Uilyam Shekspir, Agati Kristi…kabi mashhur
youvchilarning asarlarini o’qimagan odam bo’lmasa kerak. Har bir mashhur
futbolchilar ham o’z hayotlari haqida avtobiografik kitoblarni nashr ettirgan.
Ular minglab, millionlab nusxalarda sotilgani, o’quvchilarning futbolchilar
faoliyatiga naqadar qiziqishidan dalolatdir.
Futbol qiroli Pele 1965-yili
25 yoshida o’zining ilk «Men Pele» deb nomlangan avtobiografik kitobini nashr
ettirgan. Bu kitobni o’qishni xoxlovchi o’n minglab savodsiz braziliyaliklar
o’qish va yozishni o’rganishni boshladilar. Bundan ta’sirlangan mamlakat
ma’daniyat va ta’lim vazirligi kitobning mashhur muallifini esdalik oltin
medali bila taqdirlagan. Ko’rib turibsizki, Pelening bir kitobi tufayli
qanchadan qancha savodsiz xalq o’qish va yozishni o’rgangan. Futbol –
millionlar o’yini deb bejiz aytishmaganiga yana bir bor amin bo’lasiz.
O’z zamonasining eng kuchli darvozaboni bo’lgan germaniyalik Oliver Kan yozuvchilikka bemalol
davogarlik qilishi mumkin. U Paolo Koeloning ijodini qadrlaydi va u bilan
Parijda uchrashgan hamda chuqur taasurot uyg’ongandi Oliverda. Kan falsafaga qiziqadi.
Shunga oid kitoblarni qiziqib mutolaa qiladi. U o’zining ilk kitobini «Men» deb
nomlagan. Qiziq tomoni shundaki, kitob Kanning avtobiografik kitobi emas edi.
2010-yilda esa «Sen uddalaysan! Xohlaganingga qanday erishishing mumkin?» deb
nomlagangan uchinchi kitobini nashrdan chiqaradi. «Mahluq» laqabli futbolchi 2009-yili
nemis o’quvchilariga bag’ishlangan loyihada qatnashib, o’smirlarga ko’pdan ko’p
va’dalar bergandi. Bu kitob aynan ular uchun
yozilgan. Unda hayotda maqsad sari kurashish, muvaffaqiyatlarga qanday erishish
mumkinligi haqida hikoya qilingan. Darvoqe ,
Kan ikkinchi kitobini «Birinchi raqam» deb
nomlagan. Kitobda nimalar haqida yozilgani esa o’z o’zidan ayon bo’ladi. Kan bu bilan to’xtab
qolmoqchi emas, albatta. U hali yana ko’plab kitoblarni chiqarishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’ygan. Unga bu borada omad tilaymiz.
Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri «Manchester Yunayted»ning
tirik afsonasi Ser Aleks Fergyusson «O’z
hayotining murabbiyi» deb nomlangan avtobiografik kitobi orqali yozuvchilikka
ham davo qila olishini isbotladi.
Angliya terma jamoasi va «Liverpul» klubining sodiq o’yinchisi Stiven Jerad 2006-yil 1-sentabrda
o’zining avtobiografik kitobini chop ettirgan. Unda futbolchining shaxsiy
hayoti, «Liverpul» va Angliya terma jamoasidagi faoliyati to’liq yozilgan.
Kitobning nomi «Jerard – mening tarixim» deb nomlangan. Keyinchalik kitob Galaxy British Book Awards
sovrini bilan taqdirlangan.
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining mohir yarim himoyachisi Xavi ham o’z avtobiografik kitobini
nashrdan chiqargan. U kitobni «Mi Vida es el Barsa» (Mening hayotim – Barsa)
deb nomlagan. Kitob 20 ming nusxada chop etilgan va qisqa vaqt ichida o’z
o’quvchilarini topgan.
«Milan»ning sobiq «sheryurak» yarim himoyachisi Jennaro Gattuzo bir necha yil oldin «In Rino Veritas» deb nomlangan
avtobiografik kitobini chiqargan va undan olgan 500 ming yevro miqdoridagi
daromadni o’zining «Forza Ragazzi» (Olg’a bolalar) nomli, muhtoj bolalarga
yordam meradigan jamg’armasi hisobiga o’tkazgan.
Gollandiyalik mashhur futbolchi Van
der Vaar ham «Rafael Ferdinand van der Vaart. Fenomen» deb nomlangan avtobiografik kitobini chop ettirgan.
Bu kitob ham o’z muxlislariga ega bo’lgan.
2006-yilgi Jahon Kubogi finalini bir yodga oling. Ko’z oldingizga darrov
Zidanning Materatsiga «kalla qo’ygani» keladi. Shunday emasmi? Ana shu voqea
tufayli ancha mashhur bo’lib ketgan italiyalik Marko Materatsi ham kitob yozgan desam ishonasizmi? U ana shu voqea
yuzasidan «Zidanga nima degan edim» deb nomlangan kitobini chop ettirgan.
Ta’kidlash joizki «Matriks»ning kitobi ham ancha shuhrat qozondi.
Germaniyalik «sobiq» futbolchi Sebastyan
Daysler ham mohir yozuvchi. Doimiy jarohatlari qiynayverib, futbol bilan
erta xayrlashishga majbur bo’lgan Sebastyan 2009-yili o’zining «Hayotga qaytish»
deb nomlangan kitobini sotuvga chiqargan, bunda iqtidor egasi tarjimai holining
sport bilan bog’liq jahatlariga to’xtaladi. 256 sahifada Daysler futboldagi
quvonchlari, shuningdek armonlari va tashvishlari, tushkunligi haqida yozgan.
Rossiyalik futbolchilar ham o’zlarining avtobiografik kitoblarini
chiqarishga muyassar bo’lishgan. Haqiqiy kitobxon Aleksandr Kerjakovning «16 yosh va undan kattalar uchun» nomli
avtobiografik kitobi chop etilgan. Uni o’qib ko’rgan «Zenit»dagi sobiq jamoadoshi
Andrey Arshavin «Aleksandr Kerjakov – mening sevimli yozuvchim» deb aytgan.
Qiziq tomoni, shundaki uni o’zi yozmagan, aytib turgan xolos. Rossiya terma
jamoasining birinchi raqamli golkiperi Igor
Akinfeev muxlislardan kelgan turli xil savollarni jamlab «Muxlislardan 100
penalti» deb nomlangan kitobini chiqargan. Muxlislarga aynan kitobning nomi
ko’proq yoqib tushgan.
Mashhur ingliz futbolchisi Pol
Gaskoyn 2005-yili esdaliklar janrida «Gazza: mening tarixim» deb nomlangan
asarini chop etdi. Ushbu asar Buyuk Britaniyaning adabiyot mukofoti «Yilning
eng yaxshi sport kitobi» mukofotiga sazovor bo’lgan.
2010-yili Gollandiyalik taniqli murabbiy Lui Van Gaal o’zining «Biografiya hamda nuqtai-nazar» deb nomlangan
kitobini chop ettirdi. Taqdimot marosimida «Ayaks» tarkibida to’p surgan
futbolchilar va maxsus taklif etilgan nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.
Italiyalik «Rim imperatori» Franchesko
Totti o’zi haqidagi latifalarni to’plab kitob holida, 450 ming nushada chop
ettirgan. Kitoblar bir haftadayoq sotilib ketgan. Kitobdan tushgan pullar
qariyalar uylari, Kongo va Angoladagi och-nohor bolalarni qo’llab quvvatlash
uchun sarflangan.
Shuningdek Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, Antonio Kassano kabi bir qator futbol yulduzlari ham
o’z avtobiografik kitoblarini yozishga muyassar bo’lishgan.
P.S: O’zim yig’gan ma’lumotlar
asosida tayyorladim.
Furqat Yusupov
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий