Agar bugungi kunda futbol bo’lmaganida nima
bo’lardi? Mantiqsiz savol shunday emasmi? Umuman olganda hayotini futbolsiz
tasavvur qila olmaydigan insonlar yetarlicha topiladi. Ko’pchilik
futbolchilarga futbolchi bo’lmaganinggizda qaysi kasbni tanlardingiz degan
savol berilishi tabiiy. Ana shu savollarga berilgan javoblardan kelib chiqqan
holda ushbu maqolani tayyorlashga qaror qildim. Endi tasavvur qiling ayrim
futbolchilarimiz futbolchi bo’lmaganida, ularni qaysi sohada uchratib qolardingiz.
O’zbekistonning
va Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi bo’lgan Server Jeparov ehtimol gimnastikani tanlashi ham mumkin edi. Agar
futbol bo’lmaganida u hozir gimnastika zallarida bolalarga dars berib yurgan
bo’larmidi. U gimnastika bilan yaxshi shug’ullanganligiga shubha qiluvchilar
bo’lsa, Server golni qanday nishonlashini ko’z oldilariga keltirsalar bas,
shubhalar darrov tarqaydi. Futbolchilar maktabda yaxshi o’qimaganlar degan
teoremaga qarshi chiquvchilar yo’q emas. Masalan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Sherzod Sharipov bugungi kunda fan
sohasini tanlagan bo’lishi ham mumkin edi. Ya’ni u maktabda yaxshi baholarga
o’qigan va shu sababli ham obro’li institutda o’qib, ilm-fan sohasini tanlab
ushbu sohada ham o’z o’rniga ega bo’lgan bo’larmidi. Sherzod Raimjonov ham a’lo baholarga o’qib, maktabni oltin medalga
bitirgan. U 2 ta diplomga ega. FarDUning jismoniy tarbiya hamda iqtisodiyot
fakultetlarini tamomlagan. Ehtimol uni bugun futbol maydonida emas, qaysidir
bankning hodimi sifatida ko’rarmidik. Shuningdek «Paxtakor» futbolchisi Vladimir Kozak ham bank sohasida
faoliyat yuritayotgan bo’lishi mumkin edi. «Metallurg» klubi darvozaboni Ma’mur Ikromov futbolni tanlamaganida,
tarjimon bo’lardi. Chunki u maktabda ingliz tilini a’lo baholarga o’qigan.
Ehtimol u bugungi kunda horijlik sayyohlarga tarjimonlik qilib yurgan
bo’larmidi.
«Nasaf»
yarim himoyachisi Mirzakamol Kamolov
balki bugun huqushunos bo’lishi ham mumkin edi.. Chunki u tarixga judayam
qiziqqan. U futbol bo’lmaganida advokat yoki prokuror bo’lishi ahtimoli katta
edi. «Mash’al» jamoasining uzoq yillik sardori Gabit Sapargaliev ham Mirzakamol singari huqushunos bo’lishi mumkin
edi. Sababi Gabitning otasi o’g’lini futbolni emas, aynan yuqoridagi sohani
tanlashini juda xohlagan. «Neftchi» jamoasi hujumchisi Nosir Otaqo’ziev xarbiy sohani tanlab, general yoki komandir bo’lib
ishlayotgan bo’lardi. Agarki futbolchi bo’lmaganida. Ha, uni harbiy formada
tasavvur qilish ko’pchilik uchun qiziq tuyulsa kerak.
Agar
yo’lda taksi to’xtatib, unga o’tirsangiz haydovchi sifatida Hikmat Hoshimovni ham ko’rishingiz
mumkin edi. Afsuski bunday bo’lishiga futbol to’sqinlik qilgan. Hikmatning
otasi ko’p yillar mobaynida shu kasbning orqasidan oila tebratgan. Shu bois
uning bolaligidan shu kasbga qiziqishi baland bo’lgan. Umuman olganda avtomobil
boshqarishni jonu dili deb hisoblaydi. Mabodo u yo’lda qoidani buzsa, DAN
xodimlarining qo’liga tushib qolsa, ana shu yashil formada bugungi kunda Bahrom
Haydarov yoki «Buxoro» klubi forvardi Bahriddin
Vahobovlar bo’lishlari ehtimoli ham katta edi. Zero ular futbolni
tanlamaganlarida aynan mana shu sohani tanlagan bo’lishardi.
O’zbekiston chempionatida ikki marotaba to’purarlikni qo’lga kiritgan Umid Isoqov va «Lokomotiv»da akasi
bilan ajoyib tandemni hosil qilgan Farxod
Tojievlarni tadbirkor sifatida ko’rishimiz ham mumkin edi. Ular oldi-sotdi
ishlarida ancha faol ishlashlarini so’nggi paytlarda tez-tezdan jamoalarini
o’zgartirganliklaridan ham bilib olish mumkin. Bekzod Abdumo’minov futbolni tanlamaganida, musavvir bo’lardi.
Chunki bolaligidan rasm chizishga juda qiziqqan. Haligacha bo’sh vaqti bo’lib
qolsa, tabiat manzaralarini chizadi. Balki u bugun mashg’ulotlar maydonida
emas, Parijda rasmlari ko’rgazmasini o’tkazishga tayyorlanayotgan bo’larmidi. Yana kim biladi deysiz. Balki biroz oshirib
yuborgandirmiz. Biroq Bekzod mashhur rassom bo’lishi mumkin edi baribir. Agar
siz tishingiz og’rib, stamatologga borib qolsangiz u yerda Aziz Haydarovga ko’zingiz tushib qolsa ajablanmagan bo’lardingiz.
Sababi u tish doktori bo’lishni ham orzu qilgan. Moboda Aziz faoliyatini
yakunlagach, o’ziga klinika ochib olar.
Isroil Ergashev yoshligidan traktorga
qiziqqan. Shu bois futbolni tanlamaganida ehtimol ota kasbi traktorchilikni
tanlashi mumkin edi. «Navbahor» jamoasi himoyachisi Abdumajid Toirov futbolni tanlamaganida baribir sport sohasida
qolgan bo’lardi. U jismonity tarbiya fani o’qituvchisi yoki murabbiy bo’lishi
aniq edi. Shuning uchun ham faoilyatini yakunlaganidan so’ng u murabbiylik
sohasini tanlashiga shubha qilmasak ham bo’laveradi. «Nasaf» forvardi Kenja To’raev ham sportchi bo’lib
qolardi. Uni kurash gilamida ko’rishib qolsak ajablanmasdik. Har holda Kenjani
ko’rganlar uni kurashchi ekanligiga aslo shubha qilmagan bo’lishardi.
Xullas
mana aziz futbolimiz ixlosmandlari ayrim futbolchilarimiz futbolni
tanlamagnlarida qaysi kasb egasi bo’lishlari haqida sizga ozgina bo’lsada
ma’lumot bera olgan bo’lsak, bundan juda xursandmiz.
Furqat Yusupov.
Комментариев нет:
Отправить комментарий