Toshkent viloyatida joylashgan «Bo’ston» sihatgohida 22-avgust kuni mediakonferensiya bo’lib o’tdi. Unda Fond Forum vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova rahbarlik qilib bordilar. Mazkur konferensiyada shuningdek bir qator mashhur insonlar ham ishtirok etdilar. Jumladan san’atkorlardan, Jahongir Poziljonov, Nilufar Usmonova, «Sahro» va «Zarba» guruhlari, aktyorlardan Murod Rajabov, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Ulug’bek Qodirov, Xasan va Xusan Solihovlar, rejissyor va klipmeykerlar Javlon Shodmonov, Shahrizod Nigmatov, Yodgor Nosirov, «Mehr Nuri» jamg’armasi va «Hayot uchun» milliy Asotsiatsiyasi vakillari, oromgohda mahorat darslarini o’tayotgan trenerlar, «Kelajak ovozi» Yoshlar Studiyasi vakillari, Forum TV kanali muxbirlari, «Darakchi» va «Tasvir» gazetasi, «Jannat Makon» va «Bella Terra» jurnali, Sayyod.uz, Shov-shuv.uz, fattohhon.uz, va kun.uz saytlarining jurnalistlari qatnashdilar. Konferensiyada Baxtiyor To’raxonov moderatorlik qilib bordi.
kelajak ovozi, media Camp,
180 nafardan ortiq yosh jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan bir nechta savollariga javob oldilar. Jumladan bugungi kunda dolzarb sanalgan media muammolar, Estrada va san’at, kino sanoati haqida tanqidiy fikr-mulohazalar aytildi. Aytish joizki ishtirokchilarning zerikishlariga also vaqtlari bo’lmadi. Boisi savollarga aniq va qiziqarli javoblarni oldilar.
Biz konferensiya yakunlanganidan so’ng, ayrim san’atkorlarimizning fikrlari bilan qiziqdik.
Alisher Uzoqov: - Konferensiya o’ylaymanki juda qiziqarli tarzda o’tdi. Bunday uchrashuvlar yosh jurnalistlarni yanada ruhlantirib ularni yana yangi qirralarni zabt etishlariga undaydi deb o’ylayman. Shaxsan o’zim ham ushbu media konferensiyada ishtirok etganimdan xursandman.
Adiz Rajabov: - Bugungi konferensiyada juda ahamiyatli masalalarga to’xtalib o’tildi. Ayniqsa saviyasiz filmlar va kliplar haqidagi fikrlarga to’lqi qo’shilaman. Yosh jurnalistlarga ushbu jonli muloqot har tomonlama foydali bo’ldi deb hisoblayman.
Furqat Yusupov
MeDiA CaMp-2013 dan maxsus
Комментариев нет:
Отправить комментарий