понедельник, 25 ноября 2013 г.

GOLEODOR - HUJUMCHILAR (2-qism)

   Kuchli beshlik toifasiga kiruvchi chempionatlarda juda ham ko’plab nomdor futbolchilar to’p surishmoqda. Ushbu maqola orqali anchadan buyon o’z sermahsulligi bilan muxlislarni xushnud qilib kelayotgan hujumchilarning kiritgan gollari statistikasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


Fernando Torres 659 o’yin – 266 gol
«Atletiko»
243
-
91
«Liverpul»
142
-
81
«Chelsi»
138
-
36
Ispaniya
106
-
36
Ispaniya (yoshlar)
30
-
22

«ElNino» faoliyatining cho’qqisiga «Liverpul»da chiqidi. Chelsiga o’tgach esa soyada qolib ketdi. Lekin u eng muhim o’yinlarda, ayniqsa finallarda gol urishni yaxshi ko’radi. Jumladan terma jamoa safida oxirgi 2 ta Yevropa chempionatining hal qiluvchi bahsida zafar quchdi.

Luis Suares 414 o’yin – 241 gol
«Nasonal»
39
-
12
«Groningen»
37
-
15
«Ayaks»
159
-
111
«Liverpul»
104
-
60
Urugvay
72
-
39
Urugvay (yoshlar)
8
-
5

 Luis Suares Gollandiyada o’zining goleadorlik qobiliyatini namoyish etib, «Tumanli Albion»ga tashrif buyurdi. «Ayaks» tarkibida deyarli har bitta uchrashuvda gol urardi, «Qizillar» safida bu mavsum yana ana shunday natijani qayd etmoqda.

Diego Milito 539 o’yin – 236 gol
«Rasing»
137
-
34
«Jenoa»
98
-
60
«Saragosa»
125
-
61
«Inter»
154
-
77
Argentina t.j
25
-
4

Diego Milito terma jamoa safida hech qachon yorqin o’yin namoyish qilmagan. Lekin klub miqyosida muntazam tarzda to’purarlar safidan joy oladi. Italiya chempionatida 130 dan ortiq gol muallifi bo’lgan. Shuning yarmiga yaqinini kamtarona «Jenoa» tarkibida erishganligini alohida qayd etish lozim.

Robin Van Persi 499 o’yin – 234 gol
«Feyenoord»
78
-
21
«Arsenal»
278
-
132
«MYU»
62
-
40
Gollandiya t.j
81
-
41

Yaqindagina Gollandiya terma jamoasi safida eng ko’p gol urgan futbolchi nomini olgan Van Persi, so’nggi 3 mavsum mobaynida Angliyadagi eng kuchli hujumchi maqomini o’ziniki qilib kelmoqda. «Kanonirlar» safida faoliyatidagi gollarning yarmidan ko’pini kiritishga muyassar bo’lgan Robin, «Qizil iblislar» tarkibida Ueyn Runi bilan ajoyib tandem hosil qilib, darvozabonlar yuragiga g’ulg’ula solishda davom etmoqda.

Karlos Tevez 576 o’yin – 230 gol
«Boka Xuniors»
110
-
38
«Korintians»
76
-
46
«Vest Xem»
29
-
7
«MYU»
99
-
34
«Manchester Siti»
147
-
73
«Yuventus»
17
-
7
Argentina t.j
62
-
13
Argentina (yoshlar)
36
-
12

Karlos Manchesterliklarning sevimli futbolchisiga aylana oldi. «Yunayted»da ham, «Siti» ham to’purarligini namoyish etdi. «Old Trafford»da Runi va Ronalduga raqobatni boy berdi va «Shaharliklar» tarkibiga kelib qo’shilgan edi. Debyut mavsumida esa to’puarar bo’ldi. Terma jamoada esa kamtarona ko’rsatkichga ega.

Radamel Falkao 365 o’yin – 220 gol
«River Pleyt»
112
-
46
«Portu»
90
-
73
«Atletiko»
91
-
70
«Monako»
13
-
9
Kolumbiya t.j
49
-
19
Kolumbiya (yoshlar)
10
-
3

 Ispaniyada Messi va Ronalduga yaxshigina raqobat taqdim etgan hujumchi, endi Fransiyada Kavani-Ibragimovich duelini ortda qoldirishga harakat qilmoqda. Falkao «Portu» va «Atletiko»da deyarli bir hil natijalarni qayd etdi. Terma jamoa safida esa hali o’zini to’la ko’rsata olganicha yo’q.

Serxio Aguero 462 o’yin – 216 gol
«Independente»
56
-
23
«Atletiko»
234
-
101
«Manchester Siti»
102
-
60
Argentina t.j
49
-
21
Argentina (yoshlar)
21
-
11

Maradonaning sobiq kuyovi bugungi kunda «Shaharliklar»ning asosiy hujumchisi sanaladi. U ham «Atletiko» tarkibida tanila boshlagan va ushbu klub uchun 100 tadan ortiq gol urishga muvaffaq bo’lgan. Serxio terma jamoa safida ham yetakchi hujumchi nomini olmoqda.

Edison Kavani 368 o’yin – 196 gol
«Danubia»
25
-
9
«Palermo»
117
-
37
«Napoli»
137
-
108
«PSJ»
16
-
11
Urugvay
59
-
21
Urugvay (yoshlar)
14
-
10

 Edison «Napoli»da butun dunyoga tanildi. Ushbu klub safida 100 ta gol urish uchun esa atigi 3 ta mavsum kifoya qildi. Hozirda u ham Fransiyada o’z omadini sinab ko’rmoqda. Parijliklar safidagi debyut mavsumi hozircha omadli kechmoqda. Kavani klubda Ibragimovichdek, termada Suaresdek top hujumchi bilan duet hosil qilgan.

Robert Levondovski 351 o’yin – 190 gol
«Znix»
54
-
43
«Lex»
82
-
41
«Borussiya D»
156
-
88
Polsha t.j
56
-
18
Polsha (yoshlar)
3
-
0

Robert Dortmundliklarning asosiy quroli sanladi. Yaqin orada klubdagi 100 golini ham nishonlashi katta ehtimol. Biroq yanvarda boshqa jamoaga o’tib ketishi ham hech gap emas. Shunday bo’lsada Levandovski 2013 yilning o’zidayoq faoliyatidagi 200-golini nishonlasa ajab emas.

Neymar 303 o’yin – 181 gol.
«Santos»
225
-
136
«Barselona»
18
-
5
Braziliya t.j
44
-
27
Braziliya (yoshlar)
16
-
13

Neymar endigina 21 yoshga kirdi xolos. Shunday bo’lsa ham, uning hisobida 181 ta gol mavjud. Ushbu mavsumning o’zida 200 lik dovonini zabt etishiga, faqatgina jarohat halaqit berishi mumkin. Boshqa har qanday holatda u yubiley golini nishonlaydi. Neymar bugungi kunda Braziliya termasidagi asosiy futbolchi ekanligini statistikaga qarab bilsa ham bo’ladi.

Gonsalo Iguain 354 o’yin – 167 gol
«River Pleyt»
41
-
15
«Real»
264
-
121
«Napoli»
13
-
8
Argentina t.j
35
-
21
Argentina (yoshlar)
1
-
2

Gonsalo Madridliklar safida har 2 o’yinning bittasida zafar quchar edi. Neapolda ham bu samaradorligini to’xtatganicha yo’q. Terma jamoa hujum chizig’idagi kuchli raqobatga qaramasdan o’rtacha gol urish borasida Messi va Aguerodan yaxshi natija qayd etib turibdi.

P.S: Ma’lumotlar 23-noyabr 2013-yilgacha olingan.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий