Har birimiz
yoshligimizdan qaysidir o’yinchining o’yinlariga mehr beramiz. Hamda ularni
o’zlarimizning kumirimiz sifatida e’tirof etamiz. Kimgadir Ronaldu, kimgadir
Messi, yana kimgadir esa Torres yoqadi. Xo’sh jahon tan olgan yulduzlarning ham
kumirlari bo’lganmi? Ha, albatta. Axir, ular ham futbol shaydolari-ku.

Yaqindagina futbolchilik faoliyatiga yakun
yasagan, jahonning 3 karra eng yaxshi futbolchisi braziliyalik Ronaldoni ham
kumir sifatida biladiganlar oz emas. Gollandiyalik Luis Suares, rossiyalik Andrey
Arshavin, braziliyalik Aleshandro
Pato, Vagner Lav va Robinolar ana shular jumlasidandir.
Pato va Robino faqat Ronaldonigina kumir sifatida tan olishgan bo’lsa, Luis
shuningdek gol urish bo’yicha Argentina
terma jamoasi rekordchisi Gabriel Batistutani ham tan oladi. Andreyga «Barsa»
bilan ikki marta jahonning eng yaxshi futbolchisi bo’lgan Ronaldino va Messi,
Vagnerga esa Ronaldino va Romariolarning ham o’yinlari yoqqan. 1000 ta gol
urgan Romarioning asl ishqibozlari safiga argentinalik «quyoncha» Xaver Saviola va golland Rafael van der Vaartlarni kiritishimiz
mumkin.
Gollandiyalik mohir to’purar Klaus yan Xuntelaar vatandoshlari Ruud
Gullit va Dennis Bergkamp, italiyalik «ofsaydda tug’ilgan» Filippo
Inzagilarning o’yinlarini miriqib tomosha qilgan. Germaniyalik Bastian Shvayshtayger futbol afsonasi
Zayniddin Zidanga xavas qilgan. Zidanning o’yinlaridan zavq olgan yana bir
futbolchisi «Arsenal»ning turk-nemis futbolchisi Mesut O’zildir.
Kotd’Ivuar terma jamoasi va Turkiyaning «Galatasaroy»
klubi forvardi Dide Drogba
fransiyalik mohir to’purar Jan Per Papenning o’yinlariga befarq qaramagan.
Gollandiyalik Van Persi hamyurti
samolyotda uchishdan qo’rqadigan Dennis Bergkampning, uning vatandoshi Jovanni van Bronkxorst esa futbol
dahosi golland Yoxan Kroyf, futbol qirollari Maradona va Pelening o’yinlaridan
zavq olib, ularning asl ishqibozlariga aylanishgan.

«Milan »
klubining timsoli bo’lgan Paola Maldini
ham sizni biroz ajablantirishi mumkin. Sababi, u bolaligida «Milan »ning ashaddiy raqibi sanaladigan «Yuventus»
futbolchilari J.Boniperti va Roberto Battegolarning o’yinlariga xavasi baland
bo’lgan. Paolaning xonasida ana shu futbolchilarning rasmlari osilib turgan.
PS: Bu maqola
internetdan olinmagan. Ma’lumotlarni o’zim to’plaganman.
Yusupov Furqat
Manba:
furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий