суббота, 25 января 2014 г.

ZAMONAMIZNING BUYUK MURABBIYLARI (2-QISM)

Zamonamizning buyuk murabbiylari haqidagi maqolamizni 2-qismini ham sizning hukmingizga havola qilamiz.

Guus Xiddink
Jamoa nomi
O’yin
G’alaba
Durrang
Mag’lubiyat
Ochko
G’alabalar foizda
«PSV» (Gollandiya)
295
199
54
42
651
67,45
«Fenerbaxche» (Turkiya)
30
12
8
10
44
40,00
«Valensiya» (Ispaniya)
219
103
54
62
363
47,03
«Real Madrid» (Ispaniya)
34
19
4
11
61
55,69
«Betis» (Ispaniya)
13
1
6
6
9
7,69
«Chelsi» (Angliya)
21
15
5
1
50
71,43
«Anji» (Rossiya)
65
34
15
16
117
52,31
Umumiy
677
383
146
148
1295
56,57

Sovrinlari soni: 14 ta
Chempionlar Ligasi g’olibi – 1marta
Qit’alararo Kubogi g’olibi – 1marta
Gollandiya chempioni – 6 marta
Mamlakat Kubogi sohibi – 5marta (Gollandiya -4, Angliya -1)
Gollandiya Superkubogi sohibi – 1 marta
   Gollandiyalik «omadli murabbiy» terma jamoalar bilan yuqori natijalarni qayd etgan. Shunga qaramasdan klublarda ham samarali faoliyat olib borishga muvaffaq bo’lgan. U ayniqsa «PSV» Eyndxovenda samarali faoliyat olib bordi. 6 marotaba mamlakat chempioni bo’lganligi esa so’zimizning isbotidir. Xiddink Turkiya, Ispaniya, Angliya va Rossiya chempionatlarida ham murabbiylik qilgan bo’lishiga qaramasdan, ushbu chempionatlarda zafar qucha olmaganligi biroz g’alati tuyulishi mumkin. «Fenerbaxche», «Real», «Valensiya» va «Chelsi» jamoalari o’z yurtlarida gegemon sanalishsa ham Guusga bu klublar bilan chempionatda shoxsupaga ko’tarilish nasib etmadi. Ispaniyaning «Betis» klubidagi faoliyati esa eng yomoni hisoblanadi. Xiddink umumiy hisobda 14 ta sovringa ega chiqadi, jumladan 1988 yili Eyndxovenliklar bilan Chempionlar ligasida zafar quchdi.

Karlo Anchelotti
Jamoa nomi
O’yin
G’alaba
Durrang
Mag’lubiyat
Ochko
G’alabalar foizda
«Rejjina» (Italiya)
41
17
14
10
65
41,46
«Parma» (Italiya)
87
42
27
18
153
48,28
«Yuventus» (Italiya)
114
63
33
18
222
55,26
«Milan» (Italiya)
423
238
101
84
815
56,26
«Chelsi» (Angliya)
109
67
20
22
221
61,47
«PSJ» (Fransiya)
77
49
19
9
166
63,64
«Real Madrid» (Ispaniya)
31
25
4
2
79
80,64
Umumiy
882
501
218
163
1721
56,80

Sovrinlari soni: 13 ta
Chempionlar Ligasi g’olibi – 2marta
UEFA Superkubogi g’olibi – 2 marta
Klublar o’rtasidagi jahon chempionati g’olibi – 1 marta
Intertato Kubogi g’olibi – 1 marta
Mamlakat chempioni – 3 marta (Italiya, Angliya, Fransiya)
Mamlakat Kubogi sohibi – 2marta (Italiya, Angliya)
Mamlakat Superkubogi sohibi – 2 marta (Italiya, Angliya)
   Karlo ota omadli murabbiylar toifasiga kiradi. U naq 5 ta grand jamoani boshqarishga muvaffaq bo’ldi. «Milan» bilan esa 2 marta Yevropani zabt etdi. Aynan «rossonerilar» bilan murabbiy sifatida yutishi mumkin bo’lgan barcha sovrinlarga ega chiqadi. Shundan so’ng «Chelsi»ga yo’l oladi va Londonliklar bilan Angliya Premer-Ligasida zafar quchadi. Angliyadagi 2 yillik sarguzashtlardan so’ng «PSJ» bilan Fransiya futbolini zabt etishga qaror qiladi va bu yerda ham o’z maqsadiga erishdi. Shundan so’ng esa yana bir «gigant» «Real» boshqaruv ruliga o’tiradi. Madridliklar bilan ushbu mavsumda barcha turnirlarda g’oliblik uchun da’vogarlik qilmoqda. Natijani esa yozda bilib olamiz. Anchelotti 13 ta jamoaviy, 11 ta shaxsiy yutuqlarni qo’lga kiritdi. Jumladan 1 marta dunyoning eng kuchli murabbiyiga aylandi. Murabbiylik faoliyati davomida jamoalari bilan 500 tadan ortiq g’alabalarni qo’lga kiritdi.

Fabio Kapello
Jamoa nomi
O’yin
G’alaba
Durrang
Mag’lubiyat
Ochko
G’alabalar foizda
«Milan» (Italiya)
210
110
70
30
400
52,38
«Real Madrid» (Ispaniya)
98
59
24
15
201
60,20
«Roma» (Italiya)
170
89
52
29
319
52,35
«Yuventus» (Italiya)
76
53
18
5
177
69,73
Umumiy
554
311
164
79
1097
56,13

Sovrinlari soni: 13 ta
Chempionlar Ligasi g’olibi – 1 marta
UEFA Superkubogi sohibi – 1 marta
Mamlakat chempioni – 9 marta (Italiya – 7, Ispaniya -2)
Italiya Superkubogi g’olibi – 2 marta
   Fabio Kapello «Milan»dagi dastlabki faoliyatida 5 yil ichida 4 marta «Skudetto»ga ega chiqadi. Chempionlar ligasi va Yevropa Superkubogida ham zafar quchdi. Shundan so’ng «Real Madrid» jamoasi bosh murabbiyligiga taklif qilinadi. Ispaniya chempionatida ham «oltin» medallarni qo’lga kiritgan murabbiy, og’ir ahvolga tushib qolgan «Milan» jamoasiga yana bir bor murabbiy sifatida qaytadi. Biroq bu safargi urunishlar zoe ketdi. «Rossonerilar» chempionatda o’rtamiyona jamoalar qatoridan o’rin egalladilar. Keyinchalik «Roma»ni qabul qilib olgan Don Fabio «bo’rilar»ga tarixiy chempionlikni hadya etdi. 5 yil davomida Rimda ishlagan murabbiy, keyinchalik «Yuventus»ni qabul qilib oldi.  «Keksa sinori»lar bilan ham 2 ta chempionlikni yutadi. Biroq «Kalchopoli» mojarolaridan keyin bu chempionliklar bekor qilinadi va Yuve «B» seriyaga tushirib yuborildi. Bunday vaziyatdan esa «Real» mutasaddilari unumli foydalanib, Kapelloni yana Madridga qaytarishadi. Natija esa yana Ispaniya chempionligi. Biroq CHLda muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun «Qirollik Klubi» murabbiyga javob berib yuborishadi. Shundan so’ng, Kapello Angliya termasida ish olib brogan bo’lsa, ayni patda Rossiya termasida faoliyat yuritmoqda.

Roberto Manchini
Jamoa nomi
O’yin
G’alaba
Durrang
Mag’lubiyat
Ochko
G’alabalar foizda
«Fiorentina» (Italiya)
27
6
5
16
23
22,22
«Latsio» (Italiya)
102
49
32
21
179
48,04
«Inter» (Italiya)
227
140
61
26
481
61,67
«Manchester Siti» (Angliya)
191
113
38
40
377
59,16
«Galatasaroy» (Turkiya)
18
11
3
4
36
61,11
Umumiy
565
319
139
107
1096
56,46

Sovrinlari soni: 11 ta
Mamlakat chempioni – 4 marta (Italiya -3, Angliya -1)
Mamlakat Kubogi sohibi – 4marta (Italiya -4, Angliya -1)
Mamlakat Superkubogi sohibi – 2 marta (Italiya, Angliya)
   Manchini o’z jamoalari bilan odatda chempionat bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etadi. Yevrokuboklarda esa buning aksi. Manchini «Inter» bilan 6 ta sovrinni qo’lga kiritadi. «Manchester Siti»da esa jamoani uzoq yillik tanaffusdan keyin chempionlik sari yetaklaydi. Mamlakat kubogi va superkubogida ham 1 martadan zafar qucahdi.  Qiziqarli fakt Roberto Italiya kubogida «Fiorentina», «Latsio» va «Inter» jamoalari bilan g’oliblikni qo’lga kiritadi. Hozirda «Galatasaroy» jamoasini boshqarayotgan italyan, jamoasi bilan Chempionlar ligasida Italiyada hech kim to’xtata olmayotgan «Yuventus»ni musobaqadan chiqarib yubordi va Yevrokuboklardagi muvaffaqiyatsizliklarga biroz bo’lsa ham chek qo’ydi.

Rafael Benites
Jamoa nomi
O’yin
G’alaba
Durrang
Mag’lubiyat
Ochko
G’alabalar foizda
«Tenerife» (Ispaniya)
46
23
11
12
80
50,00
«Valensiya» (Ispaniya)
162
88
41
33
305
54,32
«Liverpul» (Angliya)
350
197
74
79
665
56,29
«Inter» (Italiya)
25
12
6
7
42
40,00
«Chelsi» (Angliya)
48
28
10
10
94
58,33
«Napoli» (Italiya)
27
18
4
5
58
66,67
Umumiy
658
366
146
146
1244
55,62

Umumiy sovrinlari soni: 10 ta
Chempionlar Ligasi g’olibi – 1marta
Yevropa Ligasi (UEFA Kubogi) g’olibi – 2 marta
UEFA Superkubogi g’olibi – 1marta
Klublar o’rtasidagi jahon chempionati g’olibi – 2 marta
Ispaniya chempioni- 1 marta
Angliya Kubogi sohibi – 1 marta
Angliya Liga kubogi g’olibi – 1 marta
Italiya Superkubogi sohibi – 1 marta
   Rafael Benites Ispaniya, Italiya va Angliya chempionatlarida ishlagan. Yevrokuboklarda esa 3 marotaba zafar quchgan. «Liverpul» bilan Chempionlar Ligasini yutgan Rafa,  dastlab «Valensiya», so’ngra esa «Chelsi» bilan Yevropa Ligasida g’olib bo’ladi. Angliyada 7 mavsum ishlagan bo’lishiga qaramay Benites Premer-Ligada zafar qozona olmadi. «Inter»ni esa Chempionlar ligasi g’olibi sifatida qabul qilib olgan bo’lsada, jamoani haqiqiy inqiroz ko’chasiga yetakladi. Benites jamoaviy 10 ta, shaxsiy 9 ta sovrinni qo’lga kiritadi. 2005-yili esa Dunyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olinadi. 

P.S: Ma’lumotlar 22-yanvar 2014-yilgacha olingan.

Yusupov Furqat.
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий