вторник, 21 января 2014 г.

AFSONAVIY GOLEODORLAR (4-QISM)


Afsonaviy goleodorlar haqidagi maqolamizning 4-qismini ham sizning hukmingizga havola qilamiz.

Georgi Xadji
Natijasi: 756 o’yin 310 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Farul Konstanta»
18
-
7
«Sportul Students»
118
-
62
«Styaua»
118
-
88
«Real M»
84
-
20
«Breshiya»
61
-
14
«Barselona»
51
-
11
«Galatasaroy»
192
-
73
Ruminiya
124
-
35
   Rumin futboli afsonasi nafaqat o’z yurtida, balki ispan futbolida ham shuhrat qozondi. U «Real» va «Barselona» tarkibida maydonga tushgan sanoqli futbolchilardan biri hisoblanadi. Har ikki klub safida ham uzoq to’p surmagan bo’lsa ham, o’z gollari bilan bu jamoalarga yordam bergan. «Styaua» tarkibida esa o’zining eng ko’p gollarini nishonlashga muvaffaq bo’ldi. Terma jamoa tarkibidagi ko’rsatkichlari ham chakki emas! 124 o’yinda 35 gol.

Van Basten
Natijasi: 431 o’yin 300 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Ayaks»
172
-
152
«Milan»
201
-
124
Gollandiya
58
-
24
   Oltin to’pning 3 karra g’olibi gollandiyalik Van Basten faoliyati davomida roppa-rosa 300 ta golni o’z hisobiga yozib qo’ygan. Agar hujumchi jarohat tufayli o’z faoliyatini erta, 29 yoshida tugatmaganida bu raqam yanada oshishi tabiiy edi. Basten «Ayaks» va «Milan» jamoalari muxlislarining haqiqiy kumiri edi. Amsterdamliklar safida 150 dan ortiq gol urgan hujumchi, Milanliklar uchun 124 ta golni o’z nomiga yozdirib qo’yadi. Terma jamoa  tarkibida 24 ta gol urgan Basten Evro-88 da zafar quchgan.

Oleg Protasov
Natijasi: 586 o’yin 300 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Dnepr»
174
-
122
«Dinamo» K
87
-
46
«Olimpiakos»
112
-
60
«Gamba Osaka»
72
-
30
«Veriya»
67
-
12
SSSR
68
-
32
Ukraina
1
-
1
   Xuddi Basten singari Sobiq ittifoq futboli daholaridan biri Oleg Protasov ham faoliyati mobaynida roppa-rosa 300 ta gol urib qo’ygan. Afsonaviy forvard «Dnepr» bilan ajoyib natijalarni qayd etadi, shundan so’ng, Kievga yo’l olib «Dinamo» muxlislarining ham ko’nglini topadi. Faoliyatining keyingi qismlarini esa Oleg Gretsiya va Yaponiyada o’tkazib, goleodorlik mahorati pasaymaganini isbotlaydi. Sobiq ittifoq tarkibida 32 bora zafar quchgan Protasov, Ukraina termasi safida 1 ta o’yin o’tkazdi va ana shu bahsda ham o’z nomini tabloga yozdirib qo’ydi.

Davor Shuker
Natijasi: 615 o’yin 291 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Osiyek»
91
-
40
«Dinamo» Zagreb
50
-
34
«Sevilya»
176
-
89
«Real Madrid»
106
-
49
«Arsenal»
39
-
11
«Vest Xem»
52
-
14
«Myunxen 1860»
30
-
8
Yugoslaviya/Xorvatiya
71
-
46
Xorvat futbolining afsonasi Davor Shuker o’z vatanidagi ajoyib o’yinlaridan so’ng, ispan futbolini zabt etishga qaror qiladi. Dastlab andalusiyalik muxlislarning suyuklisiga aylangan Davor, Madridda, «qirollik klubi» sanalgan «Real»da ham yorqin o’yinlar namoyish etishga muvaffaq bo’ldi. Ispaniyadagi ajoyib sarguzashtlardan so’ng u ingliz va nemis futboli nafasidan ham bahramand bo’ladi. Aytish joizki Shuker o’zi to’p surgan barcha jamoalarda sermahsul o’yin namoyish qila olgan. Yugoslaviya tarqalib ketgach Xorvatiya termasida ham to’p surgan futbolchi, umumiy hisobda o’z vatani jamoasi uchun 46 marotaba gol kiritishni uddalagan.

Ladislao Kubalo
Natijasi: 451 o’yin 285 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Ferentsfarosh»
9
-
2
«Bratislava»
36
-
15
«Vashash»
20
-
10
«Barselona»
256
-
194
«Espanyol»
33
-
7
«Syurix»
1
-
0
«Toronto Falkors»
19
-
5
Chexoslavakiya
6
-
4
Vengriya
3
-
0
Ispaniya
19
-
11
Kataloniya
4
-
4
   Futbol tarixida 3 ta terma jamoa safida maydonga tushgan dunyodagi yagona futbolchi hisoblanadigan ladislao Kubalo faoliyatining yorqin damlarini Kataloniyada «Barselona» safida o’tkazdi. Bu jamoa uchun 200 ga yaqin gollarning muallifiga aylandi. Barsaga kelmasidan oldin 3 ta jamoada to’p surgan ladislao, klubdan ketganidan so’ng yana 3 ta klub tarkibida maydonga tushdi. Kubalo Chexoslavakiya termasida 6 o’yinda 4 ta gol uradi. Biroq keyinchalik Vengriya termasi uchun o’ynashni boshlaydi. Pushkashning yurti uchun esa birorta ham gol ura olmaydi. Shundan so’ng esa ispaniya termasi safidan joy oldi va 10 tadan ortiq gol uradi. Kubalo shuningdek kataloniya termasi uchun ham 4 ta o’yin o’tkazgan va shuncha marta zafar quchishga muyasssar bo’lgan.  

Yurgen Klinsmann
Natijasi: 586 o’yin 275 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Shtutgart Kikkers»
61
-
22
«Shtutgart»
169
-
84
«Inter»
123
-
40
«Monako»
65
-
29
«Tottenxem»
65
-
39
«Bavariya»
84
-
48
«Sampdoriya»
8
-
2
«Blue Star»
8
-
5
Germaniya
80
-
47
   Germaniyalik yana bir goleodor hujumchi. Klinsmann faoliyati davomida Germaniya, Italiya, Fransiya, Angliya va AQSH chempionatlarida to’p kiritgan. Eng ko’p gollarini esa «Shtutgart» va «Bavariya» jamoalari tarkibida kiritgan. Shuningdek Klinsmann «Inter», «Monako» va «Tottenxem» jamoalarida ham o’z sermahsulligini namoyish eta olgan. Bundestim tarkibida esa 80 ta o’yinda 47 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.

Garrincha
Natijasi: 708 o’yin 262 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Botafago»
614
-
243
«Korintians»
13
-
2
«Xunior Barrankiya»
1
-
0
«Flamengo»
20
-
4
«Olariya»
10
-
1
Braziliya
50
-
12
Ko’plab futbol ixlosmandlari Peleni yodga olganlarida, albatta Garrinchani eslashadi. Garchi ushbu futbolchi sof hujumchi sanalmasada, faoliyati davomida 262 ta gol urishni uddalagan. U karerasining asosiy qismini «Botafago» klubiga bag’ishladi. Ushbu jamoa uchun eng ko’p gol urgan futbolchiga aylandi, terma jamoa safida Pele bilan ajoyib juftlik hosil qilib jahon chempionligini qo’lga kiritdi. Garchand Braziliya uchun bor yo’g’I 12 ta gol urgan bo’lsa ham, muxlislar Garrinchani o’yinlari va gollarini butun umr yodlarida saqlab qolishgan.

Fransisko Xento
Natijasi: 827 o’yin 259 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Rasing»
14
-
2
«Real Madrid»
770
-
252
Ispaniya
43
-
5
   Ushbu futbolchi Chempionlar Kubogida 6 bora zafar quchgan yagona inson sifatida tarix sahifalaridan joy olgan. Xento Pushkash va Di Stefanolar bilan birga bitta jamoa safida to’p surdi. Ularchalik ko’p gol urmadi, biroq faoliyatining so’nggi damlarigacha Madridliklar safida harakat qildi. Natijasi ham chakki emas 252 ta gol. Fransisko Ispaniya termasi safidagi gollari borasida unchalik maqtanolmaydi. Atigi 5 ta gol!

Erik Kantona
Natijasi: 549 o’yin 235 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Oser»
94
-
29
«Oser-B»
64
-
50
«Martig»
15
-
4
«Marsel»
43
-
14
«Bordo»
12
-
6
«Monpele»
39
-
14
«Olimpik-B»
1
-
0
«Nim Olimpik»
16
-
2
«Lids»
35
-
14
«MYU»
185
-
82
Fransiya
45
-
20
   «Kung-fu»chi futbolchi butun Fransiyani kezib chiqdi. Shundan so’ng ingliz futbolini zabt etishga qaror qildi va «Lids Yunayted» bilan shartnoma tuzdi. Atigi 1 yildan so’ng esa u «Orzular teatri»da muxlislarning yoqimtoyiga aylana boshladi. «Manchester Yunayted» tarkibida fantastik uchrashuvlarni o’tkazdi. «Qizil iblislar» uchun umumiy hisobda 82 ta gol urdi va ushbu jamoa safida o’z faoliyatiga «nuqta» qo’ydi. Erik Fransiya uchun ham yomon o’ynamadi. 45 ta o’yinda 20 ta gol uradi.

Ruud Gullit
Natijasi: 619 o’yin 235 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Xaarlem»
91
-
32
«Feyenoord»
107
-
44
«PSV»
75
-
53
«Milan»
166
-
55
«Sampdoriya»
63
-
27
«Chelsi»
51
-
7
Gollandiya
66
-
17
   Oltindan bo’lgan to’pni yutib olgan yana bir afsonaviy goleodor Gullit faoliyati davomida 235 ta gol urgan. U eng ko’p gollarini «Milan» va «PSV» jamoalari safida kiritdi. «Rossoneri»lar tarkibida van Basten bilan ajoyib juftlik hosil qilgan Ruud nafaqat Italiyani balki butun Yevropani ham zabt etadi. Golland va Italyan futbolida ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan futbolchi, ingliz futboli havosidan ham bahramand bo’lish istagida «Chelsi» bilan shartnoma imzolaydi. Londonliklar sadida o’ta sermahsul o’yin namoyish eta olmagan bo’lsa ham Gullit bu yerda ham o’ziga yarasha iz qoldira oldi. Gollandiya termasi uchun esa 17 ta gol hosil qilishga muvaffaq bo’ldi.

Jyust Fonten
Natijasi: 257 o’yin 227 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Nitstsa»
84
-
52
«Reyms»
152
-
145
Fransiya
21
-
30
   Atigi 9 mavsumgina futbolchilik faoliyatini olib brogan Jyust Fonten futbol tarixida alohida iz qoldira olgan. U bitta jahon chempionatida 13 ta gol kiritib, rekor qayd etishga muyassar bo’lgan. O’sha paytlari Yevropa futboli cho’qqisiga chiqishga harakat qilgan va ma’lum darajada buni uddalagn «Reyms» tarkibida 152 o’yin o’tkazib 145 ta gol urgan. Xayratlanarli natija shunday emasmi? Biroq Fransiya termasidagi natijalari undan ham xayratlanarli Foneten terma jamoada 21 o’yinda 30 ta to’p kiritgan. Balki Fonten yana 5-6 ta mavsum to’p surganida gollari soni 300-400 taga yetib qolgan bo’larmidi?

Roberto Manchini
Natijasi: 774 o’yin 205 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Bolonya»
31
-
9
«Sampdoriya»
566
-
168
«Latsio»
136
-
24
«Likester Siti»
5
-
0
Italiya
36
-
4
   Manchini hozirgi yosh avlod, chempionatlarda zafar quchuvchi, biroq Yevrokuboklarda omadsiz murabbiy sifatida bilishadi. Roberto futbolchilik faoliyatida ham binoyidek to’p sura olgan. «Sampdoriya» klubi tarixida o’chmas iz qoldirgan Manchini ushbu jamoa uchun 168 ta gol hosil qilgan. Forvard negadir terma jamoada yorqin o’yinlar namoyish eta olmagan va 4 tagina gol urgan xolos. Shunday bo’lsa ham Roberto Manchini hisobidagi gollari soni 200 tadan oshgan.

Yusupov Furqat.
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий