Angliya Premer-Ligasida ushbu mavsumda
chempionlik uchun asosiy uchta jamoa da’vogarlik qilmoqda. Biz mazkur
klublarning barcha natijalarini hisoblab chiqib, tahlil qilishga qaror qildik.
Mazkur maqolamiz aynan Angliya futboli tojini kiyish uchun kurashayotgan uch
jamoaning ushbu mavsumdagi natijalariga bag’ishlanadii.
Turnir jadvaldali
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
Arsenal
|
22
|
16
|
3
|
3
|
43-19
|
51
|
2.
|
|
22
|
16
|
2
|
4
|
63-25
|
50
|
3.
|
Chelsi
|
22
|
15
|
4
|
3
|
42-19
|
49
|
22 turdan keyin jadvalni hozircha «Arsenal»
jamoasi boshqarib turibdi. Biroq Arsen Venger shogirdlarini «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari
izma-iz ta’qib qilib kelyapti. Ko’pchilik bu poygada «Siti»ning ustun
chiqishini ta’kidlashmoqda. Boisi shaxarliklar deyarli barcha raqiblarini yer
tishlatib kelishmoqda. Biroq Londonning 2 klubi Premer ligani yutish uchun
«Siti»ga yetarlicha raqobat tug’dirishlari aniq.
Uydagi natijalar
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
|
11
|
11
|
0
|
0
|
42-8
|
33
|
2.
|
Chelsi
|
11
|
10
|
1
|
0
|
25-9
|
31
|
3.
|
Arsenal
|
11
|
8
|
2
|
1
|
20-6
|
26
|
«Manchester Siti» «Etihad-Stedium»da
mehmonlarni gollar shousi bilan siylashni xush ko’rmoqda. Jumladan «Norvich»ga
7 ta, «Arsenal» va «Tottenxem»ga 6 tadan, «MYU»ga 4 ta gol sov’g’a qilib
g’alaba qozondi. O’z maydonidagi barcha 11 uchrashuvda ham muvaffaqiyat
qozongan Pelegrini shogirdlari har o’yinga o’rtacha 4 tadan to’p kiritishga muyassar
bo’lishgan. «Chelsi» esa o’z maydonida faqatgina «Vest Bromvich» bilan murosa
ko’chasini tanladi, qolgan barcha 10 ta jamoa ham «Stemford Bridj»dan quruq
qaytdi. Jumladan «Manchester Siti» ham. «Arsenal» chempionatni o’z maydonida
«Aston Villa»ga mag’lubiyatga uchrash bilan boshlagandi. Venger shogirdlari
uylarida 7 ochko yo’qotishga majbur bo’lishgan.
Safardagi natijalar
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
Arsenal
|
11
|
8
|
1
|
2
|
23-13
|
25
|
2.
|
Chelsi
|
11
|
5
|
3
|
3
|
18-11
|
18
|
3.
|
|
11
|
5
|
2
|
4
|
20-17
|
17
|
Safarda qayd etilgan natijalar borasida «Arsenal»
2 ta ta’qibchisiga qaraganda ajoyib natijaga ega. «Kanonirlar» safarda ham,
xuddi o’z maydonlaridagidek natijalarni qayd etishgan. 11 o’yinda bor yo’g’i 1
ta mag’lubiyat, u ham «MYU»dan qabul qilingan. «Chelsi» safardagi o’yinlarning
yarmida ham g’alaba qozona olmagan. Shuningdek mehmonda 3 ta mag’lubiyat va 3
ta durang ham «Arsitokrat»larga tegishli. «Manchester Siti» uyda qanchalik
qo’rqinchli bo’lmasin, mehmonda buning aksi. Jamoa safardagi dastlabki 6
o’yinning 4 tasini boy berganligi so’zimizning isbotidir. Fagaqatgina so’nggi
paytlarda Pelegrinni o’z jamoasini safarda ham ijobiy natijalar qayd eta
olishini isbotladi.
Birinchi taymdagi natijalar
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
|
22
|
13
|
7
|
2
|
28-8
|
46
|
2.
|
Chelsi
|
22
|
10
|
9
|
3
|
19-9
|
39
|
3.
|
Arsenal
|
22
|
10
|
9
|
3
|
15-6
|
39
|
Jamoalarning 1-taymda ko’rsatgan
natijalariga e’tibor qaratsak, bu borada «Siti»ning yaqqol ustunligini
ko’rishimiz mumkin. Manchesterliklar 1-taymlarning 13 tasida g’alaba bilan, 2
marotaba esa mag’lubiyatga uchragan holda tanaffusga chiqib ketishgan. «Chelsi»
va «Arsenal» klublarining ko’rsatkichlari esa bir xil. Gollarga e’tibor
qaratsak «Arsenal» 1-taymda unchalik gollar urolmaganligining guvohi bo’lamiz.
Ikkinchi taymdagi natijalar
№
|
Jamoa nomi
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
Arsenal
|
22
|
14
|
5
|
3
|
28-13
|
47
|
2.
|
|
22
|
13
|
6
|
3
|
33-17
|
45
|
3.
|
Chelsi
|
22
|
9
|
10
|
3
|
24-11
|
37
|
Venger shogirdlari 2 ta raqibiga qaraganda
1-bo’limda yaxshiroq natija qayd eta olmagan bo’lsa ham, 2-taymda ulardan
yaqqol ustun ekanligini isbotladi. «Kanonirlar» 22 o’yinning 14 tasida 2-taymni
o’z foydalariga hal qilishgan. «Siti» esa «Arsenal»dan ozgina orqada qolayotgan
bo’lsa, Mourinyo shogirdlarining ishlari ikkinchi 45 daqiqalikda unchalik ham
yurishavermaydi.
Gollar grafikasi
Daqiqa
|
Arsenal
|
|
Chelsi
|
1-10
|
3-0
|
6-0
|
3-3
|
11-20
|
4-1
|
8-1
|
5-2
|
21-30
|
3-3
|
4-3
|
3-1
|
31-40
|
4-1
|
6-2
|
6-0
|
41-50
|
3-3
|
9-3
|
3-6
|
51-60
|
4-1
|
9-3
|
5-0
|
61-70
|
8-3
|
5-2
|
4-4
|
71-80
|
5-2
|
8-3
|
3-1
|
81-90
|
9-5
|
7-8
|
11-3
|
Jamoalarning gollar grafikasiga ham alohida
to’xtalib o’tsak. «Arsenal» dastlabki 10 daqiqada o’z darvozasidan birorta ham
gol olib chiqmagan. Ko’pgina gollarini esa jamoa so’nggi 10 daqiqalikda
nishonlagan. Shuningdek so’nggi daqiqalarda o’z darvozasidan ko’proq gollar
o’tkazib yuborgan. «Mnchester Siti» ham ilk 10 daqiqalikda gol o’tkazib
yubormagan va shu vaqtlar ichida 6 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.
«Shaharliklar» tezkor gol urishga ancha o’ch hisoblanishadi. Dastlabki 20
daqiqa ichida ular 14 ta gol urishgan va bor yo’g’i 1 tagina gol o’tkazib
yuborishgan xolos. Pelegrinni shogirdlari o’yinning so’nggi daqiqalarida o’z
darvozalaridan ko’proq gol o’tkazib yuborishgan. «Chelsi» jamoasi so’nggi
daqiqalarda gol urishni yaxshi ko’radi. 11 marotaba o’yinning so’nggi qismida
gol kiritishgan «Arsitokratlar» 1-taym oxiri va 2-taym boshlarida o’z
darvozlaridan ko’proq to’p olib chiqishgan.
Xet-triklar
«Chelsi»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
22
|
Samuel Eto’O
|
Chelsi-MYU
|
17,45,49
|
Uchta jamoa futbolchilaridan faqtgina
«Chelsi»ning kamerunlik futbolchisi Samuel Eto’O «xet-trik» qayd etgan. Uni ham
so’nggi turda «MYU»darvozasiga yo’llagan. «Siti» va «Arsenal» futbolchilari
ushbu mavsumda hali bitta o’yinda 3 ta gol kiritishmagan.
Dubllar:
«Arsenal»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
2.
|
Lukash Podolski
|
Fulxem-Arsenal (1:3)
|
41,67
|
4
|
Aron Remzi
|
Sandrlend-Arsenal (1:3)
|
67,75
|
8
|
Mesut O’zil
|
Arsenal-Norvich (4:1)
|
58,88
|
12
|
Olive Jiru
|
Arsenal-Sautgempton (2:0)
|
22,86
|
13
|
Aron Remzi
|
Kardiff-Arsenal (0:3)
|
29,90
|
16
|
Teo Uolkott
|
Man.Siti-Arsenal (6:3)
|
31,63
|
18
|
Teo Uolkott
|
Vest Xem-Arsenal (1:3)
|
68,71
|
22
|
Santi Kasorla
|
Arsenal-Fulxem (2:0)
|
57,62
|
«Manchester Siti»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
5
|
Serxio Aguero
|
M.Siti – MYU (4:1)
|
16,47
|
8
|
Serxio Aguero
|
Vest Xem-M.Siti(1:3)
|
16,51
|
12
|
Xesus Navas
|
M.Siti-Tottenxem (6:0)
|
1,90
|
12
|
Alvaro Negredo
|
M.Siti-Tottenxem (6:0)
|
34,54
|
12
|
Serxio Aguero
|
M.Siti-Tottenxem (6:0)
|
40,50
|
13
|
Samir Nasri
|
M.Siti-Suonsi (3:0)
|
58,77
|
14
|
Yaya Ture
|
Vest Bromvich-M.Siti (2:3)
|
24,74
|
16
|
Fernandinyo
|
M.Siti-Arsenal (6:3)
|
51,90
|
«Chelsi»
Tur
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Daqiqalar
|
8
|
Edin Azar
|
Chelsi-Kardiff (4:1)
|
33,82
|
12
|
Frenk Lempard
|
Vest Xem-Chelsi (0:3)
|
21,81
|
14
|
Edin Azar
|
Sandrlend-Chelsi (3:4)
|
36,62
|
15
|
Shyurrle
|
Stok Siti-Chelsi (3:2)
|
9,53
|
«Arsenal» futbolchilari mavsum davomida 8
marotaba «dubl» qayd etishgan. Teo Uolkott va Aron Remzilar bu ishni 2 bora
uddalashgan bo’lsa, O’zil, Podolski, Jiru va Kasorlalar bitta o’yinda bir
martadan 2 ta gol urishga muvaffaq bo’lishdi. «Manchester Siti» futbolchilar
ham «kanonirlar» singari 8 ta «dubl»
kiritishgan. Serxio Aguero esa bu ishni naq uch marta uddaladi. «Tottenxem»ga
qarshi o’tkazilgan bahsda «Siti»ning bir yo’la 3 nafar a’zosi maydonni 2 tadan
gol urib tark etishgan. «Chelsi»da esa «dubl»chilar bor yo’g’i 4 ta. Qiziq
tomoni barchasi yarim himoya chizig’I vakillariga tegishli. Eto’O ku bir
o’yinda 3 ta gol ura oldi, biroq Fernando Torres va Demba Ba kabi hujumchilar
bitta o’yinda uzog’i bilan 1 ta gol urishmoqda xolos.
Penalti tepish bo’yicha
natijalar
Jamoalar
|
Penaltilar
|
Arsenal
|
2-2
|
|
2-0
|
Chelsi
|
2-0
|
Penalti tepish bobida uchta jamoa ham bir
hildan 2 marotaba penalti tepishgan. Faqatgina «Arsenal» qolgan 2 raqibidan
farqli o’laroq o’z darvozasi tomon 2 marta penaltyitepilishiga yo’l qo’ygan.
Avtogollar bo’yicha hisoblar
Jamoalar
|
Penaltilar
|
|
2-2
|
Chelsi
|
2-0
|
Arsenal
|
0-0
|
«Chelsi» 2 marta avtogollardan manfaat
ko’rgan. «Siti»ham shunday. Biroq «shaharliklar» shuningdek 2 bora o’z
darvozalarini ham o’qqa tutishgan. «Arsenal» jamoasi esa avtogollarni
yoqtirmaydigan jamoalar sarasiga kiradi.
Barcha gollar
Futbolchi
|
1-taym
|
2-taym
|
Umumiy
|
Serxio Aguero
|
8
|
6
|
14
|
Yaya Ture
|
4
|
7
|
11
|
Alvaro Negredo
|
6
|
3
|
9
|
Edin Jeko
|
2
|
4
|
6
|
Samir Nasri
|
-
|
4
|
4
|
David Silva
|
2
|
2
|
4
|
Xesus Navas
|
2
|
2
|
4
|
Fernandinyo
|
-
|
3
|
3
|
Vinsent Kompani
|
1
|
1
|
2
|
Nastasich
|
-
|
1
|
1
|
Milner
|
-
|
1
|
1
|
Aleksandr Kolarov
|
-
|
1
|
1
|
Avtogollar
|
1
|
1
|
2
|
Arsenal
Futbolchi
|
1-taym
|
2-taym
|
Umumiy
|
Olive Jiru
|
6
|
3
|
9
|
Aaron Remzi
|
2
|
6
|
8
|
Teo Uolkott
|
1
|
4
|
5
|
Mesut O’zil
|
-
|
4
|
4
|
Lukash Podolski
|
1
|
2
|
3
|
Santi Kasorla
|
1
|
2
|
3
|
Lyuk Uilsher
|
2
|
1
|
3
|
Per Mertesaker
|
1
|
1
|
2
|
Nikolas Bendtner
|
1
|
1
|
2
|
Bakari Snya
|
-
|
1
|
1
|
Gnabri
|
-
|
1
|
1
|
Mikael Arteta
|
-
|
1
|
1
|
Mate Flamini
|
-
|
1
|
1
|
Chelsi
Futbolchi
|
1-taym
|
2-taym
|
Umumiy
|
Edin Azar
|
4
|
5
|
9
|
Samul Eto’O
|
5
|
1
|
6
|
Oskar
|
3
|
3
|
6
|
Fernando Torres
|
1
|
3
|
4
|
Frenk Lempard
|
3
|
1
|
4
|
Shyurrle
|
2
|
1
|
3
|
Jon Terri
|
-
|
2
|
2
|
Villian
|
-
|
2
|
2
|
Branislav Ivanovich
|
-
|
1
|
1
|
Jon Obi Mikel
|
-
|
1
|
1
|
Keyxill
|
-
|
1
|
1
|
Demba Ba
|
-
|
1
|
1
|
Ramires
|
1
|
-
|
1
|
Gol kiritishda «M.Siti» Premer ligada yaqqol
peshqadam hisoblanadi. Jamoaning 63 ta goliga 12 nafar futbolchi mualliflik
qilgan. 2 tasi esa avtogol ekanligi haqida yuqorida aytib o’tgan edik. Jamoa
to’purari Serxio Aguero 14 ta goli bilan chempionatda Suaresdan keyingi
2-o’rinda bormoqda. Yaya Turening natijasi esa biroz hayratlanarli. Yarim
himoyachi Premer ligada naq 11 bora zafar quchgan. «Chelsi»ning 3 ta
hujumchisining natijalari ham Yayanikiga yeta olmaydi. «Arsenal»da Jiru va
Remzi to’purarlik qilishmoqda. Klubning kiritgan 43 goli, 13 nafar futbolchi
hisobiga yozilgan. «Chelsi»da to’purarlik qilishda yarim himoyachilar
jonbozligi bilan ajralib turishibdi.
Eng tezkor gol
Daqiqa
|
Futbolchi
|
Uchrashuv
|
Tur
|
1
|
Xesus Navas
|
M.Siti-Tottenxem (6:0)
|
12
|
2
|
Nikolas Bendtner
|
Arsenal-Xall Siti (2:0)
|
14
|
4
|
Oskar
|
Norvich-Chelsi (1:3)
|
7
|
Ushbu mavsumdagi eng tezkor gol Xesus
Navasning hisobiga yozilgan. U «Tottenxem» bilan o’yinning dastlabki
daqiqasidayoq darvozani ishg’ol qildi. «Arsenal»ning eng tezkor goli Nikolas
Bendtner hisobida. U 2-daqiqadayoq «Xall Siti» posbonini hafa qilgan. Oskar esa
«Chelsi»ning ushbu mavsumdagi tezkor golini kiritdi.
Birinchi bo’lib gol urgan
uchrashuvlardagi natijalar
Jamoa
|
G’alaba
|
Durang
|
Mag’lubiyat
|
Arsenal
|
15
|
1
|
1
|
|
14
|
1
|
2
|
Chelsi
|
10
|
1
|
1
|
«Arsenal» o’zi hisobni ochgan 17
uchrashuvning 15 tasida g’alaba qozongan. Faqatgina 1 martadan durang o’ynagan
va mag’lubiyatga uchragan. «Chelsi»ning natijasi ham deyarli shunday, faqat
g’alabalari soni 10 tani tashkil qilmoqda. «Man.Siti» ham 17 bahsda hisobni
ochgan va 14 tasida g’alabani saqlab qolgan.
Birinchi bo’lib gol o’tkazib
yuborgan uchrashuvlardagi natijalar
Jamoa
|
G’alaba
|
Durang
|
Mag’lubiyat
|
Chelsi
|
4
|
1
|
2
|
|
2
|
0
|
2
|
Arsenal
|
1
|
1
|
2
|
Iroda ko’rsatishda Mourinyo shogirdlari
ancha yaxshi natijaga ega. Joze «Real»ni boshqarganida ham, irodali
g’alabalarga ko’p erishgan. «Aristokratlar» 7 o’yinda dastlab o’z darvozlaridan
to’p olib chiqishgan va shularning 4 tasida muvozanatni tiklash bilan birga,
yutuqni ham o’z tomonlariga og’dirib olishgan. «Shaharliklar» va «kanonirlar» 4
tadan o’yinda birinchi bo’lib darvozlaridan to’p olib chiqishgan.
Gol o’tkazmagan va gol
urolmagan uchrashuvlar soni
Jamoa
|
Gol o’tkazmagan o’yin- gol urolmagan o’yin
|
Arsenal
|
10-2
|
Chelsi
|
8-4
|
|
7-2
|
«Arsenal» 22 ta o’yinning 10 tasida o’z darvozasi
dahlsizligini saqlab qolgan. 2 ta uchrashuvda esa raqib darvozlariga yo’l topa
olmagan. «Chelsi» klubi naq 4 o’yinda gol kirolmaganligi esa biroz ajablanarli
tuyulishi mumkin. «Siti» gol qo’yib yubormaslik borasida London klublariga imkoniyatni boy bermqoda.
1-taymlarda gol o’tkazmagan va
urolmagan uchrashuvlar soni
Jamoa
|
Gol o’tkazmagan o’yin- gol urolmagan o’yin
|
Arsenal
|
17-10
|
|
14-6
|
Chelsi
|
13-9
|
«Arsenal» 1-taymlarning 17 tasida o’z
darvozasidan birorta ham to’p olib chiqmagan. Shuning bilan birga naq 10 tasida
o’zi ham gol urolmagan. «Siti» esa bor yo’g’i 6 ta o’yinning 1-taymida golsiz
tanaffusga chiqib ketgan. «Chelsi»ning natijalari esa 13 ga 9.
2-taymlarda gol o’tkazmagan va
urolmagan uchrashuvlar soni
Jamoa
|
Gol o’tkazmagan o’yin- gol urolmagan o’yin
|
Chelsi
|
15-8
|
Arsenal
|
13-5
|
|
12-4
|
Ikkinchi taymlarning eng sust jamoasi
«Chelsi» klubi. Ular 15 o’yinning 2-bo’limida gol o’tkazishmagan va yana 8
tasida o’zlari ham gol urolmaganlar. «Arsenal» 5 ta, «Siti» esa 4 ta
uchrashuvda so’nggi bo’limni golsiz tark etishgan.
Yusupov
Furqat
Manba:
furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий