Har
birimiz hayotda nimagadir qiziqamiz, ya’ni inson zoti borki biror narsaga
qiziqadi va ko’ngil qo’yadi. Jahon tan olgan yulduzlar ham tabiiyki biror
narsaga qiziqishadi. Ya’ni, mashg’ulot-u, o’yinlardan charchab kelganidan so’ng
mazmunli hordiq chiqarishadi. Demak, jahon yulduzlarining bo’sh vaqtlarini
qanday o’tkazishlari haqida so’z yuritamiz.
XXI-asr internet
texnologiyalari asri deb bejizga aytishmagan. Kompyuter! Bu nima o’zi deb savol
beradigan tentak oramizda deyarli uchramaydi. Nima dedingiz? Bugungi kundagi
jahonning eng kuchli futbolchisi argentinalik Lionel Messi vaqt topdi deguncha, kompyuter
qarshisiga oshiqadi. Bu borada Leoga o’xshash futbolchilar talaygina. “Milan ”ning faxriy
himoyachisi Alessandro Nesta komyuter kovlash bilan birgalikda internet bo’ylab olamga sayr qilishni va
miriqib uxlashni ham hush ko’radi. “Anji”ning sobiq a’zosi Yuriy Jirkov hamda
Paragvaylik Roke Santa Kruslar
ham komyuter shaydolari sanalishadi. Ular shuningdek musiqa tinglab dam olishni
ham hush ko’rishadi. “Arsenal” a’zosi Tomash Rositski vaqt bo’ldi deguncha kompyuter o’ynashni ,
avtomobilda sayr qilishni va kitob o’qishni yaxshi ko’radi.
Oramizda
kitob o’qib hordiq chiqaradigan insonlar oz emas. Oliver Kan, Aleksandr Kerjakov va Xavilar kitob
mutolaa qilishda uncha munchaga dars berib qo’yishadi. Shuningdek Oliver golf
o’ynashga, Xavi teatrlarga borib yangi spektakllarni ko’rishga va kino tomosha
qilishga, Aleksandr ham kino ko’rishga qiziqadi.
“Terminator”,
“Avator”, “Titanik”… Gap nima haqida ketayotganini anglab ulgurdingiz albatta. Kinoshunos
futbolchilar safiga Jan
Luidji Buffon, Pavel Nedved va Iker Kasilyaslarni alohida qo’shib qo’ymog’imiz lozim. Bu uchog’lon
kinoni futboldan kam ko’rishmaydi va bir vaqtning o’zida musiqa olamini sayr
qilishni ham hush ko’rishadi. Aytgancha, “Real” kiperi Chingizxon, Napoleon
Bonapart, Yuliy Sezar kabi tarixiy shaxslar ishtirokidagi romanlarni o’qib ham
bo’sh vaqtiga mazmun bag’ishlaydi.
Maykl Jekson…
Musiqa qirolining shinavandalari soni millionlarni tashkil qiladi. Mixail Ballak va Alessandro Del Perolar
ham “marhum” qo’shiqchining ashaddiy fanatlari hisoblanishadi. Mixail
shuningdek, dunyo bo’ylab sayohat qilishni va internetda vaqtini o’tkazishni
ham sevimli mashg’uloti sifatida e’tirof etadi.
Internet
bo’ylab sayohat qilishni kim ham yoqtirmaydi deysiz? Ayniqsa Rafael Van der Vaart
facebook yoki twitterda muxlislar bilan shunaqangiko’p suhbat quradi-ki,
ba’zida ertalabki mashg’ulotlarga ham kech qolib qo’yadi. Aleshandro Pato va Luka Tonilar
internetda vaqt o’tkazish bilan birga “PlayStation”da ham futbol o’ynab
turishadi. Ular virtual futbolda maydondagidan ham kuchli o’ynashlariga aslo
shubha qilib o’tirmang.
Futbol
tarixidagi eng qimmat o’yinchilardan biri Kaka esa video’yinlarga ko’ngil bergan. Agar siz Andrey Arshavinni izlab uni
topa olmayotgan bo’lsangiz, darrov yangi premera bo’layotgan teatrga
oshiqqaninggiz ma’qul. Chunki, teatr “Shava” uchun stadiondan keyingi o’rinda
turuvchi joydir. Ueyn
Runini ayoli qayerdan izlashni biladi. Mabodo “Shrek”
“yo’qolib” qolsa bilingki u kazinoda vaqtichog’lik qilayotgan bo’ladi.
Yoshligimizda
har birimiz velosiped haydab sayr qilishni yaxshi ko’rganimiz tabiiy. Janob
Che-Che-Che esa katta bo’lib ham bu odatini tashlamagan. U vaqt topsa bo’ldi
inamarka mashinasini ham chetga surib velosipedda sayr qilishga otlanadi. Gap
Chexiya terma jamoasi va “Chelsi” klubi posboni Piter Chex haqida ketayotganini anglab
ulgurgan bo’lsangiz kerak.
Mashhur va
“sobiq” superyulduz Batti-Golning
aql-u hushini ofatijon qizlar emas, golf o’g’irlaganini bilasizmi? Naxotki?!
Deb ajablangandirsiz balki. Mundiallar tarixidagi eng sermaxsul futbolchilardan
biri Miroslav Kloze
Maksim Shatskix kabi baliq ovi ishqibozi sanaladi.
Angliya terma
jamoasi himoyachisi Jon
Terri bo’sh vaqtini basseynda o’tkazsa, uning ampluadoshi
va jamoadoshi Rio Ferdinand
television loyixada ishtirok etib, bo’sh vaqtini bekor o’tmasligini
ta’minlaydi. Nemis Filip
Lam ozgina bo’sh vaqt bo’ldi deguncha “Milki Vey” va “Brauni” laqabli quyonchalarini
boqadi. JCH-2010 finalining asosiy qahramoni Andreys Iniesta sayohatlarga
borganida rasmga tushirishni va ularni chiqarib katta fotoalbomlar
kolleksiyasini tuzishni yaxshi ko’radi. Bolgariyalik sobiq “mankunian” forvard Dimitar Berbatov ham rasmga
qiziqadi. Faqat, u rasmga tushirishni emas, aksincha turli hil rasmlarni
chizishni jon-u dili deb biladi. Da Vinchi kabi chiza olmasa ham, rasm
chizishda haqiqiy rassomlarga haqiqiy raqobat taqdim eta oladi.
Sobiq
futbolchi “Milan ”
jamoasining timsoli Paola
Maldini bo’sh vaqtini o’zining diskobarida yoki radioda
boshlovchi sifatida o’tkazardi. Yana bir sobiq
futbolchi Luish Figo
esa gitara chalishni qoyillatadi. Bunga ishonavering!
Jahonning eng
kuchli murabbiylaridan biri Ser Aleks Fergyussonning ham sevimli mashg’uloti bor. U ot poygalarining
ashaddiy ishqibozi sanaladi. Shaxsiy otxonasida esa o’nlab qimmatbaho otlarni
uchratish mumkin.
“Ikkinchi
Fergyusson” bo’lishi kutilayotgan pragmatik murabbiy Xosep Guardiolaning
xobbilari esa bir talay. U eng so’ngi kinolarni ko’rishga ham, shogirdining
seviklisining yangi hit paradlaridan eshitishga ham. Dunyo bo’ylab sayohatga
chiqishga ham va xattoki fotografiyaga ham vaqt topa oladi. Ha, uni haqiqiy
xobbishunos deyishimiz mumkin.
Mana, azizlar
futbol yulduzlarining ayrimlarini xobbilari bilan tanishib oldingiz. Ushbu
ma’lumotlarni internetdan olganim yo’q. futbolchilarning nimalarga qiziqib
borishlarini o’zim qayd etib borardim va shu tufayli ushbu maqolani
tayyorladim. Salomat
bo’ling!
Комментариев нет:
Отправить комментарий