понедельник, 4 ноября 2013 г.

FUTBOLCHILAR HAQIDA AFSONA VA LATIFALAR


   Futbolning naqadar sevimli va ommaviy sport turi ekanligiga yana bir yorqin dalil: muxlislar orasida buyuk ijrochilar haqida turli afsona va latifalar mashhur bolib ketgan. Ular orasida purnamo, haqiqatga yaqinlari ham ko’p. Quyida shunday latifanamo «ijod»lardan ayrimlarini yana bir marta hukmingizga havola etyapmiz. O’ylaymizki, ularning ma’nosiga o’zingiz baho berasiz.


   Gretsiyada shunday latifanamo gap yuradi: mamlakatdagi himoyachilarning bir guruhi Vasilis Xadzinapagisning oldiga kelib, «seni sudga beramiz» qabilida unga tahdid solishibdi. «Vasilis maydonda bizni faqat kalaka qiladi va biz buning uchun kompensatsiya talab qilamiz», deb norozilik bildirishibdi bechora himoyachilar tegishli idoraga jo’natgan arznomalarida. Albatta buning tagida katta ma’no bor. Ya’ni Xadzinapagisning Gretsiya futboli tarixidagi eng yaxshi o’yinchi ekanligiga dalolat.
   Kolumbiyada bo’lgan bir futbol uchrashuvi haqida afsonaviy hikoyalar yuradi. Aytishlaricha, muxlislar Peleni maydondan haydab chiqarmoqchi bo’lgan hakamning o’zini quvib yuborib, Peledan o’yinni davom ettirishini iltimos qilgan ekan.
   Kristian Veri haqida juda ko’p hazil-mutoyiba va rivoyatlar mavjud. Masalan, mashhur adib Oskar Uayld yorug’ dunyoni tark etganiga ancha bo’lganiga qaramasdan, uning «Bobo» haqida aytganlarini topib o’qish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi: «Veri deysizmi? E-e, ha darvoqe chindan ham shunday ajoyib bolakay bo’lardi. Bir kuni u maysazorimni o’rib berish uchun uyimga kelgandi. O’z ishini bir zumda uddalab, xotinimni yo’ldan urishga ham ulgurindi!». Ana shu jumladan Kristiandagi barcha xislatlar – futbol maydonidagi «Buratino» va «Terminator»ligi-yu, ayollarga nisbatan Don Juanlik mahorati o’z aksini topadi.
   «MYU» klubi muxlislari o’rtasida mashhur bir latifa yuradi: «Rayan Giggz va Stiven Jerardning uylarini o’g’ri uribdi. Politsiyaning xabar berishicha, «MYU» a’zosining uyidan 11 ta chempionlik, CHLning 2 ta oltin medali barobarida Angliya kubogi, klublar o’rtasidagi jahon chempionati, Angliya superkubogi va liga kubogidagi g’oliblik uchun berilgan jami 18 ta sovrin g’oyib bo’libdi. «Liverpul» sardor esa bor-yo’g’i bitta eski choynak bilan tosteridan judo bo’libdi!». Muxlislar ikkala futbolchining sovrinlarini  shuu tarzda taqqoslashgan.
   Piter Krauchning 2 metrga cho’zilgan bo’yi behisob hazil-kalakalar, ahmoqona latifalar paydo bo’lishiga asos yaratardi. Mana shunday latifalardan biri bilan tanishing: «Krauch murabbiy yoniga boradi, u esa darhol shunday deydi: «Sen avval cho’kkalab o’tirchi… axir afting ko’rinmayapti!» Yana bir gap: Krauchning eng katta xatosi futbolni baketbol bilan adashtirib qo’ygani ekan…
   Lionel Messi klub futbolida qanchalik omadli bo’lsa, terma jamoa saviyasidagi musobaqalarda shunchalik omadsiz. Aynan Argentina termasining muntazam muvaffaqiyatsizligidan kelib chiqib, ko’pchilik Messizni o’z jamoasini ortidan ergashtira oladigan o’yinchi, deb hisoblamaydi. Urugvay termasi muxlislari shuni asos qilib olib, Mesini qiziqarli texnik ko’rsatkich va tavsifga ega muzlatgich ko’rinishida ta’riflashdi.
-         kam energiya sarflaydi.
-         Faqat yevrorazetka bilan ishlaydi.
-         Tuxum qo’yadigan maxsus joyi yo’q
-         Sotish ishlari Afrika bozorlarida kosodga uchragan.
Albatta, bular Lionelning fanatlariga sira yoqmaydi. Ular o’z yoqimtoylarini Jahon chempionatida ham hali yorqin nur sochishiga shubha qilishmaydi.

P.S: O’zim yiqqan ma’lumotlar asosida tayyorladim.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com




Комментариев нет:

Отправить комментарий