понедельник, 18 ноября 2013 г.

TANISHUV




   Ushbu maqolani oqiyotganlar orasida uylanganlar bolsa, maqolani oqish jarayonida oz rafiqalari bilan qanday tanishganliklarini bir eslab qoyishsa ajab emas. Maqolamiz biroz noodatiyroq. Yani mashhur top ustalarining oz rafiqalari bilan qanday tanishganliklari haqida. Bu sizni qiziqtirsa oqishni tavsiya etamiz, mabodo buni menga nima qizigi bor deb hisoblasangiz kozni yumingda keyingi sahifaga otavering.

   Futbol yulduzlari uchun qizlar bilan tanishish ortqicha muammo emas deb hisoblaguvchilar biroz adashishadi. Ha to’g’ri futbolchilar uchun qiz toppish aslo muammo emas. Ammo o’zi sevib qolgan insonnining ko’nglini topaverish ahmmaning ham qo’lidan kelavermaydi.
   Ma’lum bo’lishicha “Liverpul” va Angliya terma jamoasi yetakchilaridan biri Stiven Jerard romantik munosabatlarda biroz tortinchoq ekan. Yashil maydonda haqiqiy jangchi, lekin hayotda tortinchoq bo’lgan Stiven bilan uning rafiqasi Aleks Karran dastlab uchrashishni xohlamagan ekan. Yulduzli juftlik 2002 yilda kutilmagan vaziyatda tanishganlar. Oqsoch go’zalni bir ko’rishdayoq sevib qolgan Stiven u bilan kelib tanishishga dastlab yuragi betlamagan. Shuning uchun u do’stlaridan birini “vositachi” qilib, o’zining “qahramonliklari”ni unga so’zlab berishini iltimos qiladi. Lekin Aleks Karran “qahramon” bu futbolchi u bilan tanishishni xohlasa, o’zi birinchi qadamni tashlashi kerakligini, Jerardsiz ham ko’plab yaxshi yigitlar uyining ostonasida poyloqchilik qilishlarini “vositachi”ga uqtiradi. Natijada Jerad bir necha kunlik tayyorgarliklardan so’ng o’zida jasorat topib, Aleksga qo’ng’iroq qildi va shundan so’nggina ular o’rtasidagi ishqiy munosabatlar boshlandi. Ukarinalik yarim himoyachi Anatoliy Timoshuk  maktabning yuqori sinfida o’qib yurgan paytlari Nadejda bilan marshrut taksida tanishib qolgan. Ular dastlab do’stlashib olishdi, keyin bora-bora munosabatlari chuqur ildiz olib, samimiy muhabbatga aylandi.
   Rossiyalik hujumchi Aleksandr Kerjakov esa o’z jufti haloli hisoblanadigan Masha Golova bilan talabalik davrida tanishishgan. Ular ancha uzoq, deyarli bir yil davomida bir-birlarini o’rganishgan. Mashaning so’zlariga qaraganda, Sasha tanishuvning ilk kunlaridanoq unga yoqib qolgan. “Sasha og’ir tabiat, bosiq inson ekan. Bizning munosabatlarimizni avvaliga hech kim bilmasdi. Bir-birimizni yaxshi o’rganib, keyin ota-onamizga oshkor etganmiz. Men mustaqil edim, uydagilarim shaxsiy masalalardagi ishimga aralashmasdi. Bu safar ham ular mening tanlovimga qarshi borishmadi, aksincha Sasha bilan yaqindan tanishib olishgach, munosabatlarimizni qo’llab-quvvatlashdi”, deydi futbolchining rafiqasi. Uning vatandoshi Xose Reynaga to’rttalab gol ura oladigan Andrey Arshavin 2003 yilning yozida bo’lajak rafiqasi bilan tanishgan. Yuliya Sankt-Peterburgning 104.4 radioto’lqinida “Futbolka” eshittirishini olib borardi. Rossiyalik yana bir mashhur charm to’p ustasi Yuriy Jirkov rafiqasi Inna Gracheva bilan 2007 yil bahorda do’stlari uyushtirgan kechada tanishgan edi. Bu kutilmagan tnishuv emasdi. Innaning yaqin dugonasi Yuriyning do’stlaridan biri Dima bilan uchrashib yurar va bir kuni kelib dugonasi Innani Yuriy bilan tanishtirishni orzu qilardi. Ular esa uzoq vaqt tanishishni xohlashmadi. Lekin baribir tanishuv kuni kelgach, ular bir-birlarini bir qarashdayoq sevib qolishdi. Shundan so’ng ular ajralmaydigan bo’lib qolishdi. Futbolchi bo’sh vaqt topdi deguncha Kaliningradga oshiqardi.
   2004 yilgi “Oltin to’p” sohibi ukrainalik Andrey Shevchenko o’zining rafiqasi – amerikalik model Kristen Pazik bilan afsonaviy dizayner Jordjio Armanining moda kechalardidan birida tanishdi. Kristenning o’zi Andreyning yoniga keldi va uning futbolda ko’rsatayotgan o’yinlariga qoyil qolishini ta’kidlaydi. Ularning suhbatlari birdaniga silliqqina qovushib ketmadi: amerikalik go’zal “xonim” rus tilini umuman bilmasdi, ukrainalik “janob” esa ingliz tiliga anchagina no’noq edi. Lekin shunga qaramay, ular mobil sevgi aloqasiga asos soldilar: Kristen va Andreyning barcha bo’sh vaqtlari telefonda faqat o’zlarigina tushunib yeta oladigan tilda suhbat qurishga sarflana boshlandi. Telefon orqali bo’ladigan suhbatlar tezlik bilan ko’rishishga zamin yaratib bersa ham, amalda buning aksi bo’ldi – ikki tomonning ham taniqli kishilar ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, yo unisining, yo bunisining “aybi” tufayli uchrashuv ham bir necha martalab keyinga surilardi.
   Gollandiyalik sobiq darvozabon Edvin van der Saar bo’lajak rafiqasi Anna-Mariya Van Kesteren bilan Amsterdamda akasining baqqollik do’konida tanishib qolishgan. Shundan so’ng ularning munosabatlari yanada chqur ildiz otgan. Yana bir golland Van der Vaart 2003 yilning martida gollandiyalik fotomodel va teleyulduz Silviya Meys bilan tanishadi. Rafael bir kuni televizorda Silviya olib borayotgan dasturni tomosha qilayotgandi va unga “Ayaks”ning futbolkasini sovg’a tariqasida yuborishga qaror qildi. O’z navbatida teleboshlovchi sovg’ani mamnuniyat bilan qabul qildi va futbolchini o’zining dasturida ishtirok etishga taklif qildi. Ular uchrashdilar va Silviya o’zidan besh yosh katta bo’lishiga qaramay, futbolchi uni yoqtirib qoldi. Ularning sevgi romani tezlik bilan rivojlanib bordi.
   Erta porlab, erta so’ngan angliyalik Maykl Ouen esa bo’lajak rafiqasi Luiza Bonsal bilan maktab davrida birga o’qigan. Ularning bir-birlariga bo’lgan muhabbatlari qanot yoyganida Maykl 14, Luiza esa 13 yoshda bo’lgan. Ularning uylari ham bir-biriga yaqin bo’lgan. Alberto Jilardino va Alisa Bregolialarning tanishuvlari tarixini Alisa quyidagicha ta’riflaydi: “2002 yilning dekabr oyida men qishki ta’tilimni dugonamnikida o’tkazayotgandim. O’sha yerda menga Albertoni tanishtirishdi. Biz bir qarashdayoq bir-birimizni yoqtirib qoldik va bu yigit mening taqdirim ekanligini tushunib yetdim. Ertasi kundan biz uchrasha boshladik. Biroq uning futbolchi ekanligini avvaliga bilmagandim. Faqatgina uning yig’inlarga jo’nab ketganidan so’ng buni tushunib yetdim”.
   “Arsenal”da tanilib, “Barselona”da “yo’qolib” qolgan beloruslik Aleksandr Gleb
Belorussiyaning modalar jurnali uchun Sergey Shurkoga intervyu beradi. Sashani suratga tushishga qo’ndirish oson bo’lmadi. Aynan shu yerda uning taqdirini o’zgartirib yuborgan uchrashuv ro’y berdi. Taqdir uni bo’lajak rafiqasi Anastasiya bilan uchrashtirdi. Bu haqda Nastya so’zlab beradi: “2006 yilning yozida “Topless” guruhi tarqalib ketish arafasida edi. Men tushkun holatda bo’lib, og’ir damni boshdan kechirayotgan edim. Bu orada menga fotosessiyada suratga tushishni taklif qilib qolishdi. O’ylab o’tirmasdan rozi bo’ldim. Irena Gudievskayaning fotostudiyasiga keldim va bu yerda taniqli futbolchi Aleksandr Gleb bilan tanishib qoldim. 15 daqiqalik suhbatdan so’ng biz bir-birimiz uchun yaratilganimizni tushunib yetdim. Uning samimiy va mehribon inson ekanligi bilinib turardi. Ertasi kuniyoq Sasha menga kutilmaganda birinchi sovg’asini yuboribdi. Chiroyli qoplangan paket ichida yangi sport kostyumi va unda “Nastya, bu sport kostyumi senga ma’qul keladi deb o’ylayman. Sasha”. Nega aynan sport kostyumi sovg’a qildi? Chunki tanishgan kunimiz Sasha mendan kelishgan qad-qomatim haqida, sport bilan shug’ullanishim haqida so’radi. Men sportzalga borib shug’ullanishimni, har kuni yugurishimni aytdim. Shuning uchun bo’lsa kerak, u menga sport kostyumini sovg’a qildi”.
   Murabbiylar dahosi, yaqindagina murabbiylik faoliyatiga nuqta qo’ygan „Manchester Yunayted“ klubi afosnasi Ser Aleks Fergyusson 60-yillardagi ish tashlash namoyishlaridan birida sevgilisi – Keti Xoldingni uchratdi. U Ketini birinchi bor ko’rshda sevib qolgan.
  
P.S: O'zim yiqqan ma'lumotlar asosida tayyorladim. Ushbu maqolam Interfutbol gazetasida chop etildi.

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com





Комментариев нет:

Отправить комментарий