четверг, 22 августа 2013 г.

«Yosh jurnalistlar» seminar-treninggi


   «Kelajak ovozi» Yoshlar Tashabbuslari Markazi faollari yozgi ta’tilda tinim bilishmayapti. Deyarli har haftada har bir yo’nalishning seminar-treninglari bo’lib o’tmoqda. Jumladan 7-9 avgust kunlari «Pressa» yo’nalishi vakillari “Yosh jurnalistlar klubi” yozgi o’quv-seminarini tashkil etdik. Unda 18 nafar yosh jurnalistlar ishtirok etishdi. Biz seminar-trening mobaynida yaqinda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan «Kelajak ovozi» yozgi o’quv-oromgohida olgan bilimlarimizdan foydalandik. Treningni men, Nurjanova Xurliman va Seytnazarova Guljahanlar birgalikda olib bordik. Seminar mobaynida biz televideniya bo’yicha «standup», «vox-pop», reportaj tayyorlash, sinopsis yozish, bosmaso’z bo’yicha esa maqola yozish, lid, mavzu tanlash, gazeta dizayni, rubrika kabi qator mavzularni o’z tengdoshlarimizga o’rgatdik. Shuningdek jurnalistikaga oid bir nechta interaktiv o’yinlarni ham o’ynadik, psixologik mashqlarni bajardik. Har bir ishtirokchi o’zlari bevosita maqola yozishdi, guruhlarga bo’lingan holda sinopsis yozishdi.   Seminar-trening yakunida «Kelajak ovozi» YoTM tomonidan barcha ishtirokchilarga «Yosh jurnalistlar klubi yozgi o’quv seminarida qatnashganligi uchun», biz trenerlarga esa ana shu seminarda trenerlik qilgani uchun sertifikatlar topshirildi. Biz bunday treninglarni kelgusida yana o’tkazishni rejalashtirmoqdamiz, shuningdek yangi o’quv mavsumida ham «Yosh jurnalistlar klubi» o’z faoliyatini davom ettiradi.
   Biz trening yakunlanganidan so’ng ishtirokchilar fikrlari bilan qiziqdik:
Tumaeva Aygul (TATU Nukus filiali talabasi): maqola yozishga juda qiziqqanligim bois ushbu seminarda ishtirok etdim. Menga treninglar juda ham yoqdi. Keljakda yana mana shunday seminarlarda ishtirok etmqochiman.
Ayimbetova Aysuliw (1-sonli tibbiyot kolledji o’quvchisi): Televizorda jurnalistlarni ko’rib, bu kasb oson bo’lsa kerak deb o’ylar edim. Ushbu treningda ishtirok etib, bu fikrimdan biroz qaytdim. Mikrofon qanday ushlashdan tortib, oldindan sinopsis yozish, standup ishlash va reportajni qanday tayyorlash borasida juda ko’plab narsalarni o’rgandim. Kelajakda o’zimni televidenie sohasida sinab ko’rmoqchiman.
Qudaybergenov Alibek (TKO’INF talabasi): Mazkur seminar-trening mobaynida jurnalistikaga bo’lgan mehrim yanada oshdi. Endilikda ko’proq maqolalar yozishga harakat qilaman. Shunindek psixologik mashqlar va turli interaktiv o’yinlar ham menda katta taasurot qoldirdi.


Yusupov Furqat, «Kelajak ovozi»,  Pressa yo’nalishi a’zosi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий