Universitetiga kirgan paytim, jurnalistika
ta’lim yo’nalishi talabalarini yig’ib, birorta klub ochishni rejalashtirib
yurgan edim. 1-kurs paytim bu ishni amalga oshirishim sal qiyinroq edi. Biroq
2-kursda, ya’ni 2013-yilning 23-yanvar kuni nihoyat o’z maqsadimga erishdim. Nurjanova
Hurliman va Seytnazarova Guljahanlar bilan birgalikda «Yosh jurnalistlar
klubi»ga asos soldik. Bu borada biz «Kelajak ovozi» YoTM va «Kamolot» YIH bilan
hamkorlik qildik. Mazkur yilning may oyida esa klubimizning 1-mavsumini
yakunladik. Shu paytgacha biz 12-ta semiminar-trening o’tkazishga muvaffaq
bo’ldik. Bu albatta biz uchun yaxshi natija. Har bir seminar mobaynida klub
a’zolarini zeriktirib qo’ymaslikka va treningdan nimadir olishlari uchun
harakat qildik. O’ylaymanki bu harakatimiz o’z samarasini albatta beradi. Klub
a’zolarining bir qator maqolalari «Qaraqalpaq Universiteti», «Qaraqalpaqstan
jaslari» kabi gazetalarda va megaline.uz internet saytlarida e’lon qilindi. Klubimiz universitet miqyosida ham asta sekin
tanila boshladi. Ayrim ustozlarimiz biz bilan hamkorlik qilishga rozi
bo’lishdi. «Nukus FM» radiosi boshlovchisi Miyrigul Esimbetova bilan ham
uchrashuv bo'lib o'tdi va u radiojurnalistika haqida trening o'tib berdi. Shuningdek
biz klub a’zolari uchun «Talabalik –
oltin davr» nomli maqolalar tanlovini e’lon qildik. G’oliblarga esa diplom va
sovg’alarni topshirdik. Klubimizga 30 nafar talaba a’zo sanaladi. Ular safida nafaqat
jurnalistika yo’nalishida, balki qoraqalpoq, o’zbek filologiyasi, tarix,
iqtisodiyot, geografiya va kimyo fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar ham
bor. «Kelajak ovozi» YoTM Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi tomonidan 1-mavsum
yakunida barcha ishtirokchilarga va biz trenerlarga sertifikat topshirildi. 2013/2014-o’quv
yilida ham klubimiz o’z faoliyatini davom ettirish niyatida. 2-mavsum uchun esa
bizda rejalar bisyor. Nasib qilsa klubimizni 2 ta yo’nalish bo’yicha davom
ettirmoqchimiz. 1–yo’nalishda tele va radiojurnalistika bo’yicha, 2-yo’nalishda
internet va bosma jurnalistika bo’yicha ish olib bormoqchimiz. Shuningdek
klubimiz safini kengaytirish niyatimiz ham bor. Ya’ni biz faqat universitet
talabalari bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Biz boshqa oliy o’quv yurtlari
talabalari, Akademik litsey va kasb hunar kolleji, hamda maktablarda ta’lim
olayotgan iqtidorli, jurnalistika sohasiga qiziquvchan yoshlarni ham o’z
safimizga qo’shish niyatidamiz. To’g’ri bu oson emas, lekin uddalasa bo’ladigan
ish. Shunday ekan, yangi mavsumda uchrashguncha deb qolamiz. Salomat bo’ling...
Комментариев нет:
Отправить комментарий