- «Barselona»-«Real»
uchrashuvi. Albatta bugun kimdir g'alaba qozonadi. Ammo muxlislarni boshqa
narsa qiziqtirmoqda. Tezkor gol nechanchi daqiqada kiritiladi. Messi va Ronaldu
«dubl» yoki «xet-trik» qayd etishadimi? Balki «poker» ham bo'lib qolar. Umuman
olganda kim qancha gol urarkan.
- Krishtianu Ronalduning boshi
bilan tepgan zarbasi noaniq ketdi.
- Mezbonlarning yangi
futbolchisi Xordi Albaga o'ynash uchun ikki narsa yetishmayapti: oyoq va bosh
- Pedroning yo'llagan zarbasi stadionni tark etdi.
- O'zilning oyog'i to'pni
tepishda adashib qoldi.
- Lionel Messi bugun muxlislar
uchun o'ynamoqda. U ishqibozlar zerikib qolmasliklari uchun to'pni tez-tez ular
tomon yo'naltirmoqda
- Chap qanotdan Di Mariya
to'pni Benzemaga yetkazib berdi. Karim esa chap boshi bilan darvozaning o'rta
burchagini nishonga oldi.
- Negadir bugun Inestaning
o'yini jonli chiqmayapti. Nahotki Andreas ham «fonogramma» qilayotgan bo'lsa.
- Messi to'pni sevib qolgan
ko'rinadi. Undan ajralgisi kelmayapti.
- Madridliklarning birorta
futbolchisi to'pni olish uchun o'zini taklif qilmayapti.
- Aleksis Sanches Messining
rejasini tushunmay qoldi, u esa hujumga taklif qilgan edi.
- Krishtianu o'z oyog'i bilan
tez choparlik borasida bellashmoqda.
- Benzema o'zining o'yindan
tashqari holatda qolib ketishiga hakamni aybdor deb bilayapti
- Di Mariya jarohat olgan
bo'lsa-da, maydonga qaytishni afzal ko'rdi. Kasalxona unga yoqmagan shekilli
- Jarima zarbasining oldida
Ronaldu. Bizga Shakirani yirik planda namoyish etishayapti. Ko'rinishidan u
Pikening «jonli devor»da turganidan xavotirda.
- Ronaldu tomon turli
predmetlar uchib kela boshladi, uning o'rnida bo'lganimda kollektsiya yiqqan
bo'lardim
- Bahsli vaziyat. O'yin
tizginini qo'ldan chiqarib yuborgan hakam Iguainga nisbatan ishlatilgan
qo'pollik uchun penalti belgilashga qiynalib qoldi. Bir tomondan ikkala jamoa
futbolchilarining vajohatlari, ikkinchi tomondan esa stadiondagi muxlislarning
hayqirig'i, uchinchi tomondan Mourioning bosimi... Najot istab qanot hakamiga
qaragandi, u ham ko'zini olib qochdi
- Hakamning qaroridan darg'azab
bo'lgan Pepe hakamga e'tiroz bildirish maqsadida, vajohat bilan uning oldiga
borayotgandi. Lekin bitta sariq kartochkasi borligi esiga tushib qoldi,
shekilli, hakamga hammasi joyida degandek imo qilib qo'ydi.
- Iguainning zarbasidan so'ng
to'p darvoza ustuniga tegib Valdesning qo'llarini topdi. Valdes «Va-ha-ha
yaxshiyam akfa romlari bor ekan. bo'lmasam aniq kirib ketardi» deyotgan bo'lsa
neajab.
- «Barselona»-«Real» 0:1. Uchrashuvning 90-daqiqasi. Hozir mezbonlarga
gol kerak! Juda ham zarur... Mana uni qabul qilib ham olishdi...
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий