Futbol uchrashuvlarida hakam
bo’lish oson ish deb hisoblaydiganlar qattiq yanglishishadi. Orangizda nimaga endi deb e’tiroz bildiruvchilar
topilsa, marxamat qilib quyidagi maqolani o’qib chiqib, bemalol xulosa qilishi
mumkin. Demak, ushbu maqola orqali siz aziz futbolsevar muxlislarga hakamlar
hayotida ro’y bergan eng qiziqarli, hayratlanarli, ajablanarli va kulguli
voqealar haqida so’z yuritamiz.
Ispaniya quyi ligasidagi jamoalar – «Rione»
va «La Katino »
uchrashuvida g’aroyib voqea yuz berdi. Uchrashuv boshlanishidayoq, mehmonlar
hujumchisining zarbasi hakamning oyog’iga tekkan holda darvoza to’riga borib
tushdi. Noqulay vaziyatda qolgan hakam golni hisobga olishga majbur bo’ladi.
Vaqt o’tib borardi. Hisob esa o’zgargani yo’q. Asabiylashib, o’zlarini qo’yarga
joy topa olmagan muxlislar uchrashuv tugagach, beso’naqay hakamni qanday qilib
ta’zirini berib qo’yish rejasini tuzishayotgandi. Hisobni tenglashtirish uchun
jon-jahdlari bilan eng so’nggi hujumlarni uyushtirgan «Riore» futbolchilari
zarbasi nogahon hakamning boshiga tegdi-yu, yo’nalishini o’zgartirdi va gol.
Hisob – 1:1, har ikkala gol muallifi hakam.
Futbol tarixida Angliyalik Melvin Silvestr –
eng adolatli hakam nomini qo’lga kiritgan. O’yin paytida jamoa hujumchilaridan
biri Richard Kerd hakamni bir necha marta turtkiladi. So’ngi marta ochiqchasiga
hakamni turtkilagandan so’ng, o’z xissiyotini jilovlay olmagan hakam, unga 3
marotaba bokscha zarba bilan uni maydonga qulatdi. Shundan so’ng, hakam o’ziga
qizil kartochka ko’rsatib, maydonni tark etdi. Futbolchilarga hakamni ko’pam
turtkilayverishni maslahat bermagan bo’lardik.
Hakamning qaroridan norozi bo’lganlar uchun
argentinalik Rodolfo Garsiya yangi qo’llanma joriy qildi. 2002 yilning
avgustida Ekvador chempionatining navbatdagi tur uchrashuvida «Espoli»da
o’ynayotgan Garsiya bosh hakamning bir necha bor og’zaki ogohlantirishiga
qaramay futbolkasini shortigiga kirgizmay yuradi. Nihoyat, toqati-toq bo’lgan
hakam Garsiyaga sariq kartochka ko’rsatadi. Lekin futbolchi bu holatga umuman
e’tibor bermaydi. Ana shunda hakam cho’ntagidan qizil kartochkasini oladi va
o’yinchini maydondan chetlatadi. Argentinalik futbolchi maydonni tark etish
o’rniga shu ondayoq «qora kiyim» sohibidan o’ch olishga oshiqadi. Jazavaga
tushgan Garsiya minglab muxlislar ko’z o’ngida bosh hakam oldiga borib…
shortigini yechib tashlaydi. Jazo belgilash vaqtida Ekvador futbol
federatsiyasi ma’sullari «Nima uchun bunday ahloqsizlik qildingiz?», - deb
so’rashganda, Rodolfo bamaylixotir «Nega endi ahloqsizlik bo’larkan, bu
norozilikning yangi bir turi xolos», - deya javob bergan.
Haqorat qilishni faqat muxlislar va
futbolchilar bilishadi desangiz adashasiz. Hakamlar ham so’kishni bilishar
ekan. Ishonmaysizmi? Unda mana sizga misol. XX asrning 70-yillarida Germaniya
bundesligasining navbatdagi o’yinida «Ayntraxt» (Frankfurt )
– «Bavariya» (Myunxen) jamoalari o’zaro uchrashishdi. «Ayntraxt»ning mashhur
futbolchisi, jahon chempioni Yurgen Grabovski o’yin o’rtalarida qanot hakamiga
kichkinagina e’tirozini bildirdi. Hakam esa tanqidga chiday olmagach,
Grabovskini chunonam kurakda turmaydigan so’zlari bilan haqoratladi. Natijada
bundesliga Hakamlar Qo’mitasi og’ziga «erk» berib yuborgan hakamni ikki
mavsumga musobaqalardan chetlatib yubordi.
O’z vaqtida jahonning mashhur hakamlaridan
biri hisoblangan germaniyalik janob Dush taqdiri kutilmagan bir voqea tufayli
o’zgarib ketdi. Mamlakat chempionatining navbatdagi tur uchrashuvida to’p Dush
qo’riqlayotgan darvoza tomon havolatib uzatildi. To’pga yetib bormasligiga ko’zi
yetgan darvozabon uni shunaqangi kuchli zarb bilan urib yuboradiki… Afsuski,
musht to’pga emas, raqib hujumchisining yuziga borib tekkan edi. Futbolchi shu
zahotiyoq «nokaut»ga uchraydi, hakam esa «ataylab qilgan harakat» – deb Dushni
maydondan haydaydi. Bu yetmagandek, tartib-intizom qo’mitasi «zo’ravon»
darvozabonni naqd bir yilga futboldan chetlatdi. O’zini oqlash uchun qilgan
barcha urinishlari zoe ketgach, Dush hakamlikka o’tib ketgandi.
Fransuz hakami janob Mate hech qachon
uchrashuvdan keyin, jo’nbushga kelgan muxlislar bilan «hisob-kitob» qilishdan
qo’rqmagan. Chunki, politsiya mahkamasida sportning dzyudo turidan dars
beruvchi rafiqasi doimo Mateni qo’riqlab yurardi. Hozirga qadar tan soqchi
rafiqa erini bir necha bor ur-sur, to’polon va janallardan eson-omon olib
chiqadi.
Bunaqasi
judayam kam uchraydigan holat Ispaniya ikkinchi divizioni vakillari «San Isidro » va «Olimpiko
Karrante» jamoalari o'rtasida bo'lgan uchrashuvda yuz bergandi. O'yin tugashiga
3 daqiqa qolganida ikki jamoa o'yinchilari ham hakam qabul qilgan qarordan
norozi holda uchrashuv bosh hakamini o'rab olishdi va uni qaroridan
qaytarmoqchi bo'lishdi. Bu holatda esa bosh hakam hech ikkilanmasdan
asabiylashmasdan cho'ntagidan qizil kartochka chiqardi va maydon ichidagi
barcha 22 futbolchiga ko'rsatdi.
O’tgan srning
70-yillarida Argentinada maxalliy «Xuventud» va «Xeneral Kabalero» jamoalari
o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda fojeali voqea yuz bergan edi. O’yinning
43-daqiqasida uchrashuv hakami Xose Leon Beguda «Xuventud» o’yinchisi Xoakin
Masialni chetlashtirdi. Achchiqlangan o’yinchi hakamga musht ko’tardi, o’z
o’rnida hakam cho’ntagidan to’pponcha chiqarib sovuqqonlik bilan tartibni
buzgan o’yinchini otib tashladi. Bu voqeaning davomi ham bor edi: Xoakin
Masialning tribunada o’tirgan ukasi hakamni otib tashlagan.
Ushbu antiqa
voqea 1967 yili Tunis
yashil maydonlarining birida yuz bergan edi. O'yindan chetlashtirilgan
futbolchi maydonni o'zida yo'q xursand holda tark etgan edi. Bolaligidan
eshitish va gapirish qobiliyatini yo'qotgan o'yinchi uchrashuv vaqtida hakam
qabul qilgan qarordan judayam achchiqlanib o'zini tutib tura olmadi va
kutilmaganda...gapirib yubordi. Futbolchi bor kuchi va inersiyasi bilan hakamga
nimalarnidir tushuntirishga harakat qilar edi. Ammo hakam haqqoniy
ravishda o'yinchini maydondan chetlatdi. Futbolchi bunga zarracha ham achingani
yo'q. Sababi, u qaytadan gapirish va eshitish qobiliyatiga ega bo'lganligidan
shod edi.
P.S: O'zim yig'gan ma'lumotlar asosida tayyorladim.
Yusupov
Furqat
Manba:
furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий