воскресенье, 19 января 2014 г.

AFSONAVIY GOLEODORLAR (2-QISM)

   Blogda oldinroq Afsonaviy goleodorlar nomli maqolani sizning hukmingizga havola qilgan edik. Jahon futbolida o’ziga hos nom va o’ringa ega bo’lgan buyuk hujumchilar haqidagi maqolaning 2-qismini ham sizga armug’on etamiz. Agar buyuk hujumchilarning urgan gollari sizni qiziqtirsa, marhamat maqolani o’ib chiqing. Ketgan vaqtingizga achinmaysiz degan umiddamiz.

Uve Zeeler
Natijasi: 660 o’yin 551 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Gamburg»
586
-
506
«Kork Seltik»
1
-
2
GFR
72
-
43

   Uve Zeeler Germaniya chempionatlarida eng ko’p gol urish borasida mutloq yetakchi hisoblanadi. Faoliyati mobaynida 551 marotaba raqiblar darvozalarini «o’q»qa tutqan nemis o’g’loni, faoliyatining butun qismini «Gamburg» safida o’tkazdi. Faqatgina «Kork Seltik»» safida 1 marta maydonga tushgan, xolos. «Gamburg» tarkibida 506 marotaba gol mazasini ta’tib ko’rgan futbolchi, Germaniya Federativ Respublikasi terma jamoasida 43 marta zafar quchgan.

Gunnar Nordal
Natijasi: 561 o’yin – 496 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Xyornefors»
41
-
68
«Degerfors»
77
-
56
«Nyorchyoping»
95
-
93
«Milan»
257
-
210
«Roma»
34
-
15
«Karlstad»
24
-
11
Shvetsiya
33
-
43

   Shved o’g’loni Italiyada katta shuxrat qozondi. Ayniqsa «Milan» safidagi o’yinlari muxlislarning xotiralarida butun umr saqlanadi. «Rossoneri»lar tarkibida 200 dan ortiq gol muallifiga aylangan Nordal, Norvegiya termasida 33 o’yinda 43 ta gol urgan. Naqadar fantastik natija! Shunday emasmi? Buning ustiga u Shvedlar tarkibida naq 3 marotaba «poker»ga erishgan va 1 marta «flesh» sohibiga aylangan. Xulosa qilish o’zingizga xavola.

Ugo Sanches
Natijasi: 831 o’yin 479 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«UNAM Pumas»
183
-
99
«San-Diego Sokkers»
32
-
26
«Atletiko» M
134
-
65
«Real Madrid»
283
-
207
«Amerika»
35
-
15
«Rayo Valekano»
29
-
16
«Atlante»
31
-
13
«Lints»
20
-
6
«Dallas Bern»
25
-
11
«Atletiko Selayya»
12
-
2
Meksika
75
-
29

   Meksika futboli faxri Ugo Sanches Ispaniya chempionatidagi o’yinlari bilan butun dunyoga tanildi. Dastlab Madridning «Atletiko»si safida gollar urib darvozabonlarni yig’latayotgan Sanches, keyinlik madridning boshqa bir klubi «Real» safida darvozabonlarni qaqshatish bilan ovora bo’ldi. Sanches terma jamoa safida bor yo’g’I 29 ta gol urgan bo’lsa ham, Meksikaning XX-asrdagi eng kuchli futbolchisi sifatida tan olindi. Axir u Meksika futbolini butun dunyoga tanitdida.

Roje Milla
Natijasi: 832 o’yin 433 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Ekleyir»
57
-
6
«Leopard»
117
-
89
«Tonnere»
87
-
69
«Valansenn»
28
-
6
«Monako»
17
-
2
«Bastiya»
113
-
35
«Sent-Eten»
59
-
31
«Monpele»
95
-
37
«Pelitra Jaya»
23
-
23
«Putra samarinda»
18
-
18
Kamerun
102
-
28

   42 yoshida ham jahon chempionatida nafaqat ishtirok etib, balki gol muallifiga ham aylangan kamerunlik Roje Milla faoliyati davomida 400 dan ortiq gol urishni uddalagan. U asosan Fransiya chempionatida ishtirok etgan va fransuz muxlislarining suyuklisiga aylanishga muvaffaq bo’ldi. 5 ta fransuz jamoasidan so’ng, faoliyatining so’nggi qismini Osiyoda Indoneziya klublarida o’tkazib, butsalarini shu yerda «qoziqqa ildi». Terma jamoasi safida esa 28 ta gol urdi va vatanida xaqli ravishda XX-asrdagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Silvio Piola
Natijasi: 669 o’yin 379 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Proverchilli»
127
-
51
«Latsio»
243
-
159
«Torino»
23
-
27
«Yuventus»
57
-
26
«Novaro»
185
-
86
Italiya
34
-
30

   Silvio Piolo 400 ga yaqin gollarning muallifiga aylangan bo’lsa ham, ularning hech birini horij klubi tarkibida kiritmagan. Piola legionerlik sharafiga muyassar bo’lmagan. U karerasining butun qismini o’z yurti Italiyada o’tkazdi. Rimlik va Turinlik muxlislarning yoqimtoyiga aylangan futbolchi, terma jamoa tarkibida ham ajoyib statistik ko’rsatkichga ega 34 o’yinda 30 ta gol! Terma jamoas tarkibida bunday sermahsullikni hatto Del Per ova Totti kabi futbolchilar ham orzu qilishadi.

Jan Per Papen
Natijasi: 716 o’yin 375 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Vishi»
50
-
13
«Valansenn»
34
-
16
«Bryugge»
43
-
32
«Marsel»
279
-
184
«Milan»
65
-
31
«Bavariya»
40
-
6
«Bordo»
72
-
31
«Gengam»
10
-
3
«Sen-Perruaz»
12
-
1
«Kop Ferre»
50
-
24
«Bassend’Arkastion»
3
-
0
«Faktyur Bigarro»
4
-
4
Fransiya
54
-
30

   Papen «Marsel» tarkibida butun dunyoga tanildi. «Taksichi Daniel»ning shahri uchun 184 ta gol hosil qildi. Shuningdek «Milan» va «Bavariya» tarkibida ham ajoyib o’yinlari bilan muxlislar mehrini qozona oldi. Shundan so’ng futbolchi yana 7 ta jamoa safida to’p surganligini ham alohida ta’kidlash joiz. Fransiya termasi uchun esa 30 ta gol urishni uddalagan.

Teddi Sheringem
Natijasi: 977 o’yin 372 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Milluol»
262
-
111
«Oldershot»
6
-
0
«Yurgorden»
21
-
13
«Nottingem Forest»
62
-
23
«Tottenxem»
277
-
124
«MYU»
153
-
46
«Portsmut»
38
-
10
«Vest Xem»
87
-
30
«Kolchester Yunayted»
20
-
4
Angliya
51
-
11

   40 yoshigacha futbol o’ynagan yana bir buyuk futbolchilardan biri bu Sheringemdir. Teddi «Tottenxem» va «Manchester Yunayted»dagi o’yinlari bilan futbol ixlosmandlarining xotiralaridan joy oldi. Angliyaning naq 9 ta jamoasi safida maydonga chiqib gol urgan futbolchi, terma jamoa uchun unchalik ko’p gol ura olmadi – 11 ta gol. Biroq Sheringem Angliya futbolida o’ziga hos iz qoldira olgan futbolchi ekanligi ushbu futbolchi haqida biladiganlarga sir emas. «» «»

Diter Myuller
Natijasi: 574 o’yin 354 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Kikkers»
54
-
28
«Kyoln»
326
-
231
«Shtutgart»
35
-
20
«Bordo»
116
-
59
«Grassxoppers»
7
-
3
«Saarbryukken»
24
-
4
GFR
12
-
9

   Myullerlar Nemis futbolining faxrlaridir. Gerd Myullerdan so’ng Germaniya futboli osmonida Diter Myuller porlay boshladi. U o’sha paytlari eng kuchli jamoalardan biri bo’lgan «Kyoln» safida bir necha bor Bundesliga to’purarligini qo’lga kiritdi. Biroq terma jamoada u bor yo’g’I 12 ta o’yinda ishtirok etgan. Shunday bo’lsa ham 9 ta golni o’z hisobiga yozib qo’ygan. Kichik Myuller Fransiya va Shveytsariya chempionatlarida ham o’zining goleodorlik qobiliyatini namoyon qila oldi.

Mishel Platini
Natijasi: 655 o’yin – 354 gol
Jamoa nomi
Rasmiy o’yinlar
«Nansi»
214
-
127
«Sent-Etyen»
145
-
82
«Yuventus»
224
-
104
Fransiya
72
-
41

   UEFAning amaldagi przeidenti futbolchilik faoliyati davomida 3 ta klub safida maydonga tushgan. Fransuz klublarida 209 ta, Turinliklar safida esa 104 ta gol urishga erishadi. Terma jamoa safida eng ko’p gol urish borasida Teri Anri Platinining rekordini yangilagan bo’lsa ham. Janob Mishelda huddi Kochishnikiday record bor. Ya’ni Platini bitta Yevropa chempionatida 9 ta gol urgan. Ustiga-ustak 2 marotaba «xet-trik» qayd etgan. Bu natija xaligacha yangilanmagan. Shuningdek fransuz hisbida naq 3 ta «Oltin to’p» bor ekanligi diqqatga sazovor natijadir.

Telmo Zarra
Natijasi: 371 o’yin 352 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Atletik» Bilbao
351
-
332
Ispaniya
20
-
20

   Ispaniya chempionatida eng ko’p gol muallifiga aylanib turgan Zarra faoliyatini faqatgina «Atletik» Bilbao jamoasi tarkibida o’tkazdi. Telmoni ushbu klubdagi natijalari esa shunchaki fantastika! 351 ta uchrashuvda 332 ta gol. Deyarli har o’yinda o’rtacha 1 tadan gol. Ispaniya termasi safida esa har o’yinga bittadan gol urgan. Darhaqiqat, Bilbaolik fanatlar ushbu futbolchi bilan har qancha faxrlansalar arziydi. Axir chempionatda eng ko’p gol urgan futbolchi «Real» yoki «Barselona»dan emas, aynan «Atletik»dan chiqqan.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий