воскресенье, 24 ноября 2013 г.

GOLEODOR – HUJUMCHILAR (1-qism)


   Kuchli beshlik toifasiga kiruvchi chempionatlarda juda ham ko’plab nomdor futbolchilar to’p surishmoqda. Ushbu maqola orqali anchadan buyon o’z sermahsulligi bilan muxlislarni xushnud qilib kelayotgan hujumchilarning kiritgan gollari statistikasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

 Krishtianu Ronaldu 683-o’yin – 414-gol
«Sporting»
31
-
5
«MYU»
292
-
118
«Real»
217
-
226
Portugaliya t.j
109
-
47
Portugaliya (yoshlar)
34
-
18

   KriRo yildan-yilga o’z samaradorligini oshirib bormoqda. U o’z gollarining yarmidan ko’pini Madridning «Real» klubi tarkibida kiritishga muvaffaq bo’lgan. Terma jamoa safida eng ko’p gol urish borasida Pauleta rekordini takrorladi va yaqin orada uni yangilashiga shubha yo’q. shuningdek Ronaldu «Qirollik klubi» tarkibida ham eng ko’p gol urgan futbolchiga aylanishni o’z oldiga maqsad etib qo’ygan.

 Lionel Messi 533-o’yin – 391-gol.
«Barselona C»
10
-
5
«Barselona B»
22
-
6
«Barselona»
395
-
327
Argentina t.j
83
-
37
Argentina (yoshlar)
23
-
16

   Jahonning 4 karra eng yaxshi futbolchisi «Barselona» tarkibida gol urish bobida rekordchiga aylanib ulgurdi. U terma jamoada ham rekordchiga aylanish uchun Batistutani ortda qoldirishiga to’g’ri keladi. Buning uchun esa Leoga yana 20 ta gol kerak. Messi bu natijani yaqin 2-3 yilda qayd etishi mumkin.

Samuel Eto’O 693-o’yin – 346-gol
«Leganes»
30
-
4
«Real» M
6
-
0
«Malyorka»
162
-
69
«Barselona»
195
-
128
«Inter»
96
-
49
«Anji»
71
-
36
«Chelsi»
13
-
4
Kamerun t.j
114
-
55
Kamerun (yoshlar)
6
-
1

   Samuel o’zi to’p surgan barcha jamoalarda o’z sermahsulligi bilan ajralib turdi. «Barselona» tarkibida esa eng ko’p golini nishonlagan. Terma jamoada gol urish bobida ham rekordchi sanaladi.

 Zlatan Ibragimovich 657-o’yin – 339 gol
«Malme»
40
-
16
«Ayaks»
110
-
48
«Yuventus»
92
-
26
«Inter»
117
-
66
«Barselona»
46
-
22
«Milan»
85
-
56
«PSJ»
64
-
51
Shvetsiya t.j
96
-
48
Shvetsiya (yoshlar)
7
-
6

   Istalgan uslubda, istalgan joyi bilan, istalgan nuqtadan gol ura oladigan Zlatanning hisobidagi gollari soni 300 tadan oshgan. Naq 7 ta jamoa tarkibida to’p surishga ulgurgan shved eng ko’p golini «Neradzurri»lar safida nishonlagan. PSJ tarkibida balki shaxsiy rekordini o’rnatsa ajab emas.

   David Vilya 672-o’yin – 335-gol
«Sporting» B
35
-
13
«Sporting»
85
-
42
«Saragosa»
94
-
40
«Valensiya»
225
-
129
«Barselona»
120
-
48
«Atletiko»
16
-
7
Ispaniya t.j
90
-
56
Ispaniya (yoshlar)
7
-
0

   Faqat ispan klublarida to’p surgan David ham terma jamoada gol urish borasida rekordchi sanaladi. «Valensiya» safida esa 100 tadan ortiq gol urgan. «Barselona»nit ark etgach ham David «yo’qolib» qolmayapti. «Atletiko»ning zafarli odimiga o’z gollari bilan hissa qo’shmoqda.

Dide Drogba 656-o’yin – 310-gol
«Le Man»
72
-
15
«Gengam»
50
-
24
«Marsel»
55
-
32
«Chelsi»
347
-
157
«Shanxay Shenxua»
11
-
8
«Galatasaroy»
23
-
11
Kotd’Ivuar
98
-
63

   O’z terma jamoasida gol urish borasida rekordchi hisoblanadigan yana bir afrikalik. Dide 25 yoshidan so’nggina goleodorlik qobiliyatini ishga sola boshlaydi. «Chelsi» safida yorqin damlarini o’tkazib, bir muddat «Buyuk Xitoy devori» bo’ylab sayohat qilib keldi. Ayni paytda esa Turkiyada ham to’purarlik qobiliyatini ishga solib, «Saroy»liklarni mamnun qilmoqda.

Franchesko Totti 767-o’yin – 309-gol
«Roma»
664
-
282
Italiya t.j
59
-
9
Italiya (yoshlar)
45
-
18

   Balki Francheskoni sof hujumchi sifatida e’tirof etish mantiqsizlikdir. Lekin u muntazam tarzda o’z gollari bilan Rimlik tiffozilarni xursand qilib kelmoqda. Totti Italiya chempionatida gol urish borasida hozircha 2-o’rinda bormoqda. 37-yoshli futbolchi 1-o’ringa ko’tarilishi biroz qiyin bo’lishi aniq. Totti terma jamoa safida urgan gollari soni 10 taga ham yetmaydi.

Antonio Di Natale 645 o’yin – 275 gol.
«Empoli»
178
-
55
«Ipersola»
33
-
6
«Vareze»
4
-
0
«Viaredjo»
25
-
12
«Udineze»
363
-
191
Italiya t.j
42
-
11

   Antonio so’nggi 4 mavsum mobaynida 23 tadan kam gol urmadi. Di Natale faoliyatining cho’qqisiga 30 yoshdan keyin chiqqanligi taajublanarli. Italiya terma jamoasi tarkibida ham so’nggi paytlarda o’z so’zini aytmoqda. Faoliyatining oxirigacha 300 lik marrani zabt etishi hech gap emas.

Mario Gomes 492 o’yin – 269 gol
«Shtutgart II»
43
-
21
«Shtutgart»
156
-
87
«Bavariya»
174
-
113
«Fiorentina»
5
-
2
Germaniya t.j
58
-
25
Germaniya (yoshlar)
56
-
21

   Mario nemis klublari safida roppa-rosa 200 ta gol urishga erishgan. Endilikda esa o’z omadini Apennin yarim orollarida sinab ko’rmoqda. Gomes Germaniyaning turli yosh terma jamoalari safida 56 bora maydonga tushgani ham diqqatga sazovor.

Ueyn Runi 599-o’yin – 268-gol
«Everton»
77
-
17
«MYU»
417
-
204
Angliya t.j
88
-
38
Angliya (yoshlar)
17
-
9

   «Qizil iblislar»ning yetakchisi klub tarixidagi eng mohir to’puarar bo’lishi uchun yana 46 ta gol urishiga to’g’ri keladi. Runi bu natijani qayd etishi uchun 2 yil yetarli bo’lsa kerak. Terma jamoada ham bu borada rekordchiga aylanish imkoniyati yuqori.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

 

Комментариев нет:

Отправить комментарий