воскресенье, 25 августа 2013 г.

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK FUTBOLINING 22 TA YUTUG’I.


 Mustaqillikka erishganimizga 22 yil bo’ldi. Ana shu davr mobaynida O’zbek futboli o’ziga yarasha salmoqli yutuqlarga erisha oldi. Biz aynan mana shunday yutuqlarning 22 tasini sanab o’tmoqchimiz.



1.O’ZBEKISTON OSIYO O’YINLARI G’OLIBI-1994
   Futbolimiz tarixidagi eng katta sovrinni yutganimizga ham 20 yil bo’libdi. Ushbu g’alaba, shubhasiz, futbolimiz tarixidagi eng yirigi. O’shanda Akramov shogirdlari Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Xitoy kabi termalarni maydonda tiz cho’ktirgandi. Finalda xamyurtlarimiz chin yurti mamlakati vakillaridan ustin kelishganida, xitoy hukumati rahbari shunday degan edi: “Osiyo o’yinlarida qo’lga kiritilgan barcha medallarni shu bitta futbolda qo’lga kirita olmagan oltinga almashgan bo’lardim”.
2. O’ZBEKISTON OSIYO KUBOGI-2011 ½ FINALCHISI.
   Termamizning “Oltin tarkibi” ilk bor qit’aning kuchli to’rtligidan joy oldi. Ushbu muvaffaqiyatlarga Avstraliyadan uchralgan qaqshatqich zarba balki soya solar. Lekin tan olaylik ushbu musobaqa termamizga bo’lgan ishonchimizni yana qaytardi.
3. AMPUTANTLAR TERMA JAMOAMIZ 3 KARRA JAHON CHEMPIONI
   Nogiron amputantlar terma jamoamiz dastlab 2007 yili Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkazilgan jahon chempionatida g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Oradan 3 yil o’tib esa ushbu muvaffaqiyatlar tasodif emas ekanligi isbotlandi. Argentina mamlakati mezbonlik qilgan turnirda vakillarimiz finalda mezbonlardan ustun ekanliklarini isbotlashdi va tarixiy ikkinchi jahon chempionligini tantana qilishdi. 2012 yilii Rossiyada o’tkazilgan mundialda vakillarimiz bus afar ham mezbonlarni mag’lubiyatga uchratishdi va 3 karra jahon chempioni degan nomga sozovor bo’lishdi.
4. O’SMIRLARIMIZ JCH-2011 ¼ FINALIDA
   Meksikada o’tkazilgan o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionatida Aleksey Evstafeev shogirdlari dunyoning eng kuchli 8 ta terma jamoasi safidan joy olib, butun dunyoga O’zbek futbolining kelajagi buyuk ekanligini isbotlashdi.
5. YOSHLARIMIZ JCH-2013  ¼ FINALIDA
   Meksikada to’p surgan o’smirlar terma jamoamizning davomchilari bu safar yoshlar o’rtasidagi mundialda ham kuchli 8 talikka kira olishdi. Har holda musobaqa davomida bizni yutgan 2 ta terma jamoa ham finalga chiqqanligini inobatga olsak, jamoamizning ishtirokiga yomon baho qo’ya olmaymiz.
6. O’SMIRLARIMIZ OSIYO CHEMPIONI-2012
   Garchi guruhdan zo’rg’a chiqqan bo’lsak ham, pley-off bosqichida musobaqa fovoritlari Janubiy Koreya, mezbon Eron va finalda Yaponiya termalarini mag’lub etgan o’smirlarimiz O’zbekiston futboliga ilk bor Osiyo chempionligini keltirishdi. Bu bizning Osiyo miqyosidagi yagona chempionligimizdir.  
7. O’ZBEKISTON FIFANING FEYR-PLEY SOVRINI SOHIBI-2012
   FIFAning ushbu nufuzli sovrini qo’lga kiritish o’zbek futbolining 100 yilligiga munosib sovg’a bo’ldi desak also mubolag’a bo’lmaydi. Bu biz uchun juda katta yutuq hisoblanadi.
8. RAVSHAN ERMATOV JCH VA OLIMPIADA O’YINLARINING OCHILISH UCHRASHUVLARINI BOSHQARDI.
   O’zbek hakamiga bunday 2 ta yirik turnirning ochilish uchrashuvini boshqarish nasib etishi, ko’pchilikning havasini ham, hasadini ham keltirgani bor gap. Ermatov mundialda 5 ta, Olimpiadada 3 ta o’yinni boshqarib rekordlar o’rnatdi va mutaxassislar tomonidan  Kollinaning vorisi sifatida e’tirof etildi.
9. “BUNYODKOR” STADIONI
   Poytaxtimizda yangi barpo etilgan “Bunyodkor” stadioni mustaqilligimizning 21, futbolimizning 100 yilligiga munosib sovg’a bo’ldi. Ushbu stadionda hali xudo xohlasa JCH final bosqichlariga yo’llanmalarni qo’lga kiritamiz.
10. NASAF OFK KUBOGI-2011 G’OLIBI
   Klublarimizning Osiyo maydonlaridagi ilk yutug’i. Qarshilik futbolchilar munosib tarzda g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Ayniqsa raqiblar ustudan qozonilgan 9:0, 7:1 kabi yirik g’alabalar “ajdarlar”ni raqiblardan naqadar kuchli ekanligidan dalolat berardi.
11. SERVER JEPAROV OSIYONING 2 KARRA ENG YAXSHI FUTBOLCHISI.
   Server 2008 va 2011 yillari Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Hozirgi kunda ham u Osiyoning eng kuchli 5 nafar futbolchilarining biri hisoblanadi.
12. RAVSHAN ERMATOV OSIYONING 4 KARRA ENG YAXSHI HAKAMI.
   Ermatov ketma-ket (2008-2011) 4 marta Osiyoning eng kuchli hakami sifatida e’tirof etildi. Hozirgi kunda hamyurtimiz jahon hakamlar reytingi peshqadamlari biri ekanligi hech kimga sir emas.
13. MAHMUD RAHIMOV OSIYONING ENG YAXSHI MURABBIYI-1999
   Marhum Mahmud Raximov O’zbekistondan ham kuchli murabbiylar chiqishini isbotladi va haqli ravishda Osiyoning eng yaxshi murabbiyi degan unvonini qo’lga kiritdi. Afsuski, u kishiga termamizni uzoq boshqarish nasib etmadi. Ilohim joylari jannatda bo’lsin.
14. RAUF INILIEV OSIYONING ENG YAXSHI MURABBIYI-2007
   Osiyo kubogi-2007da ancha mazmunli o’yinlar ko’rsatib, muxlislar va mutaxassislarning yuksak e’tiroflariga sazovor bo’lgan termamiz bosh murabbiyi haqli ravishda Osiyoning eng kuchli murabbiyi deb tan olindi. Iniliev davrida termamiz ancha salohiyatli ko’ringandi. Bunga misol tariqasida Xitoy va Saudiya Arabistoni termalari ustidan qozonilgan yirik g’alabalarni ko’rsatishimiz mumkin.
15. FUTZALCHILARIMIZ 3 KARRA OSIYO VITSE-CHEMPIONI.
   Futzal termamizning Osiyoda o’z o’rni bor. Minichilarimiz muntazam ravishda Osiyo chempionatida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelishmoqda. Jumladan 3 marta (2001,2006,2010 yillarda) finalgacha yetib borishgan. Afsuski haligacha futzalchilarimiz ham Jahon chempionati mazasini totib ko’rishmadi.
16. “PAXTAKOR” MDH KUBOGI-2007 G’OLIBI.
   O’sha paytga kelib turnir saviyasi biroz tushgan bo’lsa ham, paxtakorchilar MDH kubogida zafar quchishga muvaffaq bo’ldilar. Darxaqiqat, o’sha yili “Paxtakor” raqiblaridan bir bosh ustunlik qilgandi.
17. RIVALDO, SKOLARI VA ZIKO “BUNYODKOR”DA.
   Oltin to’p sohibi Rivaldo deyarli 2 mavsum ajoyib o’yinlar ko’rsatib, hatto chempionatimiz to’purari bo’lgandi. Uning yurtimizda to’p surishi futbolimiz rivojini yanayam tezlashtirib yubordi. Futbolchilik faoliyatida “Oq Pele” laqabini olgan va murabbiylik qilayotgan Ziko “qaldirg’ochlar”ni qisqa vaqt boshqardi. Undan keyin jahon chempionligini qo’lga kiritgan Skolari “Bunyodkor”da ish boshladi. “Katta Fil” yurtimiz futboli rivoji uchun qo’lidan kelganicha xizmat qildi.
18. O’ZBEKISTON MERDEKA KUBOGI-2011 G’OLIBI.
   Balki ushbu sovrin katta ahamiyatga emasdir, lekin ushbu yutuq termamizning sanoqli sovrinlaridan biri. Ayniqsa, finalda bosniyaliklar ustidan qozonilgan g’alabaning qadri baland baribir.
19. O’SMIRLAR TERMASI OSIYO VITSE-CHEMIONI-2011
   Toshkentda o’tkazilgan o’smirlar o’rtasidagi qit’a chempionati muxlislarimizni yana stadionga qaytardi. O’smirlarimizning chiroyli o’yinlarini muxlislar yoqimli xotiralar bilan eslashadi. Evstafeev shogirdalari Osiyo chempionligiga xaqli edilar. Afsuski, yana hakamlar “qovun tushirishdi”.
20. YOSHLAR TERMASI OSIYO VITSE-CHEMPIONI-2009
   Ahmad Ubaydullaev shogirdlari Avstraliya, Xitoy va Janubiy Koreya termalaridan ustun kelib, finalgacha yetib kelishga muvaffaq bo’lishdi. Finalda sa BAAliklariga imkoniyatni boy berishdi. Shunday bo’lsa ham, ushbu musobaqa biz uchun unutulmas lahzalarni taqdim etdi.
21. NEFTCHI-1993, PAXTAKOR-2008 MDH KUBOGI FINALIDA.
   1993 yili Yuriy Sarkisyan shogirdlari musobaqada juda kuchli raqiblardan ustun kelib, o’sha paytdagi MDH qiroli “Spartak” Moskvaliklargagina imkoniyatni boy berishgandi. Paxtakorchilar esa 2008 yili ushbu sovrinni qatorasiga ikkinchi marta qo’lga kiritishlari mumkin edi.
22. OLIMPIYACHILARIMIZ AGRIBANK VA LOBONOVSKIY XALQARO TURNIRLARI G’OLIBI.
   Ushbu sovrinlar orasida ayniqsa, finalda Ukrainaliklarni mag’lubiyatga uchratib qo’lga kiritilgan “Lobonovskiy” xalqaro turniridagi yutuq biz uchun judayam qadrlidir. Agribank turnirida ham Olimpiyachilarimiz sovrinni qo’lga kiritishgan.


Mana, qadrli yurdoshlar mustaqillik yillarida qo’lga kiritgan eng katta yutuqlarimiz bilan ham tanishdingiz. Balki bu reyting kimlarnidir e’tirozlariga sabab bo’lar. Men shunchaki o’z xulosalarimdan kelib ushbu reytingni tuzib chiqdim xolos.

KINO+FUTBOL



Futbol va san’at doimo bir-biriga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois futbolchilar va sevimli kartinalarni yana bir bor o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qilib, ozgina “ijod” qildik.

***Rossiyalik ijodkorlar "Ivan Grozniy o'z kasbini o'zgartiradi" filmini suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi. Rejissyo'rlar bosh ro'l ijrosini birdaniga ikki nafar aktyo'rga ishonib topshirishdi bular - Ivan Elgera va Ivan Samarano. Ivan Kampo esa film saundtrekini kuyladi.
*** Golivudda “Enagalar” flmining premerosi bo’lib o’tdi. Filmda bosh ro’lni ijro etgan Arsen Venger kinoixlosmandlarning olqishlariga sazovor bo’ldi.
*** Ispanlar ham “To’ylar muborak” nomli film yaratishdi. Filmning bosh qahramonlari esa Ronaldu va Irina Sheyk bo’lishdi. Ko’ramiz mazkur film bizning “To’ylar muborak”imizga yeta olarmikan.
*** “Alibobo va qirq qaroqchi” filmi suratga olindi. Ushbu filmda Alibobo Raxmatullaev qirq qaroqchi, shu jumladan “sherlar” iskanjasidan qanday qutilgani haqida hikoya qiladi.
*** Inglizlar “Mening qattiqqo’l enagam” nomli filmni suratga olishdi. Unda bosh rolni ijro etgan Ueyn Runi qattiqqo’l enagasi David Moyes bilan munosabatlari tasvirlangan.
*** Inglizlarning yana bir omadli kartinalaridan biri bu – “Yondiradi, kuydiradi” filmidir. Filmda Mario Balotelli Milanlik muxlislarni shunaqangi yondirib, kuydiradiki asti qo’yaverasiz. Film saviyasiga gap bo’lishi mumkin emas.
*** Ispaniyada “Sen yolg’iz emassan” filmi yaratildi. Kartina bosh qahramoni Krishtianu Ronaldu. Filmda KriRoning jamoadoshlari, uning Madridda yolg’iz emasligiga ishontirishga muvaffaq bo’lishadi.
*** O’zbektelefilm studiyasida “Toshkent – non shahri” filmining yangicha talqini suratga olindi. Bosh qahramon rolini ijro etgan Rivaldo, filmda non izlab Toshkentga keladi. Mazkur filmda, mashhur aktyor Rivaldo katta gonarar evaziga suratga tushadi.
***"Asteriks va Obeliks" filmining davomi suratga olindi. Unda Rayan Giggz va Pol Skoulzlar bosh ro'llarni ijro etishgan bo'lsa, Yuliy Sezar ro'lini tajribali aktyo'r Julio Sezar maromiga yetkazib o'ynadi.
*** Multfilm ixlosmandlari – “Andersenning ertaklari”ning davomini tomosha qilishlari mumkin. Filmda braziliyalik Anderson “Qizil iblislar” haqidagi bir-biridan qiziqarli ertaklarini hikoya qiladi.
*** Frantsuz rejissyorlari “Nasriddinning sarguzashtlari” deb nomlanuvchi film suratga olishdi. Film ijodkorlari orasida o’zbek rejissyorlari ham bor. Filmda bosh rolni ijro etgan Samir Nasri bir qator sarguzashtlarni boshidan o’tkazadi. Film Angliya, Frantsiya va JAR davlatlarida suratga olinadi.
*** Bolivudda “Mening ismim masxaraboz” filmining davomi suratga olindi. Kartinada bosh qahramon siymosini Viktor Valdes yaratdi. Uning kataloniyadagi masxarabozlik san’atiga butun dunyo tan berdi. Aytgancha filmda Temur Jo’raev va Faben Bartez kabi aktyorlar ham ko’rinish berishgan.
*** Rejissyorlar “Fantomas” filmini ham qaytadan suratga olishmoqchi. Ularning ta’kidlashlaricha bosh rol uchun asosiy nomzod Per Luidji Kollina ekan.
*** Gollandiyalik mashhur aktyor Robin van Persi “Robin Gud” filmida bosh qahramon obrazini yaratdi. Robinga mazkur film ancha mashhurlik olib keldi.
*** Ingliz va braziliyalik kinoijodkorlar hamkorlikda “Egizaklar” nomli filmni suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi. Kinokartinada bosh rollarni mashhur egizak aktyorlar Fabio va Rafaellar ijro etishmoqda.
*** Gollivuddan yangi yilga yangi sovg’a – “Santa Klaus” filmi bo’ldi. Santa Klaus obrazini paragvaylik aktyor Santa Kruz mohirlik bilan ijro ettdi va bir qator mukofotlar bilan taqdirlandi.
*** Meksikalik ijodkorlardan yangi film premerosi – “Haloskor”. Bosh rol siymosini esa kutilganidek Chicharito gavdalantirdi.
***Bolivudda "Sen yolg'iz emassan" filmining davomi "Krish" kinokartinasi suratga olindi. Ushbu filmda bosh ro'lni Golivud shahzodasi Krishtianu Ronaldu ijro etdi. Film premerosi kelasi haftada Lissabonda bo'lishi mo'ljallangan.
***Rossiyada "Piter FM" kinokartinasining premerosi bo'lib o'tdi. Filmda bosh ro'lni Piter Krauch maromiga yetkazib ijro etgan.
***Bolivudda "Masxaraboz' filmining zamonaviy talqini suratga olindi. Rejissyo'rlar bosh ro'lni Ronaldinoga ishonib topshirishdi.
***Angliyada "Garri Potter-8" filmining namoyishi bo'lib o'tdi. Film qahramoni Garri Nevil "Oskar" mukofotiga nomzod sifatida ko'rilmoqda.
***Bolalarning sevimli multfilmi "Tarzan"ning kinotalqini muxlislar hukmiga havola qilindi. Ushbu kinokartinada bosh ro'l ijrosini Karles Puyol maromiga yetkazib o'ynashga muvaffaq bo'ldi.
***"Shrek" endi kinoda. Amerikalik kinorejissyo'rlar multfilmning kinotalqiniga qo'l urishmoqchi. Ushbu filmda bosh ro'l ijrosi uchun eng asosiy nomzod sifatida Ueyn Runi e'tirof etilmoqda.
***"O'nta negr bolasi" filmi kinoprakatda katta daromad oldi. Filmda bosh ro'lni ijro etgan Samuel E'to'O esa eng ko'p gonarar olgan aktyo'r maqomini oldi.
***Rossiyalik kinorejissyo'rlar o'tgan haftada yangi filmni suratga oplish ishlarini tugatishdi. "Ishdagi ishq" filmida bosh ror'llarni taniqli aktyo'r va aktrisa Xerard Pike va Shakiralar ijro etishdi. Filmning qisqacha ma'zminiga to'xtaladigan bo'lsak Shakira "Waka Waka" qo'shig'iga klip suratga olayotganida Pike bilan tanishib qoladi va ular ish jarayonida bir birlariga ko'ngil qo'yishadi. Kinokomediya katta ekranlarga yaqin orada chiqishi kutilmoqda.
***Mashhur kinoakatyo'r Jim Kerri o'zini rejissyo'rlikda sinab ko'rishga axd qildi. U "Niqob" nomli filmiga bosh ro'lga Piter Chexni taklif qildi.
***"Gnomlar mamlakatiga sayohat" nomli film o'tgan haftada Los Anjelesda katta ekranga chiqdi. Film qahramonlari Roberto Karlos, Maradona va Messi kino olamini hayratga solib bir filmda suratga tushishdi.
***Yaponiyalik rejissyo'rlar "O'shin" serialini Buyuk Britaniyada suratga olishdi. Unda bosh ro'lni Jo'n O'shi o'ynadi.
***Parijda "Robinzon Kruzo" filmining namoyishi bo'lib o'tdi. Filmda bosh ro'lni ijro etgan Pol Robinsonga Golivudning bir nechta filmlaridan takliflar bo'lmoqda.
***"Piter Pen" multfilmining ham kino loyihasi amalga oshirilmoqda. Film rejissyo'rlarining ta'kidlashlaricha bosh ro'lni Antonio Kassano ijro etgan.
***Ukrainada "Buratino" filmining suratga olish jarayonlari o'z nihoyasiga yetdi. Film qahramoni Maksim Shatskixning ta'kidlashicha mazkur film muxlislar mehrini qozonar ekan.
***Braziliya kanallarida "Messiga o'xshashi yo'q" filmi namoyish etilmoqda. Filmda bosh ro'lni Messi, ikkinchi darajali ro'lni esa Pele o'ynadi.
***Golivudda "Gulliverning sayohatlari" nomli film suratga olindi va yaqinda Pragada premerosi bo'lib o'tdi. Film premerosida bosh qahramon Yan Koller ayrim sabablarga ko'ra qatnasha olmadi. 
***Inglizlar "Pastga qarashga qo'rqaman" nomli filmni suratga olish jarayonini nihoyasiga yetkazishdi. Filmda bosh ro'lni Piter Krauch a'lo darjada ijro etdi.
Yusupov Furqat





суббота, 24 августа 2013 г.

Futbol erkaklar o’yini emas!

   Futbol faqat erkaklar o’yini degan so’z bugungi kunda ancha eskirib ulgurdi. Hozirgi kunda futbol jins tanlamaydi. Bundan 3 yil oldin Jahon chempionatining  AQSH-Gana uchrashuvni  uyida oynai jahon orqali tomosha qilayotgan  Amerikalik futbol fanati sevimli jamoasi mag’lubiyatga uchragach, jahl ustida 3 oylik bolasini urib o’ldirib qo’ygan edi. Ha fanatizmga qattiq berilib ketish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin.  Xo’sh ayollarimiz erkaklarning futbol ko’rishiga qanday fikr bildirishar ekan? Bu borasida “Bo’ston” sihatgohida dam olayotgan ayollar va KO faollarining fikrlari bilan qiziqdik.

Karimova Shaxlo (Sihatgoh “Ma’naviyat va marifat” bo’limi boshlig’i): - Hamma narsani unutib ketib, ichiga kirib ketishiga qarshiman. Hammasi me’yorida bo’lishi kerak. Lekin ba’zan o’g’illarim bilan birga o’zim ham millionlar o’yinini ko’rib turaman.
Yuldasheva farida (Oshxona xodimi): - Biz oilaviy futbol ishqibozimiz. O’g’lim “Liverpul”, xo’jayinim “Tottenxem”ga, o’zim esa “Arsenal”ga muxlislik qilaman. Lekin men ba’zida konsert ko’rmoqchi bo’lsam, ular bilan tortishib qolaman.  Axir erkaklar futbol turganda konsert ko’risharmidi?
Muqaddas Taylanova (KO faoli): - Menga futbol yoqmaydi. Akam yoki ukam futbol ko’rayotgan bo’lsa boshqa kanalga olaman. Boisi ba’zida dars qilayotganimda baqir-chaqir qilib, menga halaqit berishadi.
Moxiya Zaynutdinova (dam oluvchi): - Xonadonimizda ham, qo’shnilarimizda ham yarim tungacha futbol ko’rib chiqishadi. Bunga ko’nikib ketganman. Soat 2-3 larda futbol bo’ladigan bo’lsa, kofe, choylarini damlab, uxlab qolmay deb navbatchilikda turishadi. Navbatchi   odam futbol boshlansa butun oilamiz a’zolarini uyg’otib, ertalabgacha futbol ko’rib chiqishadi. Lekin xudoga shikrki uyimizda tosh oynalar sinmaydi.
Gulruh Abduhalimova (Internet PR faoli):  - Meni futbolga bo’lgan munosabatim ijobiy. Yoshligimdan bilaman uyimizda dadam, akam, ukalarimga qo’shilib onam, ba’zida esa o’zim ham futbol ko’rib turaman.  1-2 ta erkaklarning futbol ko’rmasligiga hayron qolaman. Qanday qilib futbol ko’rmaslik mumkin? Shunaqa yigitlar borki, futbolni o’rniga serialmi yoki kino ko’rishadi. Rosti bunday bollarni tushunmayman. Men o’ylaymanki, erkak kishi baribir futbol ko’rishi kerak.
Umida Qodirova (KO faoli): - Dadam futbol ko’rayotganda men ularga hamroxlik qilishim mumkin.  Futbol ko’ruvchilarga qarshiligim yo’q.



Yusupov Furqat

MeDiA CaMp-2013 dan maxsus

4-Mediakonferensiya haqida qisqacha

   Toshkent viloyatida joylashgan  «Bo’ston» sihatgohida 22-avgust kuni mediakonferensiya bo’lib o’tdi. Unda Fond Forum vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova rahbarlik qilib bordilar.  Mazkur konferensiyada shuningdek bir qator mashhur insonlar ham ishtirok etdilar. Jumladan  san’atkorlardan, Jahongir Poziljonov, Nilufar Usmonova, «Sahro» va «Zarba» guruhlari, aktyorlardan Murod Rajabov, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Ulug’bek Qodirov, Xasan va Xusan Solihovlar,  rejissyor va klipmeykerlar Javlon Shodmonov, Shahrizod Nigmatov, Yodgor Nosirov,   «Mehr Nuri» jamg’armasi va «Hayot uchun» milliy Asotsiatsiyasi  vakillari, oromgohda mahorat darslarini o’tayotgan trenerlar, «Kelajak ovozi» Yoshlar Studiyasi vakillari, Forum TV kanali muxbirlari, «Darakchi» va «Tasvir» gazetasi, «Jannat Makon» va «Bella Terra» jurnali, Sayyod.uz, Shov-shuv.uz, fattohhon.uz, va kun.uz saytlarining jurnalistlari qatnashdilar.  Konferensiyada Baxtiyor To’raxonov moderatorlik qilib bordi.   
kelajak ovozi, media Camp,
   180 nafardan ortiq yosh jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan bir nechta savollariga javob oldilar.  Jumladan bugungi kunda dolzarb sanalgan media muammolar, Estrada va san’at, kino sanoati haqida tanqidiy fikr-mulohazalar aytildi.  Aytish joizki  ishtirokchilarning zerikishlariga also vaqtlari bo’lmadi. Boisi savollarga aniq va qiziqarli javoblarni oldilar.
 Biz konferensiya yakunlanganidan so’ng, ayrim san’atkorlarimizning fikrlari bilan qiziqdik.

Alisher Uzoqov:  - Konferensiya o’ylaymanki juda qiziqarli tarzda o’tdi. Bunday uchrashuvlar yosh jurnalistlarni yanada ruhlantirib ularni yana yangi qirralarni zabt etishlariga undaydi deb o’ylayman. Shaxsan o’zim ham ushbu media konferensiyada ishtirok etganimdan xursandman.

Adiz Rajabov:  - Bugungi konferensiyada juda ahamiyatli masalalarga to’xtalib o’tildi. Ayniqsa saviyasiz filmlar va kliplar haqidagi fikrlarga to’lqi qo’shilaman. Yosh jurnalistlarga ushbu jonli muloqot har tomonlama foydali  bo’ldi deb hisoblayman. 

Furqat Yusupov
MeDiA CaMp-2013 dan maxsus

Xurshid Do’stmuhammad bilan uchrashuv

   24-avgust kuni Media-oromgohimizda taniqli, ustoz journalist Xurshid Do’stmuhammad bilan uchrashuv o’tkazildi. Ochig’I, ushbu uchrashuv menda juda katta ta’surot qoldirdi. X.Do’stmuhammad hech kimning savolini javobsiz qoldirmadi. Ustozimizning uchrashuv mobaynida aytib o’tgan qiziqarli jumlalariga to’xtalib o’tmoqchiman.
-          Jurnalist och yurishi kerak, quyoshda yurishi kerak.
-           Matbuot bilmaydiganlarni bilmasliklarini bildirishi kerak.
   7-sinf paytim 6-A sinfda o’qiydigan qizga xat yozganimdan beri jurnalistikani boshlaganman.
-          Messiga o’xshab futbol o’ynashni xohlayman, lekin “Barselona” meni olmaydi.
-          To’g’ri gapni, to’g’ri qabul qiladigan odamlarga ayting.
-          Ma’suliyati unutilgan demokratiya, hayvonot bog’ida ochiq eshiklar kunini e’lon qilish bilan barovar.
-          Telefon eng katta qulaylik va noqulaylik.
        Xullas  zerikishga also vaqt bo’lmadi. Ustozimizdan olgan saboqlarimiz kelajakda bizga asqotishiga shubham yo’q.          

     Yusupov Furqat
MeDiA CaMp-2013 dan maxsus

Keyingi bekat…

 
   Mavzuni o’qib bu maqola metro haqida bo’lsa kerak deb o’ylagan bo’lsangiz adashasiz. Men uchun Media Camp-2013 oromgohi haqiqiy sarguzashtlarga boy bo’lmoqda. Bu qanday sarguzasht bo’ldi ekan deb qiziqayapsizmi? Unda eshiting, yo’g’-ey, o’qib ko’ring. Xullas, kamina oromgohga kelgan kuni Husan akaning aytganlari bo’yicha 410-xonaga joylashdim. Menga ajratilgan  joyda oldindan odam turgani bois, 510-bekatga, aniqrog’i xonaga ko’chirishdi. Atigi 1 soatdan keyin esa qandaydir sabablarga ko’ra, 504-bekatga yo’l oldim. Ertasiga esa bu xona bilan ham vidolashishimga to’g’ri kelib qoldi. Shu tariqa 306-xonaga joylashdim. "Uff, xudoga shukr, o'rnimni topdim" deb o'ylagan edim. Afsuski, chuchvarani xom sanagan ekanman. Yana ko'chishimga to'g'ri keldi. keyingi bekatim 306-xona bo'ldi. Bu ketishda “Bo’ston” sihatgohining rekordlar kitobidan joy olaman shekilli. Yangi xonamga kirishim bilan menda yangi hayollar paydo bo’la boshlaydi:«Keyingi bekatim qaysi bo’lar ekan» deb. Yaxshiyam oromgoh 1 hafta davom etadi. Mabodo 15 kun bo’lganida bormi?


четверг, 22 августа 2013 г.

«Biz sog’lom turmush tarzi uchun»


  V-Peer yoshlar tarmog’i va «Kelajak ovozi» Yoshlar Tashabbuslari Markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi bolimi bilan hamkorlikda 26-30 iyul kunlari «Biz salamat turmis tarzi ushin» deb nomlangan teatral ko’nikmalar seminar-treninggi o’tkazildi. Seminarda Ramazanov Medet va Bekmuratova Gulmira trenerlik qilishgan bo’lsa, Ayjarqin Ahmedova fasilitator vazifasini bajardi. Trening mobaynida Kelajak ovozi faollarining 14 nafari ishtirok etishdi. Biz seminar mobaynida OIV va OITS, jinsiy yo’llar bilan aniqlanadigan infektsiyalar, hamda gender mavzulari bo’yicha bilim va ko’nikmalarimizni yanada orttirib oldik. Shuningdek biz seminar mobaynida har kuni turli hil interaktiv o’yinlar o’ynadik, yuqoridagi mavzularga oid videoroliklarni tomosha qildik va teatral sahna ko’trinishlarini bajardik. Seminarning eng so’nggi kunida esa yuqoridagi mavzular bo’yicha 3 ta jamoaga bo’lingan holda sahna ko’rinishlarini ijro etdik. Seminar-trening yakunida esa barcha ishtirokchilarga «Kelajak ovozi» YoTM tomonidan sertifikatlar topshirildi. Biz trenerlarning fikrlari bilan o’rtoqlashdik.
   Ramazanov Medet: O’tgan seminar treninggimizning maqsadi hozirgi kunning global muammolari bo’lgan OIV va OITSga qarshi profilaktika, giyohvandlik, stigma, diskriminatsiya, gender tengligi haqida bo’lib o’tdi. Bunda biz seminar qatnashuvchilariga teatral ko’nikmalar orqali informatsiyalar berib, ishtirokchilar bilan birga sahnali ko’rinishlar qo’yib berdik. Xalqimiz orasida reproduktiv salomatlik saqlashga qaratilgan bunday oquv seminar-treninglarini bundan keyin ham davom ettiramiz va seminarga qatnashuvchilarni chaqirib qolamiz.
   Bekmuratova Gulmira: Trening qiziqarli va mazmunli o’tdi deb hisoblayman. Sababi OIV va OITS va hozirgi yoshlar orasida ko’p uchraydigan jinsiy yo’llar bilan yuqadigan kasalliklar haqida to’liqroq ma’lumotlar berishga harakat qildik. Jamoalar birgalikda ishlagan ishlari, tayyorlagan sahna ko’rinishlari mehnatimiz samarasi deb o’ylayman. Yoshlarni sog’lom turmush tarziga yo’naltirishda bunday treninglarni o’tishda davom etamiz va bu yo’lda birgalikda kurashishga hammani chaqiramiz.

Yusupov Furqat, Kelajak-Press a’zosi

«Yosh jurnalistlar» seminar-treninggi


   «Kelajak ovozi» Yoshlar Tashabbuslari Markazi faollari yozgi ta’tilda tinim bilishmayapti. Deyarli har haftada har bir yo’nalishning seminar-treninglari bo’lib o’tmoqda. Jumladan 7-9 avgust kunlari «Pressa» yo’nalishi vakillari “Yosh jurnalistlar klubi” yozgi o’quv-seminarini tashkil etdik. Unda 18 nafar yosh jurnalistlar ishtirok etishdi. Biz seminar-trening mobaynida yaqinda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan «Kelajak ovozi» yozgi o’quv-oromgohida olgan bilimlarimizdan foydalandik. Treningni men, Nurjanova Xurliman va Seytnazarova Guljahanlar birgalikda olib bordik. Seminar mobaynida biz televideniya bo’yicha «standup», «vox-pop», reportaj tayyorlash, sinopsis yozish, bosmaso’z bo’yicha esa maqola yozish, lid, mavzu tanlash, gazeta dizayni, rubrika kabi qator mavzularni o’z tengdoshlarimizga o’rgatdik. Shuningdek jurnalistikaga oid bir nechta interaktiv o’yinlarni ham o’ynadik, psixologik mashqlarni bajardik. Har bir ishtirokchi o’zlari bevosita maqola yozishdi, guruhlarga bo’lingan holda sinopsis yozishdi.   Seminar-trening yakunida «Kelajak ovozi» YoTM tomonidan barcha ishtirokchilarga «Yosh jurnalistlar klubi yozgi o’quv seminarida qatnashganligi uchun», biz trenerlarga esa ana shu seminarda trenerlik qilgani uchun sertifikatlar topshirildi. Biz bunday treninglarni kelgusida yana o’tkazishni rejalashtirmoqdamiz, shuningdek yangi o’quv mavsumida ham «Yosh jurnalistlar klubi» o’z faoliyatini davom ettiradi.
   Biz trening yakunlanganidan so’ng ishtirokchilar fikrlari bilan qiziqdik:
Tumaeva Aygul (TATU Nukus filiali talabasi): maqola yozishga juda qiziqqanligim bois ushbu seminarda ishtirok etdim. Menga treninglar juda ham yoqdi. Keljakda yana mana shunday seminarlarda ishtirok etmqochiman.
Ayimbetova Aysuliw (1-sonli tibbiyot kolledji o’quvchisi): Televizorda jurnalistlarni ko’rib, bu kasb oson bo’lsa kerak deb o’ylar edim. Ushbu treningda ishtirok etib, bu fikrimdan biroz qaytdim. Mikrofon qanday ushlashdan tortib, oldindan sinopsis yozish, standup ishlash va reportajni qanday tayyorlash borasida juda ko’plab narsalarni o’rgandim. Kelajakda o’zimni televidenie sohasida sinab ko’rmoqchiman.
Qudaybergenov Alibek (TKO’INF talabasi): Mazkur seminar-trening mobaynida jurnalistikaga bo’lgan mehrim yanada oshdi. Endilikda ko’proq maqolalar yozishga harakat qilaman. Shunindek psixologik mashqlar va turli interaktiv o’yinlar ham menda katta taasurot qoldirdi.


Yusupov Furqat, «Kelajak ovozi»,  Pressa yo’nalishi a’zosi.

среда, 21 августа 2013 г.

FUTBOLIMIZNING SALBIY QIRRALARI


Mazkur yilning yarmidan ko’pi ham ortda qolib ulgurdi. Yarim yil mobaynida qayg’uli va quvonchli voiqealar ko’plab uchradi. Biz esa o’z odatimizga sodiq qolgan holda futbolimizdagi salbiy qirralarga ko’z yugurtiramiz.Mazkur yilning yarmidan ko’pi ham ortda qolib ulgurdi. Yarim yil mobaynida qayg’uli va quvonchli voiqealar ko’plab uchradi. Biz esa o’z odatimizga sodiq qolgan holda futbolimizdagi salbiy qirralarga ko’z yugurtiramiz.

1. Yuriy Sarkisyan.

  Fergyussonning iste’foga chiqishi, "Neftchi” mutassadilarini birdan uyg’otib yubordi shekilli, kutilayotgan iste’foni kutilmaganda amalga oshirishdi. Sarkisyan bilan bunday xayrlashishni xech kim kutmagandi. “Neftchi” rahbarlari “qizil iblislar”dan har tomonlama o’rnak olishganda edi…

2. 2ta jamoani boshqarish.
   2 ta kemani boshqarib suvga q’arq bo’lish borasida Abramov, Nepomnyashiy kabi mutaxassislar master-klass ko’rsatishgandi. Aftidan Qosimov bunga zarracha e’tibor bermagan ko’rinadi. Oxir oqibat na “Bunyodkor”, na terma jamoamiz o’z maqsadiga erishdi. Balki endi Mirjalol “Bunyodkor”dan voz kechib, bor diqqat e’tiborini MTJga qaratar. Sababi bizni oldinda juda muhim o’yinlar kutib turibdi.

3. Chipta.
   Bugungi kunda tadbirkorlarga ko’plab imkoniyatlar yaratib berilayotganligi hech kimga sir emas. O”FFda ishlayotgan ayrim mutassadilar ham bu “xayrli ish”ga o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Chiptalarning narxlari 2-3 barobar ko’tarilib ketishi, ko’pchilikni norozi qilayotgani ayni xaqiqat.

4. Muxlislar.
   Chempionat bahslarining yarmidan ko’pida muxlislar soni 5000 taga ham yetmadi. Atigi 6 ta bahsda ishqibozlar soni 10000 tadan oshdi xolos. Futbolchilarimiz muxlislarni stadionga kelmasliklari uchun qo’llaridan va oyoqlaridan kelgan barcha ishlarni amalga oshirmoqdalar. Shu ketish bo’lsa kelasi yili stadionda faqat yashil forma kiygan “janob”larni ko’rsak kerak.


5. Agentlar
   Oliyjanob agentlar futbolchilarimizni Xitoy, BAA, Qatar, Tailand, Qozog’iston kabi “nufuzli” chempionatlarda to’p surishlarida katta xissa qo’shmoqdalar. Yaqin orada Xitoy Taypeyi, Gongkong, Vetnam kabi chempionatlarda ham futbolchilarimizni ko’rsak ajab emas.

6. Yapon hakamlari
   Bizning 1–raqamli dushmanlarimiz bu shak-shubhasiz yapon hakamlari. Balki „kunchiqar yurt“ hakamlariga baykot e’lon qilarmiz. Ularga esdalik sifatida esa ko’zoynak sovg’a qilishimiz lozim.

7. Transferlar.
   Davralar oralig’ida Z.Tojiev „Neftchi“, A.Soliev „Paxtakor“, A.Berdiev „Bunyodkor“ bilan shartnoma imzolashdi. Klublarimiz „yosh“ futbolchilarbilan o’z tarkiblarini kuchaytirish bilan ovvoralar.

8. Oliy Liga
   Rossiyada „Premer liga“, Qatarda „Yulduzlar ligasi“, Yaponiyada „Jey-liga“, Koreyada „Key-liga“. Bizda esa haliyam Oliy liga. Chempionatimiz nomini o’zgartiradigan payt kelmadimikan? Masalan: Uz-Liga, Premer-liga va h.k.z

9. 1-liga.
   Oliy ligadan tushib ketgan jamolar bir yildayoq yana o’z joylariga qaytmoqdalar. 1–ligadagi boshqa jamoalar esa o’z oldilariga bunday yuksak maqsadni qo’yishmaydi chog’i. har holda so’nggi yillardagi natijalar shuni ko’rsatmoqda.

10. O’zbekiston kubogi.
   Bizda kubok bahslari shunday tuzib chiqilganki, “Paxtakor” va “Bunyodkor” ½ finaldan oldin, umuman bir-birlariga ro’baro kelishmaydi. Bunga faqat qoyil qolish kerak. Axir kubok g’olibi – OCHLda o’ynaydiku.

11. Kelishilgan o’yinlar.
   Bu haqda ko’p eshitganmiz, eshityapmiz, yana eshitsak ham kerak. Lekin biror marta ham bu haqda surishtiruv ishlari olib borilganligi haqida eshitmadik, eshitishimiz ham dargumon. Agar bizda ham Italiyadagidek usul qo’llanilsa bormi, mavsumni jarima ochkolarisiz boshlaydigan jamoani topib sanashimiz uchun bitta qo’limizdagi barmoqlar ham yetib qolsa kerak. Agar bor bo’lsa…

12. Kamoliddin Murzoev.
   Bir necha yillardan beri “Bunyodkor”da darvoza to’sinlari-yu, ustunlarini nishonga olish bilan nom qozongan Kamoliddin, qisqa vaqt ichida Qozog’istonda yulduzlik darajasiga chiqib, hatto yevrokuboklarda ham gol urmoqda.

13.Farxod Tojiev
   Chempionatimizda tinmay gol urayotgan Farxod Qatarning 2-tarkibiga qarshi bahsda tinmay yiqildi. Balki bu chempionatimiz saviyasidan dalolatdir.

14. Ilyos Zeytullaev
   Bu futbolchimizni “ЖдиМеня” ko’rsatuviga bersak, ular ham topib bera olishmasa kerak. Kuchli 5lik chempionatlarida o’ynagan yagona futbolchimizning bu qadar mavxumlikka yuz tutgani ayanchli holatdir.

15. Omad.
   Mazkur so’z o’zbek futboli uchun begona. Koreya yoki Eronning eng sevimli so’zlaridan biri. Omad ham kuchlilarga kulib boqadi deganlari balki rostdir.

16. «Paxtakor».
   „Sherlar“ tobora Xitoy klublariga futbolchi yetkazib beruvchi akademiyaga aylanib borishmoqda. Krimets va Karimov bunga misol bo’la oladi.

17. O’rtqolik uchrashuvi
   Nihoyat Toshkentda ham o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazamiz. Asqar Tolibjonovning so’zlariga qaraganda bizga odatdagidek Yevropa va janubiy Amerikaning “grand” terma jamoalri taklif bilan chiqishibdi. Shunday bo’lsada Turkiya varianti ham chakki emas. Faqat unda yana odatdagidek 0:0 hisobi qayd etilmasa bo’ldi.



18. 4-5-1 taktika.
   Xabarlarga qaraganda Pep Guardiola “Bavariya”da kubok bahslarida quyi division vakillariga qarshi 4-5-1 sxemasini tanlar ekan. Xuddi biz Gongkongga qarshi tanlagan taktikamiz singari.

19. Urugvay
   Janubiy amerikaliklar bilan yoshlar va o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionatlarida 3 marta ro’paro keldik. U-20. 2009-yil (0:3), U-17. 2011-yil (0:2), U-20. 2013-yil (0:4). MTJmiz Iordaniya to’sig’idan o’tsa, katta ehtimolki Urugvay bilan to’qnash keladi. Hisob haqida esa o’ylashga qo’rqasan kishi.



Yusupov Furqat

Manba: furqatyusupov.blogspot.com