суббота, 24 августа 2013 г.

Futbol erkaklar o’yini emas!

   Futbol faqat erkaklar o’yini degan so’z bugungi kunda ancha eskirib ulgurdi. Hozirgi kunda futbol jins tanlamaydi. Bundan 3 yil oldin Jahon chempionatining  AQSH-Gana uchrashuvni  uyida oynai jahon orqali tomosha qilayotgan  Amerikalik futbol fanati sevimli jamoasi mag’lubiyatga uchragach, jahl ustida 3 oylik bolasini urib o’ldirib qo’ygan edi. Ha fanatizmga qattiq berilib ketish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin.  Xo’sh ayollarimiz erkaklarning futbol ko’rishiga qanday fikr bildirishar ekan? Bu borasida “Bo’ston” sihatgohida dam olayotgan ayollar va KO faollarining fikrlari bilan qiziqdik.

Karimova Shaxlo (Sihatgoh “Ma’naviyat va marifat” bo’limi boshlig’i): - Hamma narsani unutib ketib, ichiga kirib ketishiga qarshiman. Hammasi me’yorida bo’lishi kerak. Lekin ba’zan o’g’illarim bilan birga o’zim ham millionlar o’yinini ko’rib turaman.
Yuldasheva farida (Oshxona xodimi): - Biz oilaviy futbol ishqibozimiz. O’g’lim “Liverpul”, xo’jayinim “Tottenxem”ga, o’zim esa “Arsenal”ga muxlislik qilaman. Lekin men ba’zida konsert ko’rmoqchi bo’lsam, ular bilan tortishib qolaman.  Axir erkaklar futbol turganda konsert ko’risharmidi?
Muqaddas Taylanova (KO faoli): - Menga futbol yoqmaydi. Akam yoki ukam futbol ko’rayotgan bo’lsa boshqa kanalga olaman. Boisi ba’zida dars qilayotganimda baqir-chaqir qilib, menga halaqit berishadi.
Moxiya Zaynutdinova (dam oluvchi): - Xonadonimizda ham, qo’shnilarimizda ham yarim tungacha futbol ko’rib chiqishadi. Bunga ko’nikib ketganman. Soat 2-3 larda futbol bo’ladigan bo’lsa, kofe, choylarini damlab, uxlab qolmay deb navbatchilikda turishadi. Navbatchi   odam futbol boshlansa butun oilamiz a’zolarini uyg’otib, ertalabgacha futbol ko’rib chiqishadi. Lekin xudoga shikrki uyimizda tosh oynalar sinmaydi.
Gulruh Abduhalimova (Internet PR faoli):  - Meni futbolga bo’lgan munosabatim ijobiy. Yoshligimdan bilaman uyimizda dadam, akam, ukalarimga qo’shilib onam, ba’zida esa o’zim ham futbol ko’rib turaman.  1-2 ta erkaklarning futbol ko’rmasligiga hayron qolaman. Qanday qilib futbol ko’rmaslik mumkin? Shunaqa yigitlar borki, futbolni o’rniga serialmi yoki kino ko’rishadi. Rosti bunday bollarni tushunmayman. Men o’ylaymanki, erkak kishi baribir futbol ko’rishi kerak.
Umida Qodirova (KO faoli): - Dadam futbol ko’rayotganda men ularga hamroxlik qilishim mumkin.  Futbol ko’ruvchilarga qarshiligim yo’q.



Yusupov Furqat

MeDiA CaMp-2013 dan maxsus

Комментариев нет:

Отправить комментарий