Ushbu maqolam, oldinroq «Interfutbol» gazetasida chop etilgan edi. Shunday bo’lsa ham uni o’z blogimga joylashtiryapman.
Braziliyalik maestro Pelening Braziliyada
bir nechta albomlari chiqqan, u ko’proq samba yo’nalishida ijod qilgan.
Eng
buyuk «piyonista».
Sobiq inglis futbolchisi Pol Gaskoyn
O’yinlar arafasida nasha chekib, 9 stakancha (!) brendi ichganicha maydonga
tushganini ochiq tan olgan. Boz ustiga shedevr gollarida mastlikning ulushi borligini
ham alohida ta’kidlagan. Ba’zida esa o’yinlardan oldin o’ziga kelish uchun ikki
shisha viski ichgan. Jamoasi mag’lub bo’lganida esa, bir o’tirishda 13-15
shisha pivo ichgan.
Braziliyalik Ronaldoning JCH-2002 finalida
qo’ygan popuchkasi juda mashhur bo’lib ketgandi. Aynan uning ana shu, o’ziga
xos soch turmagi Angliyaning «The Sun» nashri tomonidan futbol tarixidagi eng
yaxshisi deb topilgan.
Portugaliyalik buyuk «afsungar» Krishtianu
Ronaldu maydonda tez-tez ko’z yoshi to’kib turadi. Uning ayniqsa Yevro-2004
finalidagi mag’lubiyatdan so’ng va CHL-2008da g’alaba qozonganidan so’ng
to’kkan ko’z yoshlari ko’pchilikning esidan chiqib ulgurmagan bo’lsa kerak.
Eng buyuk «aldoqchi».
1986 yilda Meksikada bo’lib o’tgan JCHda argentinalik Diego Maradona qo’li bilan inglizlar darvozasini ishg’ol qilib, hakamning qulog’iga «lag’mon» osgandi.
Eng
buyuk «bashoratchi».
Futbol qiroli Pele shunaqangi bashorat
qiladiki, endi asti
qo’yavering. Uning bashoratlaridan birontasi to’g’ri chiqishi, bu Lixteynshteyn
terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqani bilan barobardir.
Aslida buyuk «bashoratchi» deb JCH-2010da 8
ta o’yinning natijasini to’g’ri topgan germaniyalik sakkizoyoq Paulni e’tirof
etish mumkin. Uni hatto Vangaga tenglashtirishdi.
Eng buyuk «simulyant».
Italiyalik «ofsaydda tug’ilgan» Filippo
Inzagi simulyatsiya ishlatishda, hatto arab «aktyorlari»ga ham dars berib qo’yishga
qodir.
Eng
buyuk «qariyalar uyi».
Italiyaning «Milan » klubida ba’zi mavsumlarda yoshi 30 dan
oshgan 10 dan ortiq futbolchilar to’p surishardi. Hozirgi kunga kelib esa
vaziyat butkul o’zgardi.
Kamerunlik Roje Milla hattoki 43 yoshida ham
JChda to’p surib, gol ham urgan. Shundan keyingina nafaqaga chiqqan.
Eng
buyuk «kashanda».
Jahon chempioni Attilio Ferraris «Italiya
futbolining buyuk kashandasi» laqabini olgan. U kuniga 40 dona papirusni
tutatgan. Buning oqibatida, 1947-yilning 8-mayida 43 yoshda dunyodan erta ko’z
yumgan.
Eng
buyuk «shoir».
Yaponiya termasi bilan JCH-2010da murabbiy
sifatida ishtirok etgan Takeshi Okada futboldan dam olib, qishloqda yashab u
yerda she’r yozib ijod qilgan. Hattoki 2 ta she’riy kitobi ham chop etilgan.
Eng
buyuk «yozuvchi».
Germaniyalik sobiq posbon Oliver Kanning
qalamiga mansub 3 ta kitob chop etilgan.
Fransuz afsonasi Zayniddin Zidanning
JCH-2006 finalida italiyalik Marko Mteratsiga qo’ygan “boshi” jahon futboli
durdonasidir.
Eng
buyuk «papa».
Polshadagi Vadovisa shahrining futbol
jamoasida to’p surgan Ionn Pavell II keyinchalik Rim papasi bo’lgan.
Eng
buyuk «tarjimon».
Barchangizga ma’lumki «Portu», «Real», «Inter»
jamoalarining sobiq, «Chelsi»ning ayni paytdagi ustozi Joze Mourino faoliyatini
tarjimon sifatida boshlagan.
Eng
buyuk «ota».
Futbol afsonasi, 2 karra jahon chempioni
braziliyalik Garrinchaning zurriyoti sifatida 14 nafar bola rasman tan olingan.
Ularning dastlabki 11 tasi qiz bo’lgan.
«Manchester Yunayted» afsonalaridan biri Erik
Kontona butsasini qoziqqa ilgach, o’zini bir qator filmlarda sinab ko’rdi.
Uning o’z hayotiga bag’ishlangan «Erikka qarab» nomli filmdagi ro’li
kinotanqidchilarda ham iliq taasurot qoldirgan. Shundan keyin 1999 yilda
rejissyor Sheykxar Kapur suratga olgan «Elizabet» va «Le Deuxime Souffle»
seriallari uning tajriba maktabi bo’lgan. Shuningdek u Parij teatrlarining
birida «Face au Paradis» nomli spektaklda ham ro’l ijro etgan.
Luish Figu «Barselona»dan «Real»ga o’tishi
uni sotqinlarning buyugiga aylantirdi. Bir safar «El-klassiko» bahslarida
kataloniyalik muhlis Luishning yuziga Portugaliya bayrog’ini va cho’chqa
boshini otib ketishi ham uni muxlislar kechira olmasligidan dalolat.
Albatta futbolda «buyuk»lar juda ham ko’p. Maqoladagi
buyuklar esa mening shaxsiy qarashlarim natijasidir. Har kimning o’z shaxsiy
fikri bor. Balki, sizning ham har bir yo’nalishda o’ziga xos buyuk
futbolchilaringiz border.
Furqat Yusupov
Manba:
furqatyusupov.blogspot.com
Zidan haqidagisi zo'r chiqibdi. Qoyil
ОтветитьУдалить