasi – amerikalik model Kristen Pazik bilan afsonaviy dizayner Jordjio Armanining moda kechalardidan birida tanishdi. Kristenning o’zi Andreyning yoniga keldi va uning futbolda ko’rsatayotgan o’yinlariga qoyil qolishini ta’kidlaydi. Ularning suhbatlari birdaniga silliqqina qovushib ketmadi: amerikalik go’zal “xonim” rus tilini umuman bilmasdi, ukrainalik “janob” esa ingliz tiliga anchagina no’noq edi. Lekin shunga qaramay, ular mobil sevgi aloqasiga asos soldilar: Kristen va Andreyning barcha bo’sh vaqtlari telefonda faqat o’zlarigina tushunib yeta oladigan tilda suhbat qurishga sarflana boshlandi. Telefon orqali bo’ladigan suhbatlar tezlik bilan ko’rishishga zamin yaratib bersa ham, amalda buning aksi bo’ldi – ikki tomonning ham taniqli kishilar ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, yo unisining, yo bunisining “aybi” tufayli uchrashuv ham bir necha martalab keyinga surilardi.
   Gollandiyalik sobiq darvozabon Edvin van der Saar bo’lajak rafiqasi Anna-Mariya Van Kesteren bilan Amsterdamda akasining baqqollik do’konida tanishib qolishgan. Shundan so’ng ularning munosabatlari yanada chqur ildiz otgan. Yana bir golland Van der Vaart 2003 yilning martida gollandiyalik fotomodel va teleyulduz Silviya Meys bilan tanishadi. Rafael bir kuni televizorda Silviya olib borayotgan dasturni tomosha qilayotgandi va unga “Ayaks”ning futbolkasini sovg’a tariqasida yuborishga qaror qildi. O’z navbatida teleboshlovchi sovg’ani mamnuniyat bilan qabul qildi va futbolchini o’zining dasturida ishtirok etishga taklif qildi. Ular uchrashdilar va Silviya o’zidan besh yosh katta bo’lishiga qaramay, futbolchi uni yoqtirib qoldi. Ularning sevgi romani tezlik bilan rivojlanib bordi.
   Erta porlab, erta so’ngan angliyalik Maykl Ouen esa bo’lajak rafiqasi Luiza Bonsal bilan maktab davrida birga o’qigan. Ularning bir-birlariga bo’lgan muhabbatlari qanot yoyganida Maykl 14, Luiza esa 13 yoshda bo’lgan. Ularning uylari ham bir-biriga yaqin bo’lgan. Alberto Jilardino va Alisa Bregolialarning tanishuvlari tarixini Alisa quyidagicha ta’riflaydi: “2002 yilning dekabr oyida men qishki ta’tilimni dugonamnikida o’tkazayotgandim. O’sha yerda menga Albertoni tanishtirishdi. Biz bir qarashdayoq bir-birimizni yoqtirib qoldik va bu yigit mening taqdirim ekanligini tushunib yetdim. Ertasi kundan biz uchrasha boshladik. Biroq uning futbolchi ekanligini avvaliga bilmagandim. Faqatgina uning yig’inlarga jo’nab ketganidan so’ng buni tushunib yetdim”.
   “Arsenal”da tanilib, “Barselona”da “yo’qolib” qolgan beloruslik Aleksandr Gleb
Belorussiyaning modalar jurnali uchun Sergey Shurkoga intervyu beradi. Sashani suratga tushishga qo’ndirish oson bo’lmadi. Aynan shu yerda uning taqdirini o’zgartirib yuborgan uchrashuv ro’y berdi. Taqdir uni bo’lajak rafiqasi Anastasiya bilan uchrashtirdi. Bu haqda Nastya so’zlab beradi: “2006 yilning yozida “Topless” guruhi tarqalib ketish arafasida edi. Men tushkun holatda bo’lib, og’ir damni boshdan kechirayotgan edim. Bu orada menga fotosessiyada suratga tushishni taklif qilib qolishdi. O’ylab o’tirmasdan rozi bo’ldim. Irena Gudievskayaning fotostudiyasiga keldim va bu yerda taniqli futbolchi Aleksandr Gleb bilan tanishib qoldim. 15 daqiqalik suhbatdan so’ng biz bir-birimiz uchun yaratilganimizni tushunib yetdim. Uning samimiy va mehribon inson ekanligi bilinib turardi. Ertasi kuniyoq Sasha menga kutilmaganda birinchi sovg’asini yuboribdi. Chiroyli qoplangan paket ichida yangi sport kostyumi va unda “Nastya, bu sport kostyumi senga ma’qul keladi deb o’ylayman. Sasha”. Nega aynan sport kostyumi sovg’a qildi? Chunki tanishgan kunimiz Sasha mendan kelishgan qad-qomatim haqida, sport bilan shug’ullanishim haqida so’radi. Men sportzalga borib shug’ullanishimni, har kuni yugurishimni aytdim. Shuning uchun bo’lsa kerak, u menga sport kostyumini sovg’a qildi”.
   Murabbiylar dahosi, yaqindagina murabbiylik faoliyatiga nuqta qo’ygan „Manchester Yunayted“ klubi afosnasi Ser Aleks Fergyusson 60-yillardagi ish tashlash namoyishlaridan birida sevgilisi – Keti Xoldingni uchratdi. U Ketini birinchi bor ko’rshda sevib qolgan.
  
P.S: O'zim yiqqan ma'lumotlar asosida tayyorladim. Ushbu maqolam Interfutbol gazetasida chop etildi.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com





воскресенье, 17 ноября 2013 г.

Биласизми..? Ўйинда энг кўп гапирган ва бақирган футболчи- бу Пеле!

* Кузатувчиларнинг ҳисоблаб чиқишларича, Алессандро Неста кунига ўртача 793та мактуб олади. Уларда асосан муҳаббат изҳор этилади, шунингдек, «Лацио»дан кетгани учун танқид қилинади, таътил ёки бирор байрам кечасини бирга ўтказишга таклиф ёзилади.

* Қолаверса, кўз ёшлари ва лаб изи туширилган мактублар ҳам етарли. Яна фанатлар футболчидан дастхат сўрашади, бахт тилашади, мақтов сўзлари битишади.

* Испания 2-лигасидаги бир ўйинда, баҳс якунланишига 3 дақиқа қолганида жамоа ўйинчилари ҳакамга эътироз билдириб, қўполлик қиладилар. Рефери эса бунга парво ҳам қилмай барча футболчиларни «қизил» билан «сийлайди».

* Битта клуб таркибида энг кўп гол уриш бобида футбол қироли - Пелега тенг келадигани йўқ. У Бразилиянинг «Сантос» жамоаси таркибида 1116 учрашувда 1091 марта зафар қучган.

* Пеле ҳаёти давомида 88 мамлакатга ташриф буюрган. 9 нафар қирол ва 1 нафар қиролича, 2 нафар Рим папаси ва 70та давлат президенти билан учрашган. Дунёнинг турли давлатларида футбол қиролига бағишланган 10дан ортиқ фильм яратилган ва 90тага яқин қўшиқ ёзилган.

* Аргентина терма жамоаси ўз тарихида 24та халқаро совринни қўлга киритган. Уларнинг орасида жаҳон даражасидаги олий совринлар сони 6та. Миллий жамоа 2 марта, 20 ёшгача бўлган ёшлар термаси эса 4 марта жаҳон чемпионатида ғолиб чиққан.

* Канадалик 10 ёшли қизалоқ Хло Кечланд 30 сония вақт ичида тўпни ерга туширмасдан 155 марта жонглёр қилган. Рекорд 2006 йилнинг 12 декабрь куни Канаданинг Виктория шаҳрида қайд этилган.

* Футбол тарихида стадионга ҳайкали қўйилган биринчи футболчи - бу Пеле. Унинг шарафига 1969 йили ҳайкал ясашган. Ундан кейин эса аргентиналик Габриэль Батистутага Флоренцияда шундай эҳтиром кўрсатишган.

* Швециялик Томас Луидман иккита рекорд ўрнатган. У тўпни боши билан 8 соат 32 дақиқаю 3 сония давомида ҳаракатлантирган. Иккинчиси - ерда ётган ҳолда 9 дақиқа 57 сония давомида тўп билан ҳунар кўрсатган.

* Бразилиялик Мартино Эдуардо Ориже оёқлари ва боши ёрдамида 19 соат 30 дақиқа давомида тўпни ерга туширмай ҳаракат қилган.

* Аргентиналик Виктор Рубилар бир вақтнинг ўзида 5та тўпни ерга тушириб юбормасдан ўйнатган - 10 сония ҳавода ушлаб турган.

* Европа чемпионлар кубоги (лигаси)да ҳам футболчи, ҳам мураббий сифатида ғолиб чиққанлар қаторига Мигель Муньос, Жованни Траппатони, Йохан Кройфф, Карло Анчелотти, Франк Райкаард ва Хосеп Гвардиолалар киришади.

* Бразилиялик таниқли ҳужумчи Аилтон профессионал фаолияти давомида 16та клуб шарафини ҳимоя қилган. У Бразилиянинг «Испирангу», «Интернасионал», «Можи Мирим», «Санта Крий», «Гуарани Капиненсе», Мексиканинг «Тигресуаил», Германиянинг «Вердер», «Шальке-04», «Гамбург», «Дуйсбург», Сербиянинг «Црвена Звезда», Туркиянинг «Бешиктош», Швейцариянинг «Грассхоппер», Украинанинг «Металлург» Д., Австриянинг «Алтах» клубларида тўп сурган.

* Беқиёс юлдуз - Пеле ўйинлар давомида энг кўп қичқирган ва энг кўп гапирган футболчидир.

* Камерун термаси ва «Интер» ҳужумчиси Самуэль Это`О мобиль телефонлар шайдоси. Унинг бундай матоҳлари сони 400тага яқин.

* Италиялик ҳимоячи Марко Матерацци 2006 йилги жаҳон чемпионати финалида рўй берган тарихий воқеа ҳақида «Мен Зиданга нима деган эдим», деб номланган китобни нашр эттирган.

* Энг кўп гол урган футболчини биласизми? Пеле! Йўқ? Бу - бразилиялик футбол қиролининг ҳамюрти Артур Фриденрейх. У 1909-1934 йиллар давомида 1329та голга муаллифлик қилган.

* Европа чемпионлар кубогида энг кўп зафар қучган футболчи - Франциско Хенто. У «Реал» клуби билан (1956-1960, 1966) 6 марта нуфузли совринни боши узра баланд кўтарган.

* Европа миллий терма жамоаларида энг кўп гол урган футболчи - Ференц Пушкаш. У Венгрия терма жамоаси учун 84 ўйинда 83та гол ҳосил қилган.

* Икер Касильяс - 4 карра жаҳон, 3 карра Европа чемпиони. Ушбу дарвозабон Испаниянинг турли ёшдаги терма жамоалари (U-15, U-16, U-20 ва катталар) билан жаҳонда тенгсиз бўлган. Европада эса U-16 ва катталар термасида зафар қучган.


P.S: Ўзим йиққан маьлумотлар асосида тайёрладим.

Фурқат ЮСУПОВ
Манба: furqatyusupov.blogspot.com

Қизиқарли, ҳайратланарли, ажойиб...

Футбол тарихи жуда бой ва қизиқарли. Архивларни титкилаш асносида ҳар қадамда мухлисларни қизиқтирадиган маълумотларга дуч келиш мумкин. Қуйида ҳукмингизга ана шундай қизиқарли, ҳайратланарли айрим фактларни қисқа ва лўнда ҳолда ҳавола этяпмиз. Ўйлайманки, бу каби маълумотлар сизни қизиқтирмасдан қолмайди. Зеро, қисқа ва лўнда гапга нима етсин?

- «Милан»нинг афсонавий футболчиси Нилс Лидхолм «А» сериясида 367та ўйинда 81та гол урган ва бирор марта сариқ карточка олмаган.

- 1989 йилги Либертадорес кубоги финалида Колумбиянинг «Атлетико Насьонал» клуби посбони Рене Игита пенальтилар сериясида 1та гол уради ва 4та зарбани бартараф этади.

- «Чаён зарбаси» муаллифи Рене Игита одам ўғирлашда айбланиб, қамоққа тушган. Аслида у дўстининг қизини гаровдан қутқаришда асосий ролни бажарган. Яъни воситачи бўлиб, 64 минг доллар миқдорида мукофот олган. Бу Колумбия қонунларига зиддир. Бутун мамлакатда унинг ёнини олганлар кўп бўлди. Игита эса ўзини оқлаш учун қамоқхонада очлик эълон қилади. Оқибатда озодликка чиқарилади.

- «Қора ўргимчак» лақабли буюк дарвозабон Лев Яшин фаолияти давомида 150тадан ортиқ 11 метрли жарима зарбаси йўналишини топган.

- «Милан» форварди Алешандро Патонинг Стефани Брити билан никоҳ тўйига Бразилия президенти Игнасио Лула ҳам ташриф буюрган.

- Оливер Кан 2008 йили «Мен», деб номланган китобини нашр қилдирди. Лекин у кипернинг автобиографияси эмас.

- Робин ван Перси «Фейеноорд» сафида ўйнаб юрган кезлари «Голландия гўзали» танлови ғолибаси Сандра исмли қизни зўрлаганликда айбланиб, 2 ҳафта қамоқда ўтириб чиқади. Кейинчалик унинг айбсизлиги исботланган.

- Паоло Мальдини ёшлигида «Милан»нинг ашаддий рақиби - «Ювентус»га мухлислик қилган.

- Паоло Мальдини 2008 йилнинг 17 февралида ўзининг 1000-расмий ўйинини ўтказди. Уларнинг 981тасида 1-дақиқадан майдонга тушган ва 916тасида алмаштирилмаган. Умуман, «Милан» фахри фаолияти давомида жами 1042та учрашувда қатнашган.

- Карлес Пуйолнинг отаси йўл ишчиси бўлиб ишлаган ва асфальт ётқизаётганида трактор остида қолиб кетиб, фожиали тарзда оламдан ўтган.

- Каканинг тўлиқ исми-шарифи - Рикардо Изексон Дос Сантос Лейта. Кака эса лақаб: у футболчининг укаси Родриго (Дигао) томонидан берилган.

- Фернандо Торрес 19 ёшидаёқ «Атлетико» сардори бўлган.

- Пеле билан тенгдош бўлган Геннадий Красницкий 1963 йили собиқ иттифоқ клублар терма жамоаси сафида Бразилия дарвозасига гол урган - жарима зарбасидан.

- Бразилия терма жамоаси массажчиси Марио Америко «сариқ девлар» билан 25 йил фаолият кўрсатган. У 1950-1975 йилларда жамоа массажчиси бўлиб ишлаган ва нақ 7та мундиалда (!) иштирок этган ягона шахсдир.

- Роналдонинг ЖЧ-2002 финалидаги ўзига хос соч турмаги The Sun нашри томонидан футбол тарихида энг яхшиси, деб топилган.

- Manchester TV 1998 йилдан, Milan Cannel 1999 йилдан, Chelsea TV эса 2001 йилдан ўз намойишларини бошлаган.

- «Буюк дерби», яъни «Палмейрас» ва «Коринтианс» жамоалари ўртасида 1974 йил 22 декабрь куни бўлиб ўтган ўйинни томоша қилиш учун стадионга 120522 мухлис тушган. Бу ўзига хос рекорддир.

- «Турк классикоси» иштирокчиларидан «Фенербахче» Европа, «Галатасарой» эса Осиё ҳудудида жойлашган.

- «Шальке-04» Адольф Гитлернинг севимли жамоаси бўлган.

- Уругвайнинг «Пеньярол» ва «Насьонал» жамоалари биргаликда жами 85 марта мамлакат чемпиони бўлишган ва Либертадорес кубогида 8 бора ғолиб чиқишган.

- «Пеньярол» ва «Насьонал» жамоа-лари баҳсида (1990 йил) ҳакам 22та қизил карточка кўрсатган, бунинг устига, 9 нафар футболчи ва бир мураббий ҳибсга олинган.

- Грециянинг АЕК (Константинопол атлетика иттифоқи) клубини Туркиядан ҳайдалган қочоқлар ташкил қилишган.

- Райан Гиггз фаолиятини Манчестер шаҳрининг иккинчи клуби - «Манчестер Сити»да бошлаган.

- 1968 йили Чемпионлар кубоги турнирида ғолиб чиққан «МЮ» 1974 йили кутилмаганда қуйи лигага тушиб кетган.

- «Милан» билан кўплаб ютуқларга эришган мураббий Арриго Сакки бир пайтлар пойафзал сотувчиси бўлган.

- 1943 йили Испания чемпионати 14-туридан ўрин олган «Барселона»-«Реал» баҳсида ўта жанговар ҳисоб қайд этилган - 5:5.

- Grands Scotch Whisky компанияси спорт тарихидаги энг салбий характерли шахсларни аниқлаш мақсадида мухлислар ўртасида махсус сўров ўтказади. Унда «Темир Майк» - Майк Тайсон 1-ўринни олган. Иккинчи ўрин эса 1986 йилги ЖЧда инглизлар дарвозасига қўли билан гол урган Марадонага берилган.

- Марко Матерацци болалигида баскетболчи бўлишни орзу қилган, афсонавий Майкл Жордан унинг спортдаги кумири ҳисобланади. Марконинг айнан Жордан ўйнаган 23-рақамни ўзига олгани бежиз эмас.

- 1995 йили жаҳоннинг энг яхши футболчиси сифатида эътироф этилган либериялик Жорж Веада оз эмас, кўп эмас нақ 15 нафар (!) ака-ука ва опа-сингли бўлган.

- Алан Ширер ёшлигида дурадгор бўлишни орзу қилган.

- Ўтмишда «Ливерпуль» ва «Тоттенхэм» клубларида ном қозонган машҳур ҳимоячи Нейл Риддок 2002 йилнинг декабрида ортиқча вазни сабаб «Суиндон Таун» клуби сафидан четлатилган. 95 килограммли (!) бечора футболчига 86 бичимдаги трусадан бирортаси тўғри келмагач, раҳбарлар унга жамоадан кетишни маслаҳат беришган.

- Афсонавий дарвозабон Дино Зофф профессионал фаолиятидаги дебют учрашувида 5та (!) гол қабул қилган...


P.S: Ўзим йиққан маьлумотлар асосида тайёрладим.

Фурқат ЮСУПОВ

Манба: furqatyusupov.blogspot.com

суббота, 2 ноября 2013 г.

MUSIQA SHAYDOLARI


   Bilamizki, bizda jahon futbolchilari haqida ma’lumotlar juda ko’p. O’zimizning futbolchilar haqida esa ko’pam ma’lumotlarga ega emasmiz. Shu bois, o’zimizning futbolchilar haqida ham maqolalar tayyorlashga harakat qildim. Ushbu maqolam 2011-yili «Interfutbol» gazetasida e’lon qilingandi. Shunday bo’lsa ham, u haliyam o’z ahamiyatiga ega deb hisoblab, blogimga joylashtirdim.

   Hayotimizni musiqasiz tasavvur qilolmaymiz. O’zimizcha qaysidir qo’shiqlarni xirgoyi qilamiz, qaysidir birini berilib tinglaymiz. Xo’sh milliy chempionatimiz futbolchilariga qanday qo’shiqlar va qaysi xonandalar yoqar ekan?
   Futbolchilar tabiiyki, uzoq safarlarga ko’p chiqishadi. Ana shu vaqtda yoki kechki payt biror-bir qo’shiq eshitib, dam olishni xush ko’radiganlar oz emas sportchilar orasida ham. Osiyoning 4 karra «Eng yaxshi hakami»ga aylangan Ravshan Ermatov ko’proq ustoz san’atkorlarning qo’shiqlarini eshitib orom oladi. Faxriddin Umarov, Ortiq Otajonov, Bobomurod Xamdamov kabi hofizlar ijrosidagi klassik qo’shiqlarni Otabek Pirmatov, «Andijon» klubi to’purari Lochin Soliev, «So’g’diyona» bosh murabbiyi Davron Fayzievlar ham sevib tinglashadi.
   Kayfiyat yaxshi bo’lsa sho’x, biroz xiraroq paytlarda sokin musiqa tinglashga o’rganganmiz. «Metallurg» himoyachisi Hikmat Hoshimov va mohir darvozabon Yuriy Soylar aynan kayfiyatga qarab qo’shiq eshituvchilar toifasidan.
   Yurtimizda rus estradasi vakillari qo’shiqlarini sevib tinglaydiganlar kam emas. Dima Bilan, Maksim, Timati… Bular kimga yoqmaydi deysiz? Ushbu xonandalarning ajoyib taronalari shaydolari safiga Dilyaver Vaniev, Shavkat Nasibullaev, Gabit Sapargaliev va Afzal Azizovlarni kiritsak bo’ladi. Afzalga shuningdek, Yevropa pop musiqalari ham yoqadi. «Nasaf» klubi legioneri Artur Gevorkyan yo’lda mashinasida ketayotganida ko’pincha zamonaviy pop musiqalarni tinglaydi. Shohrux, Shahriyor, Timati kabilarning qo’shiqlariga «Nasaf»ning ya’na bir a’zosi Ilhom Yunusov ham befarq emas.
   Ozarbayjonda darvozabonlarning jig’iga tegib yurgan Bahodir Nasimov esa repni unchalik yoqtirmaydi. U asosan sokin qo’shiqlarni ma’qul ko’radi. Masalan, «Ummon»ning «Sokin tun» taronasi. O’zbek estradasi qo’shiqlari ham hech birimizni befarq qoldirmasa kerak. Xohlagan mavzularda kuylaydigan Yulduzning asl muxlislari sifatida «Nasaf» himoyachisi Botir Qoraev va «temiryo’lchi»lar himoyachisi Islom Inomovlar nomlarini zikr etob o’tishimiz mumkin. Islom shuningdek, Shaxzodaning muxlisi.
   «Yana sog’indim, yana» - bu qo’shiqni eshitmagan hamyurtimiz topilmasa kerak. Ozodbek Nazarbekovning ushbu taronasi «Nasaf» hujumchisi Kenja To’raevga ham yoqib qolgan. Umuman olganda, u Ozodbekning har yilgi konsertlariga muntazam tushadi.
   Odil Ahmedov reklama uchun suratga tushish va teatrlarga borishdan tashqari, musiqa eshitishga ham vaqt topadi. «Anji» yarim himoyachisi milliy musiqalar shaydosi. Suhrob Ne’matov xorijlik Shakira, Britni Spirs kabi Estrada yulduzlarining qo’shiqlarini muntazam eshitib turadi.
   Endi yurtimizda faoliyat ko’rsatgan xorijlik futbolchilar haqida ham to’xtalib o’tsak. «Olmaliq»ning eks futbolchisi Yuriy Xrienko pop musiqalarni eshitsa, «Lokomotiv» safida ajoyib o’yinlari bilan esda qolgan Aleksandr Filimonov hamyurti Vladimir Kuzmin ijro etgan rok musiqalarni sevib tinglaydi.
   37 yoshida O’zbekiston chempioni va to’purari degan sharafga erishgan braziliyalik futbol dahosi, «Oltin to’p» sohibi Rivaldo esa ibodatxonaga xos musiqalarni tinglab, charchoq yozadi.

   Bu maqola balki kimgadir erish tuyular, yana kimgadir umuman yoqmas. Men shunchaki gazetalarda berilgan intervyular asosida yiqqan ma’lumotlarimdan foydalanib, futbolchilarimizning qanday qo’shiqlar eshitishlarini yozdim xolos.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

YAXSHIYAM FUTBOL BOR


   Futbol – millionlar o’yini! Haqiqatdan ham shundaymi deb savol berish noo’rin. Agar futbol bo’lmaganida nima bo’lardi? Buni xatto tassavvur qilish ham qiyin. Pele oddiy qora tanli bo’lib o’tib ketarmidi, eh-heh… shu chog’da yaxshiyam futbol bor deb yubordingiz keladi. To’g’rimi? Axir hayotini futbolsiz tasavvur ham etolmaydiganlar soni oz emas. Bu tabiiy. Har kim ham futbolchi bo’lib ketolmaydi. Kimdir bolaligida futbolchi bo’lishni orzu qiladi, ammo bu istagi armonga aylanadi. Yana kimlardir futbolga tasodifan kirib qoladi-yu, shuxrat cho’qqisiga ko’tarilishadi. Ushbu maqola orqali jahon yulduzlarining futbolchi bo’lmaganlarida qaysi kasbni egallagan bo’lishlari haqida so’z yuritamiz.

   Futbolga tasodifan 20 yoshida kirib kelgan Braziliyalik «xalq quvonchi» Manoel dos Garrincha moboda futbolchi bo’lmaganida dedektiv bo’lardi. U bu ishni uddasidan chiqishiga ishonardi. Yaxshiyam futbol bor! Aks holda Garrincha degan dedektiv haqida eshitmasligimiz aniq edi.
   Angliya premer ligasida eng ko’p gol urish borasidagi rekordchisi Alan Shirerni duradgor sifatida tasavvur qilishimiz qiyin. Nimaga aynan duradgor deb so’rayabsizmi? Chunki, u futbolni tanlamaganida duradgor bo’lardida. «Chelsi»ning eks forvardi Dide Drogba yoshligida shifokor bo’lishni orzu qilgan. Ammo, bu orzusi armonga aylangan. Dide buning uchun xech qachon afsuslanmasa kerak. Axir u futbolning orqasidan boyvachcha bo’lishga erishgan. U futbolni tanlagani uchun taqdiridan mamnun bo’lsa arziydi. Balkim. Shifokor bo’lganida ham ancha taniqli bo’lishi mumkin edi, lekin futboldagidek mashhur bo’la olmasligi aniq.
   Spaysboy laqabli Devid Bekxem futbolchi bo’lmaganida kim bo’lardi? Stilist deb o’ylagandirsiz balkim. Zero, uning soch turmagi dunyoda ancha mashhur bo’lib ketgan. Lekin, Beks stilist emas, arxitektor bo’lishni orzu qilgan. Kim biladi deysiz, arxitektor bo’lganida Londonda Eyfel minorasidan ham ajoyib bino qurib shuhratini butun dunyoga tanitarmidi? Axir u har jihatdan talantli-ku!
   Endilikda sobiq darvozabonga aylangan, gollandiyalik kipper Edvin Van der Saar futbolni tanlamaganida sport do’koni egasi yoki jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi bo’lardi. Ha, u haqiqiy sportchi. Baribir sport ichida qolardi.
   «Arsenal» klubi tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri bo’lgan Terri Anri futbolchi bo’lmaganida «otam hovuzga yetaklab borganida suzuvchi bo’lardim» deya takidlaydi. Demak Qirol Anrining futbolchi bo’lishida otasining hissasi ko’proq bo’lgani o’z o’zidan ayon.
   Aleshandro Pato balkim xozir futbolchi emas, fizioterapevt bo’lib yurgan bo’larmidi? Yana kim biladi deysiz? «Chelsi»ning ishongan tog’i Jon Terri bolaligida futbolchi bo’lishni emas, aksincha yong’in o’chiruvchi bo’lishni orzu qilgan. Uning ham orzusi sarobga aylangan. Lekin, «Temir odam» o’z taqdiridan xafa desam katta xatoga yo’l qo’ygan bo’laman.
   2007-yili Jahonning eng kuchli futbolchisi bo’lgan Kaka otasi kabi muxandis bo’lardi. Agar u muxandis bo’lganida 2007-yili jahonning eng kuchli futbolchisi kim bo’lardi? Afsuski, muhandislar ana shunday kasbdoshlari bo’lishidan futbol tufayli mahrum bo’lishgan. Ajab bo’lsin! Nima dedingiz?
   «Manchester Yunayted» himoyachisi Rio Ferdinand futbolchi bo’lmaganida kim bo’lardi? Reppermi? O’qituvchimi? Aktyormi yoki arxitektor? Yo’q! Hech biri u o’zi tug’ilib o’sgan Sautvarkda faqatgina oddiy (!) ishchi bo’lardi xolos. «Inter» himoyachisi Xaver Zanetti ham o’zi tug’ilib o’sgan joyda ishlardi. U poytaxtning port qismida ulg’aygani uchun balki, dengizchi bo’lgan bo’lardi.
   Futbolchilarning aksari bo’sh vaqtlarida baliq ovlashni yaxshi ko’rishlarini bilib olgan bo’lsangiz kerak. Ammo, yoshligida baliqchi bo’lishni orzu qilgan futbolchilarni bilmasangiz kerak. Agar bilmasangiz marhamat bilib olishingiz mumkin. Bular «Milan»ning eks “Sheryurak” himoyachisi Jennaro Gattuzo va «Fenerbaxche» hujumchisi Dirk Kuytlardir. Ularni baliq ovlab, bozorda baliq sotib yurishlarini ko’z oldingizga keltira olasizmi? Ha, darrov kulasiz-a!
   «Zidan kushandasi» italiyalik «mahluq» Marko Materatsi bolaligida basketbolchi bo’lishni orzu qilgan, afsonaviy Maykl Jordan uning sportdagi kumiri hisoblanardi. Markoning aynan Jordan o’ynagan 23-raqamni o’ziga olgani bejiz emas albatta. Uning basketbolchi bo’lishiga faqatgina futbol qarshi chiqqan. Markoda basketbolchilarga xos barcha omillar mavjud. Bahaybat gavda, uzun bo’y va uzun til… bo’yi kichkina bo’lishiga qaramay germaniyalik Filip Lam ham bolaligida basketbolchi bo’lishni xoxlagan. Bu sizni biroz taajublantirgan bo’lsa ne ajab.
   Sobiq Ittifoq davrida tug’ilib voyaga yetgan Rossiyalik Konstantin Ziryanov va Ukrainalik Andrey Shevchenkolar bolaligida xokkeyga ham ko’ngil berishgan. Agar, ular futbolni tanlamaganlarida bugun xokkeychi sifatida ko’z oldimizda gavdalanishgan bo’lisharmidi? Sheva shuningdek tennischi bo’lishi ham mumkin edi. Agar u tennischi bo’lganida Roje Federer-u, Rafael Nadallar bilan bir qatorda bo’larmidi? Lekin, futboldagidek muvaffaqiyatlarga erishishi baribir mushkul bo’lardi. Yoshligida tennischi bo’lish orzusida yurgan futbolchilardan yana biri bu JCH-2010ning «Eng yaxshi futbolchisi» Diego Forlandir. U ham futbolni tanlaganiga yaratganga raxmatlar aytsa arziydi.
   «Real» darvozaboni Iker Kasilyas futbolni tanlamaginda politsiyachi bo’lib, ko’chadagi jamoat atrtibini saqlashda o’z xissasini qo’shishini ta’kidlab o’tgan. Balki futbolchilik faoliyatini tugatganidan so’ng, Kas politsiyaga ishga kirar.
   Ganalik futbolchi Kevin Prins Boateng bugun balki jinoyatchi bo’lishi ham mumkin edi. U juda ham yomon mahallada yashaganini tan olgan. U yerda esa eng bezori bolakaylardan biri bo’lgan. Futbol bo’lmaganida jinoyatchilar safini yanayam kengaygan bo’larmidi.

   Mana azizlar, bugungi kunda biz yuqoridagi futbolchilarni aynan futbol tufayli taniymiz. Ular «millionlar o’yini» sababli millionlab muxlislarga egalar xozir. Agar, boshqa sohani tanlaganlarida bu kabi muvaffaqiyatlarga erisha olmasliklari aniq edi. Chunki, ular faqatgina futbol uchun dunyoga kelishgan. To’g’ri yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarsiz ham futbol muxlislari kamayib qolmaydi. Ammo, aynan ular tufayli futbol yanayam jozibaliroqdir. Yaxshiyam futbol bor. Bilmadim, aks xolda nima qilar edik?

P.S: O’zim yig’gan ma’lumotlar asosida tayyorladim.

Furqat Yusupov
Manba: furqatyusupov.blogspot.com


пятница, 1 ноября 2013 г.

TO’PNI QALAMGA ALMASHTIRGANLAR.


Uilyam Shekspir, Agati Kristi…kabi mashhur youvchilarning asarlarini o’qimagan odam bo’lmasa kerak. Har bir mashhur futbolchilar ham o’z hayotlari haqida avtobiografik kitoblarni nashr ettirgan. Ular minglab, millionlab nusxalarda sotilgani, o’quvchilarning futbolchilar faoliyatiga naqadar qiziqishidan dalolatdir.

Futbol qiroli Pele 1965-yili 25 yoshida o’zining ilk «Men Pele» deb nomlangan avtobiografik kitobini nashr ettirgan. Bu kitobni o’qishni xoxlovchi o’n minglab savodsiz braziliyaliklar o’qish va yozishni o’rganishni boshladilar. Bundan ta’sirlangan mamlakat ma’daniyat va ta’lim vazirligi kitobning mashhur muallifini esdalik oltin medali bila taqdirlagan. Ko’rib turibsizki, Pelening bir kitobi tufayli qanchadan qancha savodsiz xalq o’qish va yozishni o’rgangan. Futbol – millionlar o’yini deb bejiz aytishmaganiga yana bir bor amin bo’lasiz.
O’z zamonasining eng kuchli darvozaboni bo’lgan germaniyalik Oliver Kan yozuvchilikka bemalol davogarlik qilishi mumkin. U Paolo Koeloning ijodini qadrlaydi va u bilan Parijda uchrashgan hamda chuqur taasurot uyg’ongandi Oliverda. Kan falsafaga qiziqadi. Shunga oid kitoblarni qiziqib mutolaa qiladi. U o’zining ilk kitobini «Men» deb nomlagan. Qiziq tomoni shundaki, kitob Kanning avtobiografik kitobi emas edi. 2010-yilda esa «Sen uddalaysan! Xohlaganingga qanday erishishing mumkin?» deb nomlagangan uchinchi kitobini nashrdan chiqaradi. «Mahluq» laqabli futbolchi 2009-yili nemis o’quvchilariga bag’ishlangan loyihada qatnashib, o’smirlarga ko’pdan ko’p va’dalar bergandi. Bu kitob aynan ular uchun yozilgan. Unda hayotda maqsad sari kurashish, muvaffaqiyatlarga qanday erishish mumkinligi haqida hikoya qilingan. Darvoqe, Kan ikkinchi kitobini «Birinchi raqam» deb nomlagan. Kitobda nimalar haqida yozilgani esa o’z o’zidan ayon bo’ladi. Kan bu bilan to’xtab qolmoqchi emas, albatta. U hali yana ko’plab kitoblarni chiqarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Unga bu borada omad tilaymiz.
Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri «Manchester Yunayted»ning tirik afsonasi Ser Aleks Fergyusson «O’z hayotining murabbiyi» deb nomlangan avtobiografik kitobi orqali yozuvchilikka ham davo qila olishini isbotladi.

Angliya terma jamoasi va «Liverpul»  klubining sodiq o’yinchisi Stiven Jerad 2006-yil 1-sentabrda o’zining avtobiografik kitobini chop ettirgan. Unda futbolchining shaxsiy hayoti, «Liverpul» va Angliya terma jamoasidagi faoliyati to’liq yozilgan. Kitobning nomi «Jerard – mening tarixim» deb nomlangan. Keyinchalik kitob Galaxy British Book Awards sovrini bilan taqdirlangan.
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining mohir yarim himoyachisi Xavi ham o’z avtobiografik kitobini nashrdan chiqargan. U kitobni «Mi Vida es el Barsa» (Mening hayotim – Barsa) deb nomlagan. Kitob 20 ming nusxada chop etilgan va qisqa vaqt ichida o’z o’quvchilarini topgan.
«Milan»ning sobiq «sheryurak» yarim himoyachisi Jennaro Gattuzo bir necha yil oldin «In Rino Veritas» deb nomlangan avtobiografik kitobini chiqargan va undan olgan 500 ming yevro miqdoridagi daromadni o’zining «Forza Ragazzi» (Olg’a bolalar) nomli, muhtoj bolalarga yordam meradigan jamg’armasi hisobiga o’tkazgan.
Gollandiyalik mashhur futbolchi Van der Vaar ham «Rafael Ferdinand van der Vaart. Fenomen» deb nomlangan avtobiografik kitobini chop ettirgan. Bu kitob ham o’z muxlislariga ega bo’lgan.
2006-yilgi Jahon Kubogi finalini bir yodga oling. Ko’z oldingizga darrov Zidanning Materatsiga «kalla qo’ygani» keladi. Shunday emasmi? Ana shu voqea tufayli ancha mashhur bo’lib ketgan italiyalik Marko Materatsi ham kitob yozgan desam ishonasizmi? U ana shu voqea yuzasidan «Zidanga nima degan edim» deb nomlangan kitobini chop ettirgan. Ta’kidlash joizki «Matriks»ning kitobi ham ancha shuhrat qozondi.
Germaniyalik «sobiq» futbolchi Sebastyan Daysler ham mohir yozuvchi. Doimiy jarohatlari qiynayverib, futbol bilan erta xayrlashishga majbur bo’lgan Sebastyan 2009-yili o’zining «Hayotga qaytish» deb nomlangan kitobini sotuvga chiqargan, bunda iqtidor egasi tarjimai holining sport bilan bog’liq jahatlariga to’xtaladi. 256 sahifada Daysler futboldagi quvonchlari, shuningdek armonlari va tashvishlari, tushkunligi haqida yozgan.
Rossiyalik futbolchilar ham o’zlarining avtobiografik kitoblarini chiqarishga muyassar bo’lishgan. Haqiqiy kitobxon Aleksandr Kerjakovning «16 yosh va undan kattalar uchun» nomli avtobiografik kitobi chop etilgan. Uni o’qib ko’rgan «Zenit»dagi sobiq jamoadoshi Andrey Arshavin «Aleksandr Kerjakov – mening sevimli yozuvchim» deb aytgan. Qiziq tomoni, shundaki uni o’zi yozmagan, aytib turgan xolos. Rossiya terma jamoasining birinchi raqamli golkiperi Igor Akinfeev muxlislardan kelgan turli xil savollarni jamlab «Muxlislardan 100 penalti» deb nomlangan kitobini chiqargan. Muxlislarga aynan kitobning nomi ko’proq yoqib tushgan.
Mashhur ingliz futbolchisi Pol Gaskoyn 2005-yili esdaliklar janrida «Gazza: mening tarixim» deb nomlangan asarini chop etdi. Ushbu asar Buyuk Britaniyaning adabiyot mukofoti «Yilning eng yaxshi sport kitobi» mukofotiga sazovor bo’lgan.
2010-yili Gollandiyalik taniqli murabbiy Lui Van Gaal o’zining «Biografiya hamda nuqtai-nazar» deb nomlangan kitobini chop ettirdi. Taqdimot marosimida «Ayaks» tarkibida to’p surgan futbolchilar va maxsus taklif etilgan nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.
Italiyalik «Rim imperatori» Franchesko Totti o’zi haqidagi latifalarni to’plab kitob holida, 450 ming nushada chop ettirgan. Kitoblar bir haftadayoq sotilib ketgan. Kitobdan tushgan pullar qariyalar uylari, Kongo va Angoladagi och-nohor bolalarni qo’llab quvvatlash uchun sarflangan.
Shuningdek Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, Antonio Kassano kabi bir qator futbol yulduzlari ham oz avtobiografik kitoblarini yozishga muyassar bolishgan.

P.S: O’zim yig’gan ma’lumotlar asosida tayyorladim.

Furqat Yusupov
Manba: furqatyusupov.blogspot.com



«VINOSHUNOSLAR», «SOATSOZLAR», MOBIL TELEFON SHAYDOLARI


   Har birimiz nimagadir qiziqamiz va aynan o’sha narsalardan kolleksiya tuzishga harakat qilamiz. Futbolchilar ham bundan mustasno emas. Ayniqsa ular mashhur futbolchilar bilan futbolka almashib, ularning futbolkalaridan kolleksiya tuzishadi. Quyidagi maqolamiz orqali sizlarga jahon futboli yulduzlarining nimalardan kolleksiya tuzishlari haqida ma’lumot beramiz.

   Bir paytlar «Bunyodkor»ga o’tishiga bir baxiya qolgan va Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi bo’lgan kamerunlik Samuel Eto’O mobil telefonlarining haqiqy shaydosi. U deyarli har haftada yangi rusumli telefonlarni xarid qilishni kanda qilmaydi. Axir, u Jahondagi eng ko’p maosh oladigan futbolchi sanalardida. Shuncha pul ishlab topgandan keyin, uni biror narsaga sarf etish ham kerak-ku! Nokia 6300, 6500, n73, n95, Iphone, Samsung, Motorolla, Siemens… kabi telefonlarining soni 400 dan oshadi. Bitta odamga judayam ko’p. shunday emasmi? Uni telefon qilib topib olish qanchalik qiyin bo’lishini endi o’zingiz tasavvur qilib olavering. Namayam derdik? Samuel faoliyatini yakunlaganicha mobil «matoq»lari soni mingtaga yetsa kerak. Bunga aslo shubha qilmayman. Sizchi?
   Rossiyalik mohir futbolchi Sergey Semak san’at kartinalarini judayam ardoqlaydi. Mashhur rassomlarning ko’rgazmalarida tez-tez qatnashib turadi va o’ziga yoqqan kartinalarni xarid qilib turadi. Sergeyning honadonida shuningdek vinolardan iborat katta kolleksiya ham bor.
   «vinoshunoslar» safiga chexiyalik mashhur «Oltinto’p» sohibi Pavel Nedvedni ham qo’shishimiz mumkin. Pavelning kolleksiyasida 1000 dan oshiq vinolar to’plami bor. Tag’in uni piyonista deb o’ylamang. Turli tuman mamlakatlarga sayohat uyushtirgan futbolchi borgan joyidan albatta vinolar bilan qaytadi.
   Uklrainalik Anatoliy Timoshuk ham vinolardan kolleksiya tuzishga mukkasidan ketgan. Ukrain shuningdek futbolkalar va ikonalar yig’ishga ham juda qiziqadi. Uni haqaiay kolleksioner futbolchi deyishimiz mumkin.
   Germaniya terma jamoasi bilan jahon kubogida bronza, Yevropa chempionatida kumush medallarni qo’lga kiritgan bosh murabbiy Yoaxim Lyov turli qo’l soatlaridan iborat kolleksiyaga ega. Yoggining kolleksiyasida oltin, tilla-yu, brilliant soatlarining son sanog’i yo’q. U yaqin odamlariga ba’zi ba’zida qo’l soati sovg’a qilib turadi. Shuningdek Hasan Salihamijich va yapon «samurayi» Keysuke Hondalar ham qimmatbaho qo’l soatlarini yig’ib borishadi. Ayniqsa, Keysuke doimo qo’liga 2 ta soat taqib yuradi. Biri vatani Yaponiyadagi vaqtni ko’rsatib tursa, biri o’zi to’p suradigan shahar Moskva vaqtini ko’rsatib turadi.
   Katta shaxsiy kutubxonasiga ega bo’lgan rus Aleksandr Kerjakov ko’plab filmlardan iborat videoteka yiqqan. Jekki Chan, Jet Li, Arnold Shvartsnegr kabi kinoyulduzlarning qaysidir filmini topa olmayotgan bo’lsangiz, bemalol Sashaga murojat qilavering. Unda xoxlagan kinoingiz topilishi mumkin.
   Italiyalik «sobiq» futbol yulduzi Kristian Vieri DVD disklarini yig’ishni yaxshi ko’radi. U yiqqan disklardan bemalol Jomolunga tog’ini xosil qilish mumkin desam aslo ajablanmang. Bu gap aslo mubolag’asiz. Sobiq futbolchida xoxlagan mavzudagi disklar topiladi. Sport deysizmi. Kino-yu musiqa deysizmi yoki boks janglari-yu, multfilmmi? Xullas xoxlaganinni topishasiz.
   Oramizda, yoshligida saqichlar orasidan chiqadigan nakleykalarni yig’ishga qiziqmagan bola bo’lmasa kerak. Bolaligida ana shunday nakleykalardan kolleksiya tuzgan mashhur futbolchilardan biri bu rus Andrey Arshavindir. «Shava»ning o’sha kolleksiyalari hozirgi kunda ham mavjuddir.
   Shavaning termadagi jamoadoshi Yuriy Jirkovning kolleksiyalari orasida asosan ikkinchi jahon urushi bilan bog’liq bo’lgan buyumlar judayam ko’p uchraydi. Jirkov muntazam ravishda tarixiy narsalarning kim oshdi savdosida qatnashib keladi.
   «Qizil iblislarning» sobiq murabbiyi Ser Aleks Fergyussonning kolleksiyasida o’nlab qimmatbaho otlari mavjud. Aleks Fergi bu otlarini hech narsaga alishmaydi.

P.S: Ushbu ma’lumotlarni o’zim yig’ganman.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com



FUTBOL YULDUZLARINING KUMIRLARI


   Har birimiz yoshligimizdan qaysidir o’yinchining o’yinlariga mehr beramiz. Hamda ularni o’zlarimizning kumirimiz sifatida e’tirof etamiz. Kimgadir Ronaldu, kimgadir Messi, yana kimgadir esa Torres yoqadi. Xo’sh jahon tan olgan yulduzlarning ham kumirlari bo’lganmi? Ha, albatta. Axir, ular ham futbol shaydolari-ku.

Futbol olamida inqilob qilgan «o’zga sayyoralik»larning sobiq ustozi Xosep Guardiola 3 karra «Oltin to’p» sohibi va ayni paytda UEFA prezidenti lavozimida ishlayotgan Mishel Platinining o’yinlaridan zavq olgan. Fransuzning muhlislari ko’p bo’lganligi shubhasiz albatta. Uning vatandoshi David Trezega ham Mishelning haqiqiy fanati bo’lgan. David shuningdek, yana bir vatandoshi Jan Tiganoning ham o’yinlaridan zavq olgan. Futbolimiz faxri Mirjalol Qosimov ham Mishel Platining va Maradonaning o’yinlarini sevib tomosha qilgan. Ukrainalik «Oltin to’p» sohibi Andrey Shevchenko bolaligida Mishel Platini, Ziko, Romario va Pelening o’yinlariga oshufta bo’lgan. «Yuventus» jamoasining ramzi Alessandro del Pero Mishel Platini, braziliyalik Ziko va 3 karra «Oltin to’p» sohibi golland Marko van Bastenlarni o’zining kumiri sifatida biladi. Tizzasidan jarohat olib futbol bilan erta xayrlashgan Markoning o’yinlariga «ikkinchi Van Basten» sifatida e’tirof etilgan golland Ruud van Nistelroy va italyan Filippa Inzagi, shuningdek bolgariyalik Dimitar Berbatov ham oshufta bo’lishgan. Dimitarga shuningdek hamyurti Xristo Stoichkovning ham o’yinlari manzur bo’lgan.
   Yaqindagina futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan, jahonning 3 karra eng yaxshi futbolchisi braziliyalik Ronaldoni ham kumir sifatida biladiganlar oz emas. Gollandiyalik Luis Suares, rossiyalik Andrey Arshavin, braziliyalik Aleshandro Pato, Vagner Lav va Robinolar ana shular jumlasidandir. Pato va Robino faqat Ronaldonigina kumir sifatida tan olishgan bo’lsa, Luis shuningdek gol urish bo’yicha Argentina terma jamoasi rekordchisi Gabriel Batistutani ham tan oladi. Andreyga «Barsa» bilan ikki marta jahonning eng yaxshi futbolchisi bo’lgan Ronaldino va Messi, Vagnerga esa Ronaldino va Romariolarning ham o’yinlari yoqqan. 1000 ta gol urgan Romarioning asl ishqibozlari safiga argentinalik «quyoncha» Xaver Saviola va golland Rafael van der Vaartlarni kiritishimiz mumkin.
   Gollandiyalik mohir to’purar Klaus yan Xuntelaar vatandoshlari Ruud Gullit va Dennis Bergkamp, italiyalik «ofsaydda tug’ilgan» Filippo Inzagilarning o’yinlarini miriqib tomosha qilgan. Germaniyalik Bastian Shvayshtayger futbol afsonasi Zayniddin Zidanga xavas qilgan. Zidanning o’yinlaridan zavq olgan yana bir futbolchisi «Arsenal»ning turk-nemis futbolchisi Mesut O’zildir.
   Kotd’Ivuar terma jamoasi va Turkiyaning «Galatasaroy» klubi forvardi Dide Drogba fransiyalik mohir to’purar Jan Per Papenning o’yinlariga befarq qaramagan. Gollandiyalik Van Persi hamyurti samolyotda uchishdan qo’rqadigan Dennis Bergkampning, uning vatandoshi Jovanni van Bronkxorst esa futbol dahosi golland Yoxan Kroyf, futbol qirollari Maradona va Pelening o’yinlaridan zavq olib, ularning asl ishqibozlariga aylanishgan.
   Yevrokuboklar to’purari Raulning o’yinlaridan sobiq jamoadoshlari Iker Kasilyas va Uesli Sneyderlar orom olishgan. Braziliyalik «Oltin to’p» sohibi Kaka sobiq jamoadoshi Andrey Shevchenkoning o’yinlariga tan beradi. «Barselona»ning ramzlaridan biri Xavi sobiq murabbiyi Xosep Guardiola va «Real» va «Barsa»da o’ynagan nemis Bernd Shusterlarni haqiqiy ishqibozi sanalgan. Ukrainalik Anatoliy Timoshuk nemis futboli afsonasi Lotar Matteusning, Diego esa “Yuventus”ning ramzi Del Perolarning haqiqiy ixlosmandlari sanalishadi. Ispaniya terma jamoasi safida eng ko’p gol urgan futbolchi David Vilya vatandoshi Luis Enrikeni, uning termadagi sherigi Fernando Torres esa sobiq jamoadoshi Kikoning o’yinlariga xavas qilishgan. Terma jamoalar uchun eng ko’p gol urish bobida rekordchi Eronlik futbol afsonasi Ali Dai Sobiq Ittifoqning eng kuchli darvozabonlaridan biri Rinat Dasaevning o’yinlariga xavas qilgani balki sizni biroz ajablantirar. Ammo bu ayni haqiqat.
   «Milan» klubining timsoli bo’lgan Paola Maldini ham sizni biroz ajablantirishi mumkin. Sababi, u bolaligida «Milan»ning ashaddiy raqibi sanaladigan «Yuventus» futbolchilari J.Boniperti va Roberto Battegolarning o’yinlariga xavasi baland bo’lgan. Paolaning xonasida ana shu futbolchilarning rasmlari osilib turgan.

PS: Bu maqola internetdan olinmagan. Ma’lumotlarni o’zim to’plaganman.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

понедельник, 28 октября 2013 г.

FUTBOLCHILAR HAM TIRIK JON


   Har birimiz hayotda nimagadir qiziqamiz, ya’ni inson zoti borki biror narsaga qiziqadi va ko’ngil qo’yadi. Jahon tan olgan yulduzlar ham tabiiyki biror narsaga qiziqishadi. Ya’ni, mashg’ulot-u, o’yinlardan charchab kelganidan so’ng mazmunli hordiq chiqarishadi. Demak, jahon yulduzlarining bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlari haqida so’z yuritamiz.

   XXI-asr internet texnologiyalari asri deb bejizga aytishmagan. Kompyuter! Bu nima o’zi deb savol beradigan tentak oramizda deyarli uchramaydi. Nima dedingiz? Bugungi kundagi jahonning eng kuchli futbolchisi argentinalik Lionel Messi vaqt topdi deguncha, kompyuter qarshisiga oshiqadi. Bu borada Leoga o’xshash futbolchilar talaygina. “Milan”ning faxriy himoyachisi Alessandro Nesta komyuter kovlash bilan birgalikda internet bo’ylab olamga sayr qilishni va miriqib uxlashni ham hush ko’radi. “Anji”ning sobiq a’zosi Yuriy Jirkov hamda Paragvaylik Roke Santa Kruslar ham komyuter shaydolari sanalishadi. Ular shuningdek musiqa tinglab dam olishni ham hush ko’rishadi. “Arsenal” a’zosi Tomash Rositski vaqt bo’ldi deguncha kompyuter o’ynashni , avtomobilda sayr qilishni va kitob o’qishni yaxshi ko’radi.
   Oramizda kitob o’qib hordiq chiqaradigan insonlar oz emas. Oliver Kan, Aleksandr Kerjakov va Xavilar kitob mutolaa qilishda uncha munchaga dars berib qo’yishadi. Shuningdek Oliver golf o’ynashga, Xavi teatrlarga borib yangi spektakllarni ko’rishga va kino tomosha qilishga, Aleksandr ham kino ko’rishga qiziqadi.
   “Terminator”, “Avator”, “Titanik”… Gap nima haqida ketayotganini anglab ulgurdingiz albatta. Kinoshunos futbolchilar safiga Jan Luidji Buffon, Pavel Nedved va Iker Kasilyaslarni alohida qo’shib qo’ymog’imiz lozim. Bu uchog’lon kinoni futboldan kam ko’rishmaydi va bir vaqtning o’zida musiqa olamini sayr qilishni ham hush ko’rishadi. Aytgancha, “Real” kiperi Chingizxon, Napoleon Bonapart, Yuliy Sezar kabi tarixiy shaxslar ishtirokidagi romanlarni o’qib ham bo’sh vaqtiga mazmun bag’ishlaydi.
   Maykl Jekson… Musiqa qirolining shinavandalari soni millionlarni tashkil qiladi. Mixail Ballak va Alessandro Del Perolar ham “marhum” qo’shiqchining ashaddiy fanatlari hisoblanishadi. Mixail shuningdek, dunyo bo’ylab sayohat qilishni va internetda vaqtini o’tkazishni ham sevimli mashg’uloti sifatida e’tirof etadi.
   Internet bo’ylab sayohat qilishni kim ham yoqtirmaydi deysiz? Ayniqsa Rafael Van der Vaart facebook yoki twitterda muxlislar bilan shunaqangiko’p suhbat quradi-ki, ba’zida ertalabki mashg’ulotlarga ham kech qolib qo’yadi. Aleshandro Pato va Luka Tonilar internetda vaqt o’tkazish bilan birga “PlayStation”da ham futbol o’ynab turishadi. Ular virtual futbolda maydondagidan ham kuchli o’ynashlariga aslo shubha qilib o’tirmang.
   Futbol tarixidagi eng qimmat o’yinchilardan biri Kaka esa video’yinlarga ko’ngil bergan. Agar siz Andrey Arshavinni izlab uni topa olmayotgan bo’lsangiz, darrov yangi premera bo’layotgan teatrga oshiqqaninggiz ma’qul. Chunki, teatr “Shava” uchun stadiondan keyingi o’rinda turuvchi joydir. Ueyn Runini ayoli qayerdan izlashni biladi. Mabodo “Shrek” “yo’qolib” qolsa bilingki u kazinoda vaqtichog’lik qilayotgan bo’ladi.
   Yoshligimizda har birimiz velosiped haydab sayr qilishni yaxshi ko’rganimiz tabiiy. Janob Che-Che-Che esa katta bo’lib ham bu odatini tashlamagan. U vaqt topsa bo’ldi inamarka mashinasini ham chetga surib velosipedda sayr qilishga otlanadi. Gap Chexiya terma jamoasi va “Chelsi” klubi posboni Piter Chex haqida ketayotganini anglab ulgurgan bo’lsangiz kerak.
   Mashhur va “sobiq” superyulduz Batti-Golning aql-u hushini ofatijon qizlar emas, golf o’g’irlaganini bilasizmi? Naxotki?! Deb ajablangandirsiz balki. Mundiallar tarixidagi eng sermaxsul futbolchilardan biri Miroslav Kloze Maksim Shatskix kabi baliq ovi ishqibozi sanaladi.
   Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Terri bo’sh vaqtini basseynda o’tkazsa, uning ampluadoshi va jamoadoshi Rio Ferdinand television loyixada ishtirok etib, bo’sh vaqtini bekor o’tmasligini ta’minlaydi. Nemis Filip Lam ozgina bo’sh vaqt bo’ldi deguncha “Milki Vey” va “Brauni” laqabli quyonchalarini boqadi. JCH-2010 finalining asosiy qahramoni Andreys Iniesta sayohatlarga borganida rasmga tushirishni va ularni chiqarib katta fotoalbomlar kolleksiyasini tuzishni yaxshi ko’radi. Bolgariyalik sobiq “mankunian” forvard Dimitar Berbatov ham rasmga qiziqadi. Faqat, u rasmga tushirishni emas, aksincha turli hil rasmlarni chizishni jon-u dili deb biladi. Da Vinchi kabi chiza olmasa ham, rasm chizishda haqiqiy rassomlarga haqiqiy raqobat taqdim eta oladi.
   Sobiq futbolchi “Milan” jamoasining timsoli Paola Maldini bo’sh vaqtini o’zining diskobarida yoki radioda boshlovchi sifatida o’tkazardi. Yana bir sobiq futbolchi Luish Figo esa gitara chalishni qoyillatadi. Bunga ishonavering!
   Jahonning eng kuchli murabbiylaridan biri Ser Aleks Fergyussonning ham sevimli mashg’uloti bor. U ot poygalarining ashaddiy ishqibozi sanaladi. Shaxsiy otxonasida esa o’nlab qimmatbaho otlarni uchratish mumkin.
   “Ikkinchi Fergyusson” bo’lishi kutilayotgan pragmatik murabbiy Xosep Guardiolaning xobbilari esa bir talay. U eng so’ngi kinolarni ko’rishga ham, shogirdining seviklisining yangi hit paradlaridan eshitishga ham. Dunyo bo’ylab sayohatga chiqishga ham va xattoki fotografiyaga ham vaqt topa oladi. Ha, uni haqiqiy xobbishunos deyishimiz mumkin.
   Mana, azizlar futbol yulduzlarining ayrimlarini xobbilari bilan tanishib oldingiz. Ushbu ma’lumotlarni internetdan olganim yo’q. futbolchilarning nimalarga qiziqib borishlarini o’zim qayd etib borardim va shu tufayli ushbu maqolani tayyorladim. Salomat bo’ling!

Furqat Yusupov