Mavzuni
o’qib bu maqola metro haqida bo’lsa kerak deb o’ylagan bo’lsangiz adashasiz. Men
uchun Media Camp-2013 oromgohi haqiqiy sarguzashtlarga boy bo’lmoqda. Bu qanday
sarguzasht bo’ldi ekan deb qiziqayapsizmi? Unda eshiting, yo’g’-ey, o’qib
ko’ring. Xullas, kamina oromgohga kelgan kuni Husan akaning aytganlari bo’yicha
410-xonaga joylashdim. Menga ajratilgan joyda oldindan odam turgani bois, 510-bekatga,
aniqrog’i xonaga ko’chirishdi. Atigi 1 soatdan keyin esa qandaydir sabablarga
ko’ra, 504-bekatga yo’l oldim. Ertasiga esa bu xona bilan ham vidolashishimga
to’g’ri kelib qoldi. Shu tariqa 306-xonaga joylashdim. "Uff, xudoga shukr, o'rnimni topdim" deb o'ylagan edim. Afsuski, chuchvarani xom sanagan ekanman. Yana ko'chishimga to'g'ri keldi. keyingi bekatim 306-xona bo'ldi. Bu ketishda “Bo’ston” sihatgohining rekordlar kitobidan
joy olaman shekilli. Yangi xonamga kirishim bilan menda yangi hayollar paydo
bo’la boshlaydi:«Keyingi bekatim qaysi bo’lar ekan» deb. Yaxshiyam oromgoh 1
hafta davom etadi. Mabodo 15 kun bo’lganida bormi?
zor maqola bolibdi
ОтветитьУдалить