Kecha o’qishga borish uchun yo’l olar ekanman, ko’chaga chiqishim bilan sirpanib ketdim. Qarasam hammayoq muz. Zo’rg’a yurardim yo’lda. Ozgina yurgandim, yiqilib ham tushdim. Odamlar oldida biroz hijolat bo’lgandim. Biroq, har ikki qadamda menga o’xshab yiqiluvchilarga ko’zim tushardi. Xuddi butun Nukus muzlab qolgandek edi go’yo. O’ylanib qoldim, huddi muzlik davriga o’xshaydi-ya. Yo’g’-e, ja unchalikmasu, biroq yo’llar go’yo Figurali uchish maydoniga aylangandek. Kimni qarama muz ustida sirpanayotgan bo’ladi, yoki menga o’xshab yiqilayotgan. Anchadan buyon bunday manzarani guvohi bo’lmagandim. Bir amallab o’qishga ham yetib oldim. Darsdan chiqqanimdan so’ng, uyga otlandim. Muzlar haliyam erimabdi. Odamlar zo’rg’a yurishibdi. «Kablok» kiyib olgan qizlarga rahmim kelib ketdi. Kelayotganda qanday manzarani ko’rgan bo’lsam, qaytayotganda ham shunday bo’ldi. Ko’chadagi har 3-4 ta odamning bittasi sirpanib, yiqilib tushayapti. Yana bir amallab, huddi ignani ustida yurgandek ehtiyotkorlik bilan uygacha yetib oldim...
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий