Qoraqalpog’istonning
bosh jamoasi bo’lgan «Turon» jamoasi jami 5 mavsum Oliy ligada qatnashgan
bo’lishiga qaramay, o’z nomini tarixiy sahifalarida qoldira olgan.
1992-1994
yillari «Turon» nomi ostida qatnashgan jamoa, keyinchalik 2000-2001 yillari «Orol»
bo’lib Oliy ligada qatnashadi. Jamoaning Oliy lidada egallagan eng yuqori o’rni
11-o’rin (1993 yil). 1994 va 2001 yillari esa (15 va 17-o’rin) quyi ligaga
ravona bo’ladi. Nukusliklar Oliy ligada jami 164 uchrashuv o’tkazib 44 ta
g’alaba, 23 durrang, 97 mag’lubiyatga uchragan. Raqiblar darvozasiga 171 gol
urishgan va 329 ta gol o’tkazib yuborishgan. «Orol» jamoasi safardagi bahslarda
jami 82 uchrashuv o’tkazib, bor yo’g’i 1 marotaba g’alaba qozongan. 71 marta
taslim bo’lgan. To’plar nisbati esa daxshatli 48-239 (!). Uydagi bahslarda esa
nisbatan ancha yuqori natija qayd etgan. 82 o’yinda 43 g’alaba, 13 durrang, 26
mag’lubiyat. To’plar nisbati 123-90.
Nukusliklar Oliy ligada jami 30 ta raqib bilan, Jumladan «Paxtakor», «Neftchi»,
«Navbahor», «Traktor», «Buxoro» va «Andijon» jamoalari bilan 10 martadan to’qnash
kelgan. Eng ajablanarlisi, «Orol» jamoasi eng ko’p ochkoni mamlakat bayroqdori «Paxtakor»dan
olgan («So’g’diyona»ni hisobga olmaganda). «Orol» jamoasi Nukusda o’tkazilgan 5
ta uchrashuvda 3 marotaba paxtakorchilarni maydonni bosh egib chiqib ketishga
majbur qilib, bir marotaba murosa ko’chasini tanlashgan. Bundan ko’rinib
turibdiki, «sherlar» Nukusda atigi 1 marotabagina zafar
quchishgan. O’z maydonlaridagi barcha bahslarda esa ustun kelishgan. Shuningdek,
Nukus jamoasi uchun «So’g’diyona» klubi ham qulay raqib hisoblangan.
O’tkazilgan 10 bahsda ikkala tomon ham 4 martadan g’alabani o’z tomonlariga
og’dirgan bo’lishsa, 2 martadan murosaga kelishgan. «Yangiyer» bilan o’tkazgan
6 ta o’yinda 3 ta g’alab va 3 ta mag’lubiyatga uchragan. Kimyogar bilan bo’lgan
6 ta bahsda esa jami 10 ochko
jamg’argan. Jamoaning eng noqulay raqibi esa mamlakatning 5 karra chempioni «Neftchi»
klubi hisoblanadi. Farg’onaliklar bilan o’tkazilgan 10 uchrashuvda ham jamoa
a’zolari maydonni boshlari egik holda tark etishga majbur bo’lishgan. «Buxoro»,
«Andijon» va «Navbahor» jamoalari ham nukusliklarning eng noqulay raqiblari
sanalishadi. Biz quyidagi jadval orqali sizlarga «Orol» jamoasining Oliy ligada
barcha jamoalar bilan o’tkazgan uchrashuvlari statistikasini havola qilamiz.
№
|
Jamoalar
|
O’
|
G’
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1.
|
«So’g’diyona»
|
10
|
4
|
2
|
4
|
14-12
|
14
|
2.
|
«Paxtakor»
|
10
|
3
|
1
|
6
|
10-21
|
10
|
3.
|
«Traktor»
|
10
|
1
|
4
|
5
|
11-18
|
7
|
4.
|
«Andijon»
|
10
|
2
|
1
|
7
|
11-26
|
7
|
5.
|
«Navbahor»
|
10
|
2
|
1
|
7
|
5-27
|
7
|
6.
|
«Nurafshon-Buxoro»
|
10
|
1
|
0
|
9
|
7-33
|
3
|
7.
|
«Neftchi»
|
10
|
0
|
0
|
10
|
4-30
|
0
|
8.
|
«Surxon”»(ASK)
|
8
|
2
|
1
|
5
|
11-18
|
7
|
9.
|
«Temiryo’lchi»
|
8
|
2
|
1
|
5
|
7-10
|
7
|
10.
|
«Maroqand-Samarqand»
|
8
|
2
|
1
|
5
|
5-10
|
7
|
11.
|
«Politotdel-Do’stlik»
|
8
|
1
|
1
|
6
|
9-21
|
4
|
12.
|
«Kimyogar»
|
6
|
3
|
2
|
1
|
4-5
|
11
|
13.
|
«Yangiyer»
|
6
|
3
|
0
|
3
|
5-9
|
9
|
14.
|
«Chirchiq»
|
6
|
2
|
1
|
3
|
11-11
|
7
|
15.
|
«Metallurg»
|
4
|
2
|
1
|
1
|
4-2
|
7
|
16.
|
«Semurg’»
|
4
|
2
|
0
|
2
|
9-10
|
6
|
17.
|
MHSK
|
4
|
2
|
0
|
2
|
6-8
|
6
|
18.
|
«Guliston»
|
4
|
2
|
0
|
2
|
5-9
|
6
|
19.
|
«Nasaf»
|
4
|
1
|
0
|
3
|
4-12
|
3
|
20.
|
«Zarafshon»
|
4
|
0
|
2
|
2
|
6-8
|
2
|
21.
|
«Qizilqum»
|
4
|
0
|
1
|
3
|
1-7
|
1
|
22.
|
«Atlaschi»
|
2
|
1
|
1
|
0
|
4-2
|
4
|
23.
|
«Shaxrixon»
|
2
|
1
|
0
|
1
|
5-1
|
3
|
24.
|
«Kosonsoy»
|
2
|
1
|
0
|
1
|
2-0
|
3
|
25.
|
«Kushon»
|
2
|
1
|
0
|
1
|
3-2
|
3
|
26.
|
«Xorazm»
|
2
|
1
|
0
|
1
|
2-2
|
3
|
27.
|
«Shifokor»
|
2
|
1
|
0
|
1
|
1-4
|
3
|
28.
|
«Paxtakor-79»
|
2
|
0
|
1
|
1
|
2-5
|
1
|
29.
|
«Akademiya»
|
2
|
0
|
1
|
1
|
1-5
|
1
|
UMUMIY MALUMOT
82
|
43
|
13
|
26
|
123
|
-
|
90
|
142
|
O’z maydonida:
82
|
1
|
10
|
71
|
48
|
-
|
239
|
13
|
Mehmonda:
164
|
44
|
23
|
97
|
171
|
-
|
389
|
155
|
Jami:
Eng yirik g’alaba: «Orol»-«Semurg’» 6-1
(2001-yil), «Turon»-«Shaxrixon» 5:0 (1992-yil).
Eng yirik mag’lubiyat: «Nurafshon»-«Turon» 7:1
(1994-yil). «Navbahor»-«Turon» 6:0 (1992-yil).
Tarixiy g’alaba: «Orol»-«Paxtakor» 3:1 (2000-yil).
Комментариев нет:
Отправить комментарий