суббота, 25 января 2014 г.

REKORDCHI HUJUMCHILAR (1-QISM)

   Har bir milliy chempionatda eng ko’p o’yin o’tkazgan va eng ko’p gol urgan futbolchilar alohida qayd etilib boriladi. Mazkur maqolamiz aynan o’z milliy chempionatlarining rekordchi hujumchilariga bag’ishlanadi. 80 ta chempionat (ular orasida sobiq chempionatlar ham bor)dagi goleodor hujumchilarning rekordlariga nazar solib o’tamiz.

O’yin va gollari soni
Futbolchi
Faoliyati
Chempiona.
O’tkazilib kelinayotgan yili
412-470
Pele
1957-1974
Braziliya. Pulista Ligasi
1902
283-466
Jozef Bitson
1937-1955
Chexoslavakiya
1925-93
519-444
Uve Zeeler
1954-1972
Germaniya
1939
522-428
Albert de Kleyn
1932-1955
Belgiya
1896
301-411
Imre Shlosser
1905-1928
Vengriya
1901
408-410
Jimmi Makgrori
1922-1938
Shotlandiya
1890
427-365
Gerd Myuller
1964-1979
Germaniya Bundesligasi
1963
516-357
Jimmi Grivz
1957-1972
Angliya
1888
443-350
Viktor Xyugo Antello
1983-2001
Boliviya
1977
285-332
Jimmi Jons
1947-1964
Shimoliy Irlandiya
1890

   Bitta chempionatda eng ko’p gol urish bobida futbol qiroli Pele yetakchilik qilmoqda. U hali Braziliya chempionatiga asos solinmagan paytlari Braziliya Paulista Ligasida to’p surgan va 412 ta o’yinda maydonga tushib raqiblar darvozalariga 470 ta gol kiritgan. Fantastik  natija! Sobiq Chexoslavakiya chempionatining mutloq to’purari Jozef Bitsonning natijasi Pelenikidan ham xayratlanarli. 283 ta bahsda 466 gol! Hozirgi zamon hujumchilari bunday natijani faqatgina orzu qilishlari mumkin xolos. Germaniya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to’purar bo’lib turgan Uve Zeeler hisobida «bingo» porlab turibdi – 444 gol. Vengriya chempionatining mutloq to’purari Imre Shlosser 301 o’yinda 411 ta golni o’z hisobiga yozdirib qo’ygan. Shuningdek Belgiya va Shotlandiya chempionatlari to’purarlarida ham 400 tadan ortiq gol bor. Gerd Myuller esa Germaniyada Bundesligaga asos solingandan beri eng mohir to’purar nomini o’zida saqlab turibdi va yaqin yillar ichida undan o’zib keta oladigan futbolchining topilishi esa amri mahol. Angliya chempionatlarining eng mergan hujumchisi sifatida Jimmi Grivz qayd etilgan. Shimoliy Irlandiya chempionati to’purari Jimmi Jons ham super natijaga ega. 285 o’yinda 332 gol!  

O’yin va gollari soni
Futbolchi
Faoliyati
Chempionat
O’tkazilib kelinayotgan yili
197-330
Fernandu Peyroteu
1937-1949
Portugaliya
1934
351-323
Robert Dinst
1943-1962
Avstriya
1911
486-323
Aleksandr Djurich
1999-2011
Singapur
1975
468-319
Mark Hoyd Uilyams
1992-2011
Uels
1992
589-316
Silvio Piola
1929-1954
Italiya
1898
424-312
Kabinyo
1974-1986
Meksika
1924
544-311
Villi Van der Kyollen
1964-1982
Gollandiya
1956
571-303
Xuan Karlos Plata
1990-2010
Gvatemala
1942
462-303
Maksim Gruznov
1992-2011
Estoniya
1992
328-300
Archibald Stark
1921-1931
AQSH, ASL chempionati
1921-84

    Rekordchi to’purarlar o’nligining 2-qismida Portugaliya chempionati forvardi Fernandu Peyreteu karvonboshilik qilmoqda. U 197 ta uchrashuvda 330 ta gol urgan. Aql bovar qilmas natija! Shunday emasmi? Avstriya futboli faxri Robert Dinst va Singapurlik Aleksandr Djurichlar o’z milliy birinchiliklarida 323 tadan golga mualliflik qilishgan. Italiyada esa eng mohir to’purar Silvio Piola bo’lib turibdi. Uning natijasi ham yaqin orada yangilanmasligi muqarrar. Uels, Meksika, Gollandiya, Gvatemala, Estoniya milliy chempionatlarining yetakchi to’purarlari ham 300 tadan ortiq gollarga mualliflik qilishgan. AQSHda MLSga asos solinmasidan oldin ASL chempionati mavjud edi. 63 yillik tarixga ega bo’lgan mazkur birinchilikda Archibald Stark roppa-rosa 300 ta golni nishonlashga muyassar bo’lgan.

O’yin va gollari soni
Futbolchi
Faoliyati
Chempionat
O’tkazilib kelinayotgan yili
449-299
Delio Onnis
1971-1986
Fransiya
1933
359-297
Simsan Zaki
1960-1984
Marokash
1956
332-295
Arsenio Eriko
1937-1949
Argentina
1891
324-294
Partin Oktay
1955-1969
Turkiya
1928-59
358-274
Jak Fatton
1943-1963
Shveytsariya
1933
607-272
Xuan Garsiya
1989-2012
Venesuela
1957
388-260
Sotiriu Kayfas
1967-1984
Kipr
1960
441-260
Alan Shirer
1992-2006
Angliya Premer-ligasi
1992
507-260
Tomas Marrios
1970-1991
Gretsiya
1959
489-259
Damian Mari
1989-2008
Avstraliya
1977

   Fransiya chempionatida Delio Onnis rekordchi sanaladi. Uning hisobida 1 ta kam 300 ta gol bor. Marokashlik Simsan Zaki ham o’z chempionatida 300 ga yaqin gollarga mualliflik qilgan. Argentina chempionatida eng ko’p gol urgan futbolchi 65 yildan beri o’zgarmay kelmoqda. Arsenio Eriko 295 ta goli bilan karvonboshilik qimoqda. Turkiyada Superligadan burun o’tkazilgan chempionatlarda Parting Oktay 294 ta gol bilan rekordchi sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olgan. Shveytsariya, Venesuela, Kipr, Gretsiya va Avstraliya chempionatlari to’purarlari 260-270 tadan gollar urib, rekordni o’zlariniki qilishgan. 1992-yilda asos solingan Angliya Premer-Ligasida eng ko’p gol urish borasida Alan Shirer yetakchilik qilib kelmoqda. Uning qayd etgan 260 ta gollik natijasi ham yaqin orada yangilanishi qiyin.

O’yin va gollari soni
Futbolchi
Faoliyati
Chempionat
O’tkazilib kelinayotgan yili
347-255
Armin Krings
1981-2000
Lyuksemburg
1945
333-253
Petr Jekov
1963-1976
Bolgariya
1924
370-252
Dudu Jordjesku
1970-1986
Ruminiya
1921
410-252
Sven Yunasson
1927-1947
Shvetsiya
1924
277-251
Telmo Zarra
1940-1955
Ispaniya
1928
488-249
Xoqon Shukur
1987-2008
Turkiya Super Ligasi
1959
252-245
Pauli Yorgensen
1925-1942
Daniya
1889
504-244
Serxio Ibarra
1993-2011
Peru
1928
372-235
Brendan Bredli
1969-1985
Irlandiya
1921
244-230
Fernandu Morena
1969-1986
Urugvay
1900

   Lyuksemburgda ham chempionat bor. Ushbu terma jamoa Yevropada mudom autsayderlik qilib kelsa ham 2-jahon urushi tugaganidan beri o’z milliy chempionatini o’tkazib kelmoqda. XX-asrning oxirida faoliyatini yakunlagan Armin Krings mazkur mamalakatning chempionat bahslarida eng ko’p to’p kiritgan futbolchisi sanaladi. Bolgariya, Ruminiya, Shvetsiya chempionatlari to’puararli hisoblarida deyarli bir xildan gol mavjud. Turkiya Superligasining mutloq rekordchisi esa millat qahramoni Xoqon Shukur hisoblanadi. Ronaldu va Messi to’p surayotgan Ispaniya chempionatida eng ko’p gol muallifi sifatida Telmo Zarra qayd etilib turibdi, hozircha. Boisi Messi yoki Ronaldu uni yaqin yillar ichida ortda qoldirib ketishlari hech gap emas. Daniya chempionatiga asos solinganligiga 125 yil bo’lgan bo’lsa, eng ko’p gol urish borasida rekord qo’yilganligiga 72 yil bo’ldi. Peru chempionatida esa yaqindagina faoliyatiga yakun yasagan Serxio Ibarra goleodorlar orasida birinchi o’rinda bormoqda. Irlandiya va Urugvay chempionatlarida rekordchi hujumchilar Ronaldu tug’ilganidan buyon hali o’zgarmagan.

Ushbu maqolalarda statistik ma’lumotlar ko’pligi bois, sizni balki biroz chalkashtirib yuborgandirmiz. Shu bois maqolaning 2-qismini ertaga o’qishingiz mumkin. Ungacha esa salomat bo’ling, aziz futbol fanatlari.

P.S: Ma’lumotlar 2014-yil 25-yanvar sanasigacha olingan.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий