воскресенье, 25 августа 2013 г.

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK FUTBOLINING 22 TA YUTUG’I.


 Mustaqillikka erishganimizga 22 yil bo’ldi. Ana shu davr mobaynida O’zbek futboli o’ziga yarasha salmoqli yutuqlarga erisha oldi. Biz aynan mana shunday yutuqlarning 22 tasini sanab o’tmoqchimiz.



1.O’ZBEKISTON OSIYO O’YINLARI G’OLIBI-1994
   Futbolimiz tarixidagi eng katta sovrinni yutganimizga ham 20 yil bo’libdi. Ushbu g’alaba, shubhasiz, futbolimiz tarixidagi eng yirigi. O’shanda Akramov shogirdlari Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Xitoy kabi termalarni maydonda tiz cho’ktirgandi. Finalda xamyurtlarimiz chin yurti mamlakati vakillaridan ustin kelishganida, xitoy hukumati rahbari shunday degan edi: “Osiyo o’yinlarida qo’lga kiritilgan barcha medallarni shu bitta futbolda qo’lga kirita olmagan oltinga almashgan bo’lardim”.
2. O’ZBEKISTON OSIYO KUBOGI-2011 ½ FINALCHISI.
   Termamizning “Oltin tarkibi” ilk bor qit’aning kuchli to’rtligidan joy oldi. Ushbu muvaffaqiyatlarga Avstraliyadan uchralgan qaqshatqich zarba balki soya solar. Lekin tan olaylik ushbu musobaqa termamizga bo’lgan ishonchimizni yana qaytardi.
3. AMPUTANTLAR TERMA JAMOAMIZ 3 KARRA JAHON CHEMPIONI
   Nogiron amputantlar terma jamoamiz dastlab 2007 yili Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkazilgan jahon chempionatida g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Oradan 3 yil o’tib esa ushbu muvaffaqiyatlar tasodif emas ekanligi isbotlandi. Argentina mamlakati mezbonlik qilgan turnirda vakillarimiz finalda mezbonlardan ustun ekanliklarini isbotlashdi va tarixiy ikkinchi jahon chempionligini tantana qilishdi. 2012 yilii Rossiyada o’tkazilgan mundialda vakillarimiz bus afar ham mezbonlarni mag’lubiyatga uchratishdi va 3 karra jahon chempioni degan nomga sozovor bo’lishdi.
4. O’SMIRLARIMIZ JCH-2011 ¼ FINALIDA
   Meksikada o’tkazilgan o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionatida Aleksey Evstafeev shogirdlari dunyoning eng kuchli 8 ta terma jamoasi safidan joy olib, butun dunyoga O’zbek futbolining kelajagi buyuk ekanligini isbotlashdi.
5. YOSHLARIMIZ JCH-2013  ¼ FINALIDA
   Meksikada to’p surgan o’smirlar terma jamoamizning davomchilari bu safar yoshlar o’rtasidagi mundialda ham kuchli 8 talikka kira olishdi. Har holda musobaqa davomida bizni yutgan 2 ta terma jamoa ham finalga chiqqanligini inobatga olsak, jamoamizning ishtirokiga yomon baho qo’ya olmaymiz.
6. O’SMIRLARIMIZ OSIYO CHEMPIONI-2012
   Garchi guruhdan zo’rg’a chiqqan bo’lsak ham, pley-off bosqichida musobaqa fovoritlari Janubiy Koreya, mezbon Eron va finalda Yaponiya termalarini mag’lub etgan o’smirlarimiz O’zbekiston futboliga ilk bor Osiyo chempionligini keltirishdi. Bu bizning Osiyo miqyosidagi yagona chempionligimizdir.  
7. O’ZBEKISTON FIFANING FEYR-PLEY SOVRINI SOHIBI-2012
   FIFAning ushbu nufuzli sovrini qo’lga kiritish o’zbek futbolining 100 yilligiga munosib sovg’a bo’ldi desak also mubolag’a bo’lmaydi. Bu biz uchun juda katta yutuq hisoblanadi.
8. RAVSHAN ERMATOV JCH VA OLIMPIADA O’YINLARINING OCHILISH UCHRASHUVLARINI BOSHQARDI.
   O’zbek hakamiga bunday 2 ta yirik turnirning ochilish uchrashuvini boshqarish nasib etishi, ko’pchilikning havasini ham, hasadini ham keltirgani bor gap. Ermatov mundialda 5 ta, Olimpiadada 3 ta o’yinni boshqarib rekordlar o’rnatdi va mutaxassislar tomonidan  Kollinaning vorisi sifatida e’tirof etildi.
9. “BUNYODKOR” STADIONI
   Poytaxtimizda yangi barpo etilgan “Bunyodkor” stadioni mustaqilligimizning 21, futbolimizning 100 yilligiga munosib sovg’a bo’ldi. Ushbu stadionda hali xudo xohlasa JCH final bosqichlariga yo’llanmalarni qo’lga kiritamiz.
10. NASAF OFK KUBOGI-2011 G’OLIBI
   Klublarimizning Osiyo maydonlaridagi ilk yutug’i. Qarshilik futbolchilar munosib tarzda g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Ayniqsa raqiblar ustudan qozonilgan 9:0, 7:1 kabi yirik g’alabalar “ajdarlar”ni raqiblardan naqadar kuchli ekanligidan dalolat berardi.
11. SERVER JEPAROV OSIYONING 2 KARRA ENG YAXSHI FUTBOLCHISI.
   Server 2008 va 2011 yillari Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Hozirgi kunda ham u Osiyoning eng kuchli 5 nafar futbolchilarining biri hisoblanadi.
12. RAVSHAN ERMATOV OSIYONING 4 KARRA ENG YAXSHI HAKAMI.
   Ermatov ketma-ket (2008-2011) 4 marta Osiyoning eng kuchli hakami sifatida e’tirof etildi. Hozirgi kunda hamyurtimiz jahon hakamlar reytingi peshqadamlari biri ekanligi hech kimga sir emas.
13. MAHMUD RAHIMOV OSIYONING ENG YAXSHI MURABBIYI-1999
   Marhum Mahmud Raximov O’zbekistondan ham kuchli murabbiylar chiqishini isbotladi va haqli ravishda Osiyoning eng yaxshi murabbiyi degan unvonini qo’lga kiritdi. Afsuski, u kishiga termamizni uzoq boshqarish nasib etmadi. Ilohim joylari jannatda bo’lsin.
14. RAUF INILIEV OSIYONING ENG YAXSHI MURABBIYI-2007
   Osiyo kubogi-2007da ancha mazmunli o’yinlar ko’rsatib, muxlislar va mutaxassislarning yuksak e’tiroflariga sazovor bo’lgan termamiz bosh murabbiyi haqli ravishda Osiyoning eng kuchli murabbiyi deb tan olindi. Iniliev davrida termamiz ancha salohiyatli ko’ringandi. Bunga misol tariqasida Xitoy va Saudiya Arabistoni termalari ustidan qozonilgan yirik g’alabalarni ko’rsatishimiz mumkin.
15. FUTZALCHILARIMIZ 3 KARRA OSIYO VITSE-CHEMPIONI.
   Futzal termamizning Osiyoda o’z o’rni bor. Minichilarimiz muntazam ravishda Osiyo chempionatida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelishmoqda. Jumladan 3 marta (2001,2006,2010 yillarda) finalgacha yetib borishgan. Afsuski haligacha futzalchilarimiz ham Jahon chempionati mazasini totib ko’rishmadi.
16. “PAXTAKOR” MDH KUBOGI-2007 G’OLIBI.
   O’sha paytga kelib turnir saviyasi biroz tushgan bo’lsa ham, paxtakorchilar MDH kubogida zafar quchishga muvaffaq bo’ldilar. Darxaqiqat, o’sha yili “Paxtakor” raqiblaridan bir bosh ustunlik qilgandi.
17. RIVALDO, SKOLARI VA ZIKO “BUNYODKOR”DA.
   Oltin to’p sohibi Rivaldo deyarli 2 mavsum ajoyib o’yinlar ko’rsatib, hatto chempionatimiz to’purari bo’lgandi. Uning yurtimizda to’p surishi futbolimiz rivojini yanayam tezlashtirib yubordi. Futbolchilik faoliyatida “Oq Pele” laqabini olgan va murabbiylik qilayotgan Ziko “qaldirg’ochlar”ni qisqa vaqt boshqardi. Undan keyin jahon chempionligini qo’lga kiritgan Skolari “Bunyodkor”da ish boshladi. “Katta Fil” yurtimiz futboli rivoji uchun qo’lidan kelganicha xizmat qildi.
18. O’ZBEKISTON MERDEKA KUBOGI-2011 G’OLIBI.
   Balki ushbu sovrin katta ahamiyatga emasdir, lekin ushbu yutuq termamizning sanoqli sovrinlaridan biri. Ayniqsa, finalda bosniyaliklar ustidan qozonilgan g’alabaning qadri baland baribir.
19. O’SMIRLAR TERMASI OSIYO VITSE-CHEMIONI-2011
   Toshkentda o’tkazilgan o’smirlar o’rtasidagi qit’a chempionati muxlislarimizni yana stadionga qaytardi. O’smirlarimizning chiroyli o’yinlarini muxlislar yoqimli xotiralar bilan eslashadi. Evstafeev shogirdalari Osiyo chempionligiga xaqli edilar. Afsuski, yana hakamlar “qovun tushirishdi”.
20. YOSHLAR TERMASI OSIYO VITSE-CHEMPIONI-2009
   Ahmad Ubaydullaev shogirdlari Avstraliya, Xitoy va Janubiy Koreya termalaridan ustun kelib, finalgacha yetib kelishga muvaffaq bo’lishdi. Finalda sa BAAliklariga imkoniyatni boy berishdi. Shunday bo’lsa ham, ushbu musobaqa biz uchun unutulmas lahzalarni taqdim etdi.
21. NEFTCHI-1993, PAXTAKOR-2008 MDH KUBOGI FINALIDA.
   1993 yili Yuriy Sarkisyan shogirdlari musobaqada juda kuchli raqiblardan ustun kelib, o’sha paytdagi MDH qiroli “Spartak” Moskvaliklargagina imkoniyatni boy berishgandi. Paxtakorchilar esa 2008 yili ushbu sovrinni qatorasiga ikkinchi marta qo’lga kiritishlari mumkin edi.
22. OLIMPIYACHILARIMIZ AGRIBANK VA LOBONOVSKIY XALQARO TURNIRLARI G’OLIBI.
   Ushbu sovrinlar orasida ayniqsa, finalda Ukrainaliklarni mag’lubiyatga uchratib qo’lga kiritilgan “Lobonovskiy” xalqaro turniridagi yutuq biz uchun judayam qadrlidir. Agribank turnirida ham Olimpiyachilarimiz sovrinni qo’lga kiritishgan.


Mana, qadrli yurdoshlar mustaqillik yillarida qo’lga kiritgan eng katta yutuqlarimiz bilan ham tanishdingiz. Balki bu reyting kimlarnidir e’tirozlariga sabab bo’lar. Men shunchaki o’z xulosalarimdan kelib ushbu reytingni tuzib chiqdim xolos.

Комментариев нет:

Отправить комментарий