среда, 22 января 2014 г.

YAQIN O’TMISHDAGI GOLEODOR HUJUMCHILAR (2-QISM)

   Blogda oldinroq yaqin o’tmishda o’zining goleodorlik qobiliyati bilan jahon futbolida o’chmas iz qoldira olgan hujumchilar haqida hikoya qilib o’tgan edik. Bugun ana shu maqolaning davomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Marhamat. Maqolaning 1-qismi  Mana bu yerda

Xenrik Larsson
Natijasi: 865 o’yin 471 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Xyogaborg»
64
-
23
«Xelsinborg»
169
-
108
«Feyenoord»
136
-
38
«Seltik»
315
-
241
«Barselona»
63
-
22
«MYU»
13
-
3
Shvetsiya
106
-
37

   Shvetsiyalik ajoyib hujumchi faoliyati davomida 500 ga yaqin gol kiritishga muvaffaq bo’lgan. Larsson faoliyatini dastlab o’z ona yurtida boshlaydi, shundan so’ng Gollandiyaga yo’l oladi. «Feyenoord»dagi ajoyib o’yinlaridan so’ng, Shotlandiyaning  «Seltik» jamoasi bilan shartnoma tuzadi. Aytish joiz aynan u ushbu jamoada ko’plab gollar uradi. Natijalari 315 o’yinda 241 gol. Shundan so’ng «Barselona» va «Manchester Yunayted» jamoalarida ham bir muddat to’p surgan Xenrik, bu jamoalarda u qadar yorqin iz qoldira olmadi. Milliy terma jamoa tarkibida esa 37 marotaba raqiblar darvozabonlarini xafa qilishga muyassar bo’lgan.

Rivaldo
Natijasi: 909 o’yin 422 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Santa Kruz»
26
-
16
«Moji-Mirim»
41
-
17
«Palmeyras»
105
-
60
«Deportivo»
46
-
22
«Barselona»
235
-
130
«Milan»
40
-
8
«Kruzeyro»
10
-
2
«Olimpiakos»
94
-
43
«AEK»
44
-
15
«Bunyodkor»
77
-
42
«San Paulo»
46
-
7
«Kobuskorp»
21
-
11
«Sao Kaetano»
19
-
2
Braziliya
74
-
34

   Bu futbolchini yurtimizda tanimaydigan futbol ixlosmandlari kamdan kam topilsa kerak. 1999-yilgi «Oltin to’p» sohibi 2 yil davomida «Bunyodkor» jamoasida to’p surib, O’zbekiston chempioni, kubogi va to’purarligini qo’lga kiritgan edi. Futbolchilik faoliyatining eng gullagan davrlarini Rivaldo ispaniyada o’tkazdi. «Deportivo»dagi ajoyib mavsumidan so’ng «Barselona»ga yo’l oldi va aynan kataloniyaliklar safida dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Keyinchalik esa «Milan»da qisqa davr mobaynida to’p surgach, dunyoz kezishga qaror qildi. Gretsiya, O’zbekiston, Braziliya va Angola chempionatlarida ham Rivaldo o’zining goleodorlik qobiliyatini namoyish qila oldi. 2002 yili terma jamoasi bilan mundialda zafar quchgan futbolchi, Braziliya uchun 34 ta gol urishga erishadi.   

Alan Shirer
Ko’rsatkichi: 796 o’yin – 409 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Sautgempton»
158
-
43
«Blekbern»
171
-
130
«Nyukasl»
404
-
206
Angliya
63
-
30

   Alan hech qachon grand jamoalar safida to’p surmagan. Biroq, shunga qaramasdan Angliya Premer ligasidagi eng sermahsul futbolchiga aylandi. «Sautgempton»da asta-sekin tanila boshlagan Alan «Blekbern»da haqiqiysiga porladi. 1995-yili esa ushbu jamoa bilan hattoki chempionlikni ham qo’lga kiritdi. So’ngra «Nyukasl» jamoasida faoliyatini davom ettirdi va shu yerda butsalarini «qoziqqa ildi». «Qarg’alar» uchun 200 dan ortiq to’plar muallifiga aylangan, Shirer Angliya termasi safida 30 bora zafar quchadi.

Gabriel Batistuta
Ko’rsatkichi: 607 o’yin – 357 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Nyuellz»
29
-
11
«River Pleyt»
21
-
4
«Boka Xuniors»
40
-
19
«Fiorentina»
333
-
207
«Roma»
73
-
33
«Inter»
12
-
2
«Al-Arabi»
21
-
25
Argentina
78
-
56

   Batistuta ham grand jamoalrda to’p surmagan bo’lsa ham, o’z nomini futbol tarixiga yoza olgan futbolchi sanaladi. Batti-golga Florensiyada haykal qo’yishadi. Nima uchun? Axir Gabriel «Fiorentina»da o’zining yorqin damlarini o’tkazdi, klub uchun 200 dan ortiq gollarning muallifiga aylandi. Jamoadan ketganidan so’ng esa «Roma» va «Inter»da qisqa muddat to’p surib, faoliyatiga Qatarda «Al-Arabi» jamoasi safida «nuqta qo’ydi».  Ungacha esa Qatarda eng sermahsul to’purarga ham aylandi. Batistutaning terma jamoada qayd etgan natijasini na Maradona va na Messi qayd eta oldi. U Argentina uchun 56 ta gol urib, terma jamoaning eng sermasul futbolchisi bo’lib turibdi. Hozircha.

Dennis Bergkamp
Natijasi: 820 o’yin 309 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Ayaks»
237
-
122
«Inter»
81
-
30
«Arsenal»
425
-
120
Gollandiya
79
-
37

   Arsen Vengerning eng sevimli shogirdlaridan biri, samolyotda uchishga qo’rqqani bois, bir necha safar o’yinlarini o’tkazib yuborgan Bergkamp «Ayaks» safida tanila boshlagach, «Inter»da o’yini yana ochiladi. «Arsenal» safida esa yorqin yulduz sifatida nur socha boshlaydi. «Kanonirlar» uchun 120 ta gol hos qilgan Dennis terma jamoada 37 ta golga mualliflik qilgan.

David Trezege
Natijasi: 601 o’yin 298 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Platense»
5
-
0
«Monako»
125
-
62
«Yuventus»
320
-
171
«Erkules»
31
-
12
«Bani Yas»
4
-
0
«River Pleyt»
37
-
17
«Nyuells Old Boys»
8
-
2
Fransiya
71
-
34

   Trezege «Yuventus»dagi o’yinlari orqali muxlislarda yorqin xotiralar qoldira olgan.  «Monako»dan Turinga kelgan hujumchi  «Keksa sinora» tarkibida 171 ta gol urishni uddasidan chiqadi. Turinni tark etgach esa Ispaniya «Erkules»da ham goleodorlik qobiliyatini namoyish etadi. Shundan so’ng BAA va Argentinada o’z omadini sinab ko’rdi. Fransiya termasi uchun 34 ta gol urib, Yevropa chempioni degan sharafli nomga sazovor bo’ladi.

Yan Koller
Natijasi: 638 o’yin 279 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Sparta»
29
-
5
«Lokeren»
64
-
19
«Anderlext»
133
-
85
«Borussiya» D.
167
-
73
«Monako»
50
-
12
«Nyurnberg»
14
-
2
«Krilya Sovetov»
46
-
16
«Kann»
44
-
10
Chexiya
91
-
55

   2 metrlik bo’yga ega bo’lgan Yan Kollerni maydonda to’xtatib qolish oson emas edi. Chexiya va belgiya chempionatlaridagi sermahsul o’yinlaridan so’ng, Bundesligaga keldi va Dortmundning «Borussiya»si safida ajoyib o’yinlar namoyish qilib 73 marotaba gol uradi. Shundan so’ng esa Fransiya va Rossiya chempionatlarida ham to’p surgan Yan yana 50 ga yaqin gollarning muallifi bo’ldi. Chexiya terma jamoasida esa u haqiqiy to’purar edi. 55 ta gol kiritganligi esa so’zimizning dalilidir.

Pedro Pauleta
Natijasi: 499 o’yin 269 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Eshtoril»
30
-
19
«Salamanka»
64
-
34
«Deportivo»
69
-
22
«Bordo»
130
-
91
«PSJ»
212
-
109
Portugaliya
88
-
47

   Krishtianu Ronaldudan burun Portugaliyada hujum chizig’ida Puleta to’p surar edi. Pauleta Fransiya chempionatida ajoyib o’yinlar namoyish qildi. Dastlab «Bordo»da keyinchalik esa «PSJ»da asosiy hujumchiga aylandi. Ikki fransuz klubida umumiy hisobda roppa-rosa 200 ta golni o’z nomiga rasmiylashtiradi. Terma jamoa safida kiritgan 47 ta goli esa yaqin-yaqingacha rekord natija sanalayotgan edi. Faqatgina Ronaldu bu natijani yangilashga muvaffaq bo’ldi. 

Patrik Klyuvert
Ko’rsatkich: 547 o’yin – 240 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Ayaks»
97
-
50
«Milan»
33
-
9
«Barselona»
255
-
120
«Nyukasl»
37
-
13
«Valensiya»
11
-
1
«PSV»
21
-
3
«Lill»
14
-
4
Gollandiya
79
-
40

   Klyuvert «Barselona»dagi o’yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish. Patrik Kataloniyaliklar safida 120 marotaba zafar quchgan. Shundan so’ng esa Angliya, Fransiya, Gollandiya va Fransiya chempionatlarida to’p surgan hujumchi negadir Barsadagiday yorqin iz qoldira olmadi. Gollandiya termasi safida 40 marotaba zafar quchgan Klyuvert golland futbolining faxrlaridan biri hisoblanadi.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий