пятница, 1 ноября 2013 г.

«VINOSHUNOSLAR», «SOATSOZLAR», MOBIL TELEFON SHAYDOLARI


   Har birimiz nimagadir qiziqamiz va aynan o’sha narsalardan kolleksiya tuzishga harakat qilamiz. Futbolchilar ham bundan mustasno emas. Ayniqsa ular mashhur futbolchilar bilan futbolka almashib, ularning futbolkalaridan kolleksiya tuzishadi. Quyidagi maqolamiz orqali sizlarga jahon futboli yulduzlarining nimalardan kolleksiya tuzishlari haqida ma’lumot beramiz.

   Bir paytlar «Bunyodkor»ga o’tishiga bir baxiya qolgan va Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi bo’lgan kamerunlik Samuel Eto’O mobil telefonlarining haqiqy shaydosi. U deyarli har haftada yangi rusumli telefonlarni xarid qilishni kanda qilmaydi. Axir, u Jahondagi eng ko’p maosh oladigan futbolchi sanalardida. Shuncha pul ishlab topgandan keyin, uni biror narsaga sarf etish ham kerak-ku! Nokia 6300, 6500, n73, n95, Iphone, Samsung, Motorolla, Siemens… kabi telefonlarining soni 400 dan oshadi. Bitta odamga judayam ko’p. shunday emasmi? Uni telefon qilib topib olish qanchalik qiyin bo’lishini endi o’zingiz tasavvur qilib olavering. Namayam derdik? Samuel faoliyatini yakunlaganicha mobil «matoq»lari soni mingtaga yetsa kerak. Bunga aslo shubha qilmayman. Sizchi?
   Rossiyalik mohir futbolchi Sergey Semak san’at kartinalarini judayam ardoqlaydi. Mashhur rassomlarning ko’rgazmalarida tez-tez qatnashib turadi va o’ziga yoqqan kartinalarni xarid qilib turadi. Sergeyning honadonida shuningdek vinolardan iborat katta kolleksiya ham bor.
   «vinoshunoslar» safiga chexiyalik mashhur «Oltinto’p» sohibi Pavel Nedvedni ham qo’shishimiz mumkin. Pavelning kolleksiyasida 1000 dan oshiq vinolar to’plami bor. Tag’in uni piyonista deb o’ylamang. Turli tuman mamlakatlarga sayohat uyushtirgan futbolchi borgan joyidan albatta vinolar bilan qaytadi.
   Uklrainalik Anatoliy Timoshuk ham vinolardan kolleksiya tuzishga mukkasidan ketgan. Ukrain shuningdek futbolkalar va ikonalar yig’ishga ham juda qiziqadi. Uni haqaiay kolleksioner futbolchi deyishimiz mumkin.
   Germaniya terma jamoasi bilan jahon kubogida bronza, Yevropa chempionatida kumush medallarni qo’lga kiritgan bosh murabbiy Yoaxim Lyov turli qo’l soatlaridan iborat kolleksiyaga ega. Yoggining kolleksiyasida oltin, tilla-yu, brilliant soatlarining son sanog’i yo’q. U yaqin odamlariga ba’zi ba’zida qo’l soati sovg’a qilib turadi. Shuningdek Hasan Salihamijich va yapon «samurayi» Keysuke Hondalar ham qimmatbaho qo’l soatlarini yig’ib borishadi. Ayniqsa, Keysuke doimo qo’liga 2 ta soat taqib yuradi. Biri vatani Yaponiyadagi vaqtni ko’rsatib tursa, biri o’zi to’p suradigan shahar Moskva vaqtini ko’rsatib turadi.
   Katta shaxsiy kutubxonasiga ega bo’lgan rus Aleksandr Kerjakov ko’plab filmlardan iborat videoteka yiqqan. Jekki Chan, Jet Li, Arnold Shvartsnegr kabi kinoyulduzlarning qaysidir filmini topa olmayotgan bo’lsangiz, bemalol Sashaga murojat qilavering. Unda xoxlagan kinoingiz topilishi mumkin.
   Italiyalik «sobiq» futbol yulduzi Kristian Vieri DVD disklarini yig’ishni yaxshi ko’radi. U yiqqan disklardan bemalol Jomolunga tog’ini xosil qilish mumkin desam aslo ajablanmang. Bu gap aslo mubolag’asiz. Sobiq futbolchida xoxlagan mavzudagi disklar topiladi. Sport deysizmi. Kino-yu musiqa deysizmi yoki boks janglari-yu, multfilmmi? Xullas xoxlaganinni topishasiz.
   Oramizda, yoshligida saqichlar orasidan chiqadigan nakleykalarni yig’ishga qiziqmagan bola bo’lmasa kerak. Bolaligida ana shunday nakleykalardan kolleksiya tuzgan mashhur futbolchilardan biri bu rus Andrey Arshavindir. «Shava»ning o’sha kolleksiyalari hozirgi kunda ham mavjuddir.
   Shavaning termadagi jamoadoshi Yuriy Jirkovning kolleksiyalari orasida asosan ikkinchi jahon urushi bilan bog’liq bo’lgan buyumlar judayam ko’p uchraydi. Jirkov muntazam ravishda tarixiy narsalarning kim oshdi savdosida qatnashib keladi.
   «Qizil iblislarning» sobiq murabbiyi Ser Aleks Fergyussonning kolleksiyasida o’nlab qimmatbaho otlari mavjud. Aleks Fergi bu otlarini hech narsaga alishmaydi.

P.S: Ushbu ma’lumotlarni o’zim yig’ganman.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com



Комментариев нет:

Отправить комментарий