Men yoshligimdan boshlab, futbol haqidagi qiziqarli ma’lumot va faktlarni yig’ib borishga harakat qilaman. Ushbu maqolani qiziqishlarim tufayli yiqqaan ma’lumotlar tufayli yozyapman. Maqolani nomini «Futbolni fanga bog’laganda» deb nomladim. Ya’ni futbol olamidagi bir qator qiziqarli voqea, xodisalarni fanga bog’lashga harakat qildim.
ALIFBE
Maktabga borganimizda, birinchi bo’lib alifbedan boshlashimiz hech kimga sir emas. Shu bois maqolani ham aynan 1-kitobimizdan boshlashni ma’qul ko’rdim. Gelbert Chepmen «The Arsenal» klubi nomini Division One (hozirgi Premer liga)dagi alfavit tartibida tuzilgan ro’yxatda 1-o’rinda turish uchun «Arsenal» deya o’zgartirgan.
MATEMATIKA
2005 yili CHempionlar Ligasi finalida «Milan»ning «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazishi, «rossonerlar» murabbiyi Karlo Anchelottining o’g’li Davidga zarar keltirdi. Bosh murabbiyning o’g’li o’sha daxshatli final («Milan » uchun)ning ertasiga matematikadan imtihon topshirgan. O’qituvchi, «rossonerlar»ning ashaddiy ishqibozi murabbiyni mag’lubiyatning asosiy aybdori, deb bilgan va kichik Anchelotti bahosini pastlab qo’ygan. To’g’ri, keyinchalik matematik hovuridan tushgan va o’z xatosini to’g’irlagan.
GEOGRAFIYA.
Germaniyalik darvozabon Luts Pfannenshtilning geografiyasi juda uzun. U naqd 5 ta qit'ada to'p surgan. Lutsning geografiyasi quyidagicha Germaniya, Angliya, Belgiya, Albaniya, Finlandiya, Norvegiya, Armaniston, Italiya, Malayziya, Singapur, JAR, Kanada, Yangi Zelandiya, Braziliya kabi mamlakatlarning 24 ta klubi safida maydonga tushgan. Qiziqarli tomoni, u Toshkentda uylangan.
TABIATSHUNOSLIK.
1973/1974 yilgi mavsumda Shotlandiyaning "Iverness Tyostl" va "Falkirk " jamoalari o'zaro o'yinlarini 30 marta o'tkazishga harakat qilganlar. Birinchi 29 tasi yomon ob-havo tufayli qoldirilgan. Ular ohir oqibat uchrashganlarida "Falkirk" 4:0 hisobida g'alaba qozongan.
1945-yil "Arsenal" Londonda Sobiq Ittifoqning eng yaxshi jamoalaridan biri "Dinamo" (Moskva) jamoasini qabul qilgan. O'yin paytida maydonga quyuq tuman tushgan, o'yin esa davom ettirilgan. Maydonda hech nimani ko'rishni iloji yo'q edi. Aytishlaricha, o'shanda "Arsenal" jamoasining qizil kartochka olgan futbolchisi maydonga qaytib tushgan. "Dinamo" esa zahirada o'yinchilarini maydonga tushirib yuborgan. O'sha o'yinda "Dinamo" 3:2 hisobida g'alaba qozongan.
GEOMETRIYA
2010/11 yilgi Germaniya bundesligasining 26-turidan orin olgan «Shalke»-«Ayntraxt» (2:1) uchrashuvida mehmonlar himoyachisi Tsavelas 73 (!) metrdan raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
MUSIQA
Braziliyalik futbol qiroli Pele samba yo'nalishida kuylaydi. Shuning bilan birga Pelega bag'ishlab dunyoning turli burchaklarida 90 dan oshiq qo'shiqlar kuylangan.
ADABIYOT
Har bir mashhur futbolchi, o'zining biografiyasini yozadi. Stiven Jerard, Zlatan Ibragimovich, Pele, Materatsi, Xavi, Aleksandr Kerjakov, Gattuza, Van Gaal, Ser Aleks Fergyusonlar ana shular jumlasidandir. Futbolchilar haqidagi adabiyotlar muxlislarni aslo befarq qoldirmaydi. Haqiqiy adabiyotshunos deb Oliver Kanni ta'kidlash joiz. Uning naqd 3 ta kitobi chop etilgan. Lekin kitoblarning birortasiyam avtobiografiya emas. Yaponiyalik murabbiy Takeshi Okada 2 ta she’riy to’plamini nashrdan chiqargan.
ALGEBRA.
Zlatan Ibragimovich YCHLda 6 ta klub safida gol urishgan. Zlatan «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan» va «PSJ» safida to'p kiritgan. Shuningdek, Zlatan to'p surgan jamoalari safida qatorasiga 8 marta mamlakat chempioni bo'lgan. U «Ayaks»-2004, «Yuventus»-2005,2006 (keyinchalik bekor qilingan), «Inter»-2007,2008,2009, «Barselona»-2010, «Milan»-2011-yillari chempion bo'lgan.
1942 yilning 13 dekabrida Fransiya kubogi uchun «Reysing klab de Lans» klubi futbolchisi Stefan Stanis «Ubri A Styauri» jamoasi darvozasiga 16 ta gol yo'llagan.
Samuel Eto'O 2010 yili 7 ta musoboqada gol urib, rekord o'rnatdi. U Italiya chempionati, kubogi va superkubogi, Chempionlar Ligasi, klublar ortasidagi jahon chempionati, Afrika Millatlar kubogi va Jahon chempionatida zafar quchgan.
FIZIKA
2001/2002-yilgi mavsumda Dennis Bergkamp «Nyukasl»-«Arsenal» o'yinida to'pni Rober Piresdan qabul qilib olib futbol fizikasiga qarshi borib, uni bir harakatda himoyachi yonidan o'tkazdi, o'zi esa boshqa tomonga yuguradi. Qolgani texnikaning mahsuli. «Ushbu golda himoyachilarni ayblamayman, - degandi o'shanda «qarg'alar»ga ustozlik qilgan Brayan Robson. - Tan olish kerak, Bergkamp fantastik gol urdi».
2001/2002-yilgi mavsumda Dennis Bergkamp «Nyukasl»-«Arsenal» o'yinida to'pni Rober Piresdan qabul qilib olib futbol fizikasiga qarshi borib, uni bir harakatda himoyachi yonidan o'tkazdi, o'zi esa boshqa tomonga yuguradi. Qolgani texnikaning mahsuli. «Ushbu golda himoyachilarni ayblamayman, - degandi o'shanda «qarg'alar»ga ustozlik qilgan Brayan Robson. - Tan olish kerak, Bergkamp fantastik gol urdi».
Yevropalik olimning ta’kidlashicha, stadiondagi muxlislar teppa-teng, birdaniga qattiq puflashsa, shamol turib, to’pni uchirib ketishi mumkin ekan. Olim ushbu fikrini amalda isbotlash uchun, Angliya stadionlaridan birida sinov o’tkazdi. Dastlab tomoshabinlar Ketma-ket puflab hech narsaga erisha olmadilar. Nihoyat, bir necha marta urunishdan so’ng natijaga erishildi.o’z jamoalari, hujumchisining oyog’idagi to’p “kuchli shamoldan” havoga ko’tarilib o’yingohni tark etdi.
ZOOLOGIYA
Agar futbolga faqat insonlar qiziqadi deb o’ylasangiz, ushbu hikoyamiz sizni bu fikrdan qaytaradi. Shvetsiyaning Malme shahrida bo’lib o’tayotgan uchrashuvlarning birida, o’yingohda quyon paydo bo’ldi. Uzunquloq jonivorning odamlardan cho’chimay darvoza yaqiniga o’tirib olishi va o’yinni diqqat bilan tomosha qilishi barchani hayratlantirdi. Bora-bora bu quyon haqiqiy futbol muxlisiga aylani va o’yingohdagi har bir uchrashuvga tashrif buyuradigan bo’ldi. Lekin, negadir keyingi mavsum boshlarida u o’yingohga kelmay qo’ydi. Xatto uzunquloq muxlisga o’rganib qolgan odamlar uni sog’ina boshlashdi. Shunday bo’lsada, «Malme» va «Leyptsing» jamoalari o’rtasidagi xalqaro uchrashuvga quyoncha yana bir bora o’yingohda ko’rinish berdi!
1999 yili braziliyalik Edmundo ishtirokida eng shov-shuvli mojaro bo’lib o’tdi. O’g’lining tug’ilgan kuni sharafiga ziyofat uyushtirgan futbolchi o’z villasida o’tayotgan tadbirga masxarabozlar va maymunlardan iborat ko’chma tsirk vakillarini taklif etadi. Buni qarangki, «hayvon» laqabli futbolchi (tabiiyki shirakayf holatda)ga maymunlardan biri juda yoqib qoladi. U o’sha jonivor bilan “qittak-qittak” qilishga ahd etib, maymunga shampan vinosi va pivoning aralashmasidan quyib beradi. Natijada jonivorning ko’ngli aynib, tobi qochib qoladi. Keyinchalik Edmundo jonivorlar bilan shafqatsizlarcha, munosabatda bo’lganlikda ayblanib, 100 000 dollar miqdorida jarima to’laydi
JCH-62 da Braziya-Angliya bahsida noyob hodisa kuzatildi. Kutilmaganda o’yin maydoniga bir kuchuk yugurib chiqadi. Inglizlar hujumchisi uni tutib oladi. Shu paytda gulduros qiyqiriqlardan qo’rqib ketgan kuchuk futbolchining ko’ksini bulg’ab qo’yadi. Voqeani kuzatib turgan Garrincha esa kula-kula maydonga cho’zilib oladi. O’yin tugaganidan keyin u kuchukni qidirib topib, Braziliya terma jamoasining qarorgohiga olib ketadi. Ajablanarli jihati shundaki, Mane kuchukka «Bi» laqabini bergandi.
SALOMATLIK SIRLARI
Braziliyalik to’p afsungari Sokratesning faoliyatidagi dastlabki professional shartnomasida futbol uchun g’alati bir band bor edi. Unga ko’ra «Botafogo» klubi futbolchining tibbiyot universitetida o’qishiga halaqit berishi mumkin emas edi. U futbol o’ynab yurib, pediatr-vrach diplomini oldi. Aniqrog’i o’qib yurib, futbol o’ynadi va katta e’tibor qozondi. Uni Doktor Sokrates deb atay boshlashdi va ismini taniqli faylasuf Suqrotga qiyoslab talaffuz qilishardi.
JISMONIY TARBIYA
Ishonish qiyin bo’lsada bu aniq fakt: Shevchenko Kiev Jismoniy tarbiya institutiga hujjat topshirayotganida bir necha yillardan beri shug’ullanib keladigan va bu sohada har kimga o’zi soatlab ma’ruza o’qiy oladigan fan – futbol bo’yicha imtihondan o’ta olmagan. «Bu sport turi nazariyasini yaxshi bilmas ekansiz», - degandi o’shanda imtihon olgan kishi. O’shanda bu inson 2004-yil Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bilan suhbatlashayotganini sezganida bormi…
TARIX
Millionlar o’yini endi-endi oyoqqa turayotgan davrlarda futboldagi eng «oily» jazo – 11 metrlik jarima to’p amalga oshirilmas edi. Eng jiddiy jazolar sirasiga kiruvchi penalti tepish futbol qoidalari oilasida o’z-o’zidan kirib qolgani yo’q. 1891 yili Angliya kubogi uchun «Notts Kaunti» va «Stok Siti» jamoalari o’rtasidagi uchrashuv bunga sabab bo’lgandi. O’yin davomida «Stok Siti» raqibiga 0:1 hisobida yutqazayotgandi. Navbatdagi hujumlarning birida bo’sh darvozaga yo’naltirilgan to’pni «Notts Kaunti» o’yinchisi qo’li bilan qaytarib qoladi. Qoida buzilgan nuqtadan bajarilgan zarba nishonga aniq yetib bormaydi. Negaki, «Notts Kaunti» jamoasining barcha o’yinchilari darvoza oldida o’tib bo’lmas «jonli devor»ni hosil qilishgandi. Hisob o’zgarmadi va o’z-o’zidan uchrashuv tugagach, «Stok Siti» jamoasidan Angliya futbol rahbarlariga norozilik xati tushdi. Kengash norozilikni ko’rib chiqish davomida qoidaga jazoning yangi turini kiritdi: 12 yard (10 metru 97 sm) uzoqlikdan himoyachilar to’sig’isiz darvoza markazidan zarba berish.
Biroq bu bilan penalti tarixi o’z yakuniga yetmadi. Bu boradagi navbatdagi ko’tarilish ham «Stok Siti» futbolchilariga taaluqli bo’ldi. «Aston Villa»ga 0:1 hisobida yutqazayotgan «Stok Siti» jamoasi so’nggi soniyalarda penalti tepish huquqini qo’lga kiritdi. Raqib futbolchilari ayyorlik yo’liga o’tishib, to’pni uzoqqa ataylab tepib yuborishdi. To’pni qaytarib olib kelguncha esa vaqt tugadi. Penalti ham amalga oshirilmadi. Yana norozilik. Angliya futboli rahbarlarining Kengashi bu safar qoidaga «Penalti tepilmaguncha o’yin tugamasligi kerak», - degan qo’shimcha kiritdi. U paytlarda penaltilar tepish texnologiyasi hozirgilardan tubdan farq qilardi. Amalda esa jarima maydonchasi va 11 metrlik belgi oradan 11 yil o’tgach, ya’ni 1902 yili joriy qilindi. Endi asosiy gapga kelsak, 11 metrlik jarimna to’pi tepishni irlandiyalik Jon Penalti kashf qilgandi. O’shandan buyon mazkur jarima to’pi Jonning familiyasi bilan ataladi.
Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий