1 yanvardan Yevropada
navbatdagi transfer bozori ochiladi. Tabiiyki, har bir jamoa o’z tarkiblarini
kuchaytirishni ko’zlagan holda nomzodlarning uzundan-uzun ro’yxatini tuzib
chiqqan. Quyida bu borada ozgina «ijod» qildik. U bilan tanishishni istaysizmi,
marxamat.

- «Valensiya» esa Antonio Valensiyani ko’zlamoqda. Avstraliyaning
«Sidney» FK ham o’z nomzodiga
e’tibor qaratdi – Sidney Govu. AQSH
termasi a’zosi Lendon Donovanning
esa London sharafini himoya qiluvchi «Arsenal»
bilan shartnoma tuzilishi kutilmoqda.
- O’zimizning «sherlar» («Paxtakor») transfer
darchasi yopilguncha «Gamburg»dan Arslonni
xarid qilmoqchilar. Poytaxtliklar bu futbolchi bilan shaxsiy shartnoma xususida
muzokaralarni boshlab yuborishdi.


- Angliya termasi sobiq bosh
murabbiyi Stiv Maklaren «Formula-1»
ishtirokchisi Jonson Battonning «Maklaren»
klubiga murabbiyi etib tayinlansa, ajabmas. Agar ingliz ushbu taklifga rozilik
bersa, jahon sporti bo’yicha eng ko’p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi.
- Xerard Pike endi «Barselona»ning
basketbol klubi sharafini himoya qilishi mumkin. Chunonchi, himoyachining
qallig’i - honanda Shakira basketbol o’yinining shaydosi. Qolaversa, Pikening
bo’yi bu sport turiga juda mos tushadi.
- Rossiyalik mohir hujumchi Roman Pavlyuchenkoga shaxsan Roman Abramovichning o’zi qiziqmoqda.
Biroq «Chelsi»ning uni sotib olishi oson emas. Zero, Rimning «Roma»si ham Roman uchun kurashga
qo’shildi. Endi hammasini qaysi tomonning manfaatliroq shartnoma taklif
etishiga bog’liq.
- Futbolchilik faoliyatini
yakunlash arafasida turgan Rayan Giggz
hali-veri katta spordan ketmaydi shekilli. Xozirda unga Uelsning regbi klubi aniq taklif tayyorlab
qo’ygan.
- «Zenit» hujumchisi Aleksandr Buxarov bo’lsa, yurtimizga kelishi mumkin.
Harqalay, «Buxoro» uni 2 yillik bitm
tuzishga qo’ndirmoqchi. To’g’ri, Buxarov ijobiy javob berishga shoshilmayapti.
Ko’rinishidan u, O’zbekiston chempionati oily ligasidagi o’rtamiyona klublardan
biri safiga o’tishdan uyalayapti…
- «Anji» yana transfer olamini
larzaga solmoqchi. Italiyalik sobiq himoyachi Paola Maldini va gollandiyalik kipper Edvin van der Saar «Anji» bilan naq 5 yillik kelishuv tuzishga yaqin turishibdi.
Klub xo’jayini Sulaymon Karimov kimsan Zayniddin Zidanni ham «Anji» murabbiyi bo’lishini istamoqda. Agar ushbu sobiq
yulduzlar Odil Ahmedov bilan jamoadosh bo’lsalar, jahon futbolida eng ko’p
maosh oladigan o’yinchilar bo’lishlariga shubha yo’q.

- «Birmingem» vakillari - Fergyusson
va Benites ser Fergining «MYU»si va Rafa Benitesning
sobiq klubi - «Liverpul» e’tiboriga
tushishdi.
- «Chelsi» va «Manchester
Yunayted» klublari o’z raqobatchilarini kuchsizlantirish maqsadida «Arsenal»ning to’purar hujumchisi, hamyurtimiz Maksim
Shatskixni sotib olmoqchilar. Unga shuningdek, «Maksam-Chirchiq» futzal klubidan ham chorlov bo’layapti.
- «Milan » klubi «Barselona»dan Lionel Messini harid qilish fikridan qaytdi.
Jamoa ho’jayini Silvio Berluskonining fikricha, 26 yoshli hujumchi
«rossonerlar» libosini kiyishga hali yoshlik qilar ekan.
- Angliyaning yangi chempioni –
«Manchester Siti» hujum chizig’iga shiddat olib kirish maqsadida Kobbi Braynt va Aleksandr Ovechkin bilan shartnoma tuzishni
mo’ljallamoqda.
- Mesut O’zil, Nuri Shaxin,
Xamit Oltinto’p… ha, «Real»ning turklashgan
tarkibi tarqab ketdi. Peres endi jamoaga qishda Karlo Anchelottining o’rniga Fotix
Terimni olib kelmoqchi. Aftidan u turklarga bog’lanib qolgan ko’rinadi.
- Xalq jamoasi – «Spartak»(Moskva) «Zenit»dan Xalkni sotib olmoqchi. Tomonlar sermahsul
hujumchining transfer summasi borasida bir to’xtamga kelasalar, bas.
- Yevrokuboklardan chetda
qolgan «Sevilya» rahbariyati Sevilyaning «Betis» klubidan Sevilyani ijaraga olmoqchi.
- Argentinalik mashhur Martin Palermo Italiyaning «Palermo »
klubidan tushgan taklifni rad etdi. Unga ko’ra, Palermo sitsiliya klubida yiliga 3 «limon»
yevro topardi. Biroq hujumchi buni kam ko’rdi, shekilli.

- Germaniyalik afsonaviy
darvozabon Oliver Kan yaqin kunlar
ichida, Fransiyaning «Kann» jamoasi
bosh murabbiyi lavozimini egallashi kutilmoqda.
Yusupov Furqat
Manba:
furqatyusupov.blogspot.com