четверг, 31 октября 2013 г.

TRANSFER OLAMI…


   1 yanvardan Yevropada navbatdagi transfer bozori ochiladi. Tabiiyki, har bir jamoa o’z tarkiblarini kuchaytirishni ko’zlagan holda nomzodlarning uzundan-uzun ro’yxatini tuzib chiqqan. Quyida bu borada ozgina «ijod» qildik. U bilan tanishishni istaysizmi, marxamat.

   - Milan Barosh va Milan Nikolich yozgi transferlar mavsumida o’z ismlariga yarasha Milanning «Milan» klubi safiga o’tmoqchilar. Faqat «rossonerlar» o’z adashlariga ehtiyoj sezisharmikan – shunisi noma’lum.

   - «Valensiya» esa Antonio Valensiyani ko’zlamoqda. Avstraliyaning «Sidney» FK ham o’z nomzodiga e’tibor qaratdi – Sidney Govu. AQSH termasi a’zosi Lendon Donovanning esa London sharafini himoya qiluvchi «Arsenal» bilan shartnoma tuzilishi kutilmoqda.

   - O’zimizning «sherlar» («Paxtakor») transfer darchasi yopilguncha «Gamburg»dan Arslonni xarid qilmoqchilar. Poytaxtliklar bu futbolchi bilan shaxsiy shartnoma xususida muzokaralarni boshlab yuborishdi.

   - «Liverpul» hujumchisi Luis Suares o’zini endi voleybol jamoasida sinab ko’rmoqchi, chog’i. Unga Rossiyaning «Zvezda» klubi qiziqmoqda. Luisning o’zi manfaatli shrtnoma tushadigan bo’lsa, futbolni voleybolga almashtirishga tayyor ekanligini ta’kidlashga ulgurdi.

   - Yevropa ligasida zafar quchgan «Chelsi» posboni Petr Chex okean ortiga yo’l olishni o’ylamoqda yo’q, uni MLS klublaridan biri emas, balki «Vashington Kapitalz» xokkey klubi tarkibiga chorlamoqda. Ko’rinishidan, vashingtonliklarga Chexning dubulg’asi yoqib qolgan, shekilli.

   - Angliya termasi sobiq bosh murabbiyi Stiv Maklaren «Formula-1» ishtirokchisi Jonson Battonning «Maklaren» klubiga murabbiyi etib tayinlansa, ajabmas. Agar ingliz ushbu taklifga rozilik bersa, jahon sporti bo’yicha eng ko’p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi.

   - Xerard Pike endi «Barselona»ning basketbol klubi sharafini himoya qilishi mumkin. Chunonchi, himoyachining qallig’i - honanda Shakira basketbol o’yinining shaydosi. Qolaversa, Pikening bo’yi bu sport turiga juda mos tushadi.

   - Rossiyalik mohir hujumchi Roman Pavlyuchenkoga shaxsan Roman Abramovichning o’zi qiziqmoqda. Biroq «Chelsi»ning uni sotib olishi oson emas. Zero, Rimning «Roma»si ham Roman uchun kurashga qo’shildi. Endi hammasini qaysi tomonning manfaatliroq shartnoma taklif etishiga bog’liq.

   - Futbolchilik faoliyatini yakunlash arafasida turgan Rayan Giggz hali-veri katta spordan ketmaydi shekilli. Xozirda unga Uelsning regbi klubi aniq taklif tayyorlab qo’ygan.

   - «Zenit» hujumchisi Aleksandr Buxarov bo’lsa, yurtimizga kelishi mumkin. Harqalay, «Buxoro» uni 2 yillik bitm tuzishga qo’ndirmoqchi. To’g’ri, Buxarov ijobiy javob berishga shoshilmayapti. Ko’rinishidan u, O’zbekiston chempionati oily ligasidagi o’rtamiyona klublardan biri safiga o’tishdan uyalayapti…

   - «Anji» yana transfer olamini larzaga solmoqchi. Italiyalik sobiq himoyachi Paola Maldini va gollandiyalik kipper Edvin van der Saar «Anji» bilan naq 5 yillik kelishuv tuzishga yaqin turishibdi. Klub xo’jayini Sulaymon Karimov kimsan Zayniddin Zidanni ham «Anji» murabbiyi bo’lishini istamoqda. Agar ushbu sobiq yulduzlar Odil Ahmedov bilan jamoadosh bo’lsalar, jahon futbolida eng ko’p maosh oladigan o’yinchilar bo’lishlariga shubha yo’q.

   - «Arsenal»ning abadiy murabbiyi Arsen Venger oldida yangi vazifa paydo bo’ldi. Uning Vengriya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi kutilmoqda. Vengerdan vengrlarni Euro-2016 final bosqichiga olib chiqish talab etiladi. Agarda fransuz ushbu vazifani uddalaydigan bo’lsa, vengrlar Budapesht shahrida uning sharafiga kattakon haykal o’rnatmoqchilar.

   - «Birmingem» vakillari -  Fergyusson va Benites ser Fergining «MYU»si va Rafa Benitesning sobiq klubi -  «Liverpul» e’tiboriga tushishdi.

   - «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari o’z raqobatchilarini kuchsizlantirish maqsadida «Arsenal»ning to’purar hujumchisi, hamyurtimiz   Maksim Shatskixni sotib olmoqchilar. Unga shuningdek, «Maksam-Chirchiq» futzal klubidan ham chorlov bo’layapti.

   - «Milan» klubi «Barselona»dan Lionel Messini harid qilish fikridan qaytdi. Jamoa ho’jayini Silvio Berluskonining fikricha, 26 yoshli hujumchi «rossonerlar» libosini kiyishga hali yoshlik qilar ekan.

   - Angliyaning yangi chempioni – «Manchester Siti» hujum chizig’iga shiddat olib kirish maqsadida Kobbi Braynt va Aleksandr Ovechkin bilan shartnoma tuzishni mo’ljallamoqda.

   - Mesut O’zil, Nuri Shaxin, Xamit Oltinto’p… ha, «Real»ning turklashgan tarkibi tarqab ketdi. Peres endi jamoaga qishda Karlo Anchelottining o’rniga Fotix Terimni olib kelmoqchi. Aftidan u turklarga bog’lanib qolgan ko’rinadi.

   - Xalq jamoasi – «Spartak»(Moskva) «Zenit»dan Xalkni sotib olmoqchi. Tomonlar sermahsul hujumchining transfer summasi borasida bir to’xtamga kelasalar, bas.

   - Yevrokuboklardan chetda qolgan «Sevilya» rahbariyati Sevilyaning «Betis» klubidan Sevilyani ijaraga olmoqchi.

   - Argentinalik mashhur Martin Palermo Italiyaning «Palermo» klubidan tushgan taklifni rad etdi. Unga ko’ra, Palermo sitsiliya klubida yiliga 3 «limon» yevro topardi. Biroq hujumchi buni kam ko’rdi, shekilli.

   - «Atletiko»ning turkiyalik faol futbolchisi Arda Turon, Ozarbayjonda Bahodir Nasimovga qarshi to’p surishi mumkin. Uni mahalliy «Turon» klubi bag’rini ochgancha kutyapti.  

   - Germaniyalik afsonaviy darvozabon Oliver Kan yaqin kunlar ichida, Fransiyaning «Kann» jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi kutilmoqda. 

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com



Комментариев нет:

Отправить комментарий