пятница, 29 ноября 2013 г.

YAQIN O'TMISHDAGI GOLEODOR HUJUMCHILAR

   Yaqin-yaqingacha futbol muxlislarining suyukli futbolchisiga aylanib kelgan forvardlarning gollari statistikasi haqida to’xtalib o’tamiz. O’qing va futbolchilar mahoratiga o’zingiz yana bir bora baho bering.

Raul 1015 o’yin – 454 gol. O’rtacha – 0,44 %
«Real» C
8
-
16
«Real» B
1
-
0
«Real»
741
-
323
«Shalke 04»
98
-
40
«Al-Sadd»
45
-
14
Ispaniya t.j
102
-
44
Ispaniya (yoshlar)
20
-
17

   Raul faoliyatining asosiy qismini «Real» tarkibida o’tkazdi. Madridliklar safida gol urish borasida rekordchi hisoblanadi. Ispaniya termasida ham ana shunday nomga ega edi. Ammo, David Vilya Raulning rekordini yangiladi. Umuman olganda u faoliyati mobaynida 1000 tadan ortiq uchrashuv o’tkazishga muvaffaq bo’lgan. 

Terri Anri 972 o’yin – 444 gol. O’rtacha – 0,46%
«Monako» B
31
-
7
«Monako»
141
-
28
«Yuventus»
20
-
3
«Arsenal»
377
-
228
«Barselona»
121
-
49
«Nyu-York Redd Bullz»
100
-
42
Fransiya t.j
123
-
51
Fransiya (yoshlar)
59
-
36

   «Arsenal» tarkibida gol urish borasida rekordchi sanalidan Anri, Fransiya termasida ham ana shunday sharafli nomni o’ziniki qildi. «Barselona» tarkibida u qadar yorqin o’yin namoyish qilmagan bo’lsa ham, Chempionlar ligasi bosh sovrinini yutishga muvaffaq bo’ldi. Faoliyatining so’nggida esa AQSHda to’p surdi va bu yerda ham to’purarlik qobiliyatini namoyish qildi.

Ronaldo 631 o’yin – 425 gol. O’rtacha – 0,67 %
«Kruzeyro»
47
-
44
«PSV»
57
-
54
«Barselona»
49
-
47
«Inter»
99
-
59
«Real»
177
-
104
«Milan»
20
-
9
«Korintians»
69
-
35
Braziliya t.j
98
-
62
Braziliya (yoshlar)
15
-
11

   Braziliyalik Ronaldo «El-Klassiko» va «Milan derbisi»da har ikkala jamoa safida maydonga tushgan va gol urgan yagona futbolchi sanaladi. Madridliklar tarkibida esa o’zining eng ko’p golini urishga muyassar bo’lgan. Braziliya termasi safida esa Peledan keyingi ikkinchi natijaga erishdi.

Ruud Van Nistelroy 674 o’yin – 383 gol. O’rtacha – 0,57%
«Den Bosh»
82
-
19
«Xerenven»
41
-
16
«PSV»
90
-
17
«MYU»
219
-
150
«Real»
96
-
64
«Gamburg»
44
-
17
«Malaga»
32
-
5
Gollandiya t.j
70
-
35

   «Uchar golland» o’zi to’p surgan barcha jamoalarda to’purarlik qobiliyatini namoyish qila oldi, «Malaga»ni inobatga olmaganda albatta. «Qizil iblislar» tarkibida 5 mavsum mobaynida 150 ta gol urdi. Shuningdek Rud Gollandiya, Angliya va Ispaniya chempionatlarida to’purar bo’lgan futbolchi sanaladi.

Andrey Shevchenko 759 o’yin – 369 gol. O’rtacha – 0,49%
«Dinamo» K
249
-
124
«Milan»
322
-
175
«Chelsi»
77
-
22
Ukraina t.j
111
-
48

   Andrey faoliyati mobaynida faqatgina 3 ta jamoa sharafini himoya qilgan. «Dinamo» Kiev va «Milan»da to’purarlik qobiliyatini ishga slogan ukrain «Chelsi»da o’ziga bildirilgan ishonchni oqlay omadi. Ukraina termasi safida esa eng ko’p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Alessandro Del Pero 840 o’yin – 334 gol. O’rtacha – 0,40%
«Padova»
14
-
1
«Yuventus»
705
-
289
«Sidney»
30
-
17
Italiya t.j
91
-
27

   Turin afsonasi faoliyatini Avstraliyada yakunlashga qaror qildi. «Yuve» tarkibida esa sal kam 300 ta gol urdi. «Sidney» tarkibida ham chakki taasurot qoldirmadi. Terma jamoa safida esa atigi 27 ta gol hosil qildi xolos.

Filippo Inzagi 694 o’yin – 316 gol. O’rtacha – 0,45%
«Pyachentso»
44
-
17
«Lechche»
23
-
13
«Verona»
37
-
14
«Parma»
22
-
4
«Atalanta»
34
-
25
«Yuventus»
165
-
89
«Milan»
300
-
126
Italiya t.j
57
-
25
Italiya (yoshlar)
14
-
3

   «Ofsaydda tug’ilgan» Pippo gol faoliyatining butun qismini Italiyada o’tkazdi. Q marotaba esa chempionat to’purari bo’ldi ham. Karerasining eng omadli davri esa «Milan»da o’ynagan paytiga to’g’ri keldi. 2 marotaba CHL g’olibi bo’ldi. Terma jamoa safida 25 ta gol kiritdi va jahon chempioni degan sharafli nomga erishdi.

Ernan Krespo 669 o’yin – 312 gol. O’rtacha – 0,47%
«River Pleyt»
82
-
36
«Parma»
194
-
92
«Latsio»
73
-
48
«Inter»
116
-
45
«Chelsi»
73
-
25
«Milan»
40
-
18
«Jenoa»
21
-
7
Argentina t.j
64
-
35
Argentina (yoshlar)
6
-
6

   Ernan Krespo faoliyatining asosiy qismini Italiyada o’tkazdi. Eng ko’p golini «Parma» tarkibida kiritdi. Shuningdek Milanning har ikkala klubi safida ham to’p surdi. Milliy terma jamoa safida esa 35 ta gol hosil qildi.

Maykl Ouen 578 o’yin – 266 gol. O’rtacha – 0,46%
«Liverpul»
297
-
158
«Real»
45
-
16
«Nyukasl»
79
-
30
«MYU»
52
-
17
«Stok Siti»
9
-
1
Angliya t.j
89
-
40
Angliya (yoshlar)
7
-
4

   Erta so’ngan yulduzlar safidan joy olgan Maykl «Liverpul»dan ketgach, o’z mavqeini yo’qota boshladi. «Real»da zaxirachiga aylanib qolgach, «Nyukasl»ga qaytdi. «MYU» safida ham bir muddat to’p surgach «Stok» tarkibida o’z faoliyatiga nuqta qo’ydi. Uning terma jamoa safidagi yuksak natijasi ham e’tirofga molikdir.

Kristian Veri 536 o’yin – 265 gol. O’rtacha – 0,49%
«Torino»
9
-
2
«Piza»
18
-
2
«Ravenna»
32
-
12
«Venetsiya»
29
-
11
«Atalanta»
37
-
13
«Yuventus»
37
-
14
«Atletiko» M
32
-
29
«Latsio»
28
-
14
«Inter»
190
-
123
«Milan»
14
-
2
«Fiorentina»
39
-
9
Italiya t.j
49
-
23
Italiya (yoshlar)
22
-
11

   Kristian naq 11 ta jamoa safida to’p surgan. Ularning ba’zilarida esa 2 va hatto 3 marta qaytib kelib to’p surgan. Faoliyatining eng yaxshi damlarini esa «Inter» tarkibida o’tkazdi. 1 marta chempionat to’purariga ham aylandi. Teram jamoada esa o’rtacha har ikki o’yinga bitta gol urdi.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий