Blogimda oldinroq zamonamizning va yaqin o’tmishning goleodor hujumchilarining kiritgan gollari haqida ma’lumotlar berib o’tgan edim. Bu safar ham goleodor hujumchilar haqidagi maqolamizni davom ettiramiz. Faqat endi navbatni afsonaviy goleodorlarga beramiz. To’g’risi afsonaga aylangan hujumchilarning natijalarini to’plashga biroz qiynaldim. Boisi turli xil manbalarda futbolchilarning natijalari xar hil berilgan. Shu sabab ham statistik ma’lumotlarda kichik xatolar yuz bergan bo’lsa oldindan uzr so’rayman.
Pele
Rasmiy : 855 o’yin – 784 gol. Umumiy: 1366 o’yin 1281 gol
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
|
Umumiy
| ||||
«
|
656
|
-
|
643
|
1115
|
-
|
1088
|
«Nyu-York Kosmos»
|
107
|
-
|
64
|
108
|
-
|
66
|
Braziliya
|
92
|
-
|
77
|
113
|
-
|
95
|
Boshqa
|
30
|
-
|
32
|
Maqolani futbol qiroli Peledan boshlashga qaror qildim. Lekin bitta narsani alohida qayd etish joziki Pele eng ko’p gol urgan futbolchi emas. Arur Fridenriyx undan ko’proq gol urishga muvaffaq bo’lgan. Pele rasmiy o’yinlarda urgan gollari bo’yicha baribir yetakchi. Boisi futbol qiroli rasmiy bahslarda raqiblar darvozalarini jami 784 marotaba ishg’ol qilishga muvaffaq bo’lgan. Umumiy hisobda esa unda darvozalarga kiritilgan 1281 ta gol bor. Pele janajon klubi «Santos » tarkibida gollarining 85%ini kiritishga muyassar bo’lgan. Braziliya termasida kiritgan gollari esa «Pentakampionlar» uchun record natija bo’lib turibdi.
Ferents Pushkash
Rasmiy: 754 o’yin – 741 gol. Umumiy: 1057 o’yin – 1141 gol.
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
|
Umumiy
| ||||
«Kishpesht»
|
3
|
-
|
4
|
3
|
-
|
4
|
«Gonved»
|
371
|
-
|
378
|
463
|
-
|
496
|
«Real» M
|
262
|
-
|
240
|
374
|
-
|
329
|
Vengriya
|
85
|
-
|
84
|
168
|
-
|
260
|
Vengriya yoshlar
|
11
|
-
|
19
|
11
|
-
|
19
|
Ispaniya
|
4
|
-
|
0
|
4
|
-
|
0
|
Budapesht
|
18
|
-
|
15
|
18
|
-
|
15
|
Boshqa
|
16
|
-
|
17
|
Yevropa terma jamoalari tarkibida gol urish borasida rekordchi hisoblanadigan Ferents Pushkash ham faoliyati mobaynida 1000 tadan ortiq gol kiritgan. Faoliyatining asosiy qismini esa «Gonved» va «Real Madrid» tarkibida o’tkazgan hujumchi terma jamoa safida norasmiy o’yinlarni ham qo’shib hisoblaganda 260 ta gol kiritgan. Bu raqam sizni hayrat ko’chasi sari yetaklagan bo’lsa ne ajab. Pushkash «Real» safiga 30 yoshidan keyin kelib qo’shilgan bo’lsa ham 240 ta gol kiritishni uddasidan chiqqan. Unda yana bir yoqimli record bor. CHempionlar ligasi finalida kiritilgan «poker».
Gerd Myuller
Rasmiy: 793 o’yin – 735 gol. Umumiy: 1216 o’yin 1461 gol.
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
|
Umumiy
| ||||
«TSV» 1861
|
31
|
-
|
51
|
33
|
-
|
58
|
«Bavariya»
|
613
|
-
|
571
|
999
|
-
|
1254
|
«Bavariya» (o’rinbosarlar)
|
3
|
-
|
2
|
3
|
-
|
2
|
«Fort-Loderdeytl Streykes»
|
80
|
-
|
40
|
99
|
-
|
50
|
GFR
|
62
|
-
|
68
|
70
|
-
|
88
|
Boshqa
|
3
|
-
|
2
|
11
|
-
|
8
|
Agar Gerd Myullerning norasmiy o’yinlarda ham kiritgan gollarini qo’shib hisoblasak unda Pele ancha orqada qolib ketgan bo’lardi. «Temir-mashina» umumiy hisobda 1461 ta gol kiritgan. Shularning teng yarmi 735 tasi rasmiy bahslarga to’g’ri keladi. Afsonaviy nemis goleodori «Bavariya» tarkibida gol kiritish borasida mutloq rekordchi hisoblanadi. Uning rekordiga yaqin orada hech kim hatto yaqinlasha olmasa ham kerak. Klub tarkibida norasmiy o’yinlardagi gollarini qo’shib hisoblasak 1254 ta gol kiritganini inobatga olsak, biz yana hayrat ko’chasiga mehmon bo’lishimizga to’g’ri keladi, Myuller Bundesligada eng ko’p gol urgan futbolchi sanaladi. Shuningdek uning yana 2 ta rekordi yaqinda yangilandi. Yevrokuboklarda gol urish borasida Raul, Germaniya termasida gol urish bobida esa Kloze afsonaviy hujumchining rekordini yangilashga muyassar bo’ldilar.
Romario
Rasmiy: 834 o’yin – 682 gol
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
| ||
«Vasko da Gama»
|
208
|
-
|
185
|
«PSV»
|
142
|
-
|
127
|
«Barselona»
|
65
|
-
|
39
|
«Flamengo»
|
209
|
-
|
184
|
«Valensiya»
|
12
|
-
|
6
|
«Fluminense»
|
75
|
-
|
47
|
«Al-Sadd»
|
3
|
-
|
0
|
«Mayami»
|
26
|
-
|
19
|
«Adelaida Yunayted»
|
4
|
-
|
1
|
«Amerika Rio»
|
1
|
-
|
0
|
Braziliya
|
70
|
-
|
55
|
Braziliya yoshlar
|
19
|
-
|
19
|
Futbol qiroli kim? Deb so’rashganida «Men» deb javob bergan Romario ham gol urish bobida 1000 lik dovonni zabt etishga muvaffaq bo’lgan sanoqli futbolchilardan biri hisoblanadi. Biroq uning rasmiy o’yinlardagi gollari 682 tani tashkil qiladi. Romario faoliyati mobaynida roppa-rosa 10 ta jamoa sharafini himoya qilgan. «Vasko da Gama», «PSV» va «Flamengo» jamoalari tarkibida esa 100 tadan ortiq gol urishni uddalagan. Shuningdek u «Barselona» va «Valensiya» kabi jamoalar safida ham o’z gollari bilan muxlislar qalbiga yo’l topa olgan. Terma jamoadagi 55 ta goli ham tahsinga sazovor. 1994 yilgi Mundial aynan Romarioga atalganini ham ta’kidlash darkor. «»
Artur Fridenrayx
Rasmiy: 584 o’yin – 568 gol. Umumiy 1329 gol
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
| ||
«Ipiranga»
|
40
|
-
|
42
|
«Jermaniya»
|
14
|
-
|
6
|
«Makkenzi Kollej»
|
11
|
-
|
15
|
«Paulistiano»
|
253
|
-
|
293
|
«San-Pauluda Floresta»
|
124
|
-
|
98
|
«Flamengo»
|
6
|
-
|
0
|
San-Paulu t.j
|
62
|
-
|
72
|
Braziliya
|
23
|
-
|
10
|
Boshqa
|
49
|
-
|
32
|
Futbol hali unchalik rivojlanmagan XX-asrning boshlarida Peledan oldin Futbol qiroli degan norasmiy nomga ega bo’lib turgan futbolchi bu braziliyalik Artur Fridenrayx edi. Manbalarda qayd etilishicha u faoliyati davomida 1329 ta gol urishga erishgan. Xatto Pele ham bunchalik urmagan. Arturning rasmiy bahslarda kiritgan gollari soni – 568 tani tashkil qiladi. U «Paulistiano» jamoasi safida 293 gol kiritishga muyassar bo’lgan. Braziliya termasi safida kiritgan gollari bilan esa maqtanolmaydi. 23 o’yinda atigi 10 ta gol.
Ziko
Rasmiy: 769 o’yin – 524 gol. Umumiy 1046 o’yin - 1180 gol.
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
|
Umumiy
| ||||
«Flamengo»
|
580
|
-
|
401
|
708
|
-
|
731
|
«Udineze»
|
53
|
-
|
30
|
56
|
-
|
79
|
«Sumitomo Metals»
|
22
|
-
|
21
|
27
|
-
|
31
|
«Kasima Antlers»
|
43
|
-
|
24
|
27
|
-
|
57
|
Braziliya
|
71
|
-
|
48
|
86
|
-
|
88
|
Braziliya olimpiya t.j
|
1
|
-
|
8
| |||
Braziliya o’smirlar
|
81
|
-
|
116
| |||
Boshqa
|
60
|
-
|
70
|
Braziliyalik «Oq Pele» karerasi davomida barcha ushrashuvlardagi gollarini inobatga olsak 1180 ta gol urishga muyassar bo’lgan. Shularning 524 tasigina rasmiy maqomga ega. Ziko «Flamengo» tarkibida faoliyatining asosiy qismini o’tkazdi va ushbu klubning «yuzi»ga aylandi. Shuningdek Italiya va Yaponiya chempionatlarida ham o’z to’purarlik salohiyatini namoyish eta oldi. «Bunyodkor» klubining sobiq bosh murabbiyi, futbolchilik faoliyati davomida terma jamoasi uchun 48 ta gol urgan bo’lsa ham, nufuzli sovrin bo’lgan jahon chempionligini qo’lga kirita olmadi. Shunday bo’sa ham Ziko futbol tarixida alohida o’ringa ega bo’lgan goleodor hujumchi sanaladi.
Alfredo Di Stefano
Rasmiy: 701 o’yin – 514 gol. Umumiy: 925 o’yin – 700 gol
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
|
Umumiy
| ||||
«River Pleyt»
|
72
|
-
|
53
|
85
|
-
|
64
|
«Urakan»
|
24
|
-
|
11
|
28
|
-
|
13
|
«Malonarios»
|
112
|
-
|
100
|
70
|
-
|
57
|
«Real» M
|
396
|
-
|
307
|
515
|
-
|
412
|
«Espanol»
|
60
|
-
|
14
|
63
|
-
|
16
|
«Barselona»
|
3
|
-
|
2
| |||
«Valensiya»
|
1
|
-
|
1
| |||
6
|
-
|
6
|
6
|
-
|
6
| |
Ispaniya
|
31
|
-
|
23
|
32
|
-
|
24
|
Boshqa
|
6
|
-
|
5
|
Pushkash-Di Stefano juftligi «Real»ning qatorasiga 5 marotaba Chempionlar Kubogini qo’lga kiritishida katta ro’l o’ynashgandi. Ta’kidlash joziki Di Stefano ana shu 5 ta finalda ham o’z hisobiga gol yozib qo’yishga muvaffaq bo’lgan. Alfredo faoliyatining katta qismini Madridda o’tkazdi. «Real» «Barselona» qarama-qarshiligining yanada kuchayishiga sababchi bo’lgan forvard Madridliklar safida 307 ta gol urishga erishadi. Afsuski, klub tarkibida erishishi mumkin bo’lgan barcha sovrinlarni o’ziniki qilgan futbolchi terma jamoa bilan jahon chempionatida ishtirok etish baxtiga muyassar bo’la olmadi. Argenita va Ispaniya termalari safida esa umumiy hisobda 29 bora zafar quchadi.
Eysebio
Rasmiy: 485 o’yin – 475 gol.
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
| ||
«Sporting» (Mozambik)
|
42
|
-
|
77
|
«Benfika»
|
301
|
-
|
317
|
«Rod-Aylend Oushens»
|
11
|
-
|
9
|
«Boston Minutmen»
|
7
|
-
|
2
|
«Monterrey»
|
25
|
-
|
18
|
«Beyra-Mar»
|
12
|
-
|
3
|
«Las-Vegas Kviksilver»
|
17
|
-
|
2
|
«Unian di Tomar»
|
2
|
-
|
1
|
«Nyu-Jersi Amerikans»
|
4
|
-
|
5
|
Portugaliya
|
64
|
-
|
41
|
Asli Mozambiklik bo’lgan «Qora panterra» faoliyatining asosiy qismini «Benfika» klubi safida o’tkazdi va 11 marotaba Portugaliya chempionligi va 8 marotaba to’purarligini qo’lga kiritganligi, uni futbol olamida qay darajada o’z o’rni borligidan dalolat beradi. «Burgutlar» tarkibida har o’yinda urgan gollari o’rtacha 1 tadan ortiq ekanligi esa shunchaki tahsinga sazovor natijadir. Eysebio faoliyatining so’nggi damlarini okean ortida o’tkazdi va 40 tadan ortiq gol urishni uddaladi. Portugaliya termasi uchun esa 41 ta gol hosil qilgan.
Shandor Kochish
Rasmiy: 470 o’yin – 450 gol. Umumiy 724 o’yin – 802 gol
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
|
Umumiy
| ||||
«Ferentsvarosh»
|
89
|
-
|
70
|
118
|
-
|
107
|
«Gonved»
|
176
|
-
|
216
|
236
|
-
|
300
|
«Yang Fellouz»
|
11
|
-
|
7
|
14
|
-
|
8
|
«Barselona»
|
126
|
-
|
82
|
215
|
-
|
139
|
Vengriya
|
68
|
-
|
75
|
131
|
-
|
238
|
Budapesht
|
3
|
-
|
2
| |||
«Valensiya»
|
2
|
-
|
2
| |||
Boshqa
|
5
|
-
|
6
|
50-yillarda Yevropada Pushkash-Kochish juftligi barchani qo’rquvga solardi. Vengriya termasi ana shu davr mobaynida Jahon chempionati va Olimpiada o’yinlarida gsovrindorlar safidan joy oladi. Kochish jahon chempionatlari tarixidan joy olgan. U bitta mundialda naq 13 marotaba zafar quchgan va bu mutloq record natijadir. Afsuski Vengriyada yuzaga kelgan siyosiy jarayonlardan keyin, Kochish ham Pushkash singari vatanini tark etishga majbur bo’ladi. Kochish Vengriya uchun rasmiy o’yinlarda 75 ta, norasmiy o’yinlarni ham qo’shganda esa 238 ta gol kiritishni uddasidan chiqqan. Fantastika! Shunday emasmi? Pushkash-Kochish juftligi termada rasmiy bahslarda birgalikda 159 ta, norasmiy bahslarni ham qo’shganda 498 ta gol hosil qilishgan. Ushbu futbolchilar o’z zamonalarining Ronald ova Messilari bo’lishgan desam, balki mubolag’a bo’lar. Kochish ham futbol tarixida alohida e;tirofga loyiq futbolchi hisoblanadi.
Yohan Kroyf
Rasmiy: 662 o’yin – 368 gol
Jamoa nomi
|
Rasmiy o’yinlar
| ||
«Ayaks»
|
363
|
-
|
267
|
«Barselona»
|
184
|
-
|
63
|
«Los Anjeles»
|
27
|
-
|
14
|
«Vashington Diplomats»
|
32
|
-
|
12
|
«Levante»
|
10
|
-
|
2
|
«Feyenoord»
|
44
|
-
|
13
|
Yohan Kroyf yuqoridagi futbolchilardan farqli o’laroq, murabbiylikda ham katta yutuqlarga erishgan. Futbolchilik faoliyatinining asosiy qismini «Ayaks» va «Barselona»da o’tkazdi va ushbu klublar tarixidan joy oldi. Kroyf Amsterdamliklar sagida 267 ta gol uradi.
Davomi bor...
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Ma'lumotlar uchun katta raxmat!
ОтветитьУдалить