понедельник, 20 января 2014 г.

AFSONAVIY GOLEODORLAR (3-QISM)


Goleodor hujumchilar haqidagi hikoyamizni davom etamiz.

Xristo Stoichkov
Natijasi: 697 o’yin 352 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Xebros»
32
-
14
«SSKA Sofiya»
185
-
135
«Barselona»
254
-
118
«Parma»
30
-
7
«Al-Nasr»
2
-
1
«Kashiva Reysol»
29
-
13
«Chikago Fire»
57
-
20
«DC United»
24
-
6
Bolgariya
84
-
38

   Bolgar futboli faxri faoliyatining yorqin damlarini «Barselona» tarkibida o’tkazib, kataloniyalik muxlislarning suyuklisiga aylangandi. Biroq u eng ko’p gollarini ona yurti jamoasi «SSKA» tarkibida kiritgan. Faoliyatining so’nggi damlarini Osiyo va okean orti jamoalarida o’tkazgan mashhur hujumchi to’purarlik qobiliyatini namyoish qilib 3 ta qit’ada ham mehr qoozngan sanoqli futbolchilardan biridir. Terma jamoasi safidagi ko’rsatkichlari ham chakki emas. Har holda 38 ta gol bu yaxshi natija.

Rudi Fyoller
Natijasi: 747 o’yin 352 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Kikkers»
80
-
23
«Myunxen 1860»
74
-
49
«Verder»
160
-
107
«Roma»
197
-
68
«Marsel»
73
-
28
«Bayer»
73
-
30
Germaniya
90
-
47

   Nemis futbol afsonalarining yana biri Fyoller Italiya, Fransiya va Germaniya chempionatlarida to’p surgan. Bundesligada esa 300 ga yaqin gollar muallifiga aylandi. Ayniqsa «Verder» muxlislari uchun Fyoller daho darajasiga ko’tarilgan edi. 2002 yili Bundestimni murabbiy sifatida jahon chempionati finaliga olib chiqqan Rudi, futbolchilik faoliyatida ham nemislar uchun katta naf keltirgan. 90 o’yindagi 47 ta goli bunga dalildir.

Juzeppe Meatstsa
Ko’rsatkichi: 564 o’yin – 347 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Inter»
408
-
284
«Milan»
42
-
11
«Yuventus»
27
-
10
«Vareze»
20
-
7
«Atalanta»
14
-
2
Italiya
53
-
33

   Afsonaviy goleodor nomi hali hanuz yodga olinadi. Milandagi mashhur «San-Siro» aynan Metstsa nomiga qo’yilgan. U garchand Milanning har ikki jamoasi safida to’p surgan bo’lsa ham, «Inter» tarkibida yorqin onlarini o’tkazgan. 284 ta goli esa «Neradzurrilar»ning eng ko’p gol urgan futbolchisi nomini olishiga sabab bo’ldi. Juzeppe «Moviy gvardiya» tarkibida ham samarali faoliyat yuritgan. 53 ta o’yinda 33 ta gol muallifiga aylangan.

Diego Maradona
Natijasi: 680 o’yin – 345 gol
Jamoa nomi
Rasmiy o’yinlar
«Argentinos Xuniors»
167
-
115
«Boka Xuniors»
73
-
50
«Barselona»
58
-
38
«Napoli»
259
-
115
«Sevilya»
28
-
8
«Nyu Old Boyz»
5
-
0
Argentina
91
-
34

   Futbol qiroli sifatida Pele bilan bir qatorda turadigan Maradona gol urish borasida  maqtana olmaydi. To’g’ri u Pele yoki yuqorida nomlari sanab o’tilgan futbolchilar ga qaraganda kamroq gol kiritgan, ammo shunday bo’lsa ham butun dunyo ahli Myuller, Pushkash, Di Stefano nomlarini bilmasa ham aynan Maradonani taniydi. Chunki Diego o’z o’yinlari, driblinglari bilan muxlislar ko’ngliga yo’l topishga muvaffaq bo’lgan. Maradona faoliyatining yorqin damlarini Apennin yarim orollarida «Napoli» safida o’tkazdi. Italiya chempionligi-yu, UEFA Kuboklarida zafar quchdi. Qiziq statistika u «Argentinos Xuniors» va «Napoli» tarkibida bir xil 115 tadan to’p kiritgan. Argentina termasi safida esa 34 ta gol hosil qilgan.

Yupp Xaynkess
Natijasi: 549 o’yin 342 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Borussiya» M.
409
-
293
«Gannover 96»
101
-
35
GFR
39
-
14

   2013 yilning eng yaxshi murabbiyi binoyidek futbolchi ham bo’lgan. Yupp karerasini Menxengladbaxning «Borussiya»siga bag’ishladi. Jamoa uchun sal kam 300 ga yaqin gollar urdi.  Faoliyatini yakunlamasidan oldin esa «Gannover» jamoasi safida maydonga tushdi va goleodorlik qobiliyatini ushbu jamoada ham namoyon qila oldi. Xaynkess GFR termasida ko’p gol urish borasida unchalik maqtana olmaydi. Atigi 14 ta gol.

Karl Xaynts Rummenige
Natijasi: 679 o’yin 339 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Bavariya»
423
-
218
«Inter»
107
-
42
«Servett»
54
-
34
GFR
95
-
45

   Yana bir nemis afsonasi. Germaniya goleodor hujumchilari bilan har qancha faxrlansa arziydi. Rummenige «Bavariya» tarkibida 218 marotaba zafar quchishga muvaffaq bo’lgan. Shundan so’ng u Italiya va Shveytsariyada «Inter», «Servett» kabi klublar safida ham to’p surdi. Aytish joiski bu jamoalar uchun ham Karl Xaynts umumiy hisobda 70 dan ortiq gollarning muallifiga aylandi. Bundestim tarkibida ham ajoyib natijalar qayd etdi. Afsonaviy forvard 95 ta o’yinda 45 ta golni o’z nomiga rasmiylashtirib qo’ygan.

Bobbi Charlton
Natijasi: 952 o’yin – 334 gol
Jamoa nomi
Rasmiy o’yinlar
«Manchester Yunayted»
765
-
253
«Preston Nort End»
45
-
10
«Uoteford»
31
-
18
«Bangor Siti»
1
-
1
«Nyukasl» KB YU
2
-
0
«Blekbern Siti»
2
-
3
Angliya
106
-
49

   Shaxsiy fikrimcha Charltonni ingliz futboli Pelesi desam, meni mubolag’a qilganlikda ayblamaysiz degan umiddaman. Charlton «Manchester Yunayted» klubining afsoansiga aylangan. Klub uchun 253 ta to’p kiritgan va bu natija hozirgacha record sanaladi. Balki yaqin orada bu rekordni Runi qulatar. Buni esa vaqt ko’rsatadi. Bobbida yana bitta rekord bor.  U Angliya termasi safida ham eng ko’p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Oleg Bloxin
Ko’rsatkichi: 764 o’yin 325 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Dinamo» Kiev
582
-
266
«Forverts Shtayr»
42
-
10
«Aris Limosol»
28
-
7
SSSR
112
-
42

   Sobiq ittifoq futboli faxri Oleg Bloxin 300 dan ortiq gollar kiritgan. Bloxin «Dinamo» Kiev bilan ajoyib natijalarni qayd etdi. Ko’plab sovrinlar yutdi, ichki musobaqalarda ham, xalqaro turnirlarda ham. Shaxsiy natijasi ham xavas qilarli darajada. U Kievliklar uchun 262 ta gol urishni uddasidan chiqdi. Sobiq ittifoq terma jamoasida ham asosiy hujumchi sanalgan forvard 42 marotaba raqiblar darvozabonlarini ranjitgan.

Karlos Santilyana
Natijasi: 737 o’yin 319 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Rasing»
37
-
17
«Real Madrid»
645
-
287
Ispaniya
56
-
15

   Santilyana garchand faoliyatini «Rasing»da boshlagan bo’lsa ham, 1 mavsumdan so’ng Madridga «Real» tarkibiga kelib qo’shildi va faoliyatining oxirigacha, ushbu jamoa tarkibida to’p surdi. Madridliklar uchun Karlos 300 ga yaqin gol urishga muvaffaq bo’ldi. Terma jamoada esa u qadar sermahsul o’yin namoyish qila olmadi va 15 ta golni muallifiga aylandi. Shunday bo’lsa ham Santilyana Ispan futbolining afsonaviy goleodori sifatida muxlislar yodida qolgan.

Roberto Badjo
Ko’rsatkichi: 688 o’yin 314 gol
Jamoa nomi
O’yin

Gol
«Vichentsa»
46
-
15
«Fiorentina»
130
-
55
«Yuventus»
200
-
115
«Milan»
67
-
19
«Bolonya»
33
-
23
«Inter»
58
-
15
«Breshiya»
98
-
45
Italiya
56
-
27

   Ushbu futbolchi haqida eslaydigan bo’lsak, JCH-94 dagi noaniq tepilgan penalty ko’z oldingizda gavdalanishi mumkin. Badjo faoliyati davomida Italiyaning naq 7 ta jamoasi safida maydonga tushdi. Jumladan Apennin orollari grandlari «Yuventus», «Milan» va «Inter» jamoalari sharafini ham himoya qildi. «Keksa sinori» tarkibida esa 115 ta gol urdi va bu uning bir jamoa safida kiritgan eng ko’p goli edi. Roberto shunga qaramasdan karerasini oddiygina «Breshiya» tarkibida yakunladi. Ushbu jamoada o’tkazgan 4 mavsumi davomida 10 tadan kam gol urmadi. Bu natija faxriy hujumchi uchun ajoyib ko’rsatkichdir. Badjo Italiya termasi safida 27 ta gol urdi va jahon vitse-chempionligini qo’lga kiritdi.

Davomi bor…

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий