V-Peer
yoshlar tarmog’i va «Kelajak ovozi» Yoshlar Tashabbuslari Markazi
Qoraqalpog’iston Respublikasi bolimi bilan hamkorlikda 26-30 iyul kunlari «Biz
salamat turmis tarzi ushin» deb nomlangan teatral ko’nikmalar seminar-treninggi
o’tkazildi. Seminarda Ramazanov Medet va Bekmuratova Gulmira trenerlik
qilishgan bo’lsa, Ayjarqin Ahmedova fasilitator vazifasini bajardi. Trening
mobaynida Kelajak ovozi faollarining 14 nafari ishtirok etishdi. Biz seminar
mobaynida OIV va OITS, jinsiy yo’llar bilan aniqlanadigan infektsiyalar, hamda
gender mavzulari bo’yicha bilim va ko’nikmalarimizni yanada orttirib oldik.
Shuningdek biz seminar mobaynida har kuni turli hil interaktiv o’yinlar
o’ynadik, yuqoridagi mavzularga oid videoroliklarni tomosha qildik va teatral
sahna ko’trinishlarini bajardik. Seminarning eng so’nggi kunida esa yuqoridagi
mavzular bo’yicha 3 ta jamoaga bo’lingan holda sahna ko’rinishlarini ijro
etdik. Seminar-trening
yakunida esa barcha ishtirokchilarga «Kelajak ovozi» YoTM tomonidan
sertifikatlar topshirildi. Biz trenerlarning fikrlari bilan o’rtoqlashdik.
Ramazanov Medet: O’tgan seminar
treninggimizning maqsadi hozirgi kunning global muammolari bo’lgan OIV va
OITSga qarshi profilaktika, giyohvandlik, stigma, diskriminatsiya, gender
tengligi haqida bo’lib o’tdi. Bunda biz seminar qatnashuvchilariga teatral
ko’nikmalar orqali informatsiyalar berib, ishtirokchilar bilan birga sahnali
ko’rinishlar qo’yib berdik. Xalqimiz orasida reproduktiv salomatlik saqlashga
qaratilgan bunday oquv seminar-treninglarini bundan keyin ham davom ettiramiz
va seminarga qatnashuvchilarni chaqirib qolamiz.
Bekmuratova Gulmira: Trening qiziqarli
va mazmunli o’tdi deb hisoblayman. Sababi OIV va OITS va hozirgi yoshlar
orasida ko’p uchraydigan jinsiy yo’llar bilan yuqadigan kasalliklar haqida
to’liqroq ma’lumotlar berishga harakat qildik. Jamoalar birgalikda ishlagan
ishlari, tayyorlagan sahna ko’rinishlari mehnatimiz samarasi deb o’ylayman.
Yoshlarni sog’lom turmush tarziga yo’naltirishda bunday treninglarni o’tishda
davom etamiz va bu yo’lda birgalikda kurashishga hammani chaqiramiz.
Yusupov Furqat, Kelajak-Press
a’zosi
Комментариев нет:
Отправить комментарий