Futbol – millionlar o’yini! Haqiqatdan ham shundaymi
deb savol berish noo’rin. Agar futbol bo’lmaganida nima bo’lardi? Buni xatto
tassavvur qilish ham qiyin. Pele oddiy qora tanli bo’lib o’tib ketarmidi,
eh-heh… shu chog’da yaxshiyam futbol bor deb yubordingiz keladi. To’g’rimi?
Axir hayotini futbolsiz tasavvur ham etolmaydiganlar soni oz emas. Bu tabiiy.
Har kim ham futbolchi bo’lib ketolmaydi. Kimdir bolaligida futbolchi bo’lishni
orzu qiladi, ammo bu istagi armonga aylanadi. Yana
kimlardir futbolga tasodifan kirib qoladi-yu, shuxrat cho’qqisiga
ko’tarilishadi. Ushbu maqola orqali jahon yulduzlarining futbolchi
bo’lmaganlarida qaysi kasbni egallagan bo’lishlari haqida so’z yuritamiz.
Futbolga tasodifan 20 yoshida kirib kelgan Braziliyalik
«xalq quvonchi» Manoel dos Garrincha moboda
futbolchi bo’lmaganida dedektiv bo’lardi. U bu ishni uddasidan chiqishiga
ishonardi. Yaxshiyam futbol bor! Aks holda Garrincha degan dedektiv haqida
eshitmasligimiz aniq edi.
Angliya premer ligasida eng ko’p gol urish
borasidagi rekordchisi Alan Shirerni
duradgor sifatida tasavvur qilishimiz qiyin. Nimaga aynan duradgor deb so’rayabsizmi?
Chunki, u futbolni tanlamaganida duradgor bo’lardida. «Chelsi»ning eks forvardi
Dide Drogba yoshligida shifokor bo’lishni
orzu qilgan. Ammo, bu orzusi armonga aylangan. Dide buning uchun xech qachon
afsuslanmasa kerak. Axir u futbolning orqasidan boyvachcha bo’lishga erishgan.
U futbolni tanlagani uchun taqdiridan mamnun bo’lsa arziydi. Balkim. Shifokor
bo’lganida ham ancha taniqli bo’lishi mumkin edi, lekin futboldagidek mashhur
bo’la olmasligi aniq.
Spaysboy laqabli Devid Bekxem futbolchi bo’lmaganida kim bo’lardi? Stilist deb
o’ylagandirsiz balkim. Zero, uning soch turmagi dunyoda ancha mashhur bo’lib
ketgan. Lekin, Beks stilist emas, arxitektor bo’lishni orzu qilgan. Kim biladi
deysiz, arxitektor bo’lganida Londonda Eyfel minorasidan ham ajoyib bino qurib
shuhratini butun dunyoga tanitarmidi? Axir u har jihatdan talantli-ku!
Endilikda sobiq darvozabonga aylangan,
gollandiyalik kipper Edvin Van der Saar
futbolni tanlamaganida sport do’koni egasi yoki jismoniy tarbiya fani
o’qituvchisi bo’lardi. Ha, u haqiqiy sportchi. Baribir sport ichida qolardi.
«Arsenal» klubi tarixidagi eng kuchli
futbolchilardan biri bo’lgan Terri Anri
futbolchi bo’lmaganida «otam hovuzga yetaklab borganida suzuvchi bo’lardim»
deya takidlaydi. Demak Qirol Anrining futbolchi bo’lishida otasining hissasi
ko’proq bo’lgani o’z o’zidan ayon.
Aleshandro
Pato balkim xozir futbolchi emas, fizioterapevt bo’lib yurgan bo’larmidi? Yana kim biladi deysiz? «Chelsi»ning ishongan tog’i Jon Terri bolaligida futbolchi
bo’lishni emas, aksincha yong’in o’chiruvchi bo’lishni orzu qilgan. Uning ham orzusi
sarobga aylangan. Lekin, «Temir odam» o’z taqdiridan xafa desam katta xatoga
yo’l qo’ygan bo’laman.
2007-yili Jahonning eng kuchli futbolchisi
bo’lgan Kaka otasi kabi muxandis
bo’lardi. Agar u muxandis bo’lganida 2007-yili jahonning eng kuchli futbolchisi
kim bo’lardi? Afsuski, muhandislar ana shunday kasbdoshlari bo’lishidan futbol
tufayli mahrum bo’lishgan. Ajab bo’lsin! Nima dedingiz?
«Manchester Yunayted» himoyachisi Rio Ferdinand futbolchi bo’lmaganida
kim bo’lardi? Reppermi? O’qituvchimi? Aktyormi yoki arxitektor? Yo’q! Hech biri
u o’zi tug’ilib o’sgan Sautvarkda faqatgina oddiy (!) ishchi bo’lardi xolos. «Inter»
himoyachisi Xaver Zanetti ham o’zi
tug’ilib o’sgan joyda ishlardi. U poytaxtning port qismida ulg’aygani uchun
balki, dengizchi bo’lgan bo’lardi.
Futbolchilarning aksari bo’sh vaqtlarida
baliq ovlashni yaxshi ko’rishlarini bilib olgan bo’lsangiz kerak. Ammo, yoshligida
baliqchi bo’lishni orzu qilgan futbolchilarni bilmasangiz kerak. Agar
bilmasangiz marhamat bilib olishingiz mumkin. Bular «Milan »ning eks “Sheryurak” himoyachisi Jennaro Gattuzo va «Fenerbaxche»
hujumchisi Dirk Kuytlardir. Ularni
baliq ovlab, bozorda baliq sotib yurishlarini ko’z oldingizga keltira olasizmi?
Ha, darrov kulasiz-a!
«Zidan kushandasi» italiyalik «mahluq» Marko Materatsi bolaligida basketbolchi
bo’lishni orzu qilgan, afsonaviy Maykl Jordan uning sportdagi kumiri
hisoblanardi. Markoning aynan Jordan
o’ynagan 23-raqamni o’ziga olgani bejiz emas albatta. Uning basketbolchi
bo’lishiga faqatgina futbol qarshi chiqqan. Markoda basketbolchilarga xos
barcha omillar mavjud. Bahaybat gavda, uzun bo’y va uzun til… bo’yi kichkina
bo’lishiga qaramay germaniyalik Filip
Lam ham bolaligida basketbolchi bo’lishni xoxlagan. Bu sizni biroz
taajublantirgan bo’lsa ne ajab.
Sobiq Ittifoq davrida tug’ilib voyaga yetgan
Rossiyalik Konstantin Ziryanov va
Ukrainalik Andrey Shevchenkolar
bolaligida xokkeyga ham ko’ngil berishgan. Agar, ular futbolni tanlamaganlarida
bugun xokkeychi sifatida ko’z oldimizda gavdalanishgan bo’lisharmidi? Sheva
shuningdek tennischi bo’lishi ham mumkin edi. Agar u tennischi bo’lganida Roje
Federer-u, Rafael Nadallar bilan bir qatorda bo’larmidi? Lekin, futboldagidek
muvaffaqiyatlarga erishishi baribir mushkul bo’lardi. Yoshligida tennischi
bo’lish orzusida yurgan futbolchilardan yana biri bu JCH-2010ning «Eng yaxshi
futbolchisi» Diego Forlandir. U ham
futbolni tanlaganiga yaratganga raxmatlar aytsa arziydi.
«Real» darvozaboni Iker Kasilyas futbolni tanlamaginda politsiyachi
bo’lib, ko’chadagi jamoat atrtibini saqlashda o’z xissasini qo’shishini ta’kidlab
o’tgan.
Balki futbolchilik faoliyatini tugatganidan so’ng, Kas politsiyaga ishga kirar.
Ganalik futbolchi Kevin Prins Boateng bugun balki jinoyatchi bo’lishi ham mumkin edi.
U juda ham yomon mahallada yashaganini tan olgan. U yerda esa eng bezori
bolakaylardan biri bo’lgan. Futbol bo’lmaganida jinoyatchilar safini yanayam
kengaygan bo’larmidi.
Mana azizlar, bugungi kunda biz yuqoridagi
futbolchilarni aynan futbol tufayli taniymiz. Ular «millionlar o’yini» sababli millionlab
muxlislarga egalar xozir. Agar, boshqa sohani tanlaganlarida bu kabi
muvaffaqiyatlarga erisha olmasliklari aniq edi. Chunki, ular faqatgina futbol
uchun dunyoga kelishgan. To’g’ri yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarsiz
ham futbol muxlislari kamayib qolmaydi. Ammo, aynan ular tufayli futbol yanayam
jozibaliroqdir. Yaxshiyam futbol bor. Bilmadim, aks xolda nima qilar edik?
P.S: O’zim yig’gan ma’lumotlar
asosida tayyorladim.
Furqat Yusupov
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий