Mazkur maqolamiz orqali so’nggi yillarda futbol olamida tanlib, ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritib kelayotgan buyuk murabbiylar haqida hikoya qilamiz. Maqolada murabbiylarning faqatgina klublarda erishgan natijalariga e’tibor beriladi. O’ziga hos reyting esa sovrinlar inobatga olinib tuzilgan.
Ser Aleks Fergyusson
Jamoa nomi
|
O’yin
|
G’alaba
|
Durrang
|
Mag’lubiyat
|
Ochko
|
G’alabalar foizda
|
«Ist Sterlingshur» (Shotlandiya)
|
17
|
9
|
2
|
6
|
29
|
52,94
|
«Sent-Mirren» (Shotlandiya)
|
169
|
74
|
41
|
54
|
263
|
43,79
|
«Aberdin»
|
459
|
275
|
105
|
82
|
930
|
59,26
|
«Manchester Yunayted» (Angliya)
|
1500
|
895
|
338
|
267
|
3023
|
59,67
|
Umumiy
|
2145
|
1250
|
486
|
409
|
4245
|
58,27
|
Sovrinlari soni: 49
Chempionlar Ligasi g’olibi – 2marta.
UEFA superkubogi g’olibi – 2 marta.
Klublar o’rtasidagi jahon chempionati g’olibi (Qitalara’ro Kubogi) – 2 marta
Kubok Egalari Kubogi sohibi – 2 marta
Mamlakat chempioni – 16 marta (Shotlandiya - 3), (Angliya - 13)
Mamlakat Kubogi sohibi – 9 marta (Shotlandiya - 4), (Angliya -5)
Mamlakat liga Kubogi g’olibi – 5 marta (Shotlandiya -1), (Angliya -4)
Angliya superkubogi g’olibi – 10 marta
Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri Ser Aleks Fergyusson o’tgan yili murabbiylik faoliyatiga «nuqta qo’ydi». SAF foliyatini Shotlandiya chempionatida boshladi. «Aberdin» klubida esa nufuzli sovrinlarni qo’lga kirita boshladi. Jumladan Kubok Egalari Kubogida va UEFA Kubogida zafar quchdi, 4 marta mamlakat chempioni bo’ladi, umumiy hisobda esa 10 ta sovrinni qo’lga kiritadi. Shundan so’ng Angliyaga yo’l oladi va 27 yil mobaynida ingliz futbolida «Manchester Yunayted» jamoasi bilan hukmronlik qiladi. «Qizil iblislar» bilan Fergyusson umumiy hisobda 38 ta sovrinni qo’lga kiritdi! 2 marta Chempionlar Ligasida zafar quchdi va yana 2 marotaba finalchiga aylandi. Murabbiy sifatida qo’lga kiritish mumkin bo’lgan barcha sovrinlarga ega chqidi. 4 marta Dunyoning, 11 marta Angliya Premer-ligasining eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi. 27 marta esa Premer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi bo’ldi. Ushbu sovrinlardan tashqari yana 25 ta shaxsiy yutuqlarga erishdi. Murabbiy sifatida 2000 dan ortiq o’yin o’tkazdi. «MYU» safida esa roppa-rosa 1500 o’yinda jamoasini murabbiy sifatida maydonga olib tushdi. G’alabalar koeffitsienti ham chakki emas – 58,27 %. Bir narsani tan olish kerakki Ser Aleks «Iblislar»ni qabul qilib olganida jamoa atigi o’rtamiyona klub edi. Biroq murabbiy yillar davomida uni Yevropaning grandlari safidan muntazam joy olishiga erishdi. Shuncha yutuqlarga erishgan Fergyusson nafaqat XXI-asrning, balki futbol tarixidagi eng kuchli murabbiy sifatida ham tarix zarvaraqlaridan joy olib ulgurdi.
Joze Mourinyo
Jamoa nomi
|
O’yin
|
G’alaba
|
Durrang
|
Mag’lubiyat
|
Ochko
|
G’alabalar foizda
|
«Benfika» (Portugaliya)
|
11
|
6
|
3
|
2
|
21
|
54,55
|
«Unian Leyriya» (Portugaliya)
|
20
|
11
|
5
|
4
|
38
|
55
|
«Portu» (Portugaliya)
|
127
|
88
|
24
|
15
|
288
|
69,29
|
«Chelsi» (Angliya)
|
218
|
153
|
41
|
24
|
500
|
70,18
|
«Inter» (Italiya)
|
108
|
68
|
25
|
15
|
229
|
62,96
|
«Real Madrid» (Ispaniya)
|
178
|
128
|
28
|
22
|
412
|
71,91
|
Umumiy
|
662
|
454
|
126
|
82
|
1488
|
68,58
|
Sovrinlari soni: 20 ta
Chempionlar Ligasi g’olibi – 2 marta
UEFA Kubogi g’olibi – 1 marta
Mamlakat chempioni – 7 marta (Portugaliya -2, Angliya -2, Italiya -2, Ispaniya -1)
Mamlakat Kubogi sohibi – 4 marta (Portugaliya -1, Angliya -1, Italiya -1, ispaniya -1)
Angliya Liga kubogi sohibi – 2 marta
Mamlakat Superkubogi sohibi – 4 marta (Portugaliya -1, Angliya -1, Italiya -1, Ispaniya -1)
Joze Feryussondek 1 ta klubda uzoq ishlovchi murabbiylar toifasiga kirmaydi. U har bir klubda 3-4 mavsumgina ishlaydi. Biroq ana shu davr mobaynida sovrinlarni birma-bir terib oladi. Mourino «Portu» bilan ketma-ket 2 yil ichida dastlab UEFA kubogida, so’ngra esa Chempionlar Ligasida zafar quchadi. Shundan so’ng Roman Abramovich «Benazir»ni «Chelsi»ga chorladi. «Aristokratlar» 55 yillik tanaffusdan so’ng yana mamlakat chempioni bo’lishdi. Buning ustiga qatorasiga ikki marta bu vazifani uddaladi. Angliyani tark etgan Joze «Inter»ga 45 yillik tanaffusdan keyin Yevropa Chempionlar Ligasini yutib berdi. Italiyada ham barcha sovrinlarga ega chiqqach, u Ispaniyaga «Qirollik klubi» murabbiyi bo’lish uchun yo’l oldi. «Real»da esa jamoaga 18 yillik tanaffusdan keyin mamlakat kubogini qo’lga kiritishiga yordam berdi. Mourino Madridliklar bilan CHLda qatorasiga 3 marta yarim finaldan ortga qaytadi, natijada esa yana Angliyaga sobiq jamoasi «Chelsi»ga qaytadi. Joze murabbiylik faoliyati davomida 4 ta malakat chempionligi va Kubogini qo’lga kiritadi. Umumiy sovrinlari soni esa 20 taga yetdi. 3 marotaba dunyoning eng yaxshi murabbiyiga aylanadi. Shaxsiy sovrinlari soni esa 35 tani tashkil etadi. Mourinyo g’alabalar koeffitsienti bo’yicha Fergidan ancha yaxshi natijani qayd etganini alohida ta’kidlash joiz. JM yaqinda murabbiylik faoliyatidagi 500-g’alabasini nishonlashga yaqin turibdi.
Luis Felipe Skolari
Jamoa nomi
|
O’yin
|
G’alaba
|
Durrang
|
Mag’lubiyat
|
Ochko
|
G’alabalar foizda
|
«Yuventude» (Braziliya)
|
8
|
2
|
4
|
2
|
10
|
25,00
|
«Gremio» (Braziliya)
|
100
|
42
|
22
|
36
|
148
|
42,00
|
«Goyas» (Braziliya)
|
23
|
5
|
11
|
7
|
26
|
21,74
|
«Al-Qodisiya» (Quvayt)
|
49
|
20
|
14
|
15
|
74
|
40,81
|
«Jubilo Ivata» (Yaponiya)
|
30
|
20
|
0
|
10
|
60
|
66,67
|
«Palmeyras» (Braziliya)
|
408
|
192
|
111
|
105
|
687
|
47,05
|
«Kruzeyro» (Braziliya)
|
57
|
23
|
16
|
18
|
85
|
40,35
|
«Chelsi» (Chelsi)
|
36
|
20
|
11
|
5
|
71
|
55,56
|
«Bunyodkor» (O’zbekiston)
|
38
|
30
|
4
|
4
|
94
|
78,95
|
Umumiy
|
749
|
354
|
193
|
202
|
1257
|
47,26
|
Sovrinlari soni: 17 ta
Libertadores Kubogi g’olibi – 2 marta
Sudamerika Kubogi g’olibi – 1 marta
Mamlakat chempioni – 3 marta (Saudiya Arabistoni -1, Braziliya -1, O’zbekiston -1)
Braziliya Shtatlar chempionligi – 5 marta
Mamlakat Kubogi g’olibi – 5 marta (Quvayt -1, Braziliya -4)
Merkosur Kubogi g’olibi – 1 marta
Skolari klub emas, terma jamoalar murabbiyi desak mubolag’asiz bo’ladi. Biroq Luis Felipe klublar bilan ham yuqori natijalarni qayd etgan. Skolari ko’proq Braziliya va Osiyo malakatlarida ishladi. Ona yurtida 2 marta Libertadores Kubogida zafar quchdi. Quvayt, Yaponiya va O’zbekiston klublaridagi faoliyati davomida ham bir qator sovrinlarni qo’lga kiritdi. Jumladan 2009-yili «Bunyodkor» bilan O’zbekiston chempionatida zafar quchadi. «Katta Fil» laqabli murabbiy «Palmeyras»da uzoq ishladi. Ushbu jamoaga 400 dan ortiq o’yinlarda murabbiylik qilgani so’zimiz isbotidir. Skolari yevropada faqatgina 1 ta klubda ishladi. Evro-2008da Portugaliya bilan Yevropa chempionatida ishtirok etganidan so’ng, «Chelsi» bilan shartnoma imzoladi. Biroq «Aristokratlar» bosh murabbiyi sifatida uzoq ishlash unga nasib etmadi. Klubdagi 6 oylik faoliyati davomida birorta ham sovrinni yuta olmadi, bunga imkon ham berishmadi. Luis felipe Skolarining natijalariga e’tibor beradigan bo’lsak, «Bunyodkor»da 78,95 % o’yinlarini g’alaba bilan tugatgan va bu natija uning uchun eng yuqorisidir.
Xosep Guardiola
Jamoa nomi
|
O’yin
|
G’alaba
|
Durrang
|
Mag’lubiyat
|
Ochko
|
G’alabalar foizda
|
«Barselona»
|
241
|
175
|
45
|
21
|
570
|
72,61
|
«Bavariya»
|
29
|
24
|
2
|
75
| 82,75 | |
Umumiy
|
270
|
199
|
48
|
23
|
645
|
73,70
|
Sovrinlari soni: 16 ta
Chempionlar Ligasi g’olibi – 2 marta
UEFA Superkubogi g’olibi – 3 marta
Klublar o’rtasidagi Jahon chempionati g’olibi – 3 marta
Ispaniya chempioni – 3 marta
Ispaniya Kubogi sohibi – 2 marta
Ispaniya Superkubogi g’olibi – 3 marta
Guardiola murabbiylar uchun ideal tarzda faoliyatini boshladi. Debyut mavsumidayoq «Barselona» bilan barcha 6 ta sovrinni qo’lga kiritadi. 4 yillik faoliyati davomida esa 14 ta sovrin yutadi. Bu klub tarixidagi rekord natija edi. Jumladan 2 marotaba Chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va Klublar o’rtasidagi jahon chempiontlarida zafar quchadi. Ispaniya chempionatida esa qatorasiga 3-mavsum chempionlikni tantana qiladi. Faqatgina Mourino kelganidan keyin «Real» Barsaning gegemonligiga chek qo’yadi. Shundan so’ng Xosep jamoani tark etadi. Bir muddat tanaffus qilganidan so’ng, Yevropada hukmronlik qilayotgan «Bavariya» jamoasi ruliga o’tiradi. Yangi jamoada ham Gvardiola tezda sovrinlar qo’lga kirita boshladi. UEFA superkubogi va Klublar o’rtasidagi jahon chempionatlarida yana bir zafar quchdi. 5 yillik faoliyati davomida atigi 23 marta mag’lubiyatga uchradi. G’alabalar koeffitsienti esa yanada ajablanarli - 73,70%.
Arsen Venger
Jamoa nomi
|
O’yin
|
G’alaba
|
Durrang
|
Mag’lubiyat
|
Ochko
|
G’alabalar foizda
|
«Nansi» (Fransiya)
|
114
|
33
|
30
|
51
|
129
|
28,95
|
«Monako» (Fransiya)
|
266
|
130
|
53
|
83
|
443
|
48,87
|
«Nagoya» (Yaponiya)
|
56
|
38
|
0
|
18
|
114
|
67,86
|
«Arsenal» (Angliya)
|
987
|
566
|
232
|
189
|
1930
|
57,35
|
Umumiy
|
1423
|
767
|
315
|
341
|
2616
|
53,90
|
Sovrinlari soni: 14 ta
Mamlakat chempioni – 4 marta (Fransiya - 1, Angliya – 4)
Mamlakat kubogi g’olibi – 5 marta (Fransiya – 1, Yaponiya – 1, Angliya -3)
Mamlakat Superkubogi sohibi – 5 marta (Yaponiya -1, Angliya -4)
Arsen Vengerni omadli murabbiylar toifasiga kiritsak ham bo’ladi. Boisi u ko’p yillik murabbiylik faoliyati davomida 4 ta jamoada ishlagan. «Monako»da 7 mavsum ishlagan murabbiy, «Arsenal»da 18 yildan beri ishlab kelmoqda. Venger bir necha bor mamlakat chempionligi, kubogi va superkuboklarini qo’lga kiritgan bo’lsa ham Yevrokuboklarda zafar qozona olganicha yo’q. UEFA Kubogi va Chempionlar Ligasida finalgacha chiqqan bo’lsa ham, hal qiluvchi o’yinlarda imkoniyatni boy berib, sovrindan quruq qoladi. Bir necha yillardan buyon esa Chempionlar Ligasida jamoa pley-off bahslarida juda kuchli raqiblarga ro’baro’ kelmoqda va musobaqa bilan erta xayrlashishga majbur bo’lmoqda. Ushbu mavsumda ham xuddi o’tgan yilgidek «Bavariya» bilan bahs olib boradigan Venger shogirdlari, sovrindan yana quruq qolib ketishlari mumkin. «Arsenal» 10 yildirki birorta ham sovrin yuta olmadi. Ushbu yil esa bu noxush an’anaga chek qo’yish imkoniyati mavjud. «Kanonirlar» hozircha Premer-Ligada karvonboshlik qilishmoqda. Biroq ta’qibchilar bilan oradagi farq unchalik katta emas. Venger shuncha sabri uchun ham ushbu yil sovrin yutishga haqli.
Davomi bor…
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий